Xitoy klassik kommunistik mamlakatmi?



Yüklə 31,99 Kb.
səhifə2/3
tarix05.12.2022
ölçüsü31,99 Kb.
#72522
1   2   3
1 oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi

Partiyaning “xaqi bor”
Xitoy Xalq Respublikasi boshidan kechirgan barcha parvozlar va qulashlarga qaramay (Katta sakrash, madaniy inqilob va boshqalar) Kommunistik partiya, xitoy xalqi oldida legitimlikning muhim asosini saqlab qoldi. Ushbu qonuniylik asosan ikkita omilga asoslanadi. Birinchisi, partiya Xitoyga birdamlik va milliy suverenitetni qaytarib berdi, unga XIX asr o‘rtalaridan beri davom etgan inqirozni yengib o‘tishga imkon berdi, Xitoyni xalqaro hamjamiyatdagi qo‘rqinchli va hurmatli kuchga aylantirdi.
Bir necha asrlar davomida Xitoyning siyosiy falsafasi, birlikni hukmdorlar faoliyatining muhim maqsadi deb hisoblagan. Birlik va milliy suverenitetni tiklash Kommunistik partiyani qonuniylashtirishning birinchi manbai bo‘ldi. Uzoq tarixda ham Xitoy o‘zining "bir imperiya, bir byurokratiya, bir mafkura” shiori ostida yashagan edi. (“Bir makon, bir yo‘l” loyihasini eslang) Agar bu “birlik" siyosati sulolalarning an’anaviy boshqaruvini bergan bo‘lsa, Xitoy Kommunistik partiyasining Chan Kay Shining (XKP bilan hokimiyat uchun kurashgan Gomindan partiyasining lideri) qo‘lidan kelmagan - materik Xitoyni birlashtirishdagi katta muvaffaqiyati, partiyaga an’anaviy "osmon mandati" ni berdi.
Dunyo iqtisodiyotidagi “Tanos”
XPKning ikkinchi qonuniylik omili so‘nggi qirq yildagi islohotlar bosqichi bilan bog‘liq. Partiya Xitoyni dunyodagi ikkinchi eng katta iqtisodiyotga aylantirgan, aholining turmush sharoitini sezilarli darajada yaxshilagan, katta iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Shaxsiy erkinliklar va fuqarolar uchun ochiq bo‘lgan imkoniyatlarni ko‘paytirdi.
Xitoyda olib borilgan islohotlar, tarixda eng katta iqtisodiy inqilobni keltirib chiqardi. Dunyo tarixida Xitoygacha bunday katta aholi guruhi, bunchalik qisqa vaqt ichida iqtisodiy va moddiy turmush sharoitlarining bunday keskin ko‘tarilishini boshdan kechirmagan. Shuningdek, Xitoy bir necha yillar davomida texnologiyada global kuchga aylanish qobiliyatini namoyish qildi. Bu ultraliberal tahlilchilarning “Avtoritar siyosiy rejimlarga ega davlatlar, innovasiyalar uchun jiddiy cheklangan” degan nazariyasiga ziddir. Xitoy allaqachon yangi texnologiyalarning ayrim sohalarida, elektron tijorat va uyali telefonlar sohasida dunyoda yetakchidir.

Yüklə 31,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin