Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish


Gazlama va qog‘ozdan gul yasash mashg‘uloti namunalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Gazlama va qog‘ozdan gul yasash mashg‘uloti namunalari. 
«Nastarin» gulini yasash. 
Mashg‘ulot vazifasi: bolalarga qog‘ozni bir necha bor buklab qirqish asosida 
gul barglarini qirqish va uni novdaga yelimlab, chiroyli gullagan nastarin gulini 
yasashni o‘rgatish. 
Mashg‘ulotga tayyorgarlik. Bolalar bilan hovli yoki ko‘chadagi nastarin 
daraxtini gullagan vaqtida kuzatish. Nastarin gulining tuzilishiga, rangiga, 
novdada joylashishiga bolalarning e’tiborlarini jalb qilish. 
Mashg‘ulotni jihozlash. Bolalarga yetarli miqdorda novdachalar, binafsha 
rangdagi g‘ijim qog‘ozi, PVA yelimi, yelimlash uchun mo‘yqalam. 
Mashg‘ulotning borishi: 
Tarbiyachi: Bolajonlar mana o‘lkamizga go‘zal bahor fasli kirib keldi. Bahor 
faslida tabiatda juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Daraxtlar kurtak chiqarib, 
barg yoza boshlaydi. Bahor faslida o‘lkamiz ko‘m-ko‘k maysalarga va gullarga 
burkanadi. Bolalar, mana bu gulning nomi nima va uni qaerda ko‘rgansiz? To‘g‘ri, 


85 
mening qo‘limdagi gulning nomi nastarin guli. Bu gul har yili ilk bahorda gullaydi. 
Uning gullariga qarang‚ oq va to‘q binafsha rangli bo‘ladi. Barglari esa yashil 
rangda. Bu haqida hatto shoirlar she’r ham bitganlar eshitib ko‘ring: 
Bog‘imda nastarin bor,
Gullaydi har ilk bahor,
Nastarin guli mayda
Bunday gul bordir qayda? 
She’r yoqdimi bolalar? Bugun sizlar bilan nastarin gulini yasashni 
o‘rganamiz. Buning uchun stol ustidagi ashyolardan foydalanamiz. Binafsha 
rangdagi g‘ijim qog‘ozdan kvadrat shakllar kesib olamiz‚ so‘ng uni ikkiga 
va to‘rtga buklab, kichik kvadratcha shaklini hosil qilamiz. Kvadratning bir uchini 
ushlab‚ 
ochiq uchlarini qaychi bilan doira ko‘rinishida qirqib 
olamiz. Buklangan qog‘ozni ochib, o‘rtasiga barmog‘imizni qo‘yib, gul 
barglarining chetini qirqamiz, keyin orqasiga mo‘yqalamda ozgina yelim surtib
novdaga yopishtiramiz.
Gullarni yelimlash jarayonida tarbiyachi bolalarning e’tiborini nastarin 
guliga qaratmog‘i lozim. Bunda ularga ishni ozoda, tartib bilan, qaychi va 
novdadan ehtiyotkorlik bilan foydalanib, bajarish o‘rgatiladi. Mashg‘ulot 
davomida bolalarning ishlari baholanib, rag‘batlantirilib boriladi. Har bir stolga 
bolalarning o‘zlari yasagan guldonlar qo‘yiladi va tayyor bo‘lgan gullar unga 
solib qo‘yiladi. 
Mashg‘ulotni yakunlash: 
Bolalar, qaranglar, siz yasagan gullar qanday chiroyli, xonamizni bezatayapti. 
Bolalar o‘zlari yasagan nastarin gullarni ko‘rib, qilgan ishlaridan zavq olishga 
yo‘naltiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin