Lizing – mashina, asbob-uskuna, transport vositalari,
ishlab chiqarish
inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar
eksportini kreditlash shakllaridan biri. Lizingning asosan
moliyaviy va oddiy turi
mavjud.
Moliyaviy lizing muayyan muddatda ijaraga beruvchining kapital
xarajatlarini to‘liq qoplashga yetarli to‘lovlardan iborat bo‘lib, mulk egasiga bir
miqdor foyda ham beradi.
Oddiy lizing – ijara davrida ijaraga olingan mulk qisman amortizatsiyalanadi.
Lizing kompaniyasi
asbob-uskunalar sotib olib, ularni ijarachi firmaga odatda bir
yildan 10-15 yilgacha ijaraga beradi. Lizingda ijarachining shartnoma muddati
tugagandan so‘ng asbob-uskunalarni qoldiq qiymat bo‘yicha sotib olish (bu holda
egalik huquqi yangi sohibga o‘tadi); yangi kelishuv asosida shartnoma muddatini
cho‘zish; moddiy boyliklarni lizing kompaniyalariga qaytarish va boshqalar ko‘zda
tutilishi mumkin. Tomonlar lizing shartnomasida ko‘rsatilgan davr mobaynida uni
buzishga haqi yo‘q. Lizing kompaniyalari mashina va uskunalar sotib olish uchun
shaxsiy va qarzga olingan mablag‘lardan foydalanadilar. Davlat odatda, ularga qarz
olishlari uchun imtiyozli sharoitlar yaratib beradi.
Venchur – kichik biznesning bir turi. Uning
mohiyati ilmiy-muhandislik
ishlari, yangi texnika, texnologiya, tovar namunalarini yaratish, ishlab chiqarishni
boshqarish, tijorat ishini tashkil etish usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy
etish, yirik firmalar va davlat ijara kontrakti buyurtmalarini bajarishdan iborat. Bu
ishlar bilan “Venchur korxonalar“ shug‘ullanadi. Ular tarkibida tijoratda vositachi
bo‘lgan korxonalar ham bo‘ladi. Venchur korxonalar texnikaning yangi
yo‘nalishlarida ish ko‘rib, fan-texnika taraqqiyotiga katta hissa qo‘shadilar. Ular
venchur moliyalashtirishda ham faol qatnashadilar va moliyaviy mablag‘ to‘plab,
uni ishga soladilar.
Injinering (injinerlik – maslahat xizmatlari) – tijoratchilik qoidalariga
asoslangan injinerlik – maslahat xizmatlari; ishlab chiqarishni ta’minlash, mahsulot
sotishni
uyushtirish, ishlab chiqarish obyektlarini qurib, ishga tushirish yuzasidan
maslahat berish. Bu ish bilan injinering firmalari shug‘ullanadi, ular mustaqil firma
sifatida bir vaqtning o‘zida bir necha mijozlarga xizmat qiladi. Eksport injinering
firmalari boshqa mamlakatlarga xizmat ko‘rsatadi. Ular chet eldagi ilmiy g‘oyalar
va texnik ishlanmalar bozorida litsenziya sotadi, texnik yangiliklarni xorijda joriy
etadi. Injinering kompaniyalari daromadi ko‘rsatilgan injinering xizmatiga bog‘liq
bo‘ladi. Xalqaro injinering xizmati ishning texnik-tashkiliy
va tijorat tomonlari
ko‘rsatilgan kontrakt shaklida rasmiylashtiriladi, mohiyati bilan muyyan
xizmatlarga buyurtmaning bir ko‘rinishidir. Injinering xizmatlari bozori – xalqaro
bozorning bir turi, injinering xizmatlarining davlatlararo oldi-sotdi qilinishidir.
Dostları ilə paylaş: