Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati


  Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘rsating?



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/43
tarix09.04.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#95284
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43
11-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati

10.  Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘rsating? 
A) 
Mahsulot miqdori va sifati, fond qimati, mahsulot tannarxi, mehnat 
unumdorligi, yer qaytimi, rentabellik. 
B) 
Mehnat unumdorligi, mehnat xaqi darajasi, ekin hosildorligi, mehnat 
sig‘imi, chorva mollari mahsuldorligi. 
C) 
Fondlar bilan ta’minlanish, fondlar bilan qurollanish, fond qiymati, fond 
sig‘imi, mehnat sig‘imi, hosildorlik. 
D) 
Rentabellik, foyda, sof daromad, yalpi daromad. 
11. Iqtisodiy samaradorlik deganda nimani tushunasiz? 
A) Iqtisodiy samaradorlik deganda yalpi daromaddan mahsulot ishlab chiqarish 
uchun ketgan moddiy xarajatlarni chegirib tashlangandagi natijaga aytiladi 
B) 
Iqtisodiy samaradorlik deganda bir – birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun 
ketgan moddiy xarajatlarni chegirib tashlangandagi natijaga aytiladi 
C) 
Iqtisodiy samaradorlik deganda ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, 
jonli mehnat sarfidan yoki barcha sarflangan mablag‘lardan keladigan oxirgi 
pirovad natijani bildiradi 
D) Iqtisodiy samaradorlik deganda asosiy vositalarni yangilab, rekonstruksiya 
qilib, foydalanishga va ularni ishlab chiqarishga keng joriy etishga aytiladi 


XII-BOB. Korxonaning innovatsion faoliyati 
 
12.1. Korxonaning innovatsion faoliyati va innovatsiya 
Zamonaviy iqtisodiyotga o‘tish sharoitida fan-texnika taraqqiyotining uchta 
asosiy yo‘nalishidan foydalanish mumkin: 
1) an’anaviy yo‘nalish; 
2) zamonaviy yo‘nalish; 
3) istiqbolli, ustuvorlik yo‘nalishlar. 
- An’anaviy yo‘nalishga elektrlashtirish, mexanizatsiyalash, qisman 
avtomatlashtirish, ximiyalash kiradi. 

Zamonaviy yo‘nalishga elektronizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash, 
kompleks 
avtomatlashtirish 
(robotlashtirish, 
kompyuterlashtirish), 
atom 
energetikasini jadal rivojlantirish, yangi materiallarni ishlab chiqarish va ularga 
ishlov berish, hozirgi davr talabiga javob beradigan texnologiyalarni qo‘llash, undan 
foydalanishda texnologiyaning ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish, imkoni 
bo‘lsa butunlay yo‘qotish yo‘llari kiradi. 

Afzallik, ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi:
- elektronizatsiyalash, biotexnologiyani keng joriy etish, iqtisodiy 
informatikani ko‘paytirib, rivojlantirib, ishlab chiqarishni to‘la axborotlashtirish, 
fundamental fanlar bo‘yicha izlanishlarni kuchaytirish;

yangi, ilg‘or (progressiv) texnologiyalarni joriy etish; 

texnika va texnologiya, elektr energiyasi va yoqilg‘ilarning, xomashyo va 
materiallarning eng yangi turlarini yaratish; 
- mavjud mashina va mexanizmlarni, asbob-uskuna hamda jihozlarni 
modernizatsiyalash kiradi. 
Bozor iqtisodiyotiga kirib borish munosabati bilan ilm-fan sohasiga juda ko‘p 
atamalar (terminlar), tushunchalar kirib kelmoqda. Masalan, “Nau-xau“, 
innovatsiya, lizing, texnopolis, venchur, injinering, tender va h.k. 
“Nau-xau“ – bu texnik, tashkiliy-iqtisodiy, tijorat bilimlari va tajribaning 
yig‘indisi bo‘lib, almashish predmeti hisoblanadi. “Nau-xau“ tipidagi axborot 
(informatsiya) raqobatli ishlab chiqarishning, savdoning omili sifatida ro‘y berishi 
mumkin. “Nau-xau“ning eng xarakterli, tavsifiy tomoni – bu texnik bilimlarning 
yangiligida va aniq ishlab chiqarish va tijorat vazifalarini bajarish uchun 
foydaliligidadir. Uni amalga oshirishda shartnoma tuziladi: har xil chizmalar, 
loyihalar, smeta (bo‘ladigan kirim-chiqim hisobi), texkartalar, metodikalar (biror 
narsaga o‘rgatish usullari), formulalar (shartli belgilar bilan ifodalangan matematik 
miqdorlar), texnik ma’lumotlar va h.k. tanishtiriladi. Eksporter bu ma’lumotlarni 
yetkazib beradi, importer esa qabul qilib oladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin