Tushlar – uyquda yuzaga keladigan ixtiyorsiz obrazlar bo`lib, ular tez unitilishi yoki uzoq muddatga saqlanishi mumkin.
Orzu – inson ongidagi real va noreal tasavvurlar bilan bog`liqdir.
Aktiv xayol – insonning hayotiy rejalarini, xohish – istaklarini amalga oshirishda oz aksini topadi. Masalan: yangi avtomabil yaratish, GESS qurilishi rejasini tuzish shularga misoldir. Reproduktiv xayolda aniq real vazifani amalga oshirish maqsad qilib qoyiladi. Unda fantaziya elementlari mavjud bo`ladi.
Produktiv (ijodiy) xayol- bizning tajribamizda mavjud bolmagan obraz va ob’ektlarni yaratish bilan bogliq bo`lgan xayol turidir. Masalan: Ixtirochi, yozuvchi yangi narsa yaratadi.
Ijodiy xayol - san’atning barcha turlarida ifodalanadi va aks etadi.
Xayol insonning barcha faoliyat turlarida
oyin,
oqish,
Mehnat faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
Temperament
“Temperament"atamasi lotin tilidan olingan bo'lib, tarjimada "nisbat" degan ma'noni anglatadi.
Temperamentning to‘rt turini aniqlagan birinchi olim eramizdan avvalgi V asrda yashagan Gippokratdir.
U odamda to'rtta suyuqlik borligiga ishongan: sangius (qon), flegma (balg'am), xole va melas chole (mos ravishda sariq va qora o't).
U yoki bu odamning reaktsiyalarining turi, Gippokratning fikriga ko'ra, qaysi suyuqlik ustunligiga bog'liq.
Keyingi davrlarda temperament turlari kuchli va kuchsizlarga bo'lingan. Kuchli - flegmatik va zaif - melankolik.
Temperament, psixologik jihatdan olganda, kishidagi hissiyotning qo’zg’alishlarida va kishidagi umumiy harakatchanlikda ko’rinadigan individual xususiyatdir.
Har bir kishining o’z temperamenti bo’ladi. Lekin har qaysi odamning temperamentlarida mana shunday individual tafovutlar bo’lishi bilan birga, bu temperamentlarning umumiy, o’xshash belgi va alomatlari ham bo’ladi. Hamma hilma-hil temperamentlarni mana shunday umumiy belgilariga qarab ajratish, ya’ni klassifikasiya qilish mumkin.