81
«Origami» so‘zining kelib chiqishi yapon tiliga mansub bo‘lib, ikki ibora
“ori” – buklangan va “gami” – qog‘oz degan ma’nolarni anglatadi.
Origami
deyilganda odatda to‘rtburchakli qog‘ozlarni buklab turli buyum va o‘yinchoqlarni
yasash tushuniladi.
Origami san’at sifatida ilk marotaba IX-XII asrlarda Yaponiyada paydo
bo‘lgan. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib‚ bu san’at
Yevropa mamlakatlariga
ham tarqalib, rivoj topa boshladi. Har qanday buyumlarni
yasashning izchil
tizimiga ega chizma suratlar sifatida tasvirlash urfga kirdi. Zero, rasmlarga qarab
qog‘oz buklamlaridan turli buyum o‘yinchoqlar yasash 4-5 yoshli bolalardan tortib
maktabning boshlang‘ich sinfi o‘quvchilarining
ham tasavvur doirasini
kengaytirishi, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishi shubhasizdir. Bugungi kunga
kelib origami alohida amaliy san’at turi sifatida butun dunyoda keng
ommalashgan.
«To‘tiqush» ni origami usulida yasash.
1. Kvadrat shaklida qog‘oz olamiz.
2. Dioganaliga buklaymiz.
3. Buklangan joydan burma hosil qilamiz.
4. Burma bo‘ylab 2 uchi birlashtiriladi.
5. Buklangan qog‘ozning har bir uchi orqaga qaytariladi.
6. Qaytarilganda avvalgi dioganalidan oshib ketmasligi kerak.
7. Bosh barmoq orasiga kirgizib ko‘rsatkich barmoq
bilan buklanadi va uning
bosh qismi tayyorlanadi.
Qushchaning umumiy shakli tayyor bo‘ldi, shu shakldan o‘zingiz xoxlagan
qushchangizni yasashingiz mumkin. Shakldagi bo‘yalgan joylar qirqilsa, to‘tiqush
dumi, tumshug‘idan qaychida ozgina chimdib, ichki tomonga mayda burmachalar
hosil qilinib, ko‘zi chizib qo‘yiladi. To‘tiqush tayyor.