Xiv bob. Invеstitsiya va pay fondlari


Oʻzbekistonda investitsiya va pay fondlari faoliyat mexanizmi



Yüklə 32,04 Kb.
səhifə3/5
tarix05.06.2023
ölçüsü32,04 Kb.
#125441
1   2   3   4   5
14-Mavzu (1)

14.2. Oʻzbekistonda investitsiya va pay fondlari faoliyat mexanizmi
Mamlakatimizda investitsiya va pay fondlari faoliyati 2015 yil 25 avgustda
OʻRQ-392-son bilan qabul qilingan “Investitsiya va pay fondlari toʻgʻrisida”gi
Qonun bilan tartibga solinadi. Unga koʻra, “Investorlarning pul mablagʻlarini jalb
etish va ularni investitsiya aktivlariga qoʻyish maqsadida aksiyalar chiqarishni
amalga oshiruvchi yuridik shaxs — aksiyadorlik jamiyati investitsiya fondidir”95.
Investitsiya fondi oʻz faoliyatini qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish
boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblangan Qimmatli qogʻozlar bozorini
muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan beriladigan litsenziya
asosida amalga oshiradi.
Investitsiya fondi quyidagi turda boʻlishi mumkin:
- oʻzi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlgan
investitsiya fondi;
- oʻzi chiqargan aksiyalarni qaytarib sotib olish majburiyatiga ega boʻlmagan
investitsiya fondi.
Investitsiya fondining turi fondning taʼsis hujjatlarida koʻrsatiladi.
94 Frederic S.Mishkin, Stanley G.Eakins.Financial markets and institutions. – 7th ed. – USA: Pearson, 2012.– P.
496.
95Ўзбекистон Республикаси “Инвестиция ва пай фондлари тўғрисида”ги Қонуни, 3-модда.
AKSIYADORLAR
Investitsiya fondi
-----------------------------------------------------
Direktorlar kengashi
Fond faoliyatini kuzatib boradi, boshqaruvchi kompaniya va boshqa
xizmat koʻrsatuvchilar bilan shartnomalarni maʼqullaydi
Investitsiya
maslahatchisi
Fond ustavida
belgilangan
maqsad va
siyosatga
muvofiq, fond
portfelini
boshqaradi
Asosiy
anderrayter
Fond
aksiyalarini
toʻgʻridanto
ʻgʻri yoki
boshqa firmalar
(broker-dilerlar)
orqali sotadi
Administrator
Fondga xizmat
koʻrsatayotgan
boshqa
kompaniyalar
ustidan kuzatib
boradi va federal
talablar
bajarilishini
kafolatlaydi.
Transfer agent
Aksiyador
oʻtkazmalarini
bajaradi, boshqa
faoliyatlar hisobini
yuritadi va
aksiyadorga
hisobraqamdan
koʻchirma va
hujjatlarni taqdim
etadi
Kastodian Fond
aktivlarini
aksiyadorlar
huquqlarini
himoya qilish
maqsadida
alohida saqlaydi,
fond aktivlarini
tartibga soladi

Yüklə 32,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin