Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə306/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   363
Davolash.  O’kir  pankreatitni  patogenetik  davolash,  ya’ni  asosiy  davo 

tadbirlari patogenez kontseptsiyasiga muvofiq kelishi kerak. 

Ferment toksemiyaga qarshi kurashish uchun quyidagilardan foydalaniladi: 

1)  me’da  suyuqligini  aspiratsiya  qilish  va  me’dani  sodali  sovuq  eritma 

bilan  yuvish  (me’da  suyuqligidagi  xlorid  kislota  pankreatik  sekretsiya 

stimulyatori  hisoblanadi).  Oddi  sfinkteridagi  spazmni  yo’qotish  uchun  atropin 

yuborish, me’da osti bezi gipotermiyasi, 4-5 kungacha tsitostatiklar yuborish (5-

ftoruratsil,  ftorafur  va  boshqa  pankreatik  fermentlar  ishlanishini  to’xtatadi)  bez 




 

494 


tashqi  sekretor  funktsiyasini  pasaytiradi;  2)  spazmolitiklar  yuborib  ishlab 

chiqarilgan  fermentlarning  normal  evakuatsiyasini  ta’minlash;  3)  qon  o’zaniga 

yoki qorin bo’shlig’iga tushgan fermentlarni yo’qotish; ko’krak limfatik yo’lini 

limfosorbtsiya  bilan  drenaj  qilish,  diurez  stimulyatsiyasi;  qorin  bo’shlig’ini 

drenajlash;  4)  fermentlarni  proteazlar  ingibitorlari  bilan  (kontrikal,  gordoks, 

tsalol va boshqa) aktivsizlantirish. 

Og’riqni  yo’qotish  yoki  kamaytirish  uchun  analgetiklar  va  spazmolitiklar 

(no-shpa, papaverin, platifillin) qo’llanilishi zarur. Peridural blokada (orqa miya 

peridural bo’shlig’ini anestetiklar yuborib kateterlash) yaxshi samara beradi. 

Suv-elektrolit  muvozanatini  (balansi)  idora  qilish,  yurak  faoliyatini 

normaga  solish  va  toksikozni  pasaytirish  maqsadida  5-10%  li  glyukoza 

eritmalari, poliion eritmalar, poliglyukin, plazma, qo’llanilishi tayinlanadi. Kaliy 

preparatlari, yurak glikozidlari ko’rsatmalar bo’yicha tayinlanadi. 

Qonning  reologik  xususiyatlarini  yaxshilash  va  tomir  ichida  qon  ivishini 

profilaktika  qilish  uchun  har  4  soatda  reopoliglyukin  va  geparin  (5000  TB) 

qo’llaniladi. 

Antiferment  muolaja.  Proteazalar  ingibitorlari  bilan  davolash.  1953  yilda 

Frea  o’tkir  pankreatitni  davolash  uchun  birinchi  marta  kallikrein  inaktivatori  – 

trasilolni  qo’llagan.  Hozirgi  vaqtda  boshqa  ingibitorlar:  kontrikal,  gordoks, 

pantripin, iniprol, zimofen va boshqalar keng qo’llanilyapti. Ingibitorlar ko’p yil 

qo’llanilishiga  qaramay,  ularning  ta’sir  mexanizmi,  fazalari,  qo’shimcha  ta’siri 

to’g’risida  yagona  fikr  yo’q.  Ko’p  sonli  tekshirishlarda  proteazalarning 

ingibitorlari  pankreonekrozda  ro’y-rost  terapevtik  samara  berishi,  zarbali 

dozalari bilan qo’shma davolash esa pankreatogen toksemik asoratlardan o’limni 

birmuncha  pasaytirishi  aniqlangan.  Preparatni  oddiy  usullarda  (mushak  orasiga 

va  venaga)  yuborish  me’da  osti  bezida  va  qorin  bo’shlig’ida  antiferment 

preparatlarning 

yuqori 


kontsentratsiyasini 

ta’minlay 

olmaydi. 

Bunga 


preparatlarni  qo’shma  usulda:  venaga,  regionar  –  arteriyaga,  qorin  pardasi 

ichiga,  qorin  pardasi  orqasiga  yuborilganda  muvaffaq  bo’linadi.  Proteaza 

ingibitorlarining  yuqori  mahaliy  kontsentratsiyasi  aktiv  tripsinogenni  bloklab 



 

495 


qo’yish,  periatsinar  bo’shliqda  tripsinning  aktivsizlanishi  va  proteoliz  regionar 

jarayonlarini to’xtatib qo’yishni, kininogenez va fibrinolizni ta’minlaydi. 

Tsitostatiklar bilan davolash. Oqsil sinteziga atsinoz xujayralari bilan ta’sir 

qilib tsitostatiklar (5-ftoruratsil, ftorafur) me’da osti bezi ekzokrin funktsiyasini 

to’xtatish  70-yillarning  II  yarmida  pankreonekrozda  qo’llanilgan.  5-ftoruratsil 

500  ml  fiziologik  eritmada  suyultirilib,  sutkasiga  bir  marta  2-3  kun  mobaynida 

250-300  mg  dozada  yuboriladi.  Preparat  qorin  aortasiga  selektiv  yuborilganda 

davolash  anchayin  ta’sirchan  bo’ladi.  Kasallikning  kechikkan  muddatlarida 

tsitostatiklarning davolash ta’sirchanligi juda ozligini ta’kidlab o’tish zarur. 

Detoksikatsiya.  Pankreatogen  toksemiya  kasallikning  birinchi  davrida 

rivojlanadi.  Agar  bu  davrda  detoksikatsiya  o’tkazilmasa,  bemor  ahvoli 

jiddiylashadi,  ingibitor  to’siq  mexanizmlar  izdan  chiqadi,  mahalliy  patologik 

jarayon  buziladi  va  uning  avj  olishi  mikrotsirkulyatsiya  buzilishi  va  qon  tomir 

ichida  qon  ivishi  sindromi  ta’siri  ostida  sodir  bo’ladi.  O’z  vaqtida  o’tkazilgan 

detoksikatsion  muolajagina  patologik  jarayonning  bundan  keyingi  rivojini 

to’xtatadi. 

Detoksikatsiyaning  ta’sirchan  usullaridan  biri  infuzion  muolajani 

organizmni suyuqlik bilan to’yintirish (gemodilyutsiya) va diurezni kuchaytirish 

bilan  qo’shib  olib  borishdan  iborat.  Gemodilyutsiya  va  kuchaytirilgan  diurez 

printsiplari  oddiy,  hamma  e’tirof  qilgan  tamoyildir.  Diurez  soatiga  25  ml  dan 

pasayib ketganda kuchaytirilgan diurez tayinlanadi. 

Ko’krak  limfatik  yo’lini  tashqariga  drenaj  qilish.  O’tkir  pankreatitni 

davolash  uchun  bu  usulni  qo’llanish  patogenetik  asoslangan.  Pankreonekrozda 

jigar  interstitsial  bo’shliqlari  shishishi  va  kompressiyasi,  shuningdek 

mikrotsirkulyator  buzilishlar  sababli  limfaga  me’da  osti  bezi  fermentlari  va 

autoliz  mahsulotlari  ko’p  o’ta  boshlaydi,  bunda  uning  toksinligi  keskin  ortadi. 

Limfaning  toksikligi  darajasi  me’da  osti  bezi  zararlanishining  og’ir-engilligiga 

bog’liq. Limfaning tashqariga chiqarilish jarayonida, asosan dastlabki 2-3 sutka 

ichida  uning  toksikligi  kamayadi.  Bu  davrda  limfa  bilan  birga  autoagressiv 

fermentlarning kattagina miqdori – lipaza va tripsin chiqariladi. Ayniqsa yog’li 




 

496 


nekrozda tashqi limfa drenaji ro’y-rost detoksikatsion natija beradi. Limfa bilan 

birga  oqsillar,  elektrolitlar  yuqotilishi  –  limfa  oqib  ketishining  salbiy  tomoni 

hisoblanadi. 

So’nggi  yillarda  klinik  amaliyotga  aktiv  detoksikatsiya  usullari: 

limfosorbtsiya (R. Panchenko, 1982) va gemosorbtsiya (Yu.M. Lopuxin, 1975) 

jadallik bilan joriy qilindi. Sorbentlar bilan tozalangan limfa reinfuziyasi tashqi 

drenajlar  usulining  keyingi  rivoji  bo’lib  hisoblanadi.  Limfosorbtsiyaga  amalda 

monelik  qiladgan  hollar  yo’q,  biroq  uni  qo’llanish  limforeya  yuqori  bo’lganda 

yaxshi natija beradi. 

Pankreonekrozda  gemosorbtsiya  og’ir  endotoksikozda,  pankreatogen  shok 

hodisalarida  va  jigar-buyrak  etishmovchiligida  rivojlanadigan  intoksikatsion 

psixozlarda qo’llanilishi kerak.  

Og’ir  pankreatik  endotoksikozda  plazmoferez  o’tqazishda  yuqori  davo 

natijasi  olingan  (A.M.  Sazonov,  1984).  Bu  usulda  asbob-uskuna  yordamida 

limfa  suyuqligi  xaydalib  (1-1,5  l  gacha)  donor  plazmasi  va  albumin  bilan 

aralashtiriladi.  Plazmoferezning  davo  ta’siri  plazma  bilan  birga  ekzogen  va 

endogen toksinlarni chiqarishdan iborat. Tozalangan limfa organizmga qaytadan 

quyiladi. 

Laparoskopik  drenajlash  va  qorin  bo’shliq  perfuziyasi.  Pankreatogen 

peritonit jadal kechadi, tez oshib boradigan intoksikatsiya, parenximatoz a’zolar 

distrofiyasi, gemodinamikaning og’ir buzilishini keltirib chiqaradi.  

Peritonitga qarshi kurashning ta’sirchan chorasi ekssudatni aktiv chiqarish, 

qorin  bo’shlig’iga  antiferment  preparatlar,  antibiotiklar  yuborish  hisoblanadi. 

Shu  maqsadda  pankreonekrozni  eng  ta’sirchan  va  bezarar  davolash  usuli  qorin 

bo’shlig’ini  laparoskopik  drenajlash,  ayni  vaqtda  ekssudatni  bartaraf  etish  va 

qorin bo’shlig’iga peritoneal dializ o’rnatish va qo’llash hisoblanadi. 

Pankreatogen  peritonitni  laparoskopiya  usuli  bilan  davolash  ikki 

bosqichdan  –  diagnostik  va  davolash  bosqichidan  iborat  bo’ladi.  Diagnostik 

bosqichda pankreatit turi, peritonitning bor yoki yo’qligi aniqlanadi. Gemorragik 

ekssudat,  steatonekroz  dog’lari  va  aseptik  pankreatogen  peritonit  belgilari 




 

497 


ikkinchi  bosqich  –  qorin  bo’shlig’ini  qorin  ichi  perfuziyasi  yoki  infuziyasi 

o’tqazish maqsadida drenajlash uchun asosiy ko’rsatma hisoblanadi. 

Arteriya  ichi  regionar  infuzion  muolaja  (RIM).  Bu  usulni  o’tkazishga 

asosiy  ko’rsatma  pankreonekroz  kechishining  avj  olishi,  peritonit  va  toksemik 

asoratlardir.  RIM  ni  o’tkazish  uchun  ishlatiladigan  preparatlar  aralashmasining 

tarkibi:  kontrikal  –  60000  TB,  geparin  –  2000  TB,  reopoliglyukin  –  400  mg, 

nikotinat kislota – 20 ml, novokain – 2,5 g, izotonik natriy xlorid eritmasi yoki 

Ringer-Lokk eritmasi – 1000 ml umumiy hajmgacha.  

Buning  uchun,  kateter  rentgentelevizion  moslama  nazorati  ostida 

o’rnatiladi. RIM ning asosiy davo vazifasi proteoliz va kininogenez jarayonlarini 

to’xtatish,  qon  mikrotsirkulyatsiyasining  lokal  va  sistem  o’zgarishlarini 

davolash,  shuningdek  markaziy  gemodinamika  buzilishlarini  bartaraf  qilishdan 

iborat.  Shunga  ko’ra  RIM  pankreatogen  shokni  davolashda,  pankreonekroz  va 

fermentativ  peritonit  rivojlanishining  oldini  olishda  asosiy  usullardan  biri 

hisoblanadi. 

Me’da  osti  bezining  lokal  gipotermiyasi.  O’tkir  pankreatitni  davolash 

bo’yicha  tadbirlar  kompleksiga  me’da  osti  bezini  qorin  devori,  me’da,  yo’g’on 

ichak orqali sovutish yo’li bilan gipotermiya holatini yuzaga keltiradilar. Bunda 

haroratni  anchagina  pasaytirish  bez  to’qimasida  modda  almashinuvi 

jarayonlarini  susaytiradi,  uning  fermentativ  funktsiyasini  va  proteolitik 

fermentlar aktivligini kamaytiradi. 

Bevosita  lokal  gipotermiyani  operatsiyadan  keyingi  davrda  me’da  osti 

beziga  operatsiya  vaqtida  kiritilgan  maxsus  zond  yordamida  bajariladi.  Bezda 

asosiy operatsiya (rezektsiya, drenajlash, omentopeksiya, abdominizatsiya va b.) 

o’tkazilgandan  keyin  unga  ikki  bo’shliqli  naycha  bilan  ulangan  maxsus 

tayyorlangan lateks ballon qo’yiladi, uni chap qovurg’alar ostidagi kesma orqali 

tashqariga chiqariladi.  

Me’da osti bezini 2-4 soatdan kuniga 3 marta muntazam sovutiladi.  

Ko’pgina  olimlar  e’tibor  bergan  bu  usulning  afzalligi  –  me’da  osti  bezini 

umumiy  yoki  lokal  gipotermiya  holatini  chaqirishdan  iborat  deb  hisoblaydilar. 




 

498 


Biroq,  ular  gipotermiyani  amalga  oshirish  uchun  maxsus  xirurgik  operatsiya 

o’tqazishni tavsiya qilmaydilar. 

O’tkir  pankreatitni  xirurgik  davolash.  O’tkir  pankreatit  quyidagicha 

xirurgik davo qilinadi:  

1)  o’tkir  pankreatit,  uning  destruktiv  formalari;  xoletsistit  bilan  birga 

uchraganda;  

2) 36-48 soat mobaynida konservativ davolash naf bermaganda;  

3) qorin bo’shlig’ini laparoskopik drenaj qilib bo’lmaydigan pankreatogen 

peritonitda;  

4)  o’tkir  pankreatit  asoratlarida;  charvi  xaltasi  abstsessi,  qorin  pardasi 

orqasidagi kletchatka flegmonasida. 

O’tkir  pankreatitning  destruktiv  formalarini  aniqlashda  va  davolashda 

laparoskopiyaning  ahamiyati  katta,  o’ning  yordamida  diagnozni  aniqlash,  o’t 

chiqaruv  yo’llari  gipertenziyasini  aniqlash  va  laparoskop  nazorati  ostida  teri 

orqali  xoletsistostomiya  o’tkazish,  biroq  eng  muhimi  –  qorin  bo’shlig’ini 

suyuqlik  aspiratsiyasi  uchun  drenajlash  (ferment  toksemiyani  kamaytirish), 

qorin bo’shlig’ini antibiotiklar va proteaza ingibitorlari bilan yuvish mumkin. 

O’tkir pankreatitni davolash kasallikning davriga asoslanadi. 

Kasallikning 

fermentativ 

davrida 

bemorlarga 

bazis, 

antisekretor, 

detoksikatsion  muolaja,  immunostimulyatsiya,  antibakterial  davolash  olib 

boriladi (4-jadval). 

Me’da osti bezidagi destruktiv jarayonga nisbatan kasallikning fermentativ 

davrida  davolash  o’ziga  xos  xususiyatlariga  egadir.  O’tkir  shishli  pankreatitda 

davolash bazis va antisekretor muolajadan iborat bo’ladi. 

 

4-jadval 



O’tkir destruktiv pankreatitni fermentativ davrida davolash  

 

Bazis muolaja 



1. Ochlik (3 kungacha); 

2. Lokal gipotermiya; 




 

499 


3. Nazogastral aspiratsiya; 

4. Novokain blokadalar; 

5. Spazmo- va xolinolitiklar. 

Antisekretor  muolaja 

Sandostatin, oktreotid, 5-ftoruratsil, dalargin, 

ribonukleaza. 

Oshqozon 

osti 


bezi 

gistoprotektsiyasi 

1. Reologik aktiv muolaja: reopoliglyukin, ge-parin, 

fraksiparin, kleksan, suloleksid; 

2. Antioksidant va antigipoksantlar: E va C guruhlar 

vitaminlari, olifen. 

Yiringli 

asoratlar 

profilaktikasi 

1. Antibiotiklar; 

2.  Immunokorrektsiya  (ronkoleykin,  tsikloferon, 

timogen). 

 

 

Detoksikatsiya 



1. Nospetsifik: diurezni kuchaytirish, plazmo-ferez; 

2.  Spetsifik:  antifermentlar  (gordoks,  kontri-kal, 

trasilol); 

3.  Xirurgik  kaminvaziv  usullar  (laparotsentez, 

laparoskopiya). 

 

Kichik  o’choqli  pankreonekrozda  konservativ  muolaja  quyidagilardan 



iborat: 

1.  Oshqozon  osti  bezi  faoliyatini  bosish  (ochlik,  mahaliy  gipotermiya, 

oshqozon  zondlash  va  doimiy  aspiratsiya,  antisekretor  muolaja  –  oktreotid, 

sandostatin). 

2.  Detoksikatsiya  (plazmaferez;  ko’rsatmalarga  asosan  qorin  bo’shlig’ini 

laparoskopik drenajlash; infuzion muolaja va diurezni kuchaytirish). 

3. Antifermentativ muolaja – kontrikal, gordoks, trasilol. 

4. Og’riqni oldini olish (spazmolitiklar, analgetiklar, novokain blokadalar). 

Katta  o’choqli  pankreonekrozda  bemorlarga  antisekretor,  detoksikatsion, 

antioksidant,  antigipoksant,  antiferment  muolaja  o’tqiziladi.  Agar  bemor  kech 

murojaat  qilsa,  katta  o’choqli  pankreonekrozda  antisekretor  muolaja 



 

500 


o’tkazilmaydi,  chunki  pankreonekroz  rivojlanib  bo’lgan  va  bu  holatda  me’da 

osti bezi faoliyatini bosishdan foyda yo’q.  

O’tkir  destruktiv  pankreatitni  reaktiv  davrida  davolash  quydagilardan 

iborat: enteral zondli oziqlantirish, yuqori kaloriyalik parhez; ichakning normal 

florasini 

tiklash; 

yiringli 

asoratlarni 

oldini 

olish 


(antibiotiklar, 

immunokorrektsiya); antioksidant va antigipoksantlar. 

O’tkir  destruktiv  pankreatit  septik  turida  bemorlarga  operativ  davolanish 

ko’rsatilgan.  

O’tkir  pankreatitni  xirurgik  davolashda  operatsiyalarning  quyidagi  turlari 

qo’llaniladi:  

1) charvi xaltasini drenajlash,  

2) me’da osti bezi dum qismi va tanasini rezektsiya qilish,  

3) pankreatektomiya. 

Bizning mamlakatimizda yopiq operatsiyalar – charvi xaltasini drenaj qilib, 

peritoneal perfuziya,  omentopankreatopeksiya,  me’da osti bezi oldingi yuzasini 

katta  charvi  to’plami  bilan  o’rash  ko’proq  tarqalgan.  Omentopankreatopeksiya 

jarayonning chegaralanishiga, me’da osti bezida qon ta’minotini yaxshilanishiga 

imkon  beradi,  nekroz  bo’lgan  qismlarning  bitishini  tezlashadi.  Bu  usul  yog’li 

pankreonekrozning  mayda  va  yirik  o’choqli  yakka  formalarida  qo’llanilishi 

kerak. 


Katta  va  total  nekrozlarda  yiringli-septik  asoratlarning  oldini  olish  uchun 

erta  o’tqaziladigan  radikal  operatsiyalar:  sekvestrektomiya,  nekrektomiya,  bez 

rezektsiyasi,  pankreatektomiya  eng  istiqbolli  hisoblanadi.  Keyingi  ikkita 

operatsiyani  aktiv  kompleks  davolash  natija  bermagan  nekrotik  jarayon  esa  tez 

avj olib borayotgan bemorlarda o’tkazilgani ma’qulroq bo’ladi. 

Sekvestrektomiya  –  nekrozga  uchragan  bez  qismini  jonsizlangan  to’qima 

chegarasida  olib  tashlash  –  o’tmas  yo’l,  digitoklaziya  bilan  bajarilishi  mumkin 

va bunda qon oqmaydi. 




 

501 


Nekrektomiya  –  nekrozlangan  bez  qismini  qon  bilan  ta’minlanadigan 

to’qimalar chegarasida olib tashlash – o’tkir yo’l bilan bajariladi; bez to’qimalari 

nekroz chegarasi bo’ylab kesiladi va qonab turgan tomirlar qunt bilan tikiladi. 

Me’da  osti  bezi  rezektsiyasi  –  a’zoning  bir  qismini  bezning  o’zgarmagan 

to’qimalari  chegarasida  ko’ndalangiga  kesib  olib  tashlash,  splenektomiya  bilan 

o’tishi  yoki  o’tmasligi  mumkin.  Ko’pincha  me’da  osti  bezining  korporokaudal 

rezektsiyasi  taloqni  olib  tashlash  bilan  birga  bajariladi,  chunki  odatda  qorin 

pardasi  ortidagi  infiltratsiya  bilan  o’tadigan  pankreonekrozda  taloq  venasi 

trombozi bo’ladi. Bundan tashqari, taloqni saqlab qolish uning tomirli oyog’ini 

bez to’qimasidan ajratish qiyinligi operatsiyani mushkullashtiradi. 

Radikal  operatsiyalarda  me’da  osti  bezi  yuzasini  va  qorin  bo’shlig’i 

bo’limlarini  drenajlash  aloxida  ahamiyatga  ega.  Ko’pgina  olimlarning  tajribasi 

shuni  ko’rsatadiki,  operatsiya  natijasi  ko’p  jihatdan  ekssudatni  yaxshi 

evakuatsiya qilishga va operatsiya qilingan joyni doimiy yuvib turishga bog’liq. 

Me’da  osti  bezi  rezektsiyasidan  keyin  qorin  bo’shlig’ida  drenajlarni  eng  qulay 

joylashtirishni V.S. Zemskov taklif etgan. 

Pankreonekrozda 

pankreatoduodenal 

rezektsiya 

nihoyatda 

kam 

qo’llaniladi. Uni sobiq Ittifoqda A.A. Shalimov (1979) o’n ikki barmoqli ichak 



devori  destruktsiyasi  bilan  o’tgan  total  pankreonekrozli  bemorlarda  birinchi 

marta muvaffaqiyatli qo’llagan. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin