Taloq kasalliklari
Taloq infarkti. Bu kasallikning rivojlanishiga tromboz yoki qon tomirlar
emboliyasi sababchidir. Taloq infarkti bakterial septik endokardit, mitral stenoz,
portal gpertenziya, tifda rivojlanadi. Kasallik chap qovurg’alar ostida to’satdan
kuchli og’riqlar bilan boshlanadi, isitma, yaqqol taxikardiya, qayt qilish, ichak
parezi bilan o’tadi. Klinik manzarasining yuzaga chiqqanligi a’zodagi infarkt
sohasining katta-kichikligiga bog’liq. Mayda infarktlar kam darajadagi klinik
belgilar yoki ularsiz o’tadi. Ko’pincha bemorlarda infarkt sohasi chandiq hosil
qilib, o’z-o’zidan tuzaladi. Kam hollarda infarkt bo’lgan sohaga infektsiya
tushadi va yiringlab, taloq abstsessi hosil bo’ladi, ba’zan esa infarkt sohasida
taloqning soxta kistasi rivojlanadi.
(116-rasm).
116-rasm. Taloq infarkti (UT tekshiruvi).
|