Xi-bob. Korxonaning investitsion faoliyati



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/43
tarix09.04.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#95284
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43
11-BOB. Korxonaning investitsion faoliyati

Lizing-moliyaviy-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, korxonalarning 
qurilma va asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki maxsus tashkil 
qilingan lizing kompaniyalaridan uzoq muddatga ijaraga olishini anglatadi.
Investitsiyalar avvaldan o‘ylab ko‘rilgan maqsad va birinchi o‘rinda 
investitsion loyiha asosida korxona ishlab chiqarish potensialini mustahkamlash va 
rivojlantirish vazifasini bajaradi. 
Investitsiya loyihasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish quvvati va 
boshqa sifat ko‘rsatkichlarini kuchaytirish maqsadida rivojlantirish va 
5
Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti. O‘quv qo‘llanma. –T.: O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot 
jamg‘armasi nashriyoti, 2004, – 208 b. 


kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar 
majmuasidir. Investitsiya loyihasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o‘z 
ichiga oladi: 
 investitsiyaviy g‘oya (fikr)ni shakllantirish; 
 g‘oyaning dastlabki asoslanishi; 
 loyihada ko‘zda tutilgan texnik qarorning tahlili; 
 sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish; 
 investitsiya loyihasi bo‘yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv 
yuzaga keltirish; 
 axborot memorandumini tayyorlash. 
Yuqorida ko‘rsatilganlarni amalga oshirgandan so‘ng loyihani ishlab chiqish va 
texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion mo‘ljallarning 
maqsad va vazifalari hamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi loyiha-smeta 
hujjatlarigacha) zarurati tug‘iladi. 
Investitsiyalar, ayniqsa gap yangi qurilish, faoliyat ko‘rsatayotgan 
korxonalarni kengaytirish yoki qayta tiklash haqida ketganda, investitsion jarayonlar 
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayonlar investitsion maqsadlarni zamon va 
makonda bog‘laydi. Investitsion jarayonlarning quyidagicha tarkibiy qismlari 
mavjud: loyihalashtirishdan avvalgi asoslash, loyihalashtirish, bevosita ob’yekt 
qurilishi (korxonani kengaytirish yoki qayta tiklash) va ishga tushirilishi. 
Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so‘nggi bosqichi muhim ahamiyat kasb 
etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan 
o‘tkazilib, amaldagi va loyiha ko‘rsatkichlari baholanadi hamda investitsiya 
jarayonining xuddi shu jarayonida hal qilinishi lozim bo‘lgan xato va kamchiliklari 
aniqlanadi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin