Mavzu: Oʻzbekistonda innovatsion siyosat va uning oʻziga xos xususiyatlari



Yüklə 105 Kb.
səhifə1/4
tarix14.12.2023
ölçüsü105 Kb.
#178337
  1   2   3   4
Referat mavzu O’zbekistonda innavatsion siyosat va uning o’ziga xos xususiystla




Mavzu: Oʻzbekistonda innovatsion siyosat va uning oʻziga xos xususiyatlari

REJA:
KIRISH………………………………………………………….…...…………..3

1. O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha maqsadli chora-tadbirlari..........................................................................................................5

2. O’zbekistonda innovatsion siyosatning xorij tajribasidan foydalanish.............10

3. O’zbekiston sanoat tarmog’ida innavatsiya strategiyasini qo’llash va uni amalga oshirish ........................................................................………...............................16

XULOSA................................................................................................................19

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................................21

KIRISH
Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy sharoitlarida sanoat korxonalari uchun innovatsiyaviy va texnologik taraqqiyotga erishish o’ta muhimdir, chunki faqat shu yo’l orqali sanoat korxonalarida innovatsion faollikni oshirish, zamonaviy texnologik bazani yaratish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, samaradorlik va mehnat unumdorligin oshirish, shuningdek ularning xalqaro hamda mahalliy raqobatbardoshligini mustahkamlash mumkin bo’ladi. Shuning uchun O’zbekiston sanoat korxonalarini boshqarishning dolzarb muammolaridan biri bo’lib, innovatsion faoliyatni kerakli sifat va miqdor darajasiga erishtirishdan iboratdir.

Zamonaviy haqiqatda mamlakatda innovatsion faoliyatni jonlantirish nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotni sog’lomlashtirish va kelgusi rivojlanishi uchun sharoit yaratish, biznes rivojlanish sur'atlarini tezlashtirish, shu bilan birga yetakchilikni mustahkamlash va raqobatchilardan o’zib ketish, shuningdek, biznesning butun yo‘nalishlarini iqtisodiy jihatdan amaliy bo‘lmagan radikal innovatsiyalar joriy etilgan taqdirda sohaga zarar yetkazilishidan o‘z vaqtida himoya qilish uchun ham kerakdir.

Hozirgi kunda jamiyat hayotida innovatsion sohaning jadal rivojlanishi iqtisodiyotda intelektual mahsulot axborot va ilmiy-texnik, innovatsion faoliyat ulushining o’sishi shunga olib keldiki innovatsiyalar xuddi foydali qazilmalar, ishlab chiqarish quvvatlari va inteluktual salohiyat kabi mamlakatning boyligi hisoblana boshladi. Mamlakatimiz va uning har bir fuqarosi manfaatlari yo‟lida innovatsion va ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishning mamlakatimizda ko’p tarmoqli innovatsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish uchun qonunchilik asoslari yaratmasdan turib hech ham imkoni yo’q. Bozor islohotlarining amalga oshirilishi mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga a’zo bo‟lishi, jahon iqtisodiy tizimining bilimlar va axborotlar rolining o‟sishi tomon o’zgarishi, yangi texnologiyalar va kapital bozori o’rtasidagi aloqalar kuchayishi bilan mamlakatimiz iqtisodiyotining innovatsion rivojlanish yo’liga o‟tishi dolzarb ahamyat kasb etmoqda. Innovatsion sohada strategik va taktik choralar tizimini ishlab chiqish faqat ilmiy asosda amalga oshirilishi mumkin, shu sababli faol harakat qilayotgan har bir shaxs, u qaysi faoliyat sohasida band bo’lmasin fan va texnikaning rivojlanish va umumiy qonuniyatlari yangiliklarni sarali qo’llash usullari haqida tasavvurga ega bo‟lishi, yangiliklar kiritish nazariyasi innovatsion faoliyatni tashkil etish va boshqarish amaliyotini ya‟ni innovatsion strategiyaning asosiy qoidalarini, shuningdek, mos keluvchi darajada innovatsion siyosatni shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini bilishi zarur. Milliy va xalqaro tajribadan ma'lumki, iqtisodiyot va jamiyatning taraqqiyot darajasi ko’p jihatdan innovatsion faoliyatga bog’liq. Binobarin, iqtisodiyotdagi samaradorlik ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar va ixtirolarning joriy etilishi evaziga oshadi. Shu bois bugungi kunda innovatsiyalar har bir mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismiga aylangan.
1. O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishni qo'llab-quvvatlash bo'yicha maqsadli chora-tadbirlar.

Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida “Innovatsiyalar va innovatsion faoliyat to’g’risidagi qonun loyihasini ishlab chiqish taklifi bejizga ilgari surilmagan. Darhaqiqat, innovatsiya faoliyatini, ya'ni ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik faoliyati, yangicha qurilma, yangi usul, yangi moddalarni yaratish va ulardan foydalanish, mavjud qurilmalar, usullarni yangicha yo’sinda qo’llash maqsadida intellektual faoliyatning e'tirof etilgan natijalari (patent, guvohnoma, nou-xau) ni yaratish va foydalanishga yo„naltirish bilan bog’liq munosabatlarni huquqiy tartibga solish tizimini yaratish bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etadi.

O‘zbekistonda fan va innovatsiyalar bo’yicha barcha jarayonlarni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bilan shug’ullanish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda «O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi PQ3416-sonli qarori bilan innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil etilgan. Vazirlik O’zbekiston Respublikasini innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama rivojlantirishga, mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organiga aylandi.

Innovatsiyani rivojlantirish bo’yicha so’nggi besh yilda turli tarmoqlardagi innovatsion va ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘zining ishlanmalari, o‘sish nuqtalarini izlash bilan shug‘ullanuvchi 10 ga yaqin davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan quyidagi tashkilotlar tashkil qilindi:

1. Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlash jamg’armasi. 2. Xalqaro molekulyar allergologiya markazi.

3. "Yashnobod innovatsion texnoparki" DUK.

4. Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi.

5. Ilg’or texnologiyalar markazi.

6. “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi” DUK.

7. Ilmiy-texnik axborot markazi.

8. "Yoshlar innovatsiya markazi" DUK.

9. "Innovatsiya texnologiyalari markazi" MCHJ.

10. "Innovatsiya, texnologiya va strategiya" markazi.

Bugungi kunda innovatsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, ilmiy texnik faoliyatni qo’llab-quvvatlash va rivojlantirish, mamlakat ilmiy salohiyatining raqobatbardoshligini oshirish tizimining asoslari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi “2019 — 2021 yillarda o’zbekiston respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi

PF-5544-sonli, 2020 yil 29 oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida” gi PF-6097-sonli, 2021 yil 1 aprel kungi “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo’yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi PF6198 sonli Farmonlariga, shu bilan birga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-3365-sonli, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrda «O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi PQ-3416 - sonli, 2018 yil 27 aprelda «Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliy joriy qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to’g’risida» PQ3682-sonli Qarorlari hamda 2020 yil 24 iyuldagi O’zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to’g’risida” gi O’RQ-630-sonli Qonuniga asoslanadi. Yuqoridagi qonun, farmon va qarorlar ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini yanada takomillashtirish, moddiy-texnik va laboratoriya - eksperimental bazani mustahkamlash, innovatsiya faoliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, yaqin kelajakda ilmiy infratuzilmalarning moddiy –texnik, laboratoriya va tajriba bazalarini kuchaytirish maqsadida respublikada ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan har tomonlama tizimli o’zgarishlar asosini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Biroq, bugungi kunda mamlakatda tarmoqda innovatsiyalarni jadal rivojlantirish uchun qonunchilik va me'yoriy-huquqiy bazani yangilashga ham e’tibor qaratishi zarur. Shu bilan birga, standartlar predmetlarini mavjud va kelajak texnologiyalarga muvofiqligini muntazam ravishda tahlil qilib borish kerak. Yuqoridagi taxliliy ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, mamlakatda innovatsion tizimning muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur bo'lgan barcha elementlari mavjud, biroq ular bir -biri bilan zaif bog'langan yoki umuman bog'lanmagan. "Uchburchak spirali" - davlat, fan va biznes o'rtasidagi samarali o'zaro ta'sir o'rnatilmagan. Muhim muammolardan biri - davlat mablag'larini taqsimlashning samarali raqobat mexanizmlarini yaratish zarur. Demografiya va mehnat bozorining o'zgarishi (mehnat omili) ham chaqiriq, ham innovatsiyalarning qo'shimcha drayveri hisoblanadi. Bundan kelib chiqib, mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish muvaffaqiyatining asosiy omili sifatida inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan davlat strategiyasini takomillashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

O‘zbekistonning innovatsion rivojlanish dinamikasiga e’tibor qaratsak, masalan, Jahon iqtisodiy forumining global raqobatbardoshlik reytingining innovatsion tarkibiy qismida, mamlakatimiz ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha 132 davlat orasida 86 (olti yilda 36 punktga o'sgan), o‘rinni egallab borayotganini ko‘rish mumkin. Biroq, yalpi ichki mahsulot bo'yicha yetakchi davlatlar bilan solishtirganda o'sish salohiyati saqlanib qolmoqda. Agar raqamlarga murojaat qilsak, so'nggi besh yil davomida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini monitoring natijalari shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston Respublikasi hukumati asosiy sa'y-harakatlarini tadqiqot va innovatsiyalarni rag'batlantirishga, shuningdek, zamonaviy bilimga asoslangan iqtisodiyotga o'tishga qaratishi natijasida, so'nggi yillarda O'zbekistonda ilmiy -tadqiqot ishlariga investitsiyalar hajmi oshdi. Buning natijasida, Global Innovation Indexning reytingida, uzoq yillik tanaffusdan so’ng O’zbekiston 43 ta kirish indikatori va 22 ta chiqish indikatoriga ko’ra baholanib, O’zbekiston GII reytingida 132 davlat orasida 86 o’rinda qayd qilindi. Bu natija mamlakatimizning reytingdagi o’tgan yilgi o’rnidan 7, 2015 yilgi o’rnidan esa 36 pog’ona yuqori. Biroq erishilgan natijalar ijobiyligiga qaramasdan, biz baribir yuqorida keltirib o’tilgan boshqa etakchi davlatlarga qaraganda yangi texnologiyalar va innovatsiyalarga kam mablag' sarflaymiz. Innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha davlat siyosati zarur mablag'lar bilan ta'minlanadi. UNESCO statistika instituti ma’lumotlariga ko’ra, 2020 yilda dunyoda ilmiytadqiqot ishlanmalariga ajratilgan mablag’lar o’rtacha YaIMning 1,7 foizini tashkil etgan bo’lsa, unda Markaziy Osiyo uchun bu ko’rsatkich 0,2 foizni tashkil etdi. Xo’sh, O’zbekistonda ilmiy ishlarga va tadqiqotlarga qancha mablag’ ajratilmoqda? O'zbekistonda rivojlanish va innovatsiyalarga ichki xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 1 foizidan ham kam va 2/3 qismi davlat byudjetidan moliyalashtiriladi. Ilmiy-innovatsion faoliyat bo’yicha dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat byudjetidan 2018 yilda 198 mlrd so’m, 2019 yilda 324 mlrd so’m, 2020 yilda 428,2 mlrd so’m miqdorida mablag’lar ajratilgan16 . Niderlandiyaning IN ME jurnalida chiqqan innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov «O’zbekiston Respublikasida innovatsion rivojlanish» nomli maqolasida17 2021 yilda innovatsion ilmiy tadqiqotlarni byudjetdan moliyalashtirishga 514,2 mlrd so’m (YaIMning 0,09 foizi) ajratilishini ma’lum qilgan. Solishtiradigan bo’lsak, ilmiy ishlarga va tadqiqotlarga ajratiladigan byudjet taqsimoti YaIMga nisbatan Janubiy Koreyada – 4,55, Isroilda – 4,54, SHvetsiyada – 3,33 foizni tashkil qiladi. Mamlakatda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va muvaffaqiyatga erishish uchun yana bir zarur omillardan biri sifatida professional kadrlar va biznes muhiti, texnologiya, bilim va yuqori sifatli kadrlar kerak.

Alohida qayd etish lozimki, fan sohasini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar natijasida davlat ilmiy-texnika dasturlarini mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining eng dolzarb masalalarini yechishga yo’naltirish, ilmiytexnika loyihalarini ekspertizadan o„tkazishni boshqa davlatlarda mavjud bo’lmagan - ochiq muhokama tarzida o’tkazish, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya loyihalarini manfaatdor korxonalarning mablag„larini jalb qilgan holda moliyalashtirish kabi mexanizmlar joriy qilindi. Hozirgi kunda uzoq muddatli (5 yilgacha), yangi bilimlarni shakllantirishga yo„naltirilgan fundamental tadqiqotlar, o„rta muddatli (3 yilgacha) amaliy tadqiqotlar hamda qisqa muddatli (2 yilgacha) innovatsion ishlanmalar Davlat ilmiy-texnika dasturlari tanlovlar asosida shakllantirilmoqda. Eng muhimi, “fundamental tadqiqotlar” - “amaliy tadqiqotlar” - “innovatsiya ishlari” zanjiri bo’yicha mujassamlik darajasini ta'minlaydigan mexanizm ishlab chiqilib, undan samarali foydalanilmoqda. Yana shuni ham ta'kidlash joizki, mamlakatimiz Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida belgilangan vazifalarga asoslangan fan va texnologiyalar taraqqiyotining 2012-2020 yillarga mo’ljallangan ustuvor yo’nalishlari respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlaridagi yechimini kutayotgan mavjud muammolarni hal qilishni, iqtisodiy rivojlanishda fan va ishlab chiqarish o’rtasidagi mutanosiblikni va innovatsiya faoliyatini ustuvor rivojlantirishni nazarda tutgan holda shakllantirildi. Bu kabi chora-tadbirlar mamlakatimizda innovatsiya sohasining o’ziga xos tarzda rivojlanib borishini ta'minlamoqda.

Agar raqamlarga murojaat qiladigan bo’lsak, 2003-2006 yillar davomida 7 mingga yaqin ilmiy-texnikaviy yutuqlar ro’yxatga olingan bo’lsa, keyingi 5 yil oralig’ida ulardan yana 10 mingdan ziyodi ro’yxatlarda qayd etildi. Dunyoda birinchi bo’lib fizika sohasida - soliton va soliton komplekslarining paydo bo’lish mexanizmi aniqlanib, optik solitonlar nazariyasi hamda turli muhitlarda nochiziqli to’lqinlarning tarqalishi va evolyutsiyasi nazariyasi, matematika sohasida - kvant ehtimollar nazariyasi muammolarini yechish uchun yangi usullar yaratildi. Innovatsiya jarayonining iqtisodiyotdagi mavqyeini belgilashda Prezidentimizning 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha choratadbirlar to’g’risidagi Qarorining ahamiyati alohida e'tirofga molikdir. Mazkur tarixiy hujjatga asosan ishlab chiqarishni o’rta va qisqa muddatlarda innovatsion rivojlantirish va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari izchil amalga oshirilmoqda.

2.O’zbekistonda innovatsion siyosatning xorij tajribasidan foydalanish.


Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin