Aseptika-Bu fizik omillar, kimyoviy preparatlar, biologik usullari qo'llash bo'yicha o'tkaziladigan tashkiliy ishlar tufayli, operasiya yarasiga mikroblar tushishini oldini olish demakdir.
Aseptikaning asosiy qonuni quyidagicha sharxlanadi: yaraga tegadigan har bir narsa bakteriyalardan holi bo'lishi, ya'ni sterillangan bo'lishi kerak.
Yaraga mikroblar ikki xil yo’l bilan tushadi: ekzogen va endogen.
Mikroblar va ularning sporalarini xirurgik operasion oqliklar, asboblar, chok solish va yara bog’lash materiallarini, xirurgning qo'lqopi, xalati, qo'llaridan yo'qotishga sterilizasiya deyiladi.