Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   363
Diffuz  toksik  buqoqni  xirurgik  davolash.  Tireotoksik  buqoqda 

operatsiyalarni endotraxeal narkoz ostida boshqariluvchi sun’iy nafas olish yo’li 




 

26 


bilan bajargan ma’qulroq, bunda bemor osoyishta sharoitda operatsiya qilinadi, 

ruhiy  shikastlarning  oldi  olinadi,  barqaror  arterial  bosim  va  normal  nafas  olish 

ta’minlanadi.  Tireotoksikozning  og’ir  turlarida,  ayniqsa  asab  buzilishi  chuqur 

kechayotganda, bemorni operatsiya xonasiga uxlagan holda olib kirilishi, bemor 

uchun katta ahamiyatga ega. 

Diffuz toksik buqoqda, qalqonsimon bezni O.V. Nikolaev taklif etgan usul 

bo’yicha – subtotal subfastsial strumektomiya amaliyotini bajarish – eng radikal 

usullardan  biri  hisoblanadi.  Bunda  bez  to’qimasining  traxeya  oldidagi  har  bir 

bo’lagidan ≈ 4-8 grammgacha kattalikdagi qismi qoldiriladi. Qolgan ko’pchilik 

usullar  (Drachinskaya,  Breydo  usullari  va  b.),  ushbu  operatsiyaning 

takomillashtirilgan  turlaridan  bo’lib,  bez  to’qimasidan  qaerda  va  qancha 

qoldirilishi bilangina farqlanadi. Jarrohlik amaliyoti jarayonida qon ketish xavfi 

bo’lganda,  avvalo  qalqonsimon  bez  arteriyalari  Koxer  usuli  bo’yicha 

bog’lanishi,  so’ngra  mo’ljallangan  operatsiya  bajarilishi  maqsadga  muvofiq 

bo’ladi. 

Buqoqning  tugunli  va  aralash  turlarida  ilgari  ”enukleatsiya”  (tugunni 

to’qimadan  sidirib  olish)  operatsiyasi  bajarilib  kelinar  edi.  Operatsiyadan 

keyingi  davrda,  bu  toifa  bemorlarning  ba’zilarida  tugun  yonidagi  bez 

to’qimasida  joylashgan,  ko’zga  ko’rinmaydigan  (mayda)  tugunchalarning 

keyinchalik  rivojlanib,    kasallik  retsidivini  (qaytalanishi)  yuzaga  keltirishi 

mumkinligi  aniqlandi.  Buni  hisobga  olgan  holda,  keyingi  yillarda  qalqonsimon 

bez  tugunini  yon  to’qimalari  bilan  Mikulich  usuli  bo’yicha  rezektsiya  qilish 

operatsiyasini qo’llash, yaxshi natijalar bermoqda. 

Odatda, bu bemorlarda: operatsiya davrida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan 

(intraoperatsion) asoratlar, operatsiyadan keyingi davrda yuzaga kelishi mumkin 

bo’lgan (postoperatsion) ertangi va kechki asoratlar tafovutlanadi. 

Intraoperatsion  asoratlar:  qon  ketishi,  qaytuvchi  nervlar  zararlanishi,  havo 

emboliyasi, paraqalqonsimon bezlarning shikastlanishi. Ikkala qaytuvchi nervlar 

zararlanganda  bemorda  o’tkir  asfiksiya  holati  yuz  berishi  mumkin,  bunda 



 

27 


traxeyani  zudlik  bilan  intubatsiya  qilish  yoki  traxeostomiya  bemorni  qutqarib 

qolishi mumkin. 

Operatsiyadan keyingi erta davrda yuz beradigan xavfli asoratlardan biri – 

tireotoksik  krizning  rivojlanishi  hisoblanadi.  Tireotoksik  krizning  ilk  belgilari: 

tana  haroratining  40º  gacha  va  undan  yuqoriga  tez  fursatda  ko’tarilishi,  tobora 

ortib  boruvchi  taxikardiyaning  boshlanishi  Arterial  qon  bosimi  avvaliga  ortadi, 

keyin  esa  pasayadi,  bemorda  ruhiy  (psixik)  buzilishlar  kuzatiladi.  Uning 

rivojlanishida  buyrak  usti  bezlari  po’stlog’i  faoliyatining  operatsion  stressga 

bog’liq  holda,  uning  etishmovchiligi  muhim  o’rin  tutadi.  Krizni  davolash 

detoksikatsion muolaja bilan birga, buyrak usti bezi po’stlog’i etishmovchiligiga 

qarshi muolaja olib borish lozim bo’ladi. 

Paratireoid  tetaniya,  rezektsiya  qilingan  qalqonsimon  bez  bilan  birga  yoki 

atipik  joylashgan  paraqalqonsimon  bezlar  operatsiya  jarayonida  olib 

tashlanganda, 

yoinki 

ular 


gematoma 

yoki 


shish 

bilan 


ezilganda, 

paraqalqonsimon  bezlar  etishmovchiligi  tarzida  yuzaga  keladi.  Bemor  qo’l 

mushaklarida tetanik talvasa rivojlanadi, yurak  mushaklari ishi keskin buziladi, 

yuz  niqobsimon  qiyofaga  kirib,  zo’rma-zo’raki  jilmayish  paydo  bo’ladi,  bemor 

og’zi  “baliq  og’zi”ga  o’xshab  qoladi.  Talvasalar  oyoqlarga  tarqaladi,  tonik 

xarakterga  kiradi,  og’riydi.  Paresteziya  yuz  beradi,  oyoq-qo’llar  muzlashi, 

tovushning  bo’g’ilishi,  “doya  qo’li”  belgisining  kelib  chiqishi  kuzatiladi.  Og’ir 

hollarda  o’lim  sodir  bo’ladi.  Paratireoid  tetaniyani  davolash  masalalarida 

to’xtalganda,  organizmni  qonda  etishmayotgan  kaltsiy  preparatlari  bilan  etarli 

darajada to’yintirishning muhimligini qayd etish lozim. 

Traxeomalyatsiya.  Uzoq  muddat  mavjud  bo’lgan  buqoqda,  ayniqsa  uning 

retrosternal (to’sh suyagi ortida) joylashuvida, buqoq bo’lgan bezning traxeyani 

doimiy  ezib  turishi  oqibatida,  traxeya  xalqalarida  degenerativ  o’zgarishlar 

yuzaga  kelib,  ularning  yupqalashishiga  olib  keladi  (traxeomalyatsiya).  Buqoq 

olib  tashlangandan  keyin,  traxeyadan  intubatsion  nay  chiqarilgach  yoki 

operatsiyadan keyingi ilk davrda, traxeya yumshab qolgan kismida buralish yoki 

devorlari  bir-biriga  yopishib,  bo’shlig’i  torayib  qolishi  mumkin.  Bu  holatda, 



 

28 


bemorda  o’tkir  asfiksiya  rivojlanadi  va  bemorga  shoshilinch  traxeostomiya 

qo’yilmasa  yoki  sun’iy  nafas  olishga  o’tkazilmasa,  bemor  o’limga  mahkum 

bo’lishi  mumkin.  Qalqonsimon  bezning  traxeya  devoriga  o’sib  kirgan  rak 

o’smasi  (saraton)  olib  tashlanganda  ham  traxeomalyatsiya  yuz  berishi 

mumkinligini yodda tutish zarur. 

Operatsiyadan  keyin  yuz  beradigan  gipotireoz  qalqonsimon  bez 

faoliyatining  etishmovchiligidan,  ya’ni  qalqonsimon  bez  butunlay  olib 

tashlanganda  rivojlanadi.  Bu  asorat,  umumiy  behollik,  uyquchanlik,  doimiy 

charchoq sezish, loqaydlik, bemorlar harakatining sustlashishi tarzida namoyon 

bo’ladi.  Bemor  tanasining  terisi  quruq,  ajin  bosgan,  biroz  shishgan  bo’ladi. 

Uning  sochlari  to’kila  boshlaydi,  oyoq-qo’llarida  og’riq  paydo  bo’ladi,  jinsiy 

faoliyati  sustlashadi.  Bunda  bemor  terisi  ostiga  tireoidin  yoki  qalqonsimon 

bezning  boshqa  preparatlari  tayinlanadi.  Hozirgi  davrda,  mikroxirurgiya 

texnikasining  rivojlanganligi  tufayli,  bemorlarga  bez  transplantatsiyasi  qilish 

imkoniyati  paydo  bo’ldi.  Taassufki,  bu  operatsiyalar  vaqtincha  naf  beradi, 

amalda esa asosan o’rnini bosuvchi muolaja qilinib boriladi. 

Qalqonsimon  bezda  bajarilayotgan  operatsiya  vaqtida  qaytuvchi  nervning 

shikastlanishi,  ko’p  uchraydigan  asoratlardan  biridir.  Bu  xavf,  pastki 

qalqonsimon  arteriyalarning  qaytuvchi  nervlar  bilan  o’zaro  anatomik  bog’liq 

bo’lganida,  ularni  bog’lash  vujudga  kelganda  yuz  beradi.  Nerv  bir  yoki  ikki 

tomonlama  shikastlanishi  mumkin.  Keyingi  holda  asorat  fojiaga  aylanadi, 

chunki  jarroh  darhol  traxeostomiya  yoki  traxeya  intubatsiyasi  o’tkazmasa, 

asfiksiya holati yuzaga kelib, bemor operatsion stolda qolishi mumkin. 

Nervning  bir  tomonlama  shikastlanishi,  operatsiyadan  keyingi  davrda 

tovush  yorig’i  boylamlarining  bir  tomonlama  parezini  yuzaga  keltiradi  va  bu 

holatda  tovushning  buzilishi  kuzatiladi  (afoniya).  Vrach-foneator  tomonidan 

tegishli  muolaja  qilingach,  odatda  1-5  oy  orasida  parez  yo’qoladi.  Ba’zan  esa, 

muolaja  kerakli  natija  bermaydi  va  bemorda  tovushning  buzilishi  doimiy 

saqlanib qoladi. 



 

29 


Havo emboliyasi. Bo’yin venalari ochilganda yoki buqoqda bez kesilganda 

ro’y  berishi  mumkin  bo’lgan,  g’oyat  kam  uchraydigan  asorat  sanaladi.  Odatda 

havo  emboliyasi  nomsiz,  o’mrov  osti,  ichki  bo’yinturuq  venalari,  miyaning 

venoz sinuslari shikastlanganda paydo bo’ladi. Venaga havo kirganligi sezilmay 

qoladi, biroq  emboliya  belgilari: tsianoz,  ko’z  qorachig’ining kengayishi, nafas 

maromining (ritmi) buzilishi yoki uning to’xtashi, xatarli asoratdan darak beradi. 

Davolash.  Traxeyani  intubatsiya  qilish  va  sun’iy  nafas  oldirish,  qon  quyish, 

yurak  massaji,  yurakning  o’ng  qorinchasini  punktsiya  qilib,  havo  bilan 

aralashgan qonni evakuatsiya qilishdan iborat. 

Asfiksiya  qator  sabablar  bilan  izohlanadi:  markaziy  nerv  sistemasida 

bo’ladigan  asoratlar,  traxeyaning  jarohatlanishi,  traxeomalyatsiya,  gematoma 

ta’sirida bosilishi, qaytuvchi nervlar shikasti va boshqalar. 

Traxeyaning jarohatlanishi – operatsiya jarayonida kamdan-kam bo’ladigan 

asorat  bo’lib,  xavfli  asoratlardan  sanaladi.  Shikast  o’z  vaqtida  payqab  qolinsa, 

xavf-xatar  bo’lmaydi,  traxeyaga  atravmatik  nina  bilan  chok  qo’yiladi, 

mushaklari  plastika  qilinadi,  zarurat  bo’lsa  traxeostomiya  bajarilib,  traxeyaga 

naycha o’rnatiladi. 

Jarohatdan qon ketishi va gematomalar. Odatda operatsiyadan keyingi 1, 2-

kunlarda  kuzatiladi,  hamda  bu  asorat  ko’pincha  qonning  bo’yin  a’zolari  va 

to’qimalariga  shimilishi  yoki  gematoma  paydo  bo’lishi  bilan  o’tadi.  Bunday 

hollarda,  qon  oqishi  gemostazning  ishonchli  emasligini,  bog’langan  iplarning 

sirpanib  tushishi,  mo’rt  yoki  yupqa  tomirlarda  bog’langan  iplarning  sitilishi 

mumkinligini  ko’rsatadi.  Bu  holatda,  barcha  bemorlarda  jarohat  ochiladi  va 

keng taftish qilinib, zaruriy choralar qo’llaniladi. Ayni vaqtda, gemotransfuziya 

va shokning oldini oluvchi muolajalar qilinadi. 

Qolgan asoratlar, boshqa operatsiyalarda ham yuz berishi mumkin bo’lgan 

asoratlardir.  Ularga  shok,  zotiljam,  jarohatning  yiringlashi  kiradi.  Bu  asoratlar 

qalqonsimon bezdagi operatsiyalarda kam uchraydi, shu tufayli, ular ustida fikr 

yuritmaymiz.  Qalqonsimon  bez  operatsiyasida  og’riqsizlantirish  usulini  to’g’ri 



 

30 


tanlash,  aseptika  va  antiseptika  qoidalariga  qat’iy  amal  qilish,  hamda 

operatsiyaning hamma bosqichlarini qunt bilan ado etish yaxshi natija garovidir. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin