Xirurgik kasalliklar


  Ichakni  EZOO  o’tkazishga  tayyorlash



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   363
1.  Ichakni  EZOO  o’tkazishga  tayyorlash.  O’tkir  peritonitda  bo’ladigan 

barqaror ichak parezi,  patologik  jarayonning  kechishini  og’irlashtiradi va  ichak 

bo’shlig’ida  katta  miqdordagi  toksik  moddalar,  gaz  yig’ilishi  hisobiga  uni 

chuqurlashtiradi, intoksikatsiya darajasini oshiradi. Bu esa, o’z navbatida me’da 

–  ichak  traktida  yig’ilgan  toksik  moddalarni  ochiq,  yopiq  yoki  aralash 

dekompressiya  usullari  orqali  evakuatsiya  qilish  (olib  tashlash)  ning  turli  xil 

usullaridan  foydalanishni  taqozo  etadi.  Ulardan  bugungi  kunda  eng  afzali  va 

qulayi,  klinikamizda  taklif  etilgan  ikki  kanalli  (D-12  mm)  zondni,  operatsiya  

vaqtida  ichakka  og’iz  orqali  kiritish  (intubatsiya),  hamda  shu  zond  orqali  aktiv 



 

569 


aspiratsiyani  qo’llab  me’da  va  ichak  bo’shlig’idagi  katta  miqdordagi  toksik 

moddalar, gazlarni olib tashlash maqsadga muvofiq bo’ladi. 

Operatsiya jarayonida bu yo’g’on zondni qo’llash, uning tarkibini yaxshilab 

bo’shatishga  –  ichak  dekompressiyasi  (ID)  imkon  berib,  zarurat  bo’lganda 

birvarakayiga ichakni yuvishga sharoit yaratadi. Bu amal bajarilib bo’lgach zond 

olib tashlanib, amaliyotdan keyingi ilk davrda shu amallarni bajarish maqsadida, 

ingichkaroq  (D-8  mm)

 

original  konstruktsiyadagi  (AC  №1174031)  ikki  kanalli 



zond burun orqali (transnazal) kiritiladi. Bu zond amaliyotdan keyingi ilk davrda 

ID ni va ichak lavajini (IL), zarurat bo’lganda esa ko’rsatmalar bo’yicha EZOO 

o’tkazishga imkon beradi (120-rasm).  

 

 



 

120-rasm. Dekompressiya uchun ichaklarni intubatsiya qilish. 

 

Yo’g’on  ichakni  esa  transanal  kiritilgan  (intubatsiya)  bir  kanalli  oddiy 



zondni taloq burchagigacha surib, shu orqali dekompressiya o’tkaziladi. 

Paralitik  ichak  tutilishini  bartaraf  etish  uchun  intraoperatsion  va 

amaliyotdan  keyingi  ilk  davrdagi  ID  dan  tashqari,  bemorda  ichak  harakati 

aktivligini  oshirish  uchun  dori-darmonlar  qo’llaniladi  (prednizolon,  tserukal, 




 

570 


ubretid,  ornid  va  b.),  hamda  peritonitning  og’ir  hollarida,  mikroso’rg’ich 

yordamida  doimiy  me’da  va  ichak  tarkibidagi  suyuqliklar  tortib  olinib,  doimiy 

aktiv aspiratsiya davom ettiriladi. 

Me’da ichak yo’li passajini yaxshilash, peritonitli bemorlarda suv-elektrolit 

muvozanatini  qo’shimcha  korrektsiya  qilish  uchun,  elektrolit  tarkibi  bo’yicha 

ingichka ichak ximusiga monand tuzli eritmalar bilan IL o’tkaziladi. Ichak lavaji 

uchun eritma tarkibi qo’yidagicha:  

Na

+



 – 220 mg/l, 

K

+



 – 79 mg/l, 

Ca

2+



 –  40 mg/l 

Cl

-



 – 420 mg/l. 

IL  operatsiya  o’tishi  bilan  dastlabki  sutkalarda  1500  ml  tuzli  eritmani 

zondning kichik kanali orqali 4 seriyada kiritish, hamda 30 daqiqali ekspozitsiya 

qilinib, aspiratsiya qilinadi.  

ID  va  IL  ning  samaradorligi  bemorlar  umumiy  ahvolining  yaxshilanishi, 

qorinning  dam  bo’lmasligi  va  og’riqning  yo’qolishi,  ichak  peristaltik 

harakatlarining paydo bo’lishi, intoksikatsiya darajasining pasayishi, periferik va 

markaziy  gemodinamikaning  yaxshilanishi,  qonning  asosiy  klinik  va 

biokimyoviy ko’rsatkichlarining tiklanishiga qarab baholanadi. 

Shunday qilib, me’da ichak yo’li dekompressiyasining eng optimal varianti 

maxsus  zondlardan  foydalanib  nazointestinal  intubatsiya  ekanligini  tan  olmoq 

lozim.  Operatsiya  vaqtida  ichaklarni  bo’shatish  qorin  bo’shlig’idagi 

bajariladigan jarayonni osonlashtiradi va operatsiya jarohatini kamaytiradi.  

Nazointestinal  intubatsiya  operatsiyadan  keyingi  ilk  davrda  toksik  ichak 

suyuqligini  to’liq  olib  tashlashga  imkon  beradi,  bu  ichak  aktivligining 

tiklanishiga  bevosita  yordam  beradi,  ichak  devori  qon  aylanishini, 

mikrotsirkulyatsiyani  yaxshilaydi.  Bundan  tashqari,  bu  usulni  qo’llash 

bitishmalar  hosil  bo’lishini  oldini  oladi,  ichaklararo  anastomozlar  choklarining 

bitishiga  sharoit  yaratib,  chok  etishmovchiligi  va  ichak  eventeratsiyasi  kabi 

asoratlarning  kelib  chiqishini  bartaraf  etadi.  ID  bilan  IL  ni  qo’shib  qo’llash, 




 

571 


nafaqat  me’da-ichak  yo’li  suyuqligi  passajini  ta’minlaydi  va  suv-elektrolit 

muvozanatini  qo’shimcha  ravishda  tiklaydi,  balki  kompleks  davolashga  EZOO 

ni qo’shishga zamin hozirlaydi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin