Yuqoridagi masalar yuzasidan yig’lish qaror qiladi
Qaror:
1. Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimovaning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin
2. O’quv yilining 3-choragida uslub birlashmamiz rejasiga kiritilgan rejalarning barchasi amalga oshirilsin.
3. Yanvar-Tabiiy fanlar oyligida amalga oshirilgan ochiq darslar tahlili, bellashuvlar, ko’rik tanlovlar va tadbirlarning bayonnomalari va fotosuratlar Xiva shahar XT bo’limiga yug’ma jild qilib topshirish metodbirlashma rahbari S. Rahimova zimmasiga yuklatilsin.
Yig’ilish raisi: S. Rahimova
Kotibi: M. Matyakubova
Xiva shahar 18-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar uslubiy birlashma yig’ilishi
Bayonnomasi №___
Xiva shahar ____ -март 2021 yil
Yig’ilishda barcha uslubiy birlashma a’zolari qatnashdi.
Kun tartibida:
1. Metodbirlashmaning 2020-2021 o‘quv yilining 3-choragida amalga oshirilgan ishlar muhokamasi va 4-chorakda amalga oshiriladigan vazifalarni belgilash. ( ma’ruzchi: S. Rahimova)
2. O‘qituvchilarni fan yutuqlari pedagogik innavatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar va fandagi yangiliklar bilan tanishtirish to‘g‘risida. Darslarda yangi pedtexnolagiyalardan foydalanish samarasi. ( ma’ruzchi: S. Rahimova)
3. Tabiiy fanlardan o‘quvchilarning DTS talablarini o‘zlashtirish monitoringi natijalari asosida o‘quvchilar bilimida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar (3-chorak mavzulari bo‘yicha)
4. Turli masalalar. Metodbirlashma a’zolariga ta’lim tarbiya jarayonida foydalanish uchun yangi pedogogik texnologiya va o’quvchilarning fanni o’zlashtirishdagi bo’shliqlarni to’ldirish usullari. STEAM yondashuvini darslarda samarali tadbiq etish.
(Tavsiya: S.Rahimova)
ESHITILDI:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Mana 2020-2021 o‘quv yilining 3-choragini yakunlab, 4-chorakni ham boshlab oldik. 3-chorak davomida metodbirlashmamiz tomonidan ko’pgina ishlar amalga oshirildi. 3-chorak davomida ham bellashuvlar, rasmlar tanlovlari, PISA testlari o’tkazildi. 2022-yilda o’tkaziladigan PISA xalqaro baholash tadqiqotlari o’tkazilishi munosabati bilan tabiiy fanlar savodxonligida yuqori natijalarga erishish uchun uslubbirlashmamiz o’qituvchilari tomonidan ham testlar, taqdimot testlari, fan diktantlari o’tkazishdi. O’quvchilar bilimini baholash va sinf sifat o’zlashtirishini aniqlash uchun choraklik test sinovlarini o’tkazishdi. Aytish joizki, tabiiy fanlar doirasida maktab o’quvchilarining sifat o’zlashtirishi o’rta darajada deyish mumkin. Biz bu ko’rsatkichni yuqori darajaga ko’rarmog’imiz kerak albatta. O’qituvchilarimiz yanada o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan yanada ko’proq shug’ullanishi kerakligini ko’rsatmoqda. Demoqchimanki olimpiadaga tayyorgarlik ko’rayotgan o’quvchilarni yanada kuchli tayyorlamog’imiz kerak.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan fizika fani o’qituvchisi Atajanova Nodira ham o’z fikr muloxazalarini bildirdi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan ham Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. O’tgan fevral oyida metodbirlashmamiz a’zosi geografiya fani o’qituvchisi Xusainova Feruza Xorazm viloyati Qadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida malaka oshirish darslarida qatnashib keldi. Shu munosabat bilan F. Xusainova Xalq ta’limi tizimidagi yangiliklarni metodbirlashma a’zolari va boshqa o’qituvchilar bilan muhokama etish maqsadida seminar tashkil qildi. Seminarda tabiiy fanlar doirasidagi fan yutuqlari pedagogik innavatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar va fandagi yangiliklar bilan o’qituvchilarni tanishtirdi. Darslarda yangi pedtexnolagiyalardan foydalanish samarasi katta yutuqlarga olib kelishi to’g’risida mulohazalarini bildirdi. Malaka oshirish kurslari davomida Z. Xusainova tinglovchilarga “Geografiya darslarida yangi pedtexnologiyalardan foydalanish” mavzusida dars tashkil qilgan va bu darsi institut katta o’qituvchilari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinganligi tagdim qilingan taqrizdan ham ma’lum. O’qituvchi Z. Xusainova ushbu darsda foydalanilgan pedtexnologiyalarni yig’ilganlar bilan ham o’rtoqlashdi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Tabiiy fanlardan o‘quvchilarning DTS talablarini o‘zlashtirish monitoringi natijasida o‘quvchilar bilimida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha uslubbirlashmamiz o’qituvchilari tomonidan PISA testlari, fan diktantlari, to’garaklar, iqtidorli o’quvchilar bilan shug’ullanish, o’zlashtirishi kam o’quvchilar bilan ishlash kabi amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan. Qolaversa o’quvchilarning tabiiy fanlarga qiziqishini yanada oshirish, olingan bilimlarni mustahkamlash maqsadida fan o’qituvchilri tomonidan turli bellashuvlar, tadbirlar, ekskursiyalar, sayohatlat tashkil qilindi. Bu tadbirlar kelgusi oylarda ham davom qildiriladi degan umiddaman.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Ta’lim tarbiya jarayonida xususan nazariy darslarda yangi pedogogik texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarning mavzuni yanada chuqur o’rganishga, mavzuni mazmun mohiyatini kengroq anglash imkonini beradi. Bugun sizga tavsiya etmoqchi bo’lgan yangi pedogogik texnologiya Tabiiy fanlarni o`qitishda interfaol metodlar texnologiyasini qo`llash. “Muammoli vaziyat”, “Kichik guruhda ishlash”, “Bahs munozara”, “Loyiha metodi”,“Blits-so’rov”, “Ijodiy ish”, “Modellashtirish”, “Мunosabat”, “Reja”, “Assisment”, “Suhbat”, “Tushunchalar tahlili” kabi metodlar interfaol metodlar jumlasiga kiradi.
1. Muammoli vaziyat metodi ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgandir. «Muammoli vaziyat» metodi qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritish, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, uning yechimini topishni o‘rganadilar.
2. Kichik guruhlarda ishlash metodi ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan.
3.“Bahs-munozara” metodini o‘tkazishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
barcha ta’lim oluvchilar ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratish;
“o‘ng qo‘l” qoidasi (qo‘lini ko‘tarib, ruxsat olgandan so‘ng so‘zlash)ga rioya qilish;
fikr-g‘oyalarni tinglash madaniyati;
bildirilgan fikr-g‘oyalarning takrorlanmasligi;
bir-birlariga o‘zaro hurmat.
Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etishi, boshlovchi rolida bo‘lish, bir-biridan o‘rganish va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.
STEAM ta’lim yondashuvi haqida ma’lumot berishda davom qilamiz.
STEAM ta’lim yondashuvi haqida ma’lumot berishda davom qilamiz. Avstriya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Ispaniya va boshqa Yevropa davlatlari STEM ta’limini joriy etish bo’yicha milliy va global ta’lim standartlarini, strategiyalarini va tashabbuslarini ishlab chiqqan va qabul qilgan.
Dostları ilə paylaş: |