Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   363
Patalogik  anatomiyasi.  Ichak  devori  shishgan,  giperemiyalashgan,  oson 

yirtiluvchan  bo’lib,  shilliq  qavatida  ko’plab  yara  va  eroziyalar  paydo  bo’ladi. 

Yara tubida ba’zan, arroziyaga uchrovchi va qon ketishiga sabab bo’luvchi qon 

tomirlar  ko’rinib  turadi,  ayrim  xollarda  yaralar  chuqurlashib  ichak 

perforatsiyasiga  olib  keladi.  Shilliq  qavat  fibrin  parda  bilan  qoplangan,  ba’zida 

kasallik  juda  og’ir  kechib,  hatto  shilliq  qavatning  ko’chib  tushishi  ham 

kuzatiladi. Gistologik tekshiruvda shilliq qavat atrofiyasi, shilliq osti qavatining 

leykotsitar  infiltratsiyasi  va  kriptalarda  mikroabstsesslar  yuzaga  kelib, 

keyinchalik  ichak  devori  chandiqli  fibrozi  va  psevdopolipozi  vujudga  keladi 

(82-rasm).  

 



 

385 


 

 

82-rasm. Nospetsifik yarali kolit (NYaK) – endoskopik xolati. 



 

Nospetsifik  yarali  kolit  chambar  va  to’g’ri  ichakning  barcha  qismiga 

tarqalgan  bo’lishi  mumkin  (total  zararlanish),  ba’zan  alohida  ichak  qismlarini 

egallashi ham mumkin (segmentar zararlanish). 

Nospetsifik  yarali  kolit  klinik  kechishida  uning  qaysi  shakli  ekanligi 

ahamiyatga ega. O’tkir (yashin tezligida kechuvchi) shaklida (10% bemorlarda) 

kasallik  juda  og’ir  kechadi.  Bunda  ich  surishi  sutkasi  40  marotabagacha  etishi 

mumkin.  Najas  shilliq,  qon,  yiring  aralash  bo’ladi,  qorinda  kuchli  og’riq 

tenezmlar,  qayt  qilish,  yuqori  harorat  yuzaga  keladi.  Bemorning  axvoli  og’ir, 

qon  bosimi  tushishi,  pulsining  tezlashuvi  kuzatiladi.  qorin  kattalashgan, 

paypslaganda  yo’g’on  ichak  bo’ylab  og’riqli.  Leykotsitoz,  leykotsitar 

formulaning  chapga  siljishi,  gemoglobin,  eritrotsitlar  sonining  gematokrit 

ko’rsatkichining 

kamayishi 

kuzatiladi. 

Ich 


surishining 

davom 


etishi 

organizmning  suvsizlanishiga,  tana  vaznining  pasayishiga,  suv-elektrolit 

almashinuvining  va  kislota-ishqor  muvozanatining  buzilishlariga  olib  keladi. 

Rektoromanoskopiyada ichak shilliq qavati shishgan, undan qon ketayotganligi, 

ichak  bo’shlig’ida  shilliq,  qon  va  yiring  borligi  ko’rinadi.  Kasallikning  o’tkir 

shakli  ko’pincha  og’ir  asoratlar  bilan  kechadi  –  massiv  qon  ketishi,  ichak 

perforatsiyasi,  ichak  toksik  dilyatatsiyasi.  O’lim  kasallikning  birinchi  kuni 



 

386 


(yashin  tezligida  kechuvchi  shakli)  yoki  yaqin  oylar  ichida  yuzaga  kelishi 

mumkin. O’tkir shakli ko’p uchramasada, undagi letallik 20% ni tashkil qiladi. 

Ko’pchilik  (50%)  bemorlarda  kasallikning  surunkali  retsidivlovchi  shakli 

uchraydi.  Bu  shaklida  kasallikning  avj  olish  va  remissiya  davrlari  almashinib 

keladi.  Remissiya  davri  bir necha  yilgacha  davom  etishi  mumkin.  Kasallikning 

avj  olishiga  emotsional  stress,  ko’p  charchash,  parhezni  buzish,  antibiotik  va 

surgi  dorilarni  qo’llash  sabab  bo’lishi  mumkin.  Avj  olgan  davri  huddi  o’tkir 

shaklini  eslatadi.  Remissiya  davrida  bemorlar  xech  qanday  shikoyat 

bildirmaydilar,  ammo,  najas  shakllanmagan  xolatda  qoladi.  Ayrim  xollarda 

kasallik  o’tkir  yoki  asta-sekinlik  bilan  boshlanib,  to’xtovsiz  ravishda  kuchayib 

boradi.  Bu  kasallikning  surunkali  uzluksiz  shakli  hisoblanib,  35-40% 

bemorlarda uchraydi. 

Nospetsifik  yarali  kolitning  barcha  shakllariga  anemiya,  jigarning  yog’li 

distrofiyasi  xos  bo’lib,  og’ir  kechuvchi  shaklida  gipoalbuminemiya,  beta-  va 

gammaglobulin  miqdorining  ko’payishi  kuzatiladi.  Ko’p  miqdorda  suv  va 

elektrolit  yo’qotilishi  oqibatida  organizmda  suv-elektrolit  muvozanatining 

buzilishi,  suvsizlanish,  gipokaliemiya  vujudga  keladi.  Natijada  vitamin 

almashinuvi  buziladi.  Ichak  devorining  destruktsiyasi  juda  og’ir  asoratlarga  – 

qon ketishi (5-6%), perforatsiya (3-4%), ichak toksik dilyatatsiyasi (NYaKning 

barcha  shakllari  bo’yicha  bemorlarning  2-6%  ida,  o’tkir  shakli  bilan  og’rigan 

bemorlarning 10-20% ida), stenoz, malignizatsiyaga (7-10%) olib keladi. 

Ba’zan,  qon  ketishi  shu  darajada  kuchli  bo’ladiki,  hatto  shoshilinch 

jarrohlik  amaliyoti  haqida  savol  dolzarb  bo’lib  qoladi.  Huddi  shunday  ichak 

perforatsiyasi va toksik dilyatatsiyasida ham operativ davo yakuniy hisoblanadi.  

Nospetsifik yarali kolit rak oldi kasallik hisoblanadi. Yo’g’on ichak raki 5-

7%  bemorlarda,  kasallik  boshlangandan  10-20  yil  o’tgach  esa  bu  ko’rsatkich 

40% ni tashkil qiladi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin