164
TO‘QISh. SPITSA VA ILGAK BILAN TO‘QISh
To‘qish, halqalarni hosil qilish usullari.
O‘zbek xalqi qadimdan qo‘l
hunarmandchiligi sirlarini chuqur egallab kelgan. Jumladan, o‘zbek
xotin-qizlari
mohirlik bilan kashta, jiyak, do‘ppi, to‘n, so‘zana
kabilarni tikish bilan
shug‘ullanganlar. Ular atlas va gilamlar to‘qishgan. Bor xomashyolardan
foydalanganlar. Hozirgi kunga kelib ayollarimiz orasida qo‘lda
kiyim -
qo‘lqopchalar to‘qish keng rivojlanib bormoqda. Qo‘lda to‘qilgan kiyim-kechaklar
betakror va bejirimdir. To‘qish amaliy san’atning bir turi bo‘lib, nihoyatda zavqli
va foydalidir. To‘qilgan kiyim yaroqsiz bo‘lib yotmaydi yoki tashlab
yuborilmaydi. Har bir to‘qish hunaridan xabari bor
xotin-qiz kerakli buyumni
osonlikcha to‘qib oladi va umuman to‘qigan sari o‘z-o‘ziga ishonch va
yaratuvchanlik qobiliyati ortib boradi.
To‘qish qurollari bu- spitsa va ilgakdir.
Spitsa—asosiy to‘qish quroli
bo‘lib, uning quyidagi turlari bor.
1.Aylana troschali.
2.Aylana naychali.
3.To‘g‘ri ikki uchi uchli.
4.To‘g‘ri bir uchli.
Spitsalar
— nikellangan, po‘lat, temir, alyumin, plastmassa va yog‘ochdan
yasalgan bo‘ladi. Eng foydalanishga qulay spitsa po‘latdan
yasalgan, ikki uchi
uchli va bir uchi uchli spitsadir. Chunki u mustaxkam bo‘lib,yog‘och va
plastmassa spitsalar kabi sinib ketmaydi. Har bir spitsaning raqami bor. Spitsaning
raqami uning diametrini bildiradi.
1. Raqamli spitsani diametri 1 mm.
4. Raqamli spitsani diametri 4 mm.
165
Har bir to‘qishni o‘rganuvchi talabaga har xil raqamli spitsalar bo‘lishi kerak.
Chunki har bir spitsa o‘z o‘rnida ishlatiladi. Bu buyumni sifatli bo‘lishiga olib
keladi.
Ilgak:
Kalta [12-15sm] va[ 30-40sm] hamda ingichka va yo‘g‘on [1-6 mm]
Ilgaklar bor. Har xil iplarni to‘qishda xar bir ipning o‘ziga mos Ilgak tanlanadi.
Ilgak ipdan ikki baravar yug‘on bo‘lishi kerak. Ilgak po‘lat, alyumin, plasmassa,
mis va temirdan yasalgan bo‘ladi. Ilgakdan spitsada to‘qilgan, matoni
birlashtirishda, mato chetini aylantirib to‘qib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: