Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/43
tarix09.04.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#95284
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
11-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati



XI-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati 
 
11.1. Investitsiyalashning vazifasi va iqtisodiy mazmuni 
Investitsiyalar 

iqtisodiyot va korxonalar miqyosida yangi ishlab chiqarish 
korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg‘or texnika 
va texnologiyalarni o‘zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad)
olishni ko‘paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag‘lar kiritilishidir. 
Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi 
nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste’mol bozorini ta’minlashda alohida 
e’tiborga ega. 
O‘zbekiston Respublikasida 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan “Investitsiya 
faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq investitsiyalar deganda iqtisodiy va 
boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda 
ularga doir huquqlar tushuniladi.
Investitsiya faoliyati sifatida esa investitsiya faoliyati subyektlarining 
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlari majmui qabul qilinadi. 
Ushbu faoliyatning asosiy figura bo‘lgan investorlar qatoriga o‘z mablag‘larini, 
qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larni, mulkiy boyliklarni va ularga doir 
huquqlarni, shuningdek intellektual mulkka doir huquqlarni investitsiya faoliyati 
obyektlariga investitsiyalashni amalga oshiruvchi investitsiya faoliyati subyektlari 
kiritiladi.
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi deganda investorning buyurtmalarni 
bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati 
subyekti tushuniladi. 
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmun - mohiyati to‘g‘risida iqtisodchi olimlar 
o‘rtasida xilma – xil fikrlar mavjud.
Investitsiyalarga aniq bir ta’rif berilmagan. Jumladan, professor D.G‘. 
G‘ozibekov investitsiyalarning iqtisodiy mazmun – mohiyatini moliyaviy 
kategoriya sifatida talqin etib, quyidagicha ta’rif berib o‘tgan: “Investitsiyalarning 
mazmuni aniq va ishonchli manbalardan mablag‘lar olish, ularni asosli holda 
safarbar etish, rikslar darajasini hisobga olgan holda kapital qiymatini saqlash va 
ko‘zlangan samarani olishdan iborat bo‘ladi”.
1
Professor N.H.Haydarov investitsiyalar mazmun – mohiyatiga quyidagi 
ta’rifni beradi: “Investitsiya – bu mulk shaklidan qat’iy nazar, tadbirkorlik asosida 
faoliyat ko‘rsatayotgan jismoniy va yuridik shaxslar yoki davlatning iqtisodiy va 
ijtimoiy samara olish maqsadida o‘z boyliklarini qonun doirasida bo‘lgan har 
qanday tadbirkorlik obyektiga sarflashidir”.
2
Lorens Dj. Gitman va Maykl D. Djonkning “Investitsiyalash asoslari” (M.: 
“Delo” nashriyoti.1997) kitobida investitsiyalarga quyidagicha ta’rif beriladi: 
Investitsiya moliyaviy natijalar olishni ko‘zlab aksiya va obligatsiyalarni sotib 
olishni anglatadi: bular real aktivlarni belgilaydi, masalan, u yoki bu molni ishlab 
G‘ozibekov D.G‘. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. T.: “Moliya” nashriyoti. 2003. 26 bet. 
2
Haydarov N.H. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq 
munosabatlarini takomillashtirish masalalari. I.f.d ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. / T.: 2003. 29 
b.


chiqarish va sotish uchun mashinalarni olishni nazarda tutadi. Umuman keng 
ma’noda investitsiyalar mamlakat iqtisodiyotini o‘stirish va rivojlantirishni 
moliyalashtirish uchun zarur bo‘ladigan mexanizmlarni ta’minlaydi. 
Investitsiyalarni moliyaviy investitsiyalar va real investitsiyalar ko‘rinishidagi 
ikkita katta guruhga ajratish mumkin.
Moliyaviy investitsiyalar qimmatbaho qog‘ozlar, aksiya va obligatsiyalar sotib 
olish, pul mablag‘larini banklarga foiz olish maqsadida depozit hisob raqamlariga 
qo‘yish bilan ifodalanadi. 
Real investitsiyalar o‘z navbatida moddiy va nomoddiy turlariga bo‘linadi. 
Yuqoridagi qonunga asosan real investitsiyalar mo‘ljallangan obyektiga ko‘ra 
kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin