- siyosatni ishlab chiqaruvchilardan xususiy ishlab chiqarish, investitsiyalarni
rag‘batlantirish vazifalarini jamiyatni boshqa maqsadlari bilan muvofiqligini
ta’minlashni talab etishini bildiradi.
Korxonalar jamiyat uchun salmoqli samara keltiradi, ammo korxonalar va
jamiyat manfaatlari har doim ham mos kelavermaydi.
Mo‘tadil (qulay) investitsiya muhiti insonlar uchun takomillashish
imkoniyatlarini beradi. Investitsiya muhitini yaxshilanishi rivojlanish strategiyasini
muhim omilidir. Investitsiyalar esa insonlarga o‘z imkoniyatlaridan to‘g‘ri va to‘liq
foydalanish yo‘nalishlarini beradi.
Investitsiya muhitini belgilovchi eng muhim omillardan biri mamlakatda
investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar va kafolatlardir. Investorlar uchun soliq
imtiyozlarini berish amaliyotda keng qo‘llaniladigan tadbirdir. Masalan,
respublikamizda korxonalar foydasining ishlab chiqarishni kengaytirish,
rekonstruksiya qilish va qayta qurollantirishga sarflangan qismi soliqqa tortilmaydi.
Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, xalq iste’moli tovarlari,
bolalar assortimentidagi hamda eksportga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarish
kabi bir qator sohalarda yangi ochilgan korxonalar soliqlardan vaqtincha ozod
etilish, umumiy soliq stavkalarga nisbatan pastroq soliq stavkalari qo‘llanilishi kabi
imtiyozlarga ega bo‘ladilar.
Ichki investitsiya manbalari cheklangan bir sharoitda, ayniqsa, iqtisodiyotni
islohotlarni chuqurlashtrish davrida chet el investitsiyalarini jalb qilish alohida
ahamiyatga ega. Xorijiy investorlar uchun, ular oladigan yakuniy moliyaviy
natijalariga bevosita va bilvosita ta’sir etadigan bir qator imtiyozlar va kafolatlar
tizimi yaratilgan.
“Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish
choralari to‘g‘risida”, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”"gi O‘zbekiston
Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “To‘g‘ridan-
to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005 yil 11 apreldagi Farmoniga muvofiq
chet ellik investorlarga va ularning investitsiyalariga berilgan kafolatlarni qo‘llash
tartibini belgilangan.
Dostları ilə paylaş: