Zanjir yoki popop choki.
Bu chok ko‘pincha kashtaning chetini yoki kashta
ichini to‘ldirish uchun ishlatiladi. Chok tikish ipli ignani teskaridan o‘ngga
chiqarishdan boshlanadi. Igna bilan chiqqan ip gazlamaning o‘ng tomoniga halqa
qilib tikiladi. Halqa chap qo‘lning bosh barmog‘i bilan ushlab turiladi va igna ip
chiqqan teshikka sanchiladi. Igna chiqqan teshik halqa ichida qolishi lozim. Igna
ustiga tortiladi. Shunday qilib, ketma-ket zanjirlar hosil bo‘la boradi. Zanjirlar
o‘lchami bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin‚ bu esa tikiladigan kashtaning
o‘lchamiga bog‘liqdir. Talabalar tanishi lozim bo‘lgan asosiy chok turlari
shulardan iborat. Ko‘rinib turibdiki, bitta chok bir nechta vazifani bajarar ekan.
Masalan, halqa choki bezak choki ham, ulash choki ham, mustahkamlash choki
ham bo‘lmoqda. Eng oddiy chok – “tepchima chok” – ham ulash, ham bezash
choki bo‘lishi mumkin.
148
1- oddiy tepchima chok
2- baxya chok
3- sirtmoqsimon chok
4- xoch chok
5- poyasimon baxya chok
6- xalqa chok
7- archasimon chok
8- zanjir chok
Sanama chok
Sanama chok bilan tikilgan buyumlar namunalari.
149
10.
YUMSHOQ O‘YINCHOQLAR TAYYORLASH
Reja:
5.
Tasviriy faoliyatning boshqa faoliyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
6.
Bolalarning tasviriy faoliyatlarini rivojlantirish vazifalari
Tayanch tushunchalar
: rasm, loy, applikatsiya, tahlil, sintez, taqqoslash,
estetik sezgi, badiiy ijod, ekskursiya, qog‘oz, mel, bo‘yoqlar, mazmunli-rolli,
dramalashtirish, didaktik.
|