92
Applikatsiya ishining ish qurollari: qaychi, yelim, kalka, pichoqcha,
chizg‘ich, o‘chirg‘ich,
qora qalam, moyqalam, kapirovka, flamasterlardan iborat.
Applikatsiya ishlari oddiydan tortib mazmunli‚ kantli,
dekorativ, qo‘lda yirtish
orqali mozaika usulida tabiat materiallaridan (barg, urug‘, danak, piyoz po‘sti,
shisha siniqlari tashlandiq simlar va iplar) ham bajariladi. Applikatsiya qilishda
oddiy va murakkab qirqish usulidan foydaniladi.
Oddiy qirqish usuli
bilan yaxlit
shakl hosil qilinadi va qirqilgan shakl teng va tekis qirqiladi.
93
Qog‘ozni 5-6 qavat qilib
buklab turib qirqishga
murakkab qirqish usuli
deyiladi. Bu usulda qirqishda 1 ta shakl 5-6 martaga ko‘payib chiqadi. Quyida bir
necha murakkab qirqish usullarini keltiramiz:
94
Quyidagi rasmlarda bir necha buklar qirqish usuli ko‘rsatilgan:
Applikatsiya qilishda asosiy e’tibor uning umumiy kompozitsiyasiga
qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan
kompozitsiya, ya’ni tasvirlash lozim bo‘lgan
narsalarni joylashtirish – applikatsiya muvaffaqiyatining garovidir. Eng oddiy
applikatsiya bu geometrik shakllardan qilinadigan naqshli applikatsiyadir. Avval
naqshning
xomaki eskizi tuziladi, so‘ngra kerakli detallar (geometrik shakllar)
o‘lchami va miqdori hisoblanadi. Detallar tayyorlanib ma’lum tartibda
joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi aniqlanadi. Misol
tariqasida eng oddiy geometrik shakl kvadratni olib, uning bir tekis almashinishini
hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz. Agarda kvadrat boshqa
elementlar, masalan uchburchak bilan to‘ldirilsa, variant yanada ko‘payadi.
Ishni
95
boshlash uchun markazni topish simmetriya o‘qini o‘tkazish va naqsh
elementlarini shunga ko‘ra joylashtirish lozim. Agarda geometrik shakllar kvadrat
yoki aylanaga simmetrik joylashtirilsa, qiziqarli dekorativ naqsh hosil bo‘ladi.
Dekorativ applikatsiya - bu naqsh gullardan tashkil topib,
alohida-alohida
tasvirlar (barg, shox, qo‘ziqorin, qush, mashina, odam, uy va shu kabilar)dan tarkib
topuvchi predmetli hodisa, harakatlar uyg‘unligini aks ettiruvchi syujetdan iborat
bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: