166
to‘qilishi uchun ipni bir tekis tortib turish, halqani bog‘lash,
ularning soni va
shakliga rioya qilib turish kerak. Agar halqaning o‘lchami va shakliga rioya
vqilinmasa, halqalar sanab to‘qilmasa, buyumning ko‘rinishi va shakli buziladi.
To‘r to‘qishning asosiy turlari ustida to‘xtalib o‘tamiz. Bular bilan talabalar
tanishishi lozim.
Birinchi halqa – to‘qish bu halqadan boshlanadi. Ilgak o‘ng qo‘lda bo‘ladi.
Ip uchini halqa qilib buklab, chap qo‘lning bosh va ko‘rsatkich barmog‘i bilan
ushlab turish kerak. Halqaga ilgakning uchini suqib va kalavadagi ipni ilib, halqa
orasidan tortib chiqariladi. So‘ngra ip yana Ilgak bilan ilib olinadi va hosil bo‘lgan
yangi halqa orasidan tortib chiqariladi. Ipning uchi tortiladi va 1sm
qoldirib uchi
qirqib tashlanadi.
Havo halqasi – kalavadan ilgak uchi bilan ipni ilib halqa hosil qilishdir,
bunda kruchokning o‘zida birinchi halqani hosil qilib olamiz. Havo halqasining bir
nechtasi zanjir yoki shnur hosil qiladi. Shnur har qandan to‘rning asosi hisoblanadi.
Havo halqasining soni buyum o‘lchamiga yoki rasmdagi halqa soniga bog‘liq
bo‘ladi. Havo halqasi to‘qishda ularning o‘lchamlari bir xil bo‘lishiga e’tibor
berish kerak.
Ustamasiz zanjir to‘qish. Kerakli uzunlikdagi zanjir hosil bo‘lgach, burilish
halqasi to‘qiladi. Zanjirni o‘ng tomoni bilan chap qo‘lning ko‘rsatkich barmog‘i
bo‘ylab qo‘yiladi va chap qo‘lning bosh barmog‘i bilan ushlab turib, ilgak
zanjirning o‘ng tomonidan uchinchi halqaga suqiladi (Ilgakning o‘zida turgan
halqa, ya’ni burilish halqasi ham qo‘shib hisoblanadi).
Kalavadagi ip ilgakda ilib
olinadi va havo halqasi orqali tortib chiqariladi. Ilgakda ikkita halqa hosil bo‘ladi.
Yana ilgak bilan kalavadagi ipni olib, bu
halqalar bog‘lanadi. Ilgakda yana bitta
halqa qoladi. Ikkinchi qatorning zanjirini
to‘qish
uchun
ilgakni
navbatdagi
halqaning o‘rtasiga suqiladi va kalavadan
167
yana
ip ilib olib, yana havo halqasidan tortib olib chiqariladi. Ilgakda yana
bog‘lanadigan ikkita halqa hosil bo‘ladi. Keyingi zanjirlar ham shu tariqa to‘qiladi.
Ustamasiz zanjir bilan to‘qilgan buyumlar zich va tarang bo‘ladi.
Ustamali zanjir. Ustamali zanjir bilan to‘qilganda buyum nafis va
jimjimador chiqadi. Bir ustamali zanjir quyidagicha to‘qiladi. Birinchi (etakchi)
halqali ilgak uchining ustiga o‘ng tomondan ip tashlanadi – bu ip ustama ipdir.
Ustama ipli ilgak halqaga sanchiladi (chetidan uchinchi halqa); agar ustunchalar
zanjir bilan to‘qilsa, kalavadagi ip ilib olinadi va uni halqa shaklida ilgakka
tortiladi. Bu vaqtda ilgakda ikkita halqa hosil bo‘ladi, ularning o‘rtasida esa ustama
ip bo‘ladi. Ilgak bilan kalavadan ip ilib olinadi va qo‘shni halqa bilan ustama ipdan
tortib o‘tkaziladi, ilgakda yana ikkita halqa bo‘ladi. So‘ngra
ip ilib olinadi va bu
ikkala halqadan tortib chiqariladi. Ilgakda yana bitta yetakchi halqa hosil bo‘ladi.
Agar ustunchalar to‘qishni zanjirdan boshlamay, ustamali yoki ustamasiz zanjirdan
iborat polotnodan boshlansa, u holda birinchi ustuni uchta havo halqasi bilan hosil
qilinadi.
Uchinchi yetakchi halqadan ustamali ustuncha to‘qish boshlanadi. Ilgak
bilan ishlagan vaqtda ba’zi bir maxsus terminlarni bilib olish kerak. Burilish
halqasi – to‘qish vaqtida to‘rning bir qatoridan ikkinchi qatoriga o‘tishda ilgakda
turiladigan halqadir. Ilgak bilan to‘qilgan qator yoki zanjirning ustki qismi bir-
biriga ulangan halqalarga o‘xshaydi. To‘qilayotgan to‘rning to‘qilish
tomonidan
tashqarida, ustidan turuvchi halqa qismi, tashqi yarim halqa deyiladi. To‘quvchiga
nisbatan narsaning ichki tomonida turuvchi halqa qismi ichki yarim halqa deyiladi.
Ichki va tashqi yarim halqalar asosiy halqani tashkil qiladi. Amaliy qo‘llanmalarda
ishlarning tavsifi berilganda ilgakni qaysi halqaga – tashqi, ichki yoki asosiy
halqaga suqish kerakligi ko‘rsatiladi.
Ustuncha (ustamali yoki ustamasiz ustuncha) to‘qib bo‘lgandan keyin
ilgakda qolgan halqa yetakchi halqa deyiladi. U keyingi ustuncha yoki zanjirning
boshlanishi hisoblanadi.
168
Ayrim buyumlarni to‘qigan vaqtda ularni kengaytirish yoki zichlashtirish,
ya’ni halqa sonini kamaytirish yoki ko‘paytirish kerak bo‘ladi. Halqa qo‘shish
uchun asosiy halqaga ustamali yoki ustamasiz bitta halqa emas, ikkita, uchta halqa
to‘qish kerak. Buyumni qo‘shimcha havo halqalari bilan kengaytirish mumkin, bu
halqalar ustamali yoki ustamasiz ustunchalar orasiga to‘qiladi.
Buyumlarni zichlashtirish uchun halqalalr sonini qisqartirish lozim: ustamali
yoki ustamasiz ustunchalar asosiy halqaga to‘qilmay, oralatib to‘qiladi. Ilgak bilan
to‘qishni o‘rganish uchun havo halqasi bir xil bo‘lgan zanjir to‘qishni mashq qilish
kerak. To‘qilgan zanjirni bog‘ich o‘rnida ishlatish mumkin (narsalar osish,
papkalarga bog‘ich qilish va boshqalar). Agar uzunligi 25sm li bog‘ich
kerak
bo‘lsa, ip uch barobar ortiq olinadi. Suyakdan ishlangan ilgak bilan qalin ip yoki
sutajdan zanjir to‘qishni o‘rganish oson bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: