Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


munosabatlarning sub’yekti hamdir



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/43
tarix09.04.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#95284
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43
11-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati

munosabatlarning sub’yekti hamdir. Odamlar faoliyati shu munosabatlar orqali 
ruyobga chiqadi. Bu faoliyat yo‘nalishi va natijalari xodimning o‘z faoliyatida 
qanday o‘y-fikrlarga, tasavvurlarga, maqsadlarga, hayotiy yo‘l-yo‘riqlarga, 
muddaolarga va psixologik e’tiqodlarga amal qilishiga bog‘liq. Shu sababli inson 
omilining mohiyati, ahamiyati va mazmuni tahlil etilganda gap faqat inson 
haqidagina emas, balki avvalo inson yashab, mehnat qilayotgan ijtimoiy 
munosabatlarning butun tizimi bilan belgilanuvchi ijtimoiy sifatlar, faoliyatni 
rag‘batlantiruvchi omillar va muddaolar haqida borishi kerak.
Boshqaruv jarayoni ishlab chiqarish - xo’jalik faoliyatning ajralmas qismidir, 
uning samaradorligini korxonaning oxirgi natijalari bo’yicha xulosadan aniqlash 
mumkin. 
Samaradorlik keng mazmunga ega bo’lib, bunda quyilgan maqsadlarga 
erishish natijalari bilan ishlab chiqarish harajatlarini solishtirishdan iboratdir. Lotin 
tilida “samara” - harakatlik, ishlab chiqaruvchilik zaruriy natijani beruvchi 
ma'nolarini anglatadi. U inson faoliyatining barcha sohalarida: fanda, texnikada, 
siyosatda va mafko’rada foydalaniladi. “Ishlab chiqarishni boshqarish 


samaradorligi” tushunchasida “Ishlab chiqarish samaradorligi” tushunchasini 
aniqlab olish lozim. Ishlab chiqarish samaradorligining oxirgi natijani foydalanilgan 
xajm yoki harajat resurslariga (ishlab chiqarish natijasi (samara) va harajatlar 
o’rtasidagi farq) munosabati deb tushuniladi. Bu tushuncha ishlab chiqarishni 
rivojlanish jarayoni harakatiga baxo beradi va uning sifat o’zgarishlarini yoritadi. 
Boshqaruv samaradorligining shunday ko’p qirraliligi, uni ifodalash uchun 
ko’p shaklli tushunchalarni namoyon qiladi. Quyida xoxlagan darajadagi boshqaruv 
tizimi asosiga kirgan samaradorlikning muhim tushunchalari keltirildi: 
- boshqaruv xodimlari mehnati samaradorligi; 
- boshqaruv apparatining boshqaruv faoliyati yoki uning alohida bo’limlari va 
tarmoqlari samaradorligi; 
- boshqaruv jarayonining samaradorligi (aniq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish 
va amalga oshirish); 
- boshqaruv tizimlarining samaradorligi (boshqaruv tabaqasi, ishlab chiqarishni 
boshqarishda mehnatchilarning ishtiroklarini hisobga olgan holda); 
- boshqaruv mexanizmining samaradorligi (uslublar, dastaklar, rag’batlar va rejali 
boshqaruv shakllari). 
Bir tushunchadan boshqasiga o’tishda har bir keyingi tushunchaning 
mazmundorligi, aloqadorligi olib boradi. 
Samaradorlikning o’z mazmun va mohiyatiga iqtisodiy hamda ijtimoiy 
tavsifga ega holat sifatida urgu beriladi. Samaradorlik turlari har hil maqsadlarni 
(o’zaro aloqador) va samaraning o’ziga xos shaklini (ijtimoiy va iqtisodiy) 
ifodalaydi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin