11.2. Korxona investitsiyalarining manbalari
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Barcha
sohalardagi ijobiy natijalar qatorida, investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada
oshdi.
Ayniqsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil
etib, 2018 yilga nisbatan – mana shu raqamga e’tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1
milliard dollarga yoki 3,7 barobar o‘sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi.
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida
1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik
va rivojlanish tashkiloti tomonidan O‘zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik
reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi”
4
.
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar
Investorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga soliqlarni bo‘lib-bo‘lib
to‘lash, infratuzilma yaratish xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplash
mexanizmlari joriy etilmoqda.
Shuningdek, foyda solig‘ini hisoblashda, yangi texnologik uskunalar xarid
qilish, yangi ob’yektlarni qurish va modernizatsiya qilish xarajatlari bo‘yicha
chegirmalar kengaytirildi.
Mavjud 3 mingga yaqin davlat ishtirokidagi korxonalarni xatlovdan
o‘tkazib, xususiy sektor va raqobat rivojlangan yo‘nalishlardagi korxonalarda davlat
ishtirokini keskin kamaytirish choralarini ko‘rish lozim.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning asarlarida
qayd etilganidek: “Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport
imkoniyatlarini kengaytirish sohasida belgilangan yo‘nalishlar kuchli investitsiya
siyosatini o‘tkazish bilangina ro‘yobga chiqadi”.
Shu sababli investitsiya siyosati davlat iqtisodiy siyosatining eng muhim
tarkibiy qismi bo‘libgina qolmay, iqtisodiyotni modernizatsiyalashning resurslar
asosi bo‘lishi tabiiy bir holdir. Maqsadga yo‘naltirilgan va samarali investitsiya
siyosati ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish, tarmoq ichidagi va
tarmoqlararo
nomutanosibliklarni
yo‘qotish,
mintaqalar
iqtisodiyotini
tenglashtirish, barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga imkon beradi. Korxonalar
darajasida investitsiya siyosati, avvalo investitsiyalarning o‘zi tufayli ishlab
chiqarishga zamonaviy mashina va asbob-uskunalarni, resurs va mehnatni
tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish, ishlab chiqarish sexlari va uchastkalarini
qayta rejalashtirish va tuzilmaviy qayta qurish, zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish, ishlab chiqarish estetikasini yaxshilash
va boshqa vazifalar hal qilinadi. Boshqacha qilib aytganda, hozirgi sharoitlarda
investitsiya siyosati, investitsiyalash miqyosi va sur’atlari ko‘p jihatdan ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlar va islohotlarning muvaffaqiyatga erishuvi, mamlakatning
ishlab chiqarish salohiyati va xalqaro nufuzining o‘sishiga zamin yaratadi.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko‘paytirishga,
ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi
ko‘rinishidir. U pul mablag‘lari, bank kreditlari, aksiya va boshqa qimmatli
qog‘ozlar ko‘rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag‘lari ko‘rinishidagi investitsiya
nominal investitsiya, ana shu pul mablag‘lariga sotib olish mumkin bo‘lgan
investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar – investitsion
faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo‘lib aholi keng qatlamlarining
jamg‘armalari hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, amalda jamg‘arma egasi va
investor bir shaxsda namoyon bo‘lishi va bo‘lmasligi ham mumkin. Odatda,
jamg‘arma jamiyatdagi ko‘pchilik sub’yektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan
investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub’yektlar tomonidan amalga
oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq
xo‘jaligi va boshqa korxonalar jamg‘armasi ham investitsiya manbai bo‘lib
hisoblanadi. Bu o‘rinda “jamg‘aruvchi” va “investor” bir sub’yektda
mujassamlashadi.
|