Taloq rivojlanishidagi nuqsonlar
Taloqning rivojlanish jarayonida tug’ma nuqsonlar paydo bo’lishi mumkin,
bularga: taloqning umuman bo’lmasligi, uning qo’shaloq holda uchrashi yoki
ko’shimcha taloqlarning bo’lishi kiradi. Qo’shimcha taloqlar, rivojlanish
jarayonida eng ko’p uchraydigan tug’ma nuqsonlardan hisoblanadi, hamda ular
odatda taloq darvozasi sohasida, taloqning bog’lamlarida yoki katta charvida
joylashadi. Taloq darvozasi sohasida joylashgan xos qon tomirlar tutami uning
oyoqchasi deya atalib, uning uzayishi hisobiga serharakat bo’lgan, “adashgan”
taloq nomini olgan holat ham rivojlanish nuqsoni qatoriga kirishi mumkin. Bu
holat, postnatal rivojlanish davrida taloq kattalashishi natijasida ham ro’y berishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |