Xavotirlanish darajasini o‘lchash shkalasi.
Mazkur shkala – so‘rovnoma A.M.Prixojan tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 8 – 10 sinf o‘quvchilarining xavotirlanuvchanlik darajasini o‘rganishda qo‘llanilishi mumkin. Metodikaning e’tiborli jihati shundaki, uning yordamida o‘quvchi hayotining qaysi sohasi unda ko‘proq xavotir uyg‘otishini aniqlash mumkin. So‘rovnoma matnida 30 xil vaziyat tasvirlangan. Tekshiriluvchi ushbu vaziyatlar uning uchun qanchalik yoqimsiz ekanini bildirishi kerak.
Ko‘rsatma. Quyida siz hayotda uchratadigan turli vaziyatlar sanab o‘tilgan. Ularning ba’zilari sizga yoqimsiz bo‘lishi, sizda xavotir, tahlika, qo‘rquv uyg‘otishi mumkin. Vaziyatlar sizga qanchalik yoqimsiz ekanini
0,1,2,3,4 raqamlaridan foydalanib belgilang. Bunda: 0 – vaziyat sizga hech ham yoqimsiz emas; 1- vaziyat sizni biroz xavotirga soladi; 2 – vaziyat shunchaki, siz undan nariroq bo‘lishni istaysiz; 3 – vaziyat sizga judayam yoqmaydi, sizda kuchli xavotir uyg‘otadi; 4 – vaziyat sizda kuchli qo‘rquvni uyg‘otadi, siz unga chiday olmaysiz.
Metodikaning matni
1
|
Doskaga chiqib javob berish
|
0, 1, 2, 3, 4
|
2
|
Notanish odamlar uyiga borish
|
0, 1, 2, 3, 4
|
3
|
Musobaqa, tanlov, olimpiadalarda ishtirok etish
|
0, 1, 2, 3, 4
|
4
|
Maktab direktori bilan suhbatlashish
|
0, 1, 2, 3, 4
|
5
|
O‘z kelajagingiz haqida o‘ylash
|
0, 1, 2, 3, 4
|
6
|
O‘qituvchi kimdandir so‘rash uchun jurnalga qarayapti
|
0, 1, 2, 3, 4
|
7
|
Sizni tanqid qilishayapti, nimagadir urishayaptilar
|
0, 1, 2, 3, 4
|
8
|
Biror ish qilayotganingizda sizga tikilib turishibdi
|
0, 1, 2, 3, 4
|
9
|
Nazorat ishi yozayapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
10
|
Nazorat ishidan keyin o‘qituvchi baholarni e’lon qilayapti
|
0, 1, 2, 3, 4
|
11
|
Sizga e’tibor berayaptilar
|
0, 1, 2, 3, 4
|
12
|
Nimanidir qila olmayapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
13
|
Ota – onalar majlisidan ota – onangiz qaytishini kutayapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
14
|
Sizni muvaffaqiyatsizlik, mag‘lubiyat kutmoqda
|
0, 1, 2, 3, 4
|
15
|
Orqangizdan kulgu yangrayapti
|
0, 1, 2, 3, 4
|
16
|
Maktabda imtihon topshiryapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
17
|
Birov sizga jahl qilyapti, lekin negaligini bilmayapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
18
|
Katta auditoriya oldida so‘zga chiqdingiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
19
|
Oldingizda juda muhim, hal qiluvchi ish turibdi
|
0, 1, 2, 3, 4
|
20
|
O‘qituvchining tushuntirishlarini tushunmayapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
21
|
Siz kim bilandir kelisha olmayapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
22
|
Siz o‘zingizni boshqalar bilan qiyoslayapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
23
|
Sizning qobiliyatlaringizni sinashayapti
|
0, 1, 2, 3, 4
|
24
|
Sizga yosh boladek munosabatda bo‘lishayapti
|
0, 1, 2, 3, 4
|
25
|
Darsda o‘qituvchi sizga to‘satdan savol berib qoldi
|
0, 1, 2, 3, 4
|
26
|
Siz kelgach, gaplashib turganlar jim bo‘lib qoldi
|
0, 1, 2, 3, 4
|
27
|
Sizning ishingizni baholashmoqda
|
0, 1, 2, 3, 4
|
28
|
O‘z ishlaringiz haqida o‘ylayapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
29
|
O‘zingiz uchun muhim bo‘lgan biror qaror qabul qilayapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
30
|
Uy vazifasini qila olmayapsiz
|
0, 1, 2, 3, 4
|
Xavotirlanish turlari va ularga mos keluvchi vaziyatlarning tartib raqamlari
Xavotirlanish turi |
Xavotirlanish turiga mos keluvchi vaziyatlar tartib raqami
|
Maktab bilan bog‘liq xavotirlanish
|
1 4 6 9 10 13 16 20 25 30
|
O‘z–o‘zini baholash bilan bog‘liq xavotirlanish
|
5 12 14 19 22 23 27 28 29
|
Shaxslararo munosabatlar bilan bog‘liq xavotirlanish
|
2 7 8 11 15 17 18 21 24 26
|
Natijalarni hisoblash va baholashda avval xavotirlanishning har bir turi bo‘yicha ballar yig‘indisi hisoblab chiqiladi Xavotirlanishning har bir turi bo‘yicha to‘plangan ballarni o‘zaro qo‘shish bilan umumiy ball topiladi. So‘ngra olingan ko‘rsatkichlar 1 – jadvaldagi standartlar asosida baholanadi.
Dostları ilə paylaş: |