Xirurgik kasalliklar


Anatomik-fiziologik ma’lumotlar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   363
 

Anatomik-fiziologik ma’lumotlar 

Me’da  osti  bezi  qorin  pardasi  ortidagi  bo’shliqda  I-II  bel  umurtqalari 

sathida  joylashgan  bo’lib,  umurtqa  pog’onasini  ko’ndalang  yo’nalishda  kesib 

o’tadi,  shu  tufayli  boshchasi  va  tanasining  boshlanishi  o’rta  chiziqdan  o’ng 




 

479 


tomonda, tana va dum qismining ko’proq qismi esa, chap tomonda bo’ladi. Bez 

o’lchamlari  odatda  ≈  16,0x4,0x2,5  sm  bo’lib,  uning  vazni  taxminan  60-70  g 

atrofida bo’ladi (105-rasm).  

 

 



 

105-rasm. Me’da osti bezi sintopiyasi va tarkibiy qismlari. 

 

1 – a. et v. hepatica; 2 – a. et v. gastrica; 3 – truncus coeliacus; 4 – aorta; 5 – a. splenica; 



6  –  v.  colica;  7  –  v.  mesenterica  inferior;  8  –  a.  colica  inferior;  9  –  a.  et  v.  mesenterica 

superior;  10  –  a.  et  v.  pancreatoduodenalis  inferior;  11  –  ductus  pancreaticus;  12  –  papilla 

Fateri; 13 – ductus choledochus; 14 – a. pancreatoduodenalis superior; 15 – a. gastroepiploica; 

16 – a. gastroduodenalis; 17 – hepar. 

 

Me’da  osti  bezining  boshchasi  taqasimon  shakldagi  o’n  ikki  barmoqli 



ichakning orasiga  kirib, dum  qismi  esa taloq  darvozasigacha  etib  boradi.  Meda 

osti  bezi  uning  oldingi-yuqori  sathi  bo’ylab  o’tadigan,  katta  charvi  xaltasining 

orqa devoridagi (bursa omentalis) qon tomirlar, nervlar va parietal qorin pardasi 

varag’i bilan qoplangan. 

Arterial  va  venoz  qon-tomir  sistemasi.  Me’da  osti  bezi  truncus  coeliacus 

tarmoqlaridan,  boshchasi  –  a.  pancreaticoduodenalis dan,  tana  va  dum  qismi  a. 

lienalis dan oziqlanadi, bu arteriya me’da osti bezining yuqori chekkasi bo’ylab 



 

480 


o’tib,  aksariyat  hollarda  uning  parenximasiga  kiradi  va  o’z  yo’lida  qator 

tarmoqlar  (aa.  pancreaticus  breves)  beradi.  Bir  nomdagi  venalar  qopqa  vena 

sistemasiga qon olib boradi. 

Innervatsiyasi.  Meda  osti  bezi  quyosh  chigalining  ham  simpatik,  ham 

parasimpatik tolalaridan innervatsiya qilinadi. 

Bezning butun tanasi orqali asosiy yo’l (ductus Wirsungi) o’tib, u bezning 

ko’p  sonli  bo’lakchalaridan  sekret  yig’adi  va  ko’pincha  umumiy  o’t  yo’lining 

distal qismi  bilan  birga,  o’n ikki  barmoqli  ichakning  katta so’rg’ichiga  (papilla 

Fateri) quyiladi. Asosiy yo’ldan tashqari, 75-80% hollarda qo’shimcha Santorini 

yo’li  (ductus  Santorini)  uchraydi.  Bu  yo’l  ba’zan  asosiy  yo’l  bilan  qo’shiladi, 

ba’zan  esa  bez  boshchasidan  kesib  o’tib  o’n  ikki  barmoqli  ichakka  mustaqil, 

qo’shimcha so’rg’ich holida ochiladi. Virsung yo’lining umumiy o’t yo’li bilan 

qo’shilishining  bir  necha  turlari  bor:  alohida  holda  ochilish  yoki  to’liq 

bo’lmagan  Fater  so’rg’ichidan  markazroq  joyda,  ikkita  yo’lning  qo’shilishi 

turida  ochilish  shular  qatoriga  kiradi.  Ko’rsatib  o’tilgan  anatomik  xususiyatlar, 

me’da  osti  bezi  yo’liga  o’t  suyuqligi  reflyuksi  yoki  o’t  yo’llariga  pankreatik 

shira tushishi mumkinligini ko’rsatadi. 

Me’da  osti  bezi  to’qimasi  tashqi  va  ichki  sohalari  bo’lgan  epitelial 

xujayralardan  tashkil  topgan.  Keyingisi  sekret  ishlab  chiqaradigan  va  hazm 

qilish  jarayonida  ishtirok  etadigan  granulalardan  iborat.  Bezsimon  to’qima 

orasida  ichki  sekretor  faoliyatni  bajaradigan,  kapsulaga  o’ralgan  Langergans 

orolchalari  joylashadi.  Orolchalar  ko’p  sonli  qon  tomirlar  va  quyosh  chigali 

sistemasidagi 

simpatik 

nerv 

tarmoqlari 



bilan 

o’ralgan.  Langergans 

orolchalarining soni 2 000 000 gacha etadi (1 g bezga 5 000 dan 25 000 gacha). 

Me’da  osti  bezining  tashqi  sekretsiyasi  faoliyatida,  24  soat  mobaynida 

1200-2200  ml  pankreatik  shira  ishlab  chiqariladi,  u  ishqoriy  reaktsiyaga  (pH 

8,5-8,8)  ega bo’lib,  uning  solishtirma  og’irligi  1015  ga  teng  keladi.  Me’da osti 

bezida  quyidagi  fermentlar  ishlab  chiqariladi:  oqsillarni  parchalaydigan 

proteazalar  (tripsinogen,  peptidaza,  kollagenaza,  ribodezoksiribonukleaza)  va  2 




 

481 


turdagi (alfa, betta) aktiv amilaza. Ular uglevodlar va yog’larni yog’ kislotalari 

va glitseringacha parchalaydi. Lipaza ta’sirini o’t suyuqligi kuchaytiradi. 

Odatda  tripsinogen  bez  yo’llarida  aktivmas  holda  bo’ladi,  biroq  o’n  ikki 

barmoqli  ichakka  tushgach  enterokinaza  ta’siri  ostida  aktivlanadi,  ya’ni 

tripsinogen tripsinga aylanadi. Tripsin, oqsil me’da shirasi ta’siriga uchragandan 

keyin (xlorid kislota va pepsin), oqsillarni polipeptidlar va aminokislotalargacha 

parchalaydi. 

Sekretsiya  neyrogumoral  yo’l  bilan:  parasimpatik  nervlar,  ovqat  luqmasi 

bilan  uchrashgach  esa,  o’n  ikki  barmoqli  ichak  shilliq  qavatidan  ajralib 

chiqadigan sekretin gormoni orqali idora qilinadi. 

Me’da  osti  bezining  ichki  sekretor  faoliyati  Langergans  orolchalari  ishlab 

chiqaradigan gormonlar hisobiga ro’yobga chiqadi. Bunda gipoglikemik gormon 

– insulin ishlab chiqaradigan B-xujayralar katta ahamiyatga ega bo’ladi (insulin 

etishmasligi  qandli  diabet  rivojlanishiga  olib  keladi).  Bundan  tashqari,  me’da 

osti  bezi  yana  2  turdagi  gormon  ishlab  chiqaradi:  jigarda  yog’  almashinuviga 

ta’sir  qiladigan  –  lipokain  va  o’n  ikki  barmoqli  ichakda  aktivlanadigan, 

gipotonik ta’siri bo’lgan – kallikrein (padutin). 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin