Xiva xonligi tarixi tarixshunosligi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix27.09.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#149564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
xiva xonligi tarixi tarixshunosligi

 
Xuddi shu fikrni keyinroq J.Uiler
73
ham takrorlaydi
.
Xoldsvort yana xonlikda qullar ham mavjud bo‘lganligini yozib bu qullar 
turkmanlarning Eronga va bir necha marta Isfaxonga qilgan kengaytirilgan 
70
Pierre R. Russian Central Asia. 1867-1917.- Berkeley and Los Angelos, 1960.- P.359.
71
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.21 
72
O‘sha adabiyot.,-P. 21. 
73
Wheeler Y. The modern history of Soviet Central Asia.Weidenfeld and Nicolson, 1964.-p.45. 


31 
hujumlari vaqtida asirga olingan edi. Ular xonlik madaniyatida sezilarli ta’sir 
ko‘rsatganga o‘xshab tuyuladi”
74
-deb ta’kidlaydi. 
M.Xoldsvort o‘z asarida yana 1851 yilda Xivaga sayohat qilgan Eron 
elchisi Rizoqulining yo‘llar bayramini qanday tasvirlaganiga to‘xtalib 
o‘tadi:”Ramazon oyining navbatdagi bayramlari munosabati bilan eronliklar va 
uy xizmatkorlari, yuk tashuvchilar va ishchilar bo‘lib xizmat qilgan qullar, 
qishloqlarga hamda Xorazmning turli manzilgohlariga tarqaldilar va 3 kunni 
ozodlikda o‘tkazardilar. Ular barcha yerlardan Xivaga kelardilar vao‘zlarining 
vaqtlarini atrofda sayr qilish bilan o‘tkazardilar.Ular o‘zlarining yurtdoshlari 
o‘zlari kabi baxtsizlikdagi do‘stlari bilan uchrashardilar, o‘zlarining ahvoli 
haqida suhbatlashardilar…bir-birlariga ayanchli badarg‘alikdagi hayotidan 
nolirdilar”
75
Haqiqatan ham, xonlikda qullar mavjud bo‘lgan bo‘lib, bu haqda 
mahalliy adabiyotlarda ma’lumotlar uchraydi. Masalan, ”1851 yilda Xiva 
xonligiga tashrif buyurgan Eron elchisi Rizoqulixon Hidoyat Lolaboshi(ba'zi 
adabiyotlarda qizilboshi deb yuritiladi) elchiligi fuqarolarni ozod qilish va 
Eronga olib ketish, shuningdek, musulmonlarni olib-sotish ya’ni qulchilikni 
bekor qilishga majbur etish”
76
edi. M.Xoldsvort yana “XIX asrda ichki 
birlashtirish uchun kurash boshlandi. XVIII asrdan beri hali hamma yerda sulola 
tashkil etilmagan edi. Inoq Eltuzar o‘zining hokimiyati va taxt merosi tartibini 
o‘rnatib, oliy hokimiyatni o‘z zimmasiga oldi”,
2
- deb yozadi. Haqiqatan ham
1804 yildan boshlab, Xivada hukmronlik o‘rnatiladi. 
M. Xoldsvort o’z asarida yana Xiva xonlari ro‘yxatini ham qayd etadi: 
Inoq Eltuzar 
1804 - 1806 
Muhammad Rahim 
1806 - 1826 
Olloquli 
1826 - 1842 
Rahimquli 
1842 - 1845 
Madamin (Muhammad Amin) 
1846 - 1855 
74
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.21 
75
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-P.21.
76
O‘sha adabiyot., p.22. 


32 
Sayid Muhammadxon 
1856 - 1864 
Muhammad Rahim II 
1864 - 1910 
Asfandiyorxon 
1910 - 1918 
Sayid Abdulloh 
1918- 1920 
Shu o‘rinda 90-yillarda E.Ollvortning asarida
77
ushbu xonlikni boshqargan 
hukmdorlar ro‘yxatini ham keltiramiz. 
Rahimquli 1842-1845 
Muhammad Amin 1845-1855 
Sayid Muhammad 1856-1864 
Muhammad Rahim II 1865-1910 
Asfandiyor 1910-1918 
Sayid Abdullo 1918-1920 
1918-1920 yillarda Xivaning 49-xoni Sayid Abdulloh 1920 yil 1-fevral 
kuni qamoqqa olingan va shu yil 12-iyulda surgun qilingan. Avvlo, Moskva, 
so‘ngra Ukraina qamoqxonalarida saqlangan. 1934-yilda ozod etilgan va 
Toshkent shahrida vafot etgan. Ingliz olimi M.Xoldsvort o‘z asarida Xiva 
xonligining ma’muriy tuzilishiga to‘xtaladi. “Xiva xonligi Buxoro va 
Qo‘qondan kuchli mahalliy va ajratuvchilik an’analariga asoslangan 
bekliklardan iborat emasligi bilan farq qilardi, tez-tez avtonom bo‘lgan 
qo‘ng‘irotlardan tashqari, ikkinchidan shaharlar kuchli mahalliy hokimiyatni 
namoyish etardi
78
. Haqiqatan ham, mahalliy adabiyotlarda yozilishicha, Xiva 
xonligi bekliklarga bo‘linmasdan idora etilgan.Muallif xonlikning yer egaligi 
masalasi to‘g‘risida esa, XX asr xorij tarixshunoslari bilan deyarli bir xil fikrga 
keladi: yer egaligi tadbirlari Buxoro va Qo‘qondagiga o‘xshash edi, ”hadya 
yerlar xon tomonidan uning xizmatchilariga ulashilardi va ular juda ortiq 
bo‘lgan barcha soliqlardan ozod qilinardi”
79
.
77
Allworth E. The modern Uzbeks.From the fourteenth century to the present.A cultural history. Stanford. 
1990.-P.15
78
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.9. 
79
O‘sha adabiyot, - P.10.


33 
Shuni ta’kidlash joizki, Xiva xonligida yerlarning katta qismi xon va 
uning yaqin qarindoshlariga qarashli edi. Bu yerlardan dehqonlarga ijara yerlar 
ajratilib berilardi. Xiva xonzodalariga qarashli yerlar xususiy mulk bo‘lib, ular 
soliq to‘lamas edi. 
M. Xoldsvort ushbu masala bo‘yicha yaratilgan asarlarni tahlil etar ekan, 
zamonaviy sobiq sho‘ro tarixchilari xo‘jalik yerlarining yarmi xonga tegishli 
bo‘lib, uning ruxsati bilan yer egalariga berilardi ,-deb yozgan”
80
Muallif 
xonlikdagi vaqf yerlar umumiy sug‘oriladigan yerlarning 4 foizini tashkil etardi, 
degan fikrga keladi. Uning ta’kidlashicha, ”yer soliqlari 3 ta farqli ko‘rinishda 
to‘planib, yer uchastkasi hajmiga bog‘liq edi. Soliqni mahsulot bilan to‘lash 
“diak”o‘rniga asta - sekin pul bilan soliq to‘lash (salg‘ut) kelib chiqdi. XIX 
asrning so‘nggi choragida bir vaqtning o‘zida ikkalasi ham mavjud 
edi”
81
.Haqiqatan ham, mahalliy adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, Muhammad
Rahim xalqning noroziligi yana kuchayib,tug‘yon ko‘tarishdan qo‘rqib, soliq 
solish tartiblarini o‘zgartirishga kiritdi. Xiroj deb atalgan va natura bilan 
olinadigan eski soliq “mahsulot solig‘i” tizimi bekor qilindi. Buning o‘rniga 
solg‘ut deb atalgan pul solig‘i joriy qilindi
82
,Xoldsvort yana“…qishloqlarda 
dehqonlar va hunarmand o‘zlarining mahsulotlarini sotardilar yoki o‘zlarining 
qo‘shnilariga xizmat qilib, haqini doimo mahsulot bilan yoki ba’zida naqd pul 
bilan olardilar. Shaharlarda hunarmandlar ustaxonalari tashkil etilgan bo‘lib, u 
yerda temirchi, teri (po‘st) va charmni ishlovchilar, kulollar, arqon 
tayyorlovchilar va gilam to‘quvchilar ishlardilar. Rus tovarlari bilan tanishish 
natijasida hunarmandchilik ayniqsa bo‘yoqchilik va kulolchilik mahsulotlarining 
bozori kasodga uchray boshlagan”
83
ligini ta’kidlaydi. 
Xiva xonligida ichki savdo haqida Meri Xoldsvort xonlikdagi
ichki savdo Buxorodagi va Farg‘ona vodiysidagidek yaxshi rivojlanmagan edi, 
degan xulosaga keladi. Uning ta’kidlashicha, “shaharda bozor bo‘ladigan kunlar 
80
O‘sha adabiyot., - P.23. 
81
O‘sha adabiyot., - P.24.
82
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.23-24.
83
O‘sha adabiyot., - P.23-24.


34 
tashkil etilgan edi, tashqi savdo Afg‘oniston, Eron va Rossiya bilan olib 
borilardi. 
Xiva 
savdogarlari 
o‘zlarining shaxsiy mollarini Rossiya 
yarmarkalariga olib borardi.Tovarlar tagi yassi qayiqlarda Amudaryodan 
Urganchga yoki Chorjo‘yga olib borilardi, so‘ng karvon yo‘llari orqali tashib 
ketilardi”.Xivadan Rossiyaga, Eronga tuya karvonlari qatnaydi Buxoroga esa 
mollar tuyalardan tashqari suv orqali kemalarda ham jo‘natiladi”. “Kemalar 
faqat Shovot va Polvon kabi kanallardagina qatnamasdan hatto, Amudaryo 
bo‘ylab Buxoroga va Orol dengizi bo‘ylab Sirdaryoning quyilish joyigacha 
boradi”
84

M. Xoldsvortning xonlikdagi savdo haqidagi fikrlariga keyinroq xorijlik 
olim Uiler ham qo‘shiladi va o‘zining asari
85
da yuqoridagi fikrlarga mos fikrlar 
keltiradi. 
Ingliz olimi M. Xoldsvort xonlikdagi pul munosabatlari U yana “qadimgi 
voha maydonlari intensiv sug‘orilardi va yerlar o‘g‘itlanardi”
86
, deb yozadi. 
Uiler “xonlikda yashagan yarim ko‘chmanchi turkmanlar asosan
chorvachilik bilan birga ikkinchi darajali bo‘lgan dehqonchilik bilan 
shug‘ullandi. Qo‘ng‘irot shimolida va Amudaryo deltasida yashaydigan 
qoraqalpoqlar aralashib ketgan o‘troq qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanib, u 
hosil yetishtirish va mol boqishga bo‘linadi”
87

Muallif yana “aholining 75 foizi o‘troq bo‘lib, hosil yetishtirish bo‘yicha 
har tomonlama tajribaga ega bo‘lib, shimoliy rayonlarda bug‘doy va tariq, 
janubiy rayonlarda bug‘doy, paxta, meva, jumladan qovunlarning turli navlarini 
yetishtirardi” 
88
Uiler yana xonlikda sug‘orish ishlari ham yaxshi yo‘lga 
qo‘yilganligini yozadi. 
70 yillarda ingliz tarixshunosligida fransuz muallifi Kraussetning 
inglizchaga o‘girilgan “Dasht imperiyasi. “O‘rta Osiyo tarixi”
89
asari o‘n 
84
O‘sha adabiyot., - P.24. 
85
O‘sha adabiyot., - P. 25. 
86
Wheeler Y. The modern history of Soviet Central Asia.Weidenfeld and Nicolson, 1964.-p.46. 
87
O‘sha adabiyot., - P. 46. 
88
O‘sha adabiyot., - P. 47.
89
Qrouset r. The empire of the steppes, A history of Central Asia. –New Jersey, 1970.-P.687. 


35 
uchinchi bobida ”Xiva xonligi” mavzusi bilan xonlik haqida qisqacha ma’lumot 
beriladi.Krausset asosan xonlikning siyosiy tarixiga e’tibor beradi. U Arab 
Muhammad hukmronligi davrida ruslar Urganchga yurish qilganliklari va 
taxminan 1613 yillar atrofida Xorazm qalmiqlarining talonchilik bilan bostirib 
kirib, keyinchalik tashlab ketgan bosqinidan azob chekkanligi haqida yozadi. 
Shuningdek, Arab Muhammadning hukmronligi davrida Amudaryo deltasining 
qurib qolganligi tufayli poytaxt Urganchdan Xivaga ko‘chirilganligini qayd 
etadi.Muallif yana ” ...Urganch va Xivaning sun’iy aholisi Eron generallariga 
qarshi qo‘zg‘adi... Qo‘zg‘olonga boshchilik qilgan shayboniylarga qarindosh 
bo‘lgan Elbars boshchiligida Xiva mustaqil xonlik barpo etildi. Shayboniylar 
sulolasi Xorazmda 1512 yildan to 1920 yilgacha hukmronlik qildi”
90
’-deb 
ta’kidlaydi.Krausset Xiva xonlaridan Abulg‘ozi Bahodirxon /1643 -65/ mashhur 
ekanligini yozib, u chig‘atoy turk tarixchilari ichida buyuklardan biri edi
chingizxon va chingiziylar tarixi haqidagi qimmatli asar "Shajarai turk” ning 
muallifidir, deb baho beradi. Uning xon «sifatida olib borgan faoliyatini tahlil 
etib, 1890 yilda Kat regionini talash uchun kelgan Kandelung Ubasha 
boshchiligida xazar-qalmiqlarning bosqiniga va qo‘shni Xazoraspni talagn 
qalmiqlarga zarba berganligini haqida ma’lumotlarni keltirib o‘tgan
91

70 yillarda yana Alfred Rambaud Xiva xonligi haqida qiziqarli 
ma’lumotlarni keltiradi. Bu muallif o‘z asari
92
da ko‘proq ruslarning O‘rta 
Osiyoga bostirib kirishi masalasiga e’tiborni qaratgan. Bu asar haqida so‘nggi 
paragrafda to‘xtalamiz. 
O‘rganilayotgan masala tarixshunosligini tahlil etar ekanmiz, Indiana 
universiteti O‘rta Osiyo, chig‘atoy, Oltoy bo‘limi direktori, muhojir - 
tarixshunos Yuriy Bregelning baholashga arzigulik maqolalari xususida to‘xtalib 
o‘tish lozim, deb o‘ylaymiz.Uning maqolalari XX asr 20 yillari ingliz 
tarixshunosligida Xiva xonligiga oid eng qimmatli materiallardir. 
90
Qrouset r. The empire of the steppes, A history of Central Asia. –New Jersey, 1970.-P.487. 
91
O‘sha asarda.,- P.488. 
92
Rambaud A. The expansion of Russian. Problems of the East and problems of the far east. – Cambridge 1988. 
–P. 45- 49.


36 
Yuriy Bregel maqolalarida Buxoro va Qo‘qon xonliklari bilan bir qatorda 
Xiva xonligiga ham batafsil to‘xtalib o‘tadi. U Xiva xonligi bo‘yicha rus, ingliz 
olimlari asarlari bilan bir qatorda xonliklar davrida yashab o‘tgan saroy 
tarixchilari Munis va Ogahiy asarlaridan ham foydalangan.Yuriy Bregelning 
Eron ensiklopediyasi “O‘rta Osiyo” bo‘limida chop etilgan ” 12-13 / 18-19 
asrlarda O‘rta Osiyo”
93
nomli maqolasida Buxoro, Qo‘qon xonliklari bilan bir 
qatorda Xiva xonligi siyosiy tarixiga ham to‘xtalib o‘tadi.Yu.Bregel Xorazmda 
etnik bo‘linmalar o‘ziga xosligini ta’kidlab, “ qadimiy o‘troq eroniy aholini 
nihoyat mo‘g‘ullar davrida turkiylashdi, sartlar asosan mamlakatning janubiy 
qismida shahar va qishloq joylarida ikkala bo‘linma ham jamlandi. O‘zbeklar 
ular bilan aralashib ketdi, lekin o‘zlarining qabilaviy mansubligini...saqlab qoldi. 
Ularning ko‘pchiligi xonlikning shimoliy qismida yashardilar” 
94
,
-deb yozadi. 
60-yillarda 
S.Bekker 
Xiva 
xonligi 
”geografik 
birlashmasiga 
qaramay, Buxoroga nisbatan etnik jihatdan bir xil bo‘lgan. Xivada 
o‘zbeklar 65 foizni... shimolda aholining 4 foizini yarim ko‘chmanchi 
qoraqalpoqlar va ozroq sondagi ko‘chmanchi qozoqlar tashkil etardi" 
deb yozadi. 
Indiana universiteti xodimi Yu. Bregel o‘z asarida “Xorazm kichikroq va 
markazlashgan sug‘orish tizimiga ega bo‘lgan”ligini, davlat rahbarlik organlari 
provinsial hokimlarga topshirilganligi va soliqlar yilda bir - ikki marta markaziy 
davlat tomonidan maxsus tayinlangan lavozimli shaxslar tomonidan to‘plangan
95
ligini ham qayd etadi. 
Yu. Bregel
96
o‘z maqolasida yana Xiva xonligi va Eron shohlari 
o‘rtasidagi 
munosabatni 
ifodalab, 
Xiva 
xonlarining 
shajarasini 
Xorazmshohlardan to qo’ng‘irotlar sulolasi vakillarigacha bo‘lgan shohlarning 
ota bobolari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirib o‘tgan.Yu. Bregel tomonidan 
93
Bregel Y. Central Asia. VII. In the 12-13/18-19 th centuries/ Encyclopedia Iranica. – HU.1978.-Vol.Y.-P.195. 
94
O‘sha asarda., - Vol.Y.-P-198.
95
Becker S. Russias protectorates in Central Asia: 1865-1924.- Harvard Univ.-P.5.ersity Press. Cambridge, 
1968. – P. 356. 
96
Bregel Y. Central Asia. VII. In the 12-13/18-19 th centuries/ Encyclopedia Iranica. – HU. 1978. - Vol.Y.-P-
200.


37 
tuzilgan xonlar shajarasi ikki xil bo‘lib, ular jadval tarzida berilgan. Shajaraning 
biri 
Chingizxondan 
Xivaning 
Shayboniy 
sulolasiga 
mansub 
Arang 
Muhammadgacha va yana biri shushajaraning davomi sifatida Qo‘ng‘irot 
sulolasiga mansub xonlar shajarasi hisoblanadi. Har ikkala shajara ham 
mukammal tuzilgan bo‘lib, unda nafaqat hukmdorlarning nomi, balki ularning 
xonadoniga mansub boshqa shaxslarning ham ismlari berilgan. Ushbu shajarani 
mahalliy tarixchilar shajaralari bilan taqqoslaganda anchayin mukammal 
ekanligi ko‘rinadi. 
Xonlikning ma’muriy tuzilishi, iqtisodiy rivojlanishi shu kabi masalalarini
yoritishda xorijliklar ko‘proq rus sharqshunoslari, vatan tarixchilari va mahalliy 
arxiv hujjatlariga asoslanadi. Xorijda faoliyat ko‘rsatayotgan Yuriy Bregel 
boshqa xorijliklardan farqli ravishda Xiva xonligi masalalarini yoritishda rus, 
ingliz olimlari asarlari bilan bir qatorda saroy tarixchilari Munis va Ogahiy 
hamda Muhammad Yusuf Bayoniy asarlaridan foydalanadi. 
Xulosa qilib aytganda, XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr 20-yillari 
xorij tarixshunosligida Xiva xonligi masalalariga oid adabiyotlar hajmini 
nisbatan ozchilikni tashkil etsada, vaqt o‘tgan sari, ma’lumotlar yig‘ilib bordi
va asarlar soni ortishi bilan matbuot sahifalarida chop etilgan lavhalar mazmuni 
ham boyib bordi. – XIX asrda yevropalik tadqiqotchilar tomonidan yozilgan 
asarlarning mazmuni asosan mustamlakachilik kayfiyatida yozilgan bo‘lsada, 
ularda xonlikning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, davlat boshqaruvi va 
madaniyati kabi masalalar yoritilgan edi. XX – XXI asr boshiga kelib, Yevropa 
va AQShda O‘rta Osiyo bilan maxsus shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot institutlari 
va jamiyatlari ochildi. Natijada xonlik tarixi, madaniyati, me'moriy 
yodgorliklari, bu yerda yashagan xalqlar, xonlikda yuritilgan davlat hujjatlari, 
jumladan,xon yorliqlari, qozilik hujjatlari kabi masalalarni yorituvchi yangi 
nashrlar vujudga keldi. Ammo ularda asosan O‘rta Osiyoning umumiy tarixi 
berilib, xonliklarga alohida yondashuv kam uchraydi. 


38 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin