Xirurgik kasalliklar


Postromboflebitik sindrom (PTFS)



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   363
Postromboflebitik sindrom (PTFS) 

Bu  oyoq  chuqur  venalarining  boshdan  kechirilgan  trombozi  natijasida 

rivojlanadigan simptomlar kompleksi, aholining 1,5-5 foizida uchraydi. Chuqur 

venalar  trombozining  eng  ko’p  uchraydigan  natijasi  tromb  rekanalizatsiyasi, 

kamroq – tromblangan venalarning obliteratsiyasi hisoblanadi. 

Tromb  hosil  bo’lish  jarayoni  kasallik  boshidan  boshlab  2-3  –  xaftadan 

boshlanadi  va  bir  necha  oydan  5  yilgacha  muddatda  rekanalizatsiya  bilan 

tugallanadi.  Zararlangan  vena  klapanlariga  shikast  etganda  rigid  sklerozlangan 

naychaga  aylanadi.  Paravazal  fibroz  rivojlanadi.  Zararlangan  chuqur  venalarda 

bosim  oshishi  natijasida  avvaliga  funktsional, so’ngra  a’zo  jihatidan  faoliyatsiz 

bo’lib  qolgan  komunikant  venalar  tizimida  bosim  ortadi.  Oyoq  venalarida 

reflyuks  yuz  berib,  u  chuqur  venalardan  teri  osti  venalariga  oka  boshlaydi, 

arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi. Boldirning uchdan bir pastki qismida, 

eng yirik perforant venalar va ortostatik venoz bosim eng yuqori bo’lgan medial 



 

230 


to’piq  ustida  o’zgarishlar  ayniqsa  chuqur  bo’ladi.  Mikrotsirkulyatsiyaning 

buzilishlari trofik yaralar hosil bo’lishiga sababchi hisoblanadi. 

Klinikasi.  Eng  erta  simptom  –  zararlangan  oyoqda  og’irlik  sezgisi  va 

og’riq,  bular  uzoq  vaqt  oyoq  ustida  turilganda  ko’payadi  va  bemor  oyog’ini 

ko’tarib yotganida kamayadi. 

Tungi  vaqtlarda  va  uzoq  vaqt  tik  turib  qolishda  aksariyat  boldir 

mushaklarida  tortishish  paydo  bo’ladi.  Oyoqdagi  shish  hatto  tungi  uyqudan 

keyin  ham  yo’qolmaydi.  Yonbosh  venalar  zararlanganda  shish  butun  oyoqni 

qamrab  oladi,  son  venasi  zararlanganda  boldir  va  sonning  uchdan  bir  pastki 

qismini,  boldirning  chuqur  venalari  trombozida  –  to’piqlar  sohasini  va  oyoq 

panjasini egallaydi. Bemorlarning 65-75 foizida venalarning varikoz kengayishi 

rivojlanib,  u  katta  va  kichik  teri  osti  venalari  sistemasini  egallaydi.  Yonbosh 

venalari zararlanganda oldingi qorin devori teri osti venalari kengaygan. Boldir 

uchdan  bir  pastki  qismi  to’qimalari,  ayniqsa,  to’piq  medial  sohasining 

induratsiyasi xarakterli. Teri va teri osti yog’ to’qimasi zich, harakatsiz, qo’ng’ir 

yoki  to’q  jigar  rang  tusda.  Ko’pincha  o’zgarib  qolgan  terida  qattiq 

qichishtiradigan  nam  ekzema  paydo  bo’ladi.  Shu  erning  o’zida  trofik  yaralar 

joylashgan ular uzoq vaqt, qaytalanib kechadi. Trofik yaralar yakka-yakka yoki 

ko’p  sonli,  chetlari  sklerozlangan,  tubi  silliq,  yumshoq  granulyatsiyalar  bilan 

qoplangan, oz-moz suvlanib turadi. 

     

 



 

231 


 

56-rasm. Boldir va to’piq sohalaridagi trofik yaralar. 

 

PTFS  ning  4  klinik  turi:  shish-og’riqdi,  varikoz,  yarali  va  aralash  turlari 



farq qilinadi. 

Ilgari  chuqur  venalar  trombozi  bo’lib  o’tganligi  PTFS  dan  dalolat  beradi. 

Delbe-Pertes  va  Pratt-1  funktsional  sinamalarining  natijalari  chuqur  venalar 

o’tkazuvchanligi buzilganligini ko’rsatib, diagnozni tasdiqlaydi. 

Ultratovush  doppler  tekshiruvida  tromblashgan  venalarda  qon  oqimi 

yo’qolishi yoki susayishi, qonni yuzaki venalarda oqishi tezlashuvi, ultratovush 

dupleks  tekshiruvida  esa  tromblashgan  venalar  intima-media  holati,  ichidagi 

tromb  holati,  vena  o’tkazuvchanligi,  komunikantlardagi  qon  oqimi,  tezligi  va 

hajmlari haqida ma’lumotlar aniqlanadi. Tekshiruv natijasi to’liq qoniqtirmagan 

holatda dinamik flebografiya ma’lumotlari tashhisni tasdiqlaydi. 

Differentsial  tashhisni  varikoz  kasalligi,  Parks-Veber  sindromi,  yurak  va 

buyrak kasalliklari, chanoq o’smalari, limfedema kasalligi bilan o’tkaziladi.  

Davolash kompleks tarzda olib boriladi.  

Konservativ davo:  

1) elastik bintlar taqish; 

2) siydik haydovchi vositalar; 

3) ratsional ishga joylashtirish; 

4) desensibilizatsiya qiladigan davo; 

5) mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydigan vositalar; 

6)  trofik  yaralarda  antibiotiklar  va  antiseptiklar,  proteolitik  fermentlar 

tayinlanadi; 

7)  dermatitlar  hamda  ekzemada  tarkibida  rux  yoki  talk  bo’lgan 

aralashmalar, ftorokort, flutsinar, kuriozin. 

8) fleboprotektorlar. 

Jarrohlik usulida davolash. Quyidagilarni amalga oshirish uchun ko’p sonli 

amaliyotlar taklif qilingan: 




 

232 


1.  Paydan  taqim  venasi  ekstravazal  klapanini  yaratish  (Psatakis  jarrohlik 

amaliyoti). 

2.  Zararlangan  oyoqdan  sog’lom  tomoniga  kesishma  autovenoz  qov  usti 

safeno-son  shunti  orqali  qon  oqib  ketishini  vujudga  keltirish  (Palma  jarrohlik 

amaliyoti). 

3.  Venaning  zararlangan  sohasini  teri  osti  venasidan  olingan  transplantat 

bilan almashtirish. 

PTFS  ni  davolashda  yuzaki  va  kommunikant  venalardagi  jarrohlik 

amaliyotlari  (Bebkokk  bo’yicha  flebektomiya,  Linton,  Kokket,  Felder  jarrohlik 

amaliyotlari  hamda  endoskopik  usulda  perforant  venalarni  bog’lash)  va 

fastsioplastika eng ko’p tarqalgan. Operatsiyadan keyingi davrda doimiy elastik 

bintlash tavsiya qilinadi.  




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin