Mavzu: Oʻzbekistonda innovatsion siyosat va uning oʻziga xos xususiyatlari



Yüklə 105 Kb.
səhifə2/4
tarix14.12.2023
ölçüsü105 Kb.
#178337
1   2   3   4
Referat mavzu O’zbekistonda innavatsion siyosat va uning o’ziga xos xususiystla


Iqtisodiyotni modernizatsiyalash mamlakatni innovatsion rivojlantirishning asosiy va muhim sharti hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida barqarorlashuv hukm surayotgan bir paytda iqtisodiyotning chuqur modernizatsiyalashuviga erishmay turib innovatsiyalar diffuziyasiga, ya’ni yangi g‘oya, ishlanma va texnologiyalar joriy etilishi va jadal tarqalishiga erishish qiyin. Buning uchun esa, avvalo, ta’lim, ilm-fan va sanoat integratsiyasini ta’minlash, shuningdek, innovatsion mahsulotlarga bo‘lgan talabni oshiradigan yangi kompaniyalar tashkil etilishini rag‘batlantiruvchi yangi sanoat tarmoqlarini yaratishga ko‘maklashadigan bir qator aniq texnik yechimlarni joriy qilish talab etiladi. Bugungi kunda milliy iqtisodiyot oldida turgan dolzarb masalalardan biri ham qisqa muddatda mamlakatning innovatsion rivojlanishiga erishishdir.

Aks holda, O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoridan joy olishi murakkab kechishi aniq. Mazkur masalani ijobiy hal etish uchun keng qamrovli islohotlar olib borish asosiy masallardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mamlakatni innovatsion va ilmiy-texnik rivojlantirish sohasida jamiyat va davlat hayotini har tomonlama taraqqiy ettirish hamda respublikaning intellektual va texnologik salohiyatini ko‘tarishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi bo‘lib, o‘z faoliyati doirasida yuqorida aytib o‘tilgan dolzarb masalalar yechimi borasida aniq belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Innovatsion rivojlanish tizimli jarayon bo‘lib, aniq belgilangan chora-tadbirlarni rejaga asosan, ya’ni strategik tarzda amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi PF-5544-son farmoni bilan 2019– 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasi, uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”, O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish maqsadli ko‘rsatkichlarining tasdiqlanishi ayni muddao bo‘ldi.

Strategiyaning bosh maqsadi etib mamlakatning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi darajasi va innovatsion jihatdan taraqqiy etganini belgilovchi asosiy omil sifatida inson kapitalini rivojlantirish ko‘rsatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha Global innovatsion indeks reytingi bo‘yicha jahonning 50 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishi esa strategiyaning muhim vazifalaridan biri deb belgilangan.

Ma’lumki, innovatsiya – foydalanish uchun kiritilgan yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan mahsulot (tovar, xizmat) yoki jarayon, sotuvlarning yangicha uslubi yoki ish amaliyotidagi, ish o‘rinlarini tashkil etishdagi va tashqi aloqalarni o‘rnatishdagi yangi tashkiliy uslub hisoblanadi. “Innovatsiya” atamasi lotincha “novatio”so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilanish”(yoki “o‘zgarish”), “in” qo‘shimchasi esa lotinchadan “yo‘nalishida” deb tarjima qilinadi, agar buni yaxlit “Innovatio” ko‘rinishida tarjima qilsak – “o‘zgarishlar yo‘nalishida” deb izohlanadi. Innovation tushunchasi birinchi bo‘lib XIX-asrning ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘ldi. “Innovatsiya” tushunchasi o‘zining yangi hayotini “innovatsion kombinatsiyalar”ni tahlil qilish, iqtisodiy tizimlarning rivojlanishidagi o‘zgarishlar natijasida XX-asrning boshida avstriyalik va amerikalik iqtisodchi Y.Shumpeterning ilmiy ishlarida boshlagan. Shumpeter 1900 yillarda iqtisodda ushbu terminni ilmiy qo‘llashga kiritgan dastlabki olimlardan edi.

Innovatsiyaga har qanday turdagi yangilik sifatida emas, balki mavjud tizimning samaradorligini jiddiy ravishda oshiradigan omil sifatida qarashimiz lozim. innovatsiyalarni yaratish,aniqlash va joriy etishga qaratilgan huquqiy,tashkiliy, iqtisodiy, texnologik shart-sharoitlar, qarorlar, usul va uslublar yig‘indisi hamda ulardan amaliyotda foydalanish esa innovatsion siyosat debataladi. Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda innovatsion siyosatning o‘tkazilishi, eng avvalo, muayyan tarmoqlarda innovatsion salohiyatga ega bo‘lgan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq. Bunday siyosat, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning texnik jihozlanganligini yaxshilash, tarmoqlar, korxonalarning texnologik darajasini ko‘tarish, umuman milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va boshqa shu kabilardan iborat bo‘lgan qo‘shimcha raqobat ustunliklari manbalarini aniqlashga qaratiladi. Ikkinchidan esa, raqobat ustunliklari ko‘pincha bozorning yirik raqobatchilarda keltiradigan daromadining kamligi va o‘zlashtirish vaqtida ko‘lamlarining kichikligi tufayli qiziqish uyg‘otmaydigan bo‘g‘inlarida yaratiladi.

Uchinchidan, raqobat ustunliklariga uzluksiz ravishda mablag‘lar sarflashni talab etadigan yangi ishlanmalar muntazam mukammalashib borgan taqdirdagina saqlab qolinadi. Shulardan kelib chiqib, aytish mumkinki, rivojlangan mamlakatlarda davlatning investitsion-innovatsion o‘zgarishlar siyosati ilmiy-texnologik tsiklning barcha bosqichlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishni hisobga olgan holda shakllantirilar ekan. AQSH, Yaponiya, Germaniya va Frantsiya tajribasining ko‘rsatishicha, mamlakatning barqaror rivojlanishiga erishining muhim omillari investitsiyalar va innovatsion ishlanmalar hisoblanar ekan, mana shuning uchun ham bu mamlakatlarda investitsion jarayonni faollashtirish uchun sharoitlar yaratib berish vazifalari, xususan innovatsion strategiyasini yaratish, milliy iqtisodiyotning preferentsial tarmoqlariga selektiv yordam ko‘rsatish, xususiy va qarz investitsiyalarini jalb etish va joylashtirish hamda to‘g‘ridanto‘g‘ri va portfelь investitsiyalar o‘rtasidagi munosabat masalalari birinchi darajali bo‘lib hisoblanadi. Jahon tajribasini o‘rganib quyidagicha xulosa qilish mumkinki, iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishning investitsion omili ichki raqobatning rivojlanishini kuchaytiradi, mahalliy iste’mol bozorini kengaytiradi, yangi eksportga yo‘naltirilgan tarmoqlarni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish uchun moddiy baza bo‘lib xizmat qiladi.

O‘zbekiston sharoitlarida bunday samarali investitsion-innovatsion siyosatni qo‘llash, bizning fikrimizcha, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirish va diversifikatsiya qilishga, import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga, infrtatuzilmani, transport va aloqa vositalarini kengaytirishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida, mahalliy tovarlar va texnologiyalarni tashqi bozorlarga olib chiqish jarayoni va ishlab chiqarishni tashkil etishning ilg‘or shakllarini o‘zlashtirilishi bilan uzviy bog‘liq. Xorijiy mamlakatlarda (AQSH, Yaponiya mamlakatlari) maqsadli investitsiya dasturlari, soliq va investitsiya imtiyozlari, jadallashtirilgan amortizatsiya siyosati kabi moliyaviy oqimlarni boshqarish vositalaridan foydalanish orqali amalga oshirilayotgan innovatsion jarayonlar mamlakatning makroiqtisodiy rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatmoqda.

Masalan, AQSH va Yaponiyada iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadlarida soliq islohotlari o‘tkazildi va amortizatsiya chegirmalari tizimi takomillashtirildi. Jadallashtirilgan amortizatsiya siyosati ishlab chiqarish apparatini yangilash negizida raqobatbardosh tarmoqlar rivojlanishini tezlashtiradi.

Bunda yaratilgan amortizatsiya fondi ish haqi manbai sifatida foydalaniladigan joriy daromadlar fondidan takror ishlab chiqariladigan kapital fondiga aydanadi va u ayniqsa inqiroz sharoitida iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Chet mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, yirik moliya-sanoat birlashmalari qo‘llab-quvvatlash ham innovatsion rivojlanish yo‘nalishlari qatoridan o‘rin olgan.

O‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, moliya-sanoat birlashmalari yirik moliya va sanoat kapitaliga ega yuridik shaxslarning birlashuvini ifodalaydi. Moliyasanoat birlashmalari iqtisodiyotning innovatsion yo‘lga qadam qo‘yishiga yordam beradi, ilmiy-texnik yutuqlarni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlar yaratadi, mamlakat iqtisodiyotiga barqarorlik va boshqaruvchanlik baxsh etadi. Ta’kidlash joizki, asosiy kapitalning o‘sib borishida nisbatan yirik korporatsiyalarning ulushi katta bo‘ladi, ular o‘rtasida qo‘shilib ketish va yutilish hisobiga yuzaga kelgan eng yiriklari alohida ajralib turadi. Shuningdek, bunda yirik korxonalar bilan alohida tadbirkorlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchi kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsion aloqalarni kuchaytirishga yordam beruvchi xo‘jalik va moliyaviy mexanizmlarning yaratilishi iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi. Konsolidatsiyalashtirilgan kapitalni davlat tomonidan tartibga solishning samaradorligi bozor yo‘nalishidagi amaliy-tadqiqotchilik markazlarining rivojlanishida o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiyotni innovatsion tavsifda rivojlantirishning yana bir yo‘nalishi mintaqaviy rivojlanish sohasida uzoq muddatli siyosatni amalga oshirish hisoblanadi.

Bunday siyosat Italiyada muvaffaqiyat bilan olib borilmoqda va u o‘zaro bog‘liq vazifalarning yechimini topishga, xususan, investitsiyalar va yangiliklarni joriy etish asosida raqobat ustunliklarini yaratishga qaratiladi. Bu yerda mintaqaviy rivojlanish dasturini amalga oshirishda alohida mintaqalarning o‘ziga xos xususiyatlari, sanoat qudratining rivojlanish darajasi, yuqori malakali kadrlar va ilmiy-tadqiqot markazlarining mavjudligi e’tiborga olinadi. Bu mintaqada ilg‘or ilmiy markazlarni va Italiya iqtisodiyotida samarali faoliyat ko‘rsatayotgan nisbatan rivojlangan va raqobatbardosh tarmoqlarda yo‘ldosh ishlab chiqarishlarni yaratishga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bunday siyosat alohida mintaqalarning rivojlanishidagi notekislik va qoloqlikni bartaraf etishga imkon beradi. Italiya tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, mintaqalar iqtisodiyotini tartibga solish tarmoq va hududiy ustuvorliklarni o‘stirish tamoyiliga rioya etilgan shroitda ancha samarali hisoblanadi.

Mazkur holatda eng kuchli raqobat ustunligiga ega tarmoq yuqori darajada murakkab talab yaratadi va ham ichki, ham tashqi bozor uchun sanoat ahamiyatiga molik mahsulotlar va xizmatlar yetkazib beruvchi sifatida chiqadi. Bunday siyosat yuritish orqali iqtisodiy jihatdan nisbatan qoloq mintaqalarni ularning hududida bozorga oraliq mahsulotlar yetkazib beradigan aralash tarmoqlarni joylashtirish hamda ularning xususiy ilmiy-maorif bazasini, tadqiqot laboratoriyalarini barpo etish yo‘li bilan iqtisodiy rivojlanishini jadallashtiradi, bu esa markaziy hokimiyatning qarz va subsidiyalaridan foydalanishga qaraganda ko‘proq samara keltiradi. O‘zbekiston sharoitida davlatning bunday qo‘llab-quvvatlash tajribasidan foydalanish, bizning fikrimizcha, alohida hududlarning teng rivojlanishiga respublika sanoati aralash tarmoqlarida innovatsion faoliyatni faollashtirishga yordam ko‘rsatishi mumkin. Xorijda milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan yana biri fiskal siyosat o‘tkazishdir, uning yordamida davlat mamlakatning makroiqtisodiy ahvoliga ta’sir ko‘rsatadi. Modomiki, tartibga solishning mazkur turi bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar qisqa vaqt oralig‘ida o‘z natijalarini berar ekan, demak u ancha ta’sirchan usul hisoblanadi.

Germaniyaning fiskal tartibga solish sohasidagi tajribasi shundaki, bunda davlat federal yerlarning soliq salohiyatini tenglashtirish davomida transfertlardan foydalanadi hamda “jon boshiga” to‘g‘ri keladigan daromadlarni tenglashtirishda esa “aks transfert”larni faol qo‘llaydi. Fiskal tartibga solishning yapon tajribasi yuqori texnologiyalarni qo‘llashning, ya’ni modelь byudjetlarni tuzish (alohida prefektura va munitsipalitetlar uchun) va mintaqaviy rivojlanishning tabiiy-iqlim, institutsional, iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarini aks ettiruvchi modifikatsiya koeffitsienti yordamida ularni kelgusida korrektirovka qilishning klassik namunasi bo‘lib hisoblanadi.

AQSHning byudjet-soliq siyosatida, xususan mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy asosini mustahkamlash sohasida olib boradigan faoliyatida ko‘plab ijobiy tomonlarni ta’kidlab o‘tish mumkin: mahalliy soliqlarni belgilashda ko‘proq erkinlik berish, transfert yordam ko‘rsatish dasturida qat’iy asoslab berish orqali xarajatlarni davlat bilan ulushli asosda amalga oshirish. Kanadada byudjet-soliq tartiboti sohasida asosiy e’tibor hokimiyatning quyi pog‘onasi uchun soliqlarni pasaytirishni ham o‘z ichiga olgan dasturiy-maqsadli tartibga solish usullari birikmasiga qaratiladi.

Barqarorlashtiruvchi fondlarga ega mamlakatlarning investitsion-innovatsion faoliyatni rivojlantirish tajribasi ham katta qiziqish uyg‘otadi. Maxsus umummilliy va mintaqaviy barqarorlashtiruvchi fondlarni yaratish va ishga tushirish bo‘yicha milliy loyihalar shaklida amalga oshiriladigan iqtisodiyotni byudjet-soliq yuzasidan tartibga solish mexanizmiga ega mamlakatlar qatorida quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: Davlat neft fondiga ega – Norvegiya, CHili – Mis barqarorlashtiruvchi fondi, AQSH (Alyaska shtati) – Kelajak avlodni qo‘llab-quvvatlash uchun Jamg‘arma fondi va Rezervdagi byudjet fondi, Quvayt – Umumiy rezerv fondi, Kelajak avlod rezerv fondi va Investitsiya fondi, shuningdek Rossiyada – Rezerv fondi va RF Milliy farovonlik fondiga ega.

Maxsus fondlarning mablag‘laridan uzoq muddat davomida milliy byudjet barqarorligini ta’minlashda va strategik xom ashyo resurslari bahosi keskin o‘zgargan sharoitlarda qisqa muddatli davrlarda byudjet xarajatlarini qo‘llab-quvvatlashda, istiqbolda iqtisodiyotning innovatsion va investitsion rivojlanishini kuchaytirishni ta’minlashda foydalaniladi. Mazkur fondlar iqtisodiy rivojlanishni harakatga keltiruvchi, iqtisodiy jihatdan qoloq mintaqalarga, iqtisodiyotning zaif rivojlangan tarmoqlariga samarali ta’sir ko‘rsata oladigan kuchlar tavsifiga ega faoliyatning vazifalari va yo‘nalishlarida ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlar asosida yaratiladi.




Yüklə 105 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin