Bronxdan tashqaridagi o’smalar odatda ko’p vaqtgacha sezilmay yuradi,
ko’pincha ularni tasodifan yoki profilaktik rentgenologik tekshiruvda bexosdan
aniqlanadi. O’sma kattalashgan sayin jarayonga bronxlar, vistseral plevra
qo’shilgandan keyin ko’krakda og’riq, yo’tal, qon tuflash singari klinik belgilar
paydo bo’ladi.
Rentgenologik jihatdan bronxdan tashqaridagi xavfsiz o’smalarning
semiotikasi qator umumiy o’xshash tomonlarga ega. Odatda bular yakka-yakka
sharsimon, konturlari aniq gomogen tuzilmalardir.
Davolash – jarrohlik usulida. Jarrohlik amaliyoti o’smani o’pkaning juda
kichik qismi bilan olib tashlashdan iborat. Ba’zan o’pka to’qimasini rezektsiya
qilmasdan faqat o’smani olib tashlashni imkoniyati bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |