Xavflar, ularning tasnif



Yüklə 37,67 Kb.
səhifə1/5
tarix25.04.2023
ölçüsü37,67 Kb.
#102417
  1   2   3   4   5
Xavflar, ularning tasnif


Xavflar, ularning tasnif

  • Xavflar, ularning tasnifi. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari, uslublari

  • Xavflarni o`rganish usullari

  • Faoliyat va uni xavfsizligini ta`minlash

  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH

O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining hayoti va sog’lig’ini inson faoliyatining barcha sohalarida muhofazalashda „Hayot faoliyati xavfsizligi” (HFX) fani asosiy o`rinlardan birini egallaydi.


Ushbu fan tarixi, rivoji va istiqboli hamda Respublikamizdagi ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar natijalari, ishlab chiqarish va xududiy xavfsizlik muammolarining inson hayoti xavfsizligiga ta`siri masalalarini qamraydi. Zero hozirgi vaziyatda xavfsiz hayotni ta`minlash masalalari eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki texnosferalarda ishlab chiqarish jarayoni buzilishi, ishlovchilar uchun sanitariya va gigiyena me`yor va qoidalarini yaratilmasligi, muhit rivojlanishdagi noxush vaziyatlarning murakkablashuvi, davlatlar o`rtasida insoniyat hayotiga xavf- xatar soluvchi holatlarning ro`y berishi, insoniyat tomonidan qo`llanilayotgan turli zaharli va zararli moddalar va vositalar ko`plab xavflarni yuzaga keltirib, insonlarning hayotiy faoliyatiga, sog’lig’iga, atrof-muhit tozaligiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga tahdid solmoqda. Shu sababli ham mamlakatimizning eng muhim va kechiktirib bo`lmaydigan vazifalari qatorida aholi hayotining xavfsizligini ta`minlash masalalari dolzarb o`rin olgan. Aynan shu muammolarning echimini “Hayot faoliyati xavfsizligi” fani o`rganadi.
Ushbu fanni o’qitishdan maqsad bo`lajak mutaxassislarga hayotiy faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, xususiyatlarini, oqibatlarini va ularni yo`qotish qoidalarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen, ekologik va boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, ularni nazariy va amaliy jihatdan himoyalanishga hamda jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish qoidalarini o`rganishdan iborat.
O`quv fanini o`rganishning asosiy vazifalari: hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o`rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o`rganish. SHuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o`rgatish, zararlangan shikastlanish o`choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o`tkazish, yong’inga qarshi xavfsizlik choralarini ko`rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko`nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan.

Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib «Hayot faoliyati xavfsizligi» o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida mutaxasislar:


  • bilimlarning bir butun tizimi bilan o`zaro bog’liqlikda ushbu fanning asosiy muammolari to`g’risida;


  • o`z bo`lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati to`g’risida;


  • xavf-xatarlarni identifikatsiyalash;


  • xavfsizlikni ta`minlash tamoyillari, uslublari va vositalarini tahlil qilish;


  • faoliyatning xavfsiz sharoitlarini loyihalash;


-ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi to`g’risida tasavvurga ega bo`lishi.


  • hayot-faoliyat xavfsizligini ta`minlash sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy talablarini;


  • faoliyat xavfsizligi sharoitlarini yaratishda mansabdor shaxslarning vazifalari va javobgarliklarini;


  • ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklarini tahlil qilish uslublarini;


  • xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishining oldini olish usullarini;


-ishlab chiqarishda mikroiqlimning gigienik me`yorlarini tashkil etishni bilishi

kerak.

-elektr qurilmalari, uskunalar, mashina va mexanizmlarni ishlatganda, texnik

xizmat ko`rsatganda va ta`mirlashda ko`riladigan asosiy texnika xavfsizligi talablari;

    • zararsiz ish sharoitini ta`minlovchi umumiy va shaxsiy himoya qilish vositalari;


-yong’in chiqish sabablari, ular oldini olish va o`chirishning tashkiliy va texnik vositalari;


    • favqulodda vaziyatlar turlari, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlarini tahlil qilish uslublari;


    • favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish tamoyillari, uslublari va vositalari to`g’risida tushunchaga ega bo`lishi kerak.


    • favqulodda vaziyatlarda insonlar va moddiy boyliklarni saqlash va qutqarish vositalarini ishlatish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lishi kerak.


-turli holatlarda jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko`rsata olish;


    • texnika, elektr va yong’in xavfsizligi talab va me`yorlarini tez va qat’iylik bilan bajarish tajribasiga ega bo`lishi kerak.


Qo`yilgan vazifalar o`qish jarayonida talabalarning ma`ruza, amaliy mashg’ulot va seminarlarda faol ishtiroki hamda o`qituvchi kuzatuvida mustaqil ta`lim olishi bilan amalga oshiriladi.



Yüklə 37,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin