161
buklashda bir xillikka e’tibor bering, har–xil bo‘lib qolsa gilamni ustki qismi tekis
bo‘lmay qoladi.
Dastgohda to‘qish.
Dastgoxda gilam to‘qish
uchun
bizga jun ip, taroq, kichik qaychi kerak bo‘ladi.
Ishni dastgox tayyorlashdan boshlaymiz.
Dastgoxni eni, uzunligi ixtiyoriy sizga qanday
kattalikda gilam kerak bo‘lsa
shunday dastgox
tayyorlaysiz.
Tasvirda
dastgoxning
ko‘rinishi
berilgan. Dastgoxning ikki tomoniga ip tortilib rangli
iplar shu iplar orasidan tasvirga mos qilib o‘tkaziladi.
Gilamni ikki uch tomonini
ilgakda avvalgi gilam
to‘qish singari to‘qib qo‘yiladi.
Qaychi yordamida gilam usti tekislanadi. Taroqdan esa
asos ipidan rangli ip o‘tayotganda zichlashtirish uchun foydalanib borasiz.
Gazlama ip va boshqa noto‘qima materiallarni qayta ishlash.
Paxta xalq ho‘jaligi va sanoat uchun qimmat baho hom ashyodir. Paxtadan
gazlama, ip, arqon, baliq tutish uchun to‘r, bolalar o‘yinchoqlari va odamlar uchun
kerakli boshqa juda ko‘p narsalar tayyorlanadi. Paxta chigitidan paxta yog‘i,
kunjara, o‘g‘it va boshqalar olinadi. Paxtadan tayyorlanadigan
gazlamalarning
quydagi hillari bor: satin - qalin gazlama, o‘ng tomoni
silliq bir oz yaltiraydi,
teskari tomoni yaltiramaydi chit satinga qaraganda bir oz iplari ingichkaroq va
162
yumshoq. Doka chitga qaraganda yumshoqroq va yirik to‘qilgan, doka yorug‘lik
o‘tkazadi, chit yesa o‘tkazmaydi. Sintetik gazlamadan olingan gazlamalar: shoyi,
krep, trikotaj, villur va hokazo. Jundan olinadigan gazlamalar, jun, drap. Ipakdan,
atlas, shoyi, adras, beqasam. Noto‘qima gazlamalar: bo‘z, brezent, kanop, drap.
Dostları ilə paylaş: