Xirurgik kasalliklar


Etiologiyasi va patogenezi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   363
Etiologiyasi va patogenezi. Oyoq venalarining varikoz kasalligi birlamchi 

va  ikkilamchi  deb  tafovut  qilinadi.  Agar  birlamchi  varikoz  kasallik  klapan 

etishmovchiligi,  venalar  tonusi  pasayishidan  rivojlansa  va  kasallikning  ko’proq 

uchraydigan  turi  xisoblansa,  venalarning  ikkilamchi  varikoz  kengayishi  chuqur 

venalar tromboflebitidan keyin kompensator rivojlanadi. 



 

218 


Venalarning  varikoz  kasalligi  rivojlanishiga  doir  bir  necha  nazariyalar 

mavjud bo’lib ular quyida keltirilgan. 

Mexanik  nazariya  –  kasallik  rivojlanishini  uzoq  vaqt  oyoqda  turib 

qolinganda  yoki  venalarning  proksimal  bo’limlari  ezilganda  (masalan, 

xomiladorlikning  ikkinchi  yarmida)  oyoqdan  qon  oqib  ketishi  qiyinlashuvi 

sababli venalardagi bosimning oshishi bilan izohlaydi. 

Eng uzun vena – katta teri osti venasi gravitatsion effekt natijasida yuqori 

qon  bosimi  ta’siriga  uchraydi.  Shunga  ko’ra  bu  kasallikni  yana  oyoqda  turib 

bajariladigan kasbli mutaxasislarning kasalligi ham deb ataydilar. 

Klapan  etishmovchiligi  yoki  irsiy  moyillik  nazariyasining  tarafdorlari 

kasallik avj olishini venoz klapanlarining tug’ma bo’lmasligi yoki ularning o’sib 

etilmaganligi sababli funktsional etishmovchiligi bilan izohlaydilar. 

Neyroendokrin  nazariya  tarafdorlari  organizmdagi  gormonal  qayta  qurish 

(xomiladorlik,  menopauza,  voyaga  etish  davri,  tug’ruq  va  b.)  tufayli  vena 

devorining  sustlashib  qolishiga  asosiy  ahamiyat  beradilar.  Bunda  chanoq 

a’zolariga  qon  oqib  kelishi  ko’payadi,  arteriola-venulyar  anastomozlar  ochiladi 

va venalar tonusi pasayib ketganligidan qon oqib ketishga qiyinchilik tug’diradi. 

Kator  tadqiqotchilar  venalarning  varikoz  kengayishi  rivojlanishida 

arteriola-venulyar anastomozlar etakchi ahamiyatga ega deb hisoblaydilar (G.P. 

Alekseev,  1971,  V.P.  Vasyutkov,  1972).  Arteriola-venulyar  anastomozlar 

noqulay omillar ta’siri ostida ochilib ketadi, natijada oyoqqa ko’p miqdorda qon 

yuqori  bosim  ostida  tusha  boshlaydi,  venalar  bo’shlig’i  kengayadi  va 

venalarning  ikkilamchi  klapan  etishmovchiligi  rivojlanadi,  varikoz  tugunlar 

paydo  bo’ladi.  Varikoz  kasalligining  bu  arterial  turiga  Parks-Veber-Rubashev 

kasalligi kiradi. 

Yuqorida  aytilganlardan  venalarning  varikoz  kengayishi  quyidagi  qator 

omillarning bir vaqtda ta’sir qilishi natijasida kelib chiqishi ayon bo’ldi: 

a)  moyil  qiladigan  omillar:  venalarning  tug’ma  yoki  orttirilgan 

o’zgarishlari:  faoliyat  ko’rsatmaydigan  arteriola-venulyar  anastomozlar  borligi, 

neyroendokrin buzilishlar, vena devori tonusining pasayishi; 




 

219 


b)  keltirib  chiqaradigan  omillar:  oyoq    venalarida  bosimni  oshiradi  va 

venoz qon oqib ketishini qiyinlashtiradi. 

Venalarda qon bosimi oshishi va venoz dimlanish yuzaki venalar, keyinroq 

komunikant  venalarning  klapan  etishmovchiligiga,  bu  esa  o’z  navbatida 

mushaklar  qisqarganda  qonning  chuqur  venalardan  yuzaki  venalarga  oqib 

kelishiga olib keladi. Arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi, kapillyarlardagi 

qon  oqimi  pasayadi,  staz  rivojlanadi.  Perikapillyar  bo’shliqda  ko’p  miqdorda 

suyuqlik,  elektrolitlar,  qonning  shaklli  elementlari,  plazma  oqsili  to’planadi. 

Terida  va  teri  osti  kletchatkasida  biriktiruvchi  to’qima  rivojlanadi,  mayda 

tomirlar  va  kapillyarlar  devorida  gialinoz  va  skleroz  rivojlanadi,  to’qimalarda 

almashinuv jarayonlari buziladi. Klinik jihatdan bu shishlar va trofik buzilishlar 

(terida pigmentatsiya, dermatit, ekzema, yaralar) bilan namoyon bo’ladi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin