Ma’lumotnoma №___
Maktabning Tabiiy fanlar metodbirlashmasi rahbari Rahimova Sevara 1-chorakning sentabr oyida “Ta’lim tarbiya jarayonida yangi ped texnologiyaldan foydalanish” mavzusida seminar tashkil qildi. Seminarda metodbirlashma a’zolariga tabiiy fanlarning nazariy va amaliy darslarda foydalanish mumkin bo’lgan “Loyiha” metodi texnologiyasini tavsiya qildi. Loyiha metodi ta’lim oluvchilarning individual yoki guruhlarda belgilangan vaqt davomida, belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borishidir.
2-chorak uchun tashkil qilingan ushbu seminarda metodbirlashmasi rahbari Rahimova Sevara metodbirlashma a’zolariga tabiiy fanlarning nazariy va amaliy darslarda foydalanish mumkin bo’lgan “Mantiqiy metodlar” texnologiyasini tavsiya qildi. Mantiqiy metodlar- o’quv materiali mazmunining yo’nalishini belgilab, o’quvchilarning bosh g’oyani ajratish, o’rganilayotgan ob’ektni tahlil qilish, qiyoslash, umumlashtirish ko’nikmalari, aqliy faoliyat usullarini egallash, abstrakt tafakkurni rivojlantirish, sabab-oqibat bog’lanishlarni anglash imkonini yaratadi.
3-chorak uchun “Didaktik o‘yin texnologiyasi va muammoli ta’lim texnologiyasini qo`llash” mavzusida seminar tashkil qildi. Metodbirlashmasi rahbari seminarda metodbirlashma a’zolariga tabiiy fanlarning nazariy va amaliy darslarda foydalanish mumkin bo’lgan Didaktik o’yinlarning turlari haqida ma’lumot berdi.Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning bilim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.
Didaktik o‘yinlarning turlari:
syujetli-rolli o‘yinlar;
ijodiy o‘yinlar;
ishbilarmonlar o‘yini;
konferensiya,
o‘yin-mashqlar.
4-chorak uchun tashkil qilingan ushbu seminarda metodbirlashmasi rahbari Rahimova Sevara metodbirlashma a’zolariga tabiiy fanlarning nazariy va amaliy darslarda foydalanish mumkin bo’lgan “Interfaol metodlar” texnologiyasini tavsiya qildi.
“Muammoli vaziyat”, “Kichik guruhda ishlash”, “Bahs munozara”, “Loyiha metodi”,“Blits-so’rov”, “Ijodiy ish”, “Modellashtirish”, “Мunosabat”, “Reja”, “Assisment”, “Suhbat”, “Tushunchalar tahlili” kabi interfaol metodlar haqida ma’lumotlar va tavsiyalar berdi.
Dostları ilə paylaş: |