Leksikografiya nazariyasining vazifasi shundaki, lug’atning har bir turi ekstremal masalani yechish muhim leksik materialning maksimal darajasida lug’atdan ma’lumot olishga minimal vaqt sarflansin. Lug’atlarga ma’lum bir talablar mavjud:
lug’at adresati (o’quvchilar, talabalar va boshqalar);
lug’at turi (bir tilli yoki tarjima);
lug’at hajmi;
poligrafik ko’rinishi (bolalarga mo’ljallangan lug’atlar yorqin rangli rasmli bo’lishi lozim. har bir o’quv lug’ati fo rmati bo’yicha qulay kitob shaklida bo’lishi kerak. ma’lumot topishda tezlik va osonlik- bu o’quv lug’atining yana bir belgisidir).
Shunday qilib, lug’at bu so’zlar haqida ma’lumot bo’lgan asardir. “Bu lug’atning turidagi qat'iy nazar belgisidir. Demak, lug’at statyasi lug’atning asosiy birligi hisoblanadi. Uning strukturasi so’zning mazmuniy strukturasini aks ettiradi” deydi rus lug’atshunosi Denisov.
Lug’atlar, avvalo, maqsadi va mo’ljaliga ko’ra ikkiga bo’linadi:
-umumiy lug’atlar;
-maxsus lug’atlar.
Umumiy lug’atlar keng o’quvchilar ommasiga, maxsus lug’atlar esa tor doiradagi kishilar-alohida soha mutaxassislariga mo’ljallangan bo’l adi.
Har ikkala tur lug’atlar ham o’z o’rnida yana ikkiga bo’l inadi:
-ensiklopedik lug’atlar;
-filologik lug’atlar.
Demak, lug’atlarni umumiy ensiklopedik lug’atlar va maxsus ensiklopedik lug’atlar, umumiy filologik lug’atlar va maxsus filologik lug’atlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq va qulaydir.
Umumiy ensiklopedik lug’atlar. Ma’lumki, umumiy ensiklopedik lug’atlar alfavit tartibida bo’lib, ularda so’zlar emas, balki shu so’zlardan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo’lgan narsalar, tarixiy voqealar, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma’lumot beriladi va lug’at
maqolalari lug’atdagi tavs if lug’at maqolasi deyiladi. Lug’at yozilgan tilni tushunuvchi keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallangan bo’ladi. « O’zbekiston milliy enseklopediyasi» ana shunday lug’atlardan biridir. Unda shunday deyiladi: O’zME ( O’zbekiston Milliy entseklopediyasi) universal ensiklopediya b o’lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma’lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir. Prezident I.Karimov O’zME ga yozgan so’zboshisida u haqida «Enseklopediyamiz o’zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda ommabopligi bilan keng kitobxonlar orasida obro’-e‘tibor topib, jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o’rin olishiga ishonchim komil» deb, uning funksiyasini alohida ta’kidladi.
Maxsus entseklopedik lug’atlar. Fan-texnika, san‘at va madaniyatning ma’lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo’ljallab tavsiflaydi. Bunday lug’atlar s ifatid a soha ens iklop edik lug’atlari - «Meditsina ensiklopediyasi», «Физический энцыклопедический словарь», «Лингвистический энцыклопедический словарь » kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Umumiy ensiklopedik lug’atlardan farqli ravishda maxsus entseklopedik lug’atlar tor sohaga doir tushunchalarni keng va batafsil sharhlaydi. Masalan, rus tilida yaratilgan « Лингвистический энцыклопедический словарь»ск1 shunday deyiladi: «Bu lug’at turli ixtisosliklardagi filolog-tilshunoslar va ilmiy xodimlarning keng doirasiga, shuningdek, tilshunoslik bilan yaqin bo’lgan sohalar- psixologlar, mantiqshunoslar, filosoflar, etnograf va adabiyotshunoslarga mo’ljallangan».Maxsus ensiklopedik lug’at soha mutaxassislari uchungina zarur bo’lgan tushunchani ana shu soha ilmiy uslubiga xos ifoda bilan tasvirlaydi.
Umumiy filologik lug’atlar barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga mo’ljallangan izohli, imlo, orfoepik, tarjima lug’atlardir. « O’zbek tilining izohli lug’ati»,«Ruscha- o’zbekcha lug’at» ana shunday lug’atlar sirasiga kiradi. Shu boisdan « O’zbek tilining izohli lug’ati» da shunday deyiladi: «Lug’at keng o’quvchi lar ommasiga-tilshunoslar, o’rta va oliy maktab o’quvc hilari va o’qituvchilari, yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va o’zbek
tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo’ljallangan.» (1-tom, 5-bet) Izohli lug’at so’zning ma’nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va so’zni shu ma’nosi bilan nutq tarkibida beradi.
Umumiy izohli lug’atda lug’aviy birliklarning barcha - grammatik, uslubiy, frazeologik birliklar tarkibida qatnashishi, omonimik, qaysi tildan o’zlashganlik belgilari ko’rsatiladi.
O’zbek tilining bu tipdagi lug’ati birinchi marta 1981 -yilda Moskvada nashr etildi. «Boy leksikografk an‘analarning davomi sifatida o’tgan asrning 50-80 - yillari mobaynida o’zbek tilshunosligida erishilgan va o’zbek leksikografiyasini tilshunoslikning tez rivojlanib borayotgan mustaqil sohasiga aylantirgan ulkan muvaffaqiyatlari tufayli yuzaga kelgan». « O’zbek tilining izohli lug’ati» o’zbek xalqi tarixi va ma’naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo’l di. «Lug’atning asosiy vazifasi o’zbek adabiy tilining so’z boyligini to’plash va tavsiflash bilan birga, uning me‘yorlarini belgilab berish va mustahkamlashdan ham iboratki, unda adabiy tilning imlo, talaffuz, so’z yasash va ishlatish me‘yorlari tavsiya etildi».
Demak, o’zbek tilining ilk izohli lug’ati o’z oldiga qo’yilgan o’zbek adabiy tilining so’z boyligini to’plash va tavsiflash hamda uning me‘yorlarini belgilashdan iborat tarixiy vazifasini bajardi. Biroq tilshunoslik fanining rivoji, o’rganish manbaiga yondashuv omillari va metodologiyasining taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy fanlarga qo’yiladigan yangicha talablarning yuzaga kelishi ijtimoiy ong shakllaridan bo’lgan tilning ilmiy talqinida ham yangicha qarashlar shakllanishiga olib keladi .
Leksemalarning lug’aviy ma’nosi talqinida lison va nutqni izchil farqlash talabi har bir so’zga xos barqaror lisoniy va o’tkinchi nutqiy jihatlarni ajratishni taqozo qiladi. Nutqiy hodisalar cheksizlik va rang-baranglik tabiatiga ega bo’lganligi bois leksikografik talqinlarning obyekti bo’la olmaydi. Lug’atlar so’zlarga xos barqaror jihatlarnigina qamrab olish imkoniga ega. Demak, semasiologiya sohasida amalga oshirilgan izchil sistemaviy tadqiqotlar lug’atni tartiblashtirishda muhim tayanch omil bo’lib, leksikografni cheksiz nutqiy ma’nolarni tartibga keltirish, lug’atlarga kiritish hamda izohlash tashvishidan xalos
etadi. Ushbu birlik (leksemaning)ning asl zotiga daxldor bo’lgan unsurni ajratish va tavsiflash leksikografik talqinda muhim ahamiyatga ega.
Demak, lug’atda bir so’zning, deylik, 20-30 tagacha nutqiy ma’nolarini izohlash, uning empirizmga asoslanganligini ko’rsatsa, faqat sememalarga tayanish lug’atning sememik tahlil doirasidan tashqariga chiqa olmaganligidan dalolat beradi.
Ma’lumki, izo hli lug’at keng o’quvchi lar ommasiga mo’ljallangan bo’l ib, buning uchun leksikografik talqinda ijtimoiy shartlangan ma’nolardan kam q o’llan ishga ega, terminologik ma’nolar talqiniga o’tib borilmog’i lozim.
Ma’lumki, ko’pgina grammatik shakllar s o’zning ma’noviy tabiatiga grammatik o’zgarishlar beradi. Fe‘lning nisbat shakllarida esa boshqacharoq holni ko’ramiz. To’g’ri, affiks qo’shilgandan keyin hosil bo’lgan yasama forma affiks qo’shilmas dan ilgarigi formaga nisbatan ham leksik, ham grammatik tomondan o’zgaradi, ya’ni ma’no ko’payishi yoki o’zayishi mumkin. Biroq bunda lug’aviy ma’no modifikatsiyalanishining qay darajada ekanligini aniqlash maqsadga muvofiq. Bunda ikki holatni:
Lug’aviy ma’no modifikatsiyasi yangi lug’aviy ma’no hosil bo’lish darajasi.
2.Shakl so’zda yuzaga keltirayotgan birikuvchanlik o’zgarishlari ma’noviymi, sintaktikmi yoki ham ma’noviy ham sintaktikmi ekanligini muayyanlashtirish lozim bo’ladi.
Nisbat shakllari lug’aviy shakl hosil qiluvchi vositalar sirasida markaziy o’rin ni egallab, fe‘l leksema lisoniy mohiyatini modifikatsiya qiluvchi muhim omil sanaladi. Aytilganidek, nisbat shakllari lis o niy lug’aviy ma’noni modifikatsiyalaydi, biroq bu hodisa yangi lug’aviy ma’no vujudga kelishi darajasidami? Yangi lug’aviy ma’no (xoh u nutqiy, xoh lis o niy bo’lsin) nisbat shakllari ta’sirida vujudga kelsa, so’z alohida leksikografik birlik sifatida lug’at maqolasida alohida tavsiflanishga haqli.
Ma’lumki, lug’atlarning vazifasi nafaqat biror tilning lug’at boyligi haqida tasavvur uyg’otish, balki shu bilan birgalikda, so’zlarning semantikasini, lis o niy
qiymatini belgilash, ular ma’nolarining sistemaviy munosabatlarini berish ham bo’lmog’i lozim. Chunki bu ko’p ma’noli so’zlarning ma’nolarini yorqinroq chegaralab olish, yaqin ma’noli so’zlarning semantik qiymatini to’g’ri anglash imkonini beradi.
So’zlarning semantik mohiyati ularning o’z semantik tizimida ochiladi, shu boisdan so’zlararo semantik munosabatlarning leksikografik metatilga muvofiq ravishda lug’atlarda aks etishi va ichki ma’nolarni farqlovchi muhim yechimlarning leksikografik talqinga «yedirib» yuborilishi muayyan ma’no bilan so’zning semantik tizimdagi o’rnini aks ettirgan lug’atlarning amaliy qiymatini yanada oshiradi. Chunki semantik munosabatlarni ochish asosidagina tilning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan farqlash, differensatsiya amalga oshiriladi. Masalan, sinonimik munosabatlarda so’zlarning ifoda boyoqlari orasidagi farqlar ochilsa, tur-jins munosabatlarida ma’noviy noaniqlik muayyanlik tomon intiladi. Paronimik munosabatlarda esa butunlikning bo’linishi asosida butunda qismni, qismda butunni ko’rish, ravshan ilg’ash imkoni vujudga keladi.
Imlo lug’ati so’zlarni amaldagi imlo qoidalariga muvofiq ravishda qanday yozish kerakligini o’rgatadi. Demak, bunday lug’atlar hammabop va amaliy tabiatga ega bo’ladi. Bunday lug’atlarga S.Ibrohimov va M.Rahmonovlarning 1956, 1964 larda «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan» nashr etilgan, S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning 1976 yilda «Fan» nashriyoti tomonidan chop etilgan kirill yozuviga doir imlo lug’atlarini kiritish mumkin.
1995 yilda Sh. Rahmatullaev va A.Hojiyevlar tuzgan lotin imlosidagi imlo lug’ati «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etildi.
Orfoepik lug’atda so’zlarning to’g’ri ad ab iy talaffuzi ko’rsatiladi. Bunday lug’at birinchi marta kichik hajmda M.Sodiqova va O’.Usmonova tomonidan « o’zbek tilining orfoetik lug’ati» nomi bilan 1977 yilda «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi.
Maxsus filologik lug’atlar tor o’quvchilar ommasi-tilshunoslik bilan shug’ullanuvchilar va boshqa ilmiy tadqiqotchilarga mo’ljallangan bo’ladi. o’zbek tilining morfem, chastotali, ters, o’zlashma so’zlar, frazeologizmlar,
sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizmlar, terminologik, etimologik lug’atlari shular jumlasidandir.
Morfem lug’atlarda leksik birliklarning tarkibi-morfemik strukturasi ko’rs atiladi. Bunday lug’at birinchi marta A.G’ulomov, A.N.Tixonov,
R. Q.Qo’ng’urovlar tomonidan tuzilib, 1977 yilda «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etilgan.
Chastotali lug’atda so’zlarning qo’llanishi darajasi haqida ma’lumot beriladi.
A.Kissen muallifligida chop etilgan «Словарь наиболее употребительнох слов современногоузбекского литературного языка» (Tashkent, 1970) lug’ati chastotali lug’at bo’lib, unda ma’lum bir tanlangan matnlarda so’zlarning qo’llanilish chastotasi (takrorlanganlik miqdori) ko’rsatiladi. Shunday lug’atlar
S. Rizaev, Z.Hamidov, N.Axmatov, N.Mamadalieva, R.Zohidov tomonidan alohida asarlar bo’yicha tuzilgan.
Ters lug’atda so’zlar teskari tomondan oxiridan alfavit tartibida joylashtiriladi. Bunday lug’at ham lingvistik lug’at bo’lib, R.Qo’ng’urov va A.Tixonovlar tomonidan «Обратной словарь узбекского языка» nomi bilan 1969- yilda Samarqandda chop etilgan.
O’zlashma so’zlar lug’atida biror bir tilga boshqa tillardan kirib kelgan so’zlar izohlanadi. Bu tipdagi lug’atlar izohli lug’atlarning bir ko’rinishidir. Ular qaysi tildan o’zlashgan so’zlarni izohlashiga ko’ra turlicha nomlanadi. Masalan, O.Usmon va R.Doniyorovlar tomonidan 1965- yilda nashr etilgan «Ruscha- internatsional so’zlar izohli lug’ati»da rus va boshqa yevropa tillaridan kirib kelgan so’zlar izohlangan.
Frazeologik lug’atlar ham maxsus lingvistik lug’atlarning bir turi bo’lib, Sh.Rahmatullaev tomonidan tuzilgan « O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati» (Toshkent, 1978) bunday lug’atning mukammal namunasidir.
Onomastik lug’atlar o’zbek leksikografiyasining alohida sohasiga aylandi. Bunday lug’atlarda atoqli otlar (onomosionimlar)dan, masalan, toponimlardan yoki antroponimlar izohlanadi va ular etimologik lug’atlarning o’ziga xos ko’rin ishidir. Bunga T.Nafasov tomonidan tuzilgan «Janubiy O’zbekiston toponimlarining
izohli lug’ati»ni S.Qoraevning joy nomlarining izohli lug’atini misol qilib keltirish mumkin.
Dialektal lug’at o’zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo’lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug’atlar umuman o’zbek tilining barcha shevalariga xos so’zlarni yoki ma’lum bir sheva so’zlarini izohlashga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. 1971- yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan « O’zbek xalq shevalari lug’ati»ni bunga misol qilib keltirish mumkin.
Terminologik lug’atlar ma’lum bir sohaga tegishli so’zlarni izohlaydi. Terminologik lug’atlar izohli yoki tarjima ko’rin ishlariga ega bo’ladi. Demak, terminologik lug’atlarni bir tilli va ko’p tilli lug’atlarga bo’lish mumkin.
Tarjima lug’atlar bir tildagi so’z ma’nosining boshqa tilda ifodalashishi, berilishini ko’rsatadi.
Tarjima lug’atlari ikki tilli yoki ko’p tilli lug’atlarda so’z ikkitadan ortiq tilda beriladi. Bunday lug’atlar juda kam.
Tarjima lug’atlari qanday birliklarni ifodalashiga ko’ra turlicha bo’l adi: leksik birliklar lug’ati;
frazeologizimlar lug’ati;
har ikkala birliklar lug’ati;
maqollar lug’ati.