11.5-rasm. Xorijiy investitsiyalar uchun xudud jozibadorligini
(maftunkorligini) baholashning “BERI” indeksi
7
Investitsion salohiyat makroiqtisodiy xususiyatlar, hududning ishlab chiqarish
omillari bilan to‘yinganligi, aholining xaridorgir talablari va boshqalarni hisobga
oladi.
Investitsion risk darajasining yuqoriligi investitsiya va undan keladigan
daromadni yo‘qotish ehtimolini ko‘rsatadi. Oxir-oqibat investitsion faollik uning
investitsion jozibadorligiga bog‘liq.
Investitsion faollik - asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiya ko‘rinishidagi
investitsion faoliyatning real (haqiqiy) rivojlanishidir.
Xorijda bizdagi investitsiya muhiti haqida nima bilishlari u qanday berilganligi
va baholanishi aniqlanishidan O‘zbekistonning jahon investitsiyalari uchun
imkoniyatlari kelib chiqadi.
Investitsiya muhiti mikroiqtisodiy darajada ikki tomonlama, ya’ni investor va
aniq davlat organlari, xo‘jalik sub’yektlari o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z aksini
topadi. Investitsiya muhiti har qanday aniq vaqt uchun ob’yektiv holat bo‘lib, kapital
qo‘yish uchun mavjud sharoitlarning majmuasini o‘zida qamrab oladi. Lekin
investitsiya muhiti davlat organlarining boshqarish faoliyati ta’sirida shakllanadi.
Shuning uchun davlatning investitsiya siyosati eng asosiy omillardandir. Shu
ma’noda har bir davlat kapital import qilishda o‘zining aniq kapital qabul qilish
tizimiga ega bo‘ladi. Kapital qabul qilish tizimi bu xorijiy kapitalga nisbatan davlat
7
G‘ozibekov D.G‘., Qoraliyev T.M. Investitsiya faoliyatini tashkil etish va davlat tomonidan tartibga solish. -
T.: 1993. 52-b
Siyosiy barqarorlik
(12 foiz)
Devalvatsiya (6 foiz)
Iqtisodiy o‘sish sur’atlari
(10 foiz)
Valyuta ayirboshlanishi
(10 foiz)
Dostları ilə paylaş: