XARAKTER Xarakter - shaxsning voqelikka bolgan munosabatlarini ifodalovchi uning xulq - atvori va xatti - harakatlarida namoyon boladigan barqaror xususiyatlarning individual tarzdagi yig`indisi.
Xarakter aktsentuatsiyasi - biror xususiyatning boshqa belgilar fonida ajralib turishi va alohida rivojlanishga ega bo`lishi.
Psixopatiya - aqliy qobiliyat saqlanib qolgani tarzda boshqa kishilar bilan bogliq xarakterga oid hastalik, bazan atrofdagilar uchun ijtimoiy xavfli bo`lishi ham mumkin.
Xarakter haqida tushuncha Har bir odam har qanday boshqa odamdan ozining individual - psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu erda gap xarakter haqida boradi. “Xarakter” sozi aynan tarjima qilinganda grekchadan “tamga” degan manoni anglatadi. Lekin har qanday individual xususiyatlar ham xarakter bola olmaydi. Masalan, korish va eshitishning o`tkirligi, tez esda olib qolish bu xarakter emas.