Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə268/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   363
Klassifikatsiyasi.  

I. Lokalizatsiyasiga ko’ra:  

1) anal qismi saratoni; 

2) pastki ampulyar; 

3) o’rta ampulyar; 

4) yuqori ampulyar; 

5) rektosigmoidal sohasi saratoni. 

II. o’sish yo’liga qarab: 

1) endofit; 

2) ekzofit; 

3) aralash.  

III. Gistologik tuzilishiga ko’ra:  

1) adenokartsinoma; 

2) shilliq qavat saratoni; 

3) solid rak; 

4) yassi hujayrali rak;  

5) differentsiallashamagan rak;  

6) fibroz rak. 

IV. Jarayon kechishi bo’yicha (I dan IV gacha) yoki tarqalganligi bo’yicha 

(TNMP). 


To’g’ri  ichak  saratoni  –  anal  kanalida  (10%),  ampulyar  qismda  (60%), 

rektosigmoid qismda (30%).  

To’g’ri  ichak  saratonining  gistologik  tuzilishi  turlicha,  ammo  asosan 

adenokartsinoma uchraydi. 

To’g’ri ichak saratonining 4 bosqichi farqlanadi: 



 

412 


I  bosqich  –  uncha  katta  bo’lmagan,harakatchan  o’sma  (diametri  2  sm  dan 

kam), ichak devoriga o’sib kirmaydi, shilliq osti qavatidan tashaqariga o’tmaydi, 

metastazlar yo’q.  

IIa  bosqich  –  o’sma  ichak  yarim  aylanasidan  katta  bo’lmagan  sohani 

egallaydi (mushak qavatigacha o’sib kiradi), metastazlar yo’q.  

IIb  bosqich  –  o’sma  ichak  yarim  aylanasidan  katta  bo’lmagan  sohani 

egallaydi,  devoriga  usib  kirmaydi  (mushak  qavatigacha  o’sib  kiradi),  regionar 

limfa tugunlarida metastazlar. 

IIIa  bosqich  –  o’sma  ichak  yarim  aylanasidan  katta  bo’lgan  sohani 

egallaydi, devoriga o’sib kiradi, yon atrof a’zo va to’qimalarga ham o’sib kirishi 

mumkin. 

IIIb  bosqich  –  o’sma  ichak  yarim  aylanasidan  katta  bo’lgan  sohani 

egallaydi, ichak devoriga o’sib kiradi, yon atrof a’zo va to’qimalarga ham o’sib 

kirib, regionar limfa tugunlariga ko’plab metastazlar beradi. 

IV  bosqich  –  katta  harakatsiz  o’sma,  chanoq  a’zolariga  va  to’qimalariga 

o’sib kiradi, regionar va uzoq limfa tugunlari va a’zolarida metastazlar. 

Halqaro  rakka  qarshi  ittifoq  taviyasiga  ko’ra  jarayon  tarqalishini  TNMP 

sistemasi  bo’yicha  baholanadi.  Bunga  ko’ra  T  (tumor)  –  birlamchi  o’sma,  N 

(nodes)-regionar  limfa  tugunlar  xolati,  M  (metastasis)  –  uzoq  metastazlar,  R 

(penetration) – o’smaning ichak devoriga o’sib kirish darajasi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin