O’rtacha og’irlikdagi tireotoksikoz – markaziy nerv sistemasi faoliyatining
ro’y-rost buzilishlari (asabiylashish, serjahllik, injiqlik, yig’loqilik), taxikardiya
(1 daqiqada 100-120 zarba), sistolik va diastolik qon bosimining ortishi, yurak
chegaralari kengayishi, yurak etishmovchiligining kelib chiqishi (Lang bo’yicha
I daraja) bilan namoyon bo’ladi. Bemor vazni ancha kamayadi, yaxshi
ovqatlanishiga qaramasdan ozib ketish hollari kuzatiladi, kun davomida
mehnatga layoqat pasayadi. Asosiy modda almashinuv jarayoni – 60% gacha
ortadi.
Dostları ilə paylaş: |