Yo‘l to‘shamasi va qoplamalarini joriy ta’mirlashda quyidagi ishlar bajariladi: -sementbeton qoplamalardagi bo‘ylama va ko‘ndalang choklarni to‘ldirish;
-barcha turdagi qoplamalarda g‘ildirak izini, o'ymalarni, yoriqlarni, chuqurlarni ta’mirlash, cho'kkan joylarni, qoplama chetini, bordyurlarni to'g'irlash, qora qoplamalar yuzasidagi yeyilish qatlamini tiklash;
-chaqiqtoshli va shag‘alli qoplamalarga, shuningdek bitum va qatron bilan ishlangan qoplamalarga mayda shag‘al va qum sepish;
-kalsiyli xlor, qatron, bitum va boshqa mahsulotlar bilan yo‘llarni changsizlantirish;
-ayrim shag‘al va tuproqli yo‘llar nishabliklarini qo'shimcha mahsulot ishlatmasdan to'g‘irlash.
Mavjud avtomobil yo‘lining joriy ta’mirlash ishlari quyidagi ketma ketlikda olib boriladi: Kerakli materiallar sarfi topiladi.
Mavjud qoplamani noravon joylari freza yordamida kesib olinadi
Qoplama yuzasi changdan tozalanadi.
Qoplama yuzasiga bitum sepiladi.
Qoplamani ustki qatlamini mayda donali g‘ovak issiq asfaltbetondan qurish.
Avtosamosvallar yordamida mayda donali asfaltbeton qorishmasini tashib keltirish.
V= L ‧ B ‧ h ‧ K Z‧ Kyu ; m3 D=V ‧ ; t L=1500*0.3=450 30%; B=24 m; h=0,05 m; kz=1,25; ky=1,01; =2,4 t/m3
D= *2.4=1637 t V- yo‘l to‘shamasini qatlamining bir jinsli materiali hajmi, m3 L- quriladigan yo‘l bo‘lagi uzunligi, m;
B- yo‘lning eni, m;
h-qatlam qalinligi, m;
KZ- zichlanish koeffitsiyenti; (1.30)
Kyu – isrof bo‘lish koeffitsiyenti; (1.01)
D- kerak bo‘ladigan material og‘irligi, t
- material zichligi, m3 /t;(2.4)