Xiva shahar 18-umumta’lim maktabi tabiiy fanlar uslubiy birlashma yig’ilishi Bayonnomasi № Xiva shahar Avgust 2021 yil



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə13/18
tarix04.05.2023
ölçüsü256,5 Kb.
#107279
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
sevara apkani bayonnomalari

ESHITILDI:
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan O’TIBDO’ M. Rozmetov so’zi tinglandi. Tabiiy fanlardan o‘quvchilarning DTS talablarini o‘zlashtirish monitoringi natijasida o‘quvchilar bilimida mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha uslubbirlashmamiz o’qituvchilari tomonidan PISA testlari, fan diktantlari, to’garaklar, iqtidorli o’quvchilar bilan shug’ullanish, o’zlashtirishi kam o’quvchilar bilan ishlash kabi amaliy ishlar yo’lga qo’yilgan. Tabiiy fanlar doirasida o’quvchilraning bilim sifati o’rtacha 83% tashkil qilmoqda bu albatta kam, demak biz yanada o’z ustimizda ishlammog’imiz darkor.
Sinf jurnallarining yuritilishi, vaqtida to’ldirilishi yuzasidan maktabimizda bir necha marta seminarlar tashkil qilingan. Bu albatta o’z samarasini berdi. O’qituvchilarimiz sinf jurnallarini vaqtida, bexato to’ldirib kelmoqdalar. Galda muhim vazifalardan biri o’quvchilarning chorakligi va yillik baholarni sinf jurnalini -sahifasiga bexato o’kazish, -sahifasiga esa choraklik va yillik sinf harakatini ishlab qo’yishdir. Bu borada muammo yo’q bo’lsa kerak chunki yosh o’qituvchilarga ustoz o’qituchilar biriktirilgan.
Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova ham o’z fikr mulohazalarini bildirdi.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Bu yil tabiiy fanlardan Biologiya fanidan 6, 10-sinflarga bosqichli nazorat, 9, 11-sinflarga yakuniy attestaysiya imtihonlari bo;lishi rejaga kiritilgan. O’quvchilarga tayyorlanish uchun imtihon savollari oldindan berilgan va tayyorgarlik ko’rilmoqda, imtihonlarni ham yuqori saviyada tashkil qilish uchun hamjihatlik bilan ish ko’rmog’imiz lozim.
Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan geografiya fani o’qituvchisi F. Xusainova ham o’z fikr mulohazalarini bildirdi.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan ham Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova so’zi tinglandi. Har bir o’qituvchi yil davomida qilishi kerak bo’lgan rejalarini barchasini bajardi chamamda. Faqatgina o’quvchilarni jamoa fermer ho’jaligiga ekskursiya olib borish karantin tufayli qoldirildi. Buni inobatga olib kelgusi yili albatta olib borishimiz kerak.
O’qituvchilarning dars soatidan kelib chiqib tajriba almashish va yangiliklarni o’rganish maqsadida dars tahlillarini olib borish ham har bir o’qituvchining rejasida bor albatta. Yil davomida olib borilgan dars tahlillari metodbirlashmamiz tomonidan muhokama qilib borildi va namunaviy darslar e’lon qilindi. Kelgusi o’quv yilida ham bu jarayonlarni davom qildirib jarayonni yanada rivojlantirishimiz kerak.
Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan fizika fani o’qituvchisi N. Atajanova ham o’z fikr mulohazalarini bildirdi.
Kun tartibidagi 4-masala yuzasidan O’TIBDO’ M. Ro’zmetov so’zi tinglandi. Bu yilgi o’quv yili muvafaqqiyatli bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Yaqinda o’tkazilgan iqtidorli bolalar olimpiadasining shahar bosqishida Fizika fanidan 8-sinf o’quvchisi Z. Do’schanova 87 ball bilan fahrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Biologiya fanidan 7-sinf o’quvchisi M. Sultonnazirova 66 ball bilan muvafaqqiyatli qatnashdi. Boshqa fanlardan ham ushbu natijalarni yanada mustahkamlab yuqori o’rinlarni olish uchun harakat qilishimiz kerak. Buning uchun xozirdanoq tayyorgarlikni boshlashimiz lozim.
Tabiiy fanlar metodbirlashmasi o’qituvchilari va to’garak a’zolari tomonidan rasmiy kanallarda tashkil qilinayotgan onlayn olimpiadalarda va turli ko’rik tanlovlarda ham muvafaqqiyatli qatnashib kelinmoqda. Xususan Biologiya fani o’qituvchisi Rahimova Sevara tomonidan yil davomida o’tkazilgan amalish ishlardan taqdimot tayyorlanib Respublika muallimlari kanaliga joylandi natijada Oliy darajali diplom bilan tagdirlandi. S. Rahimova Ilmiy konferensiyalarda o’z maqolalari bilan qatnashib sertifikatga ega bo’ldi. O’quvchisi M. Ismoilov KHISO.UZ rasmiy kanalining onlayn olimpiadalarida muvafaqqiyatli qatnashib sertifikat va tashakkurnomalarga ega bo’ldilar. Tabiiy fanlar metodbirlashmasi o’qituvchilaridan S. Rahimova, N. Atajanova, F. Xusainovalarning ish tajribalari ommalshtirildi. Ushbu o’qituvchilarga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30-sentabrdagi 823-son qarori va 2020 yil 31 dekabrdagi 831-son qarori Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimarini rag’batlantirishning direktor jamg’armasini tashkil etish va uning mablag’laridan foydalanish tartibi to’g’risidag Nizomga muvofiq ustama belgilashni pedkengashda ko’rib chiqamiz.
Kun tartibidagi 4-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova ham o’z fikr mulohazalarini bildirdi.
Kun tartibidagi 5-masala yuzasidan Uslubiy birlashma rahbari S. Rahimova hisobot berdi.
1. 2020-2021 o’quv yili davomida tabiiy fanlar uslubbirlashasida 4 nafar o’qituvchi faoliyat olib bormoqda.Shulardan 1 nafari geografiya fanidan, 1 nafari kimyo fanidan, 1 nafari biologiya fanidan, 1 nafari fizika fanidan faoliyat olib bormoqdalar.
2. Sentabr oyida: Biologiya fani o’qituvchisi Rahimova Sevaraning 7-sinflarda “Yassi chuvalchanglar tipi: Kiprikli chuvalchanglar sinfi” mavzusidagi darsida AKT dan, turli interfaol metodlardan samarali foydalanildi. Xusainova Feruzaning 10-sinflarda “Geografiya fanining tarix va xozirgi davrda rivojlanishi” mavzusidagi ochiq dars o’tkazdi.Fizika fani o’qituvchisi Atajanova Nodira 7-sinflarda “Kinematikaning asosiy tushunchalari” mavzusidagi ochiq dars o’tkazdi. Ushbu o’qituvchilrning darslari pedogogik kengash qaroriga binoan maktab miqiyosida ommalashtirildi.

Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin