Xiv bob. Invеstitsiya va pay fondlari



Yüklə 32,04 Kb.
səhifə4/5
tarix05.06.2023
ölçüsü32,04 Kb.
#125441
1   2   3   4   5
14-Mavzu (1)

Mustaqil
auditor
Fond moliyaviy
hisobotlarini
tasdiqlaydi
176
Investitsiya fondi yangi yuridik shaxsni taʼsis etish yoki boshqa investitsiya
fondini qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etiladi. Investitsiya fondini
investitsiya fondi boʻlmagan boshqa yuridik shaxsni qayta tashkil etish orqali
tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Investitsiya fondi tijorat tashkiloti boʻlib, u
oʻzining alohida hisobga olinadigan mol-mulkiga, shu jumladan ustav kapitaliga
berilgan mol-mulkka ega boʻladi.Yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya
fondining muassislari (aksiyadorlari) sifatida ish yuritishi mumkin.
Investitsiya fondini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiya fondini tashkil etishda uning aksiyalari qiymatini toʻlash pul
mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, ulushlar, shuningdek koʻchmas mulk va boshqa
mol-mulk, mulkiy huquqlar bilan amalga oshiriladi. Bunda uning ustav
kapitalining kamida 75 foizi pul shaklida toʻlanishi kerak.Investitsiya fondining
aksiyalarini joylashtirish fond birjasida amalga oshiriladi.
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashi, shuningdek
vakolatlarini ishonchli boshqaruvchi amalga oshiradigan ijroiya organi investitsiya
fondining boshqaruv organlaridir.
Investitsiya fondi:
- faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga;
- korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek
imtiyozli aksiyalar chiqarishga;
- investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir emitentning
qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushiga
investitsiya qilishga;
- toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi
imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib
ketgan taqdirda, kredit va (yoki) qarz mablagʻlarini jalb etishga (bunda kredit va
(yoki) qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak);
- kafil boʻlishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qoʻyishga;
- tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha javobgarligini
nazarda tutadigan xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlariga va ulushlariga
investitsiyalarni amalga oshirishga;
- ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan
qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga, shuningdek ularning
ustav kapitalidagi ulushlarini olishga;
- boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga ega
boʻlishga;
- investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlar tuzishga, opsionlar
yoki fyucherslar olishga;
- umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni
amalga oshirishga (bundan qimmatli qogʻozlarga qoʻyish mustasno) haqli emas.
Investitsiya fondi investitsiya fondi sifatida oʻz faoliyatini tugatmasdan
yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga oʻzgartirilishga haqli emas.
177
Ishonchli boshqaruvchi boʻlmagan taqdirda, investitsiya fondining kuzatuv
kengashi uch oy ichida ishonchli boshqaruvchi yollashi yoxud investitsiya fondini
tugatish tashabbusi bilan chiqishi shart.
Investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli
qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, shuningdek ularni saqlash, agar
qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Qimmatli qogʻozlar
markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi
va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqarish bilan bogʻliq faoliyat
boʻyicha hisob-kitoblar uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi.
Investitsiya fondining buxgalteriya hisobini yuritish hamda moliya, soliq
hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzish ishonchli boshqaruvchi tomonidan
amalga oshiriladi.
Ishonchli boshqaruvchi fond investitsiya aktivlarining alohida hisobini
yuritadi, ularning yaxlitligini va but saqlanishini taʼminlaydi, shuningdek
investitsiya fondining moliya, soliq hisobotlari hamda boshqa hisobotlarining
toʻgʻriligi va ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.
2018 yil 15 fevral holatiga mamlakatimizda 9 ta investitsiya fondi faoliyat
koʻrsatmoqda. Ular tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar emissiya hajmi
2,32 milliard soʻmni tashkil etadi (-rasm)
-rasm. Mamlakatimizda moliya institutlari tomonidan chiqarilgan

Yüklə 32,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin