Xiva xonligi tarixi tarixshunosligi


Tadqiqotning obyekti va predmeti



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix27.09.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#149564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
xiva xonligi tarixi tarixshunosligi

Tadqiqotning obyekti va predmeti. 
Tadqiqotning obyektini Xiva 
xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr 20 -30 yillari davri tarixi, 
tadqiqotning predmetini XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr 20-30 yillarida 
xonlik tarixining o‘rganilish darajasi tashkil qiladi. 
Ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati. 
Mahalliy tarixnavislarning 
xronologik tartibda yozilgan asarlaridagi ma'lumotlar siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy sohalarga ajratilgan holda o‘rganildi; 
– Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovet davri tarixshunosligida 
qayd qilingan ma'lumotlar mustaqillik yillarida qiyosiy o‘rganildi; 
– xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan adabiyotlardagi ma'lumotlar tahlil 
qilindi; 
– mustaqillik yillari tadqiqotlaridagi muammoga oid yangi konsepsiya va 
yondashuvlari o‘rganildi; 
– Xiva xonligi tarixining kam o‘rganilgan tomonlari har bir bob 
xulosasida ko‘rsatib berildi, yangi ma'lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi va 
muammoning yechimini keng ko‘lamda o‘rganilishiga oid amaliy tavsiyalar 
berildi. 
Ishning tuzilishi.
Ushbu Kurs ishi, kirish, ikki bob, to‘rt bo‘lim, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat. 
 
 


10 
 
 
I bob. Xiva xonligi tarixining mahalliy tarixchilar va xorijlik olimlar 
tomonidan o‘rganilishi 
 
1.1 Mahalliy tarixchilar asarlari xonlikning manbasi sifatida 
Mahalliy tarixchilar asarlarida Xiva xonligidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy 
va madaniy munosabatlarning yoritilishi O‘zbekiston mustaqilligining ilk 
paytlaridanoq asl manbalarga tayangan holda, chuqur ilmiy tahlil, yaxlit bir 
konsepsiya asosida xalqning haqqoniy tarixini yaratish vazifasi davlat siyosati 
darajasiga ko‘tarildi. Zero, tarixiy voqelikni haqqoniy va to‘laqonli aks 
ettirishning zarurshartlaridan biri birlamchi manbalardan foydalanish, ularni 
ilmiy iste'molga kiritish hisoblanadi. 
Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davri tarixini o‘rganishda yozma 
ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Xonlik tarixi bilan bog‘liq ma'lumotlar 
asosan Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy (“Riyoz ud-davla”, “Zubdat 
ut-tavorix”, “Jome' ul-voqeoti sultoniy”, “Gulshani davlat”, “Shohid ul-iqbol”) 
va Muhammad Yusuf Bayoniy (“Shajarayi Xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi”), 
Sayyid Homid To‘ra Kamyob (“Tavorix ul-xavonin”) singari xivalik tarixchilar 
asarlarida qayd qilingan bo‘lib, ular XVII asrda Abulg‘oziy Bahodirxon boshlab 
bergan tarixnavislik ilmini davom ettirganlar, hamda rivojlantirganlar. Ushbu 
mualliflar o‘zlaridan oldin o‘tgan va zamondoshlari asarlaridan ham 
foydalangan xolda,voqea-hodisalarga o‘zlarining fikr-mulohazalari, tanqidiy 
yondashuvlarini bildirganlar.Ogahiy,Bayoniy va Kamyobning tarixiy asarlari 
faktik ma'lumotlarning ko‘pligi va aniqligi jihatidan katta ahamiyat kasb 
etadi.Rus olimi akademik V.V. Bartold Munis va Ogahiy asarlarini adabiy-
tarixiy asarlar deya ta'kidlagan
27
. Olimning ushbu fikriga qo‘shilgan xolda shuni 
aytish mumkinki, Ogahiy, Bayoniy va Kamyob asarlarida tarixiy voqealar bayon 
27
Бартольд В.В. История культурной жизни Туркестана. – Л., 1927. – С. 113


11 
etilib, faktik ma'lumotlar keng o‘rin olgan bo‘lsada, bayon etish usuli adabiy 
ekanligi ko‘rinadi. Ma'lumki, Xiva xoni Eltuzarxon tashabbusi bilan Munisga 
Xorazm tarixini yozish ishi topshirilgan. Ogahiy tomonidan yakunlangan ushbu 
“Firdavs ul-iqbol” asarining ahamiyati shundaki, asardan Xiva xonligining 
qariyib 300 yillik (1511 – 1825) tarixi, shu davr mobaynida istiqomat qilgan 
turli etnik guruhlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o‘rni, yer egaligi, soliq 
va majburiyatlar, ichki va tashqi savdo, diplomatik aloqalariga oid ma'lumotlar 
o‘rin olgan. Ayniqsa, Qo‘ng‘irot urug‘larining Xorazm hududiga kelib 
joylashishi, bu urug‘ vakillarining Xorazmdagi siyosiy voqealarda muhim ro‘l 
o‘ynay boshlaganlari tarixi hamda xonlik taxtiga erishish yo‘lida qilgan 
tadbirlari bayon qilingan.Ogahiy yashagan davrda Xivada yetti marta xon 
almashgan, muallif ularning faoliyati davrida bo‘lgan tarixiy voqealarni bayon 
etuvchi beshta tarixiy asarlarini yozishga muvaffaq bo‘lgan. Jumladan, 
Olloqulixon hukmronligi davrini (1825 – 1843) yorituvchi “Riyoz ud-davla” 
(“Saltanat bog‘lari”) asari shular jumlasidandir. Ushbu manbaning qimmati 
shundaki,unda Olloqulixon davrida yuz bergan voqealar, ichki va tashqi savdo, 
diplomatik aloqalar, xalqning turmush tarzi, madaniyati, mamlakatda hukm 
surgan diniy ahvol keng yoritilgan. 
Ogahiyning tarixlar sarasi yoki tarixlar qaymog‘i nomini olgan “Zubdat 
ut-tavorix” asari Xiva xoni Rahimqulixon saltanati voqealarini(1843 – 1846) 
tasvirlaydi. Ushbu asar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qism 
Rahimqulixonning tug‘ilishidan boshlanib, diniy, dunyoviy va harbiy ilmlarni 
egallashi, Hazorasp hokimi sifatidagi faoliyati, hamda xonlik taxtiga chiqquniga 
qadar bo‘lgan voqealar, ikkinchi qismda xonning taxtga chiqqandan vafotigacha 
bo‘lgan voqealarni o‘z ichiga oladi. Ushbu asar 2009 yilda Rashid Zoxid 
muharrirligida nashr qilindi.Tadqiqotchi Nurboy Jabborov uni nashrga 
tayyorlab, asarni so‘z boshi, lug‘at,izoh va ko‘rsatkichlar bilan ta’minlagan
28
. Bu 
esa, tabdilning ilmiy ahamiyatini oshiradi. 
28
Огаҳий Муҳаммад Ризо. Зубдат ут-таворих (Тарихлар сараси) // Нашрга тайёрловчи Н. Жабборов. – Т.: 
Ўзбекистон, 2009. – 240 б.


12 
Ogahiyning “Jome' ul-voqeoti sultoniy” (“Sulton voqaealarining 
majmuasi») asarida 1846 – 1854 yillarda hukmronlik qilgan Muhammad 
Aminxon davri voqealari o‘z aksini topgan. Bundan tashqari, asarning oxirida 
Xiva xonlari Abdullaxon (1854) va Qutlug‘murodxon (1855) davridagi 
voqealarni bayon etuvchi qism ham bor
29

Xiva xoni Sayyid Muhammadxon zamoniga doir Ogahiyning “Gulshani 
Davlat” (“Davlat gulshani”) asari esa, xonlikning 1856-1865 yillari voqealarini 
o‘z ichiga oladi
30
.Hozirda ushbu manbalar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi SHarqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda.Biroq, 
Ogahiyning “Shohid ul-iqbol” asarining muallif dastxati hisoblangan yagona 
nusxasi hozirda Rossiya Fanlar akademiyasi Sankt-Peterburg Sharq 
qo‘lyozmalari institutida saqlanmoqda. 
Manbaning O‘zbekistonda emasligi esa, uning kam o‘rganilganligiga 
sabab bo‘la oladi. Ushbu manbaning O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi SHarqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida fotonusxasi 
saqlanib, shu asosda 2009 yil N. Shodmonov tomonidan to‘liq shaklda nashr 
qilindi. “Shohid ul-iqbol” asari 1865 – 1872 yillarda Xiva xonligida sodir 
bo‘lgan voqealarni bayon etadi va Muhammad Rahimxon II ning hukmronlik 
yillarini yoritadi. Biroq, Xiva xonligi tarixini yorituvchi va fanda “Xiva 
solnomalari” nomini olgan ushbu asarlar mazmuni hanuzgacha kompleks 
ravishda tadqiq qilinmaganligi tarixnavislik fani oldida turgan dolzarb 
muammolardan biridir. Tadqiq qilinmaganiga sabab esa,sovet davrida ushbu 
asarlarning mazmun-mohiyati o‘sha davrdagi hukmron mafkura siyosatiga zid 
edi, chunki ularda Qo‘ng‘irotlar sulolasiga mansub Xiva xonlari johil emas, 
balki yuksak fazilatlarga boy, ma'rifatparvar,xalqparvar, odil hukmdorlar sifatida 
baholangan (ba'zi hollarda bu kabi ta'riflar ularning hatti-harakatlariga to‘g‘ri 
kelmasada, mahalliy mualliflarning, ayniqsa Ogahiyning odil shoh haqidagi 
29
Муниров Қ. Хоразмда тарихнавислик (XVII – XIX ва XX аср бошлари). – Т.: Ғафур Ғулом,2002. – Б. 52.
30
Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Шоҳиду-л-иқбол (Иқбол шаҳодати) // Нашрга тайёрловчи Н. 
Шодмонов. – Т.: Муҳаррир, 2009. – 336 б. 


13 
orzularini ifodalagan). 
Ogahiydan so‘ng, Xorazm tarixini yozish ishini Muhammad Yusuf 
Bayoniy davom ettirdi.Bayoniy “Shajarayi Xorazmshohiy” va “Xorazm Tarixi” 
asarlarini yaratib
31
, tarixnavislik fani rivojiga o‘zining munosib xissasini 
qo‘shdi. Bayoniyning Xiva xoni Asfandiyorxon topshirig‘iga binoan yozilgan 
“Shajarayi Xorazmshohiy” asari qadim zamonlardan boshlab, 1913 – 1914 
yillargacha Xorazmda sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni qamrab olgan. O‘zining 
xarakteri bilan bu asar Munis va Ogahiy tomonidan yozilgan tarixiy asarlarning 
xulosasi va davomi hisoblanadi. 
Polvonniyoz Xoji Yusupov taklifiga binoan yozilgan “Xorazm tarixi” 
asari esa, uning “Shajarayi Xorazmshohiy” asariga o‘xshaydi. Biroq, shuni 
ta'kidlash lozimki, “Shajarayi Xorazmshohiy” asari tarixiy asar bo‘lsada, 
voqealar adabiy uslubda bayon etilgan. “Xorazm tarixi” asari esa, yozilish uslubi 
jihatidan undan farq qilib, yengil, xalqchil tilda yozilgan tarixiy asar 
hisoblanadi.Shuni ta'kidlash joizki, Bayoniy asarlari xalq tushunishi uchun 
oson,yengil tilda yozilgan.Ogahiy asarlarini o‘qish esa, o‘quvchidan muayyan 
tayyorgarlikni talab qilib, eski o‘zbek yozuvini bilgan hamma tadqiqotchi ham 
bemalol o‘qiy olmaydi. Ogahiy arab va fors tillarida kamdan-kam holda 
qo‘llanadigan so‘zlarni ham faol so‘zlar qatorida bemalol qo‘llayvergan. Shu 
tufayli ushbu bo‘limda shu paytgacha kirill yozuviga qilingan tabdillardan va bu 
mualliflar asarlari haqida olib borilgan tadqiqotlardan, hamda imkon qadar 
mahalliy tarixchilar asarlarining qo‘lyozma nusxalaridan foydalanildi. 
Kamyobdan bizga bitta she’riy devon, Xorazm tarixiga oid “Tavorix ul-
xavonin”, “Muntaxab ul-voqeot” kabi tarixiy asarlari va XIX asr oxiri - XX asr 
boshlarida Xorazmda yuz bergan tabiat o‘zgarishlari to‘g‘risida ma’lumot 
beruvchi esdaliklar yetib kelgan. D. Rahim va Sh. Laffasiyning bergan 
guvohligiga ko‘ra, Sayyid Homid To‘ra Kamyob “To‘raxonim” nomli boshqa 
bir tarixiy asar ham bitgan. Asar Feruzga ma’qul tushgan va undan bir necha 
31
Юлдашев М.Ю. Ценный источникпо истории Хорезма (О рукописи Баяни «История Хорезма») // 
Известия АН УзССР. Серия Общественные науки. – Т., 1958. – № 6. – С. 71-72.


14 
nusxa ko‘chirilgan. Lekin, hozirga qadar uning qo‘lyozmasi topilgan emas
32

Kamyobning ikkinchi tarixiy asari “Muntaxab ul-voqeot” Feruz vafotidan so‘ng 
yakuniga yetgan. Shunday qilib, XIX – XX asr boshlarida yashagan 
zamonasining ko‘zga ko‘ringan tarixchilari Ogahiy va Bayoniy tomonidan ijod 
etilgan tarixiy asarlar O‘rta Osiyo, ayniqsa Xiva xonligi tarixini o‘rganishda 
asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu asarlarda Xiva xonligida yer-suv 
egaligi, mulkchilik, soliq tizimi, qurilish ishlari, savdo va diplomatik 
munosabatlar, boshqaruv tizimida amalda mavjud bo‘lgan mansablar, toifa va 
urug‘lar, ziyolilar to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlar keng bayon etilgan. 
Ma'lumki, XIX – XX asr boshlarida Xorazmda yaratilgan tarixiy asarlarda 
Xiva xonligi va unga qo‘shni hududlarda joylashgan shaharlar,daryo va ko‘llar, 
quduqlar, sahrolar va boshqa geografik ma'lumotlar ham berilgan.Jumladan, 
Ogahiy asarida Xiva xoni Muhammad Rahim II ning surunkali harbiy yurishlar 
qilib yovmutlarni bo‘ysundirgandan keyin sayr va shikorga chiqqani haqida 
bayon etishi jarayonida xonlikning 1866-yillarda joylashgan geografik hududi 
haqidagi ma'lumotlar qayd qilingan. Asarda yozilishicha, Muhammad Rahim II 
avvalo Urganchdagi o‘zining bog‘iga borib, undan chiqib Jayhun (Amudaryo ) 
daryosidan o‘tib, Ko‘hna Kat qal'asi janubidagi Shayx Abbos valiy maqbarasini 
ziyorat qiladi (Bu hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy shahri 
hududi ). Undan chiqib Sulton Uvays va Shayx Jalil tog‘iga, Qo‘sh ko‘lga, Ko‘k 
o‘zak va Qavanj yorma atroflariga va undan Tovqara muzofatiga kelib, 
Qilichbiy qal'asining atrofiga borganligi bayon etilgan. 39 kunlik sayr va shikor 
chog‘ida Muhammad Rahim II yana Cho‘michliko‘l, Boyo‘choqi, Bo‘richi qiri, 
Oqsavat, Butonko‘l, Chimboy, Tuk, Xo‘jayeli, Muzdehqon, Mazlumxon, 
Tangriyor, Nayman, Po‘rsiyon, Hiloliy (Ilonli), Toshhovuz, Shohobod(Shovot), 
Kat qal'a va mavzelarda bo‘lganligi haqidagi ma'lumotlar orqali bu davrdagi 
ma'muriy hududlar va aholi joylari toponimikasi haqida bilimga ega bo‘lamiz. 
Q. Munirovning yozishicha, mahalliy mualliflar asarlarida xonlik hududi 
haqidagi geografik ma'lumotlar asarning bir yerida umumiy keltirilmagan bo‘lib, 
32
Rahim. D., Matrasul. Sh. Feruz- shoh va shoir qismati.- T., 1991. – B. 77.


15 
tarixchilar tomonidan xonlarning sayr, shikor yoki harbiy yurishlarini bayon 
etish jarayonida tilga olingan, xolos
33
. Biroq, shuni ta'kidlash lozimki, bu asarlar 
ma'lum bir sohalarga bag‘ishlangan asarlar bo‘lmay, balki xonlar topshirig‘iga 
binoan xronologik tartibda yozilgan asarlar hisoblanadi. Mualliflarning asarni 
yozish jarayonida qiziqarli ma'lumotlarni munosib tarzda berishlari esa, bu 
asarlarning, aniqrog‘i mahalliy mualliflarning yutug‘idir. 
Bundan tashqari, mazkur tarixiy asarlar xonlikda yashagan elatlar, 
urug‘lar, ularning kelib chiqishi, turmush tarzi va madaniyatini o‘rganishda ham 
muhim manba sanaladi. Unga ko‘ra, Xiva xonligi hududida nayman,mang‘it, 
qo‘ng‘irot, qang‘li, sart, o‘zbek, uyg‘ur, nukuz, imrali, yovmut, chavdur,qozoq, 
olobulik, qirq qayir, tanga xitoy, Qora Ahmad, Chumagoy, Erdor,do‘rmon, yuz, 
ming, burloq, Ali eli, Kenagas, Xo‘ja eli kabi toifa va urug‘lar joylashgan. Shu 
bilan birga, daryo, kanal va arnalarning nomlaridan u yerda yashagan urug‘ va 
toifalarni, ayniqsa ularning qaysi hududlarda yashaganligini aniqlashda ham 
ushbu manbalarning ahamiyati kattadir.Jumladan, Suvonli kanali u yerga 
o‘rnashib olgan urug‘ nomi bilan Xo‘ja eli deb, Omonquli kanali Kenagas, 
Otaliq kanali esa, Mang‘it arna deb atala boshlangan. Lavzanning g‘arbidagi 
Qang‘li kanali, Qipchoq, Uyg‘ur, Nayman,Gurlan yaqinidagi Nukus kanali, 
Xizir eli, Boshqird urug‘i kanali va shu kabi kanallar shu yerda yashovchi 
urug‘lar nomi bilan yuritilgan. 
Sharqning madaniy-xo‘jalik mintaqalaridan biri bo‘lgan Xiva xonligining 
iqtisodiy hayotida yer egaligi asosiy masalalardan biri bo‘lib,xonning o‘zi katta 
yer egasi edi. Xonning deyarli barcha bekliklarda yerlari va bog‘lari bo‘lgan va 
ular nasldan-naslga o‘tib kelgan. Mazkur tarixiy asarlarda mualliflar xonlarga 
tegishli mulk yerlarni “mulki xolis”,“mulki xossa”, “amloki xossa”, “mulki 
maxsusa” va boshqa nomlar bilan ataganlari kuzatildi: “... namozi asr 
hangomida Urganch Bandai tayyibasining g‘arbiy jonibidagi o‘zining mulki 
33
Муниров Қ. Хоразмда тарихнавислик (XVII – XIX ва XX аср бошлари). – Т.: Ғафур Ғулом, 2002. – Б. 
154.


16 
xolisida farmoni...”
34

Xiva xonligida kanallar qazish va ularni tozalash, sug‘orish ishlarini 
kengaytirish va yangi yerlarni o‘zlashtirish xonlikning iqtisodiy hayotini va 
siyosiy mavqeini belgilashda asosiy omillardan biri edi. Mahalliy mualliflar 
tarixiy asarlarida irrigatsiya masalalariga doir ma'lumotlar berilgan bo‘lib, 
ularda yozilishicha, hukmdorlar asosan suv yo‘lini berkitish orqali 
bo‘ysunmagan aholini jazolaganlar, itoatkor odamlarga esa sersuv va serunum 
yerlarni ajratib berganlar. 
Ogahiy esa, “Riyoz ud-davla” asarida Toshsaqo degan joyda daryogacha 
suv bog‘langani xususida: “Hamul bahor viloyoti maxrusa mazorig‘a 
suvjihatidan andak tanqisliq chekti. Ul hazrat (Olloqulixon) yurt manfaativa 
xosu-om behbudi uchun otlanib… hazrati Qutb-ul-avliyo Pahlavon otanahrining 
saqosig‘a borib, o‘tgan yil qirdan yordurg‘on saqonikim Toshsaqoderlar, 
yangidan hashar bila qazdurub suv joriy qildi”
35
, – deb xonlikdagi yop va 
solmalarning muntazam tozalanishi, xalqning ko‘magida “qazuv” deb, 
nomlangan hashar uyushtirilib, kanallarning tuproqdan tozalanishi va bu 
ishlarga xonlarning o‘zlari boshchilik qilishini bayon etgan.Xiva xonligi 
iqtisodiyotining asosini soliq va majburiyatlar tashkil qilgan. Tarixiy 
adabiyotlarda xonlikda aholidan olinadiga nsoliqlar, ularni yig‘ib olish yo‘llari, 
soliq yig‘ish maqsadida shaharlarga kimlar tayin etilgani, qaysi joylardan 
qanday miqdorda soliqlar olingani, ba'zida soliq to‘lashdan bosh tortgan yoki 
to‘lay olmagan kishilar tomonidan xon soliq yig‘uvchilarining o‘ldirilgani, 
natijada xon harbiy qism yordamida soliq undirganiga oid ma'lumotlar mavjud. 
Jumladan, “Firdavs ul-iqbol” asarida bu haqida: «... tamomi qo‘ng‘irot 
elin mute va mahkum qilib, Sayyidnazar biyda ixtiyor qo‘ymadilar. Muxoliffat 
va muonidan ko‘sin urub, isyon va tug‘yon maydonig‘a jur'at qadamin qo‘ydilar. 
Bu jihatdin amiri kabir Avaz biy inoq alarming taadibu gushmoli uchun Xosa 
qo‘shbegi boshlig‘ umaroi oliymiqdor va shujao inomdorni to‘rt to‘pa va Besh 
34
Ўша асар, - Б.154.
35
Огаҳий. Риёз уд-давла. T., 2000.


17 
qal'a sipohi bila sana ming ikki yuz sekkizda Qo‘ng‘irot ustig‘a yubordi. Sipohi 
nusratpanoh Qo‘ng‘irot sarhadig‘a yetganda,alar istiqbol etib, tansuqot va 
peshkashlar bila umaroi izomningmulozimatig‘a yetib, talbis yuzidin gurg oshtiy 
qildilar. Ul shart bilakimkelur yil Orol yurtining zakot va xirojoti bila Avaz 
inoqning xizmatig‘aborib, mulorzimat qilg‘aylar. Bu bahona bila umaroi oliyjoh 
va sipohinusratpanohni qaytarib, yana o‘z ishlarining tahsil va takmilig‘a 
ishtig‘ol ko‘rguzdilar”
36
, – deyilgan. 
Ushbu ma’lumotlardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, mahalliy mualliflar 
garchi ushbu asarlarini xonlar topshirig‘iga binoan yozgan bo‘lsalarda, hamda 
hukmdorlarning manfaatlariga mos qilib yoritishga majbur bo‘lsalarda, ularning 
olib borgan siyosati, yuqorida tilga olingani kabi hatti-harakatlari, ba'zi-bir 
nomaqbul qarorlarini ham keltirib,ularga o‘zlarining munosabatlarini ham 
bildirganlar.Xonlik aholisidan, hamda savdo karvonlaridan qancha va qanday 
soliqlar olingani, Rossiyaga boradigan savdo karvonlari o‘tuvchi Erdor yo‘li 
xususida Q. Munirov Ogahiyning quyidagi jumlalarini keltiradi: “…1273
37
yili 
rabi'-us soniy oyining 20 sida panj shanbasida… Muhammad Yaqub mahram bir 
jamoa lashkari jarror… bila Xorazm va Buxoro korvonikim, urus viloyatidin 
chiqib, Xorazm va Buxoro savbig‘a kelur erdilar, alarning istiqboliga chiqib, 
shariat hukmi bila kazotlarin olib kelmak uchun… Dashti Qipchoqda Erdor yo‘li 
Jonibiyga ozim bo‘ldilar”
38

Shuni aytish lozimki, ushbu tarixiy asarlarda Xiva va Buxoro 
karvonlarining Mang‘ishloqqa borib savdo qilishi, Rossiya karvonlarining O‘rta 
Osiyo shaharlariga kelishi va savdo yo‘lidagi qiyinchiliklar to‘g‘risida ayniqsa, 
Rossiya bilan bo‘lgan savdo munosabatlariga oid ma'lumotlar keng o‘rin olgan. 
Bunga sabab, Rossiyada kapitalistik munosabatlarning taraqqiy etishi natijasida, 
Xiva xonligida Rossiya mollariga ehtiyoj katta bo‘lgani holda, Rossiyada ham 
Xiva mollariga talab katta bo‘lgan.Hamma davrlarda ham mamlakat taraqqiyoti 
36
Мунис ва Огахий. Фирдавс ул-иқбол. – Т.: “Янги аср авлоди” 2010. 520 б. 
37
Hijriy 1273 yil – milodiy 1856-1857 yillarga to‘g‘ri keladi.
38
Муниров Қ. Хоразмда тарихнавислик (XVII – XIX ва XX аср бошлари). – Т.: Ғафур Ғулом, 2002. – Б. 
147.


18 
va xalqning farovonligi unga yo‘lboshchilik qilayotgan hukmdorlarga, uning 
vazirlari va amaldorlariga bog‘liq bo‘lgan. Xiva xonligida davlat boshqaruvi 
monarxiya tipida bo‘lib, uning mansabi va huquqlari avloddan-avlodga o‘tgan. 
Uning 
atrofidagi 
mansabdorlar 
ham 
hukmdorga 
yaqin 
kishilar, 
qarindosh,urug‘doshlardan tayinlangan bo‘lib, ularning mansab va huquqlari 
ham vafotlaridan keyin o‘z avlodlariga me’ros sifatida qoldirilgan.Xiva 
xonligining Qo‘ng‘irotlar sulolasi davridagi davlat tizimini o‘rganishda amalda 
bo‘lgan turli mansablarning vazifalari to‘g‘risidagi ma'lumotlar muhim 
ahamiyatga ega. Biroq, sovet davri tarixshunosligida aynan shu davrdagi 
ma'lumotlar ko‘proq tahlil qilinib,davlatchiligimizdagi mansabga qo‘yish tartibi 
tamoman qoralangan. 
Xiva xonligi davrida yozilgan tarixiy manbalardagi ma'lumotlar esa,o‘sha 
zamonda bo‘lib o‘tgan voqealar qandayligi haqida nisbatan ishonchliligi bilan 
ajralib turadi. Jumladan, Ogahiyning “Shohid ul-iqbol” asaridagi mansablarga 
qo‘yilish bilan bog‘liq ma'lumotlar diqqatga sazovor bo‘lib, Ogahiy Muhammad 
Rahimxon II ning ustozi sifatida, hamda xonlikdagi yuqori mansabdor shaxs 
sifatida saroydagi ko‘p voqealarning guvohi va ishtirokchisi edi. Shu sababli 
ham uning ma'lumotlari ishonchli hisoblanadi. 
Ogahiy ma'lumotlarida Muhammad Rahimxon II hokimiyatga kelgan 
daslabki yillarida mavjud eski mansabdorlarning o‘rniga o‘ziga yaqin bo‘lgan 
sodiq kishilarni yuqori mansablarga qo‘yganini, bular qatoriga Muhammad 
Murod devonbegi va Abdullaboy mingboshi kabilarni bayon etganini ko‘rish 
mumkin
39
. Jumladan: “Jum’a oqshomi erdi hazrat zillisubhoniy saltanat umuri 
intizomi va mamlakat masolihi istikmoli uchun Xudoynazar devonbegini 
devonbegilik va muzakkiylik mansabidin ma'zuletib, aning o‘rnig‘a Muhammad 
Murod mahramnikim, ul hazrat tufuliyatzamonidin to bu saodatlig‘ avong‘acha 
davlat yonglig‘ hamdam bo‘lub,xizmatnigorlig‘ bobida jonsiporlig‘ qilg‘an 
qadimiy xodimlariningsarbalandi va boshidin qadam qilib sadoqat rasmida 
39
Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Шоҳиду-л-иқбол (Иқбол шаҳодати) // Нашргатайёрловчи Н. 
Шодмонов. – Т.: Муҳаррир, 2009. – Б. 48, 51.28.


19 
havodorlig‘ ko‘rguzganboyiri mulozimlarining arjumandi erdi va bag‘oyat 
donishmandufarosatpayvand va sohibviqoru diyonatosor va davlatg‘a loyiqu 
tarbiyatg‘amuvofiq kishi erdi”
40
.Yoki: “Orol qo‘ng‘irotining umarosidin 
Muhammad Yusufboy Qo‘ng‘irotda maraza tab'iiy bila jahondin rihlat qildi. 
Mazkur oyning vositida aning vafoti xabari dargohi jahonpanoh mulozimlarig‘a 
keldi.Hazrat zilli subhoniy kamoli shafqat va bandaparvarlikdin aning 
favtifotihaxonliqi uchun o‘z tarafidin arkoni davlat akobiridin Musomutavalliyni 
buyurib, oshu obi uchun yuz tillo berib yibordi. Va mazkurbiyning o‘g‘li 
Hayniyozbekni hamkim... hazrat zilli subhoniy kamolikaramidin anga muruvvat 
va shafqat ko‘rguzub, atosining o‘rnig‘a biylikmansabig‘a nasb etti”
41
, – kabi 
misollar orqali otasi dunyodan o‘tgach,hukmdor tomonidan o‘g‘lini uning 
o‘rniga qo‘yilishiga haqida asarning boshqa joylaridan ham parcha keltirish 
mumkin. Bunda otasi ishini kuzatib yurgan farzand bu ishni uddalay oladi deb 
umid qilingan. Shu bilan birga, agar mansabdorning o‘g‘il farzandi bo‘lmasa, 
uning o‘rniga ukasi yoki amakisi qo‘yilganligi to‘g‘risidagi misollar ham asarda 
ko‘plab uchraydi.Mansabda o‘tirgan, lekin azbaroyi yumshoqligi va odamlar 
bilan muomalani o‘rniga qo‘ya olmaydigan mansabdorlarni ham xon almashtirar 
edi.Bu haqida ham “Shohid ul-iqbol” asarida bir qancha misollar keltirilgan
42

Xivalik tarixnavis Bayoniy asarida ham xonlikda mavjud a'lam, qozirais, 
devonbegi, yasovulboshi, mirzaboshi, eshik og‘osi, qushbegi, yuzboshi,otaliq, 
mehtar, mirshab, mahram, sarhang, vazir, inoq, biy, mirob, hokimkabi 
mansablar to‘g‘risida ma'lumotlar mavjud bo‘lib, ularning tayinlanish tartibi, 
hamda o‘sha shaxslarning ismlari haqida ham keng ma'lumotlar 
berilgan.Demak, ushbu tarixiy asarlar orqali Qo‘ng‘irotlar sulolasiga mansub 
Xiva xonlari (ayniqsa Muhammad Rahimxon II) tomonidan davlat boshqaruvida 
o‘zgarishlar sodir etilib, ko‘plab mansabdorlarning o‘rniga nisbatan kuchliroq 
shaxslar qo‘yilgan yoki muayyan mansabga yangi kishini belgilashda bilimli 
mutaxassislar tanlangani ma'lum bo‘ladi.Mahalliy mualliflar tarixiy asarlarida 
40
O‘sha asarda. – Б. 48.
41
O‘sha asarda.– Б. 54-55. 
42
O‘sha asarda. - Б. 64, 122.


20 
shoir va tarixchilarning ham nomlari keltirilgan. Biroq, ularning nomlari 
asarning bir yerida umumiy keltirilmagan bo‘lib, mualliflar tomonidan biror 
tarixiy voqeani bayon etish jarayonida tilga olingan. Chunki o‘sha shoirlar ana 
shu bo‘lgan voqeaga atab qasida yoki tarix yozganlar. Ana shu qasidalarni yoki 
tarixlarni keltirish barobarida ularni yozgan mualliflarning nomlari ham tilga 
olingan. 
Bu kabi ma'lumotlarni biz Ogahiy va Bayoniy asarlarida ham 
uchratishimiz mumkin. Xususan, Q. Munirov Ogahiyning “Gulshani davlat” 
asarida:“Va navrasfikru tozatab' shuarodin fazlu hunar ahli arosida mumtoz 
Pahlavon Niyozboykim, fozillar guruhi ichra taxallusi Komildur, buta'rixni 
nazm etibdurkim, tastir topar: Ta'rix: ... Komil zi bahri guft “azsari 
bashorat”“Shud voliy viloyat shoh Sayyid Muhammad”
43
, – deb keltirib o‘tgan, 
Bayoniy esa o‘zining “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida: “... Alimahramning 
Ahmad otlig‘ bir o‘g‘li bor edi. Ul ham o‘zini Tabibiy taxallusibila mutaxallis 
etib she'r aytmoq boshladi... Tabibiy farmoni mujibibila amal qilib, ul 
g‘azallarni jam' qilib har g‘azalni yozmoqchi bo‘lg‘onda,masnaviy bila ul 
g‘azalni aytg‘on kim erkanin bayon etib, bu tariqada tamomig‘azallarni jam' 
qilib tamom etib ul kitobg‘a “Majmuat ush-shuaro” otqo‘yuldi. Oning itmomi 
ham ushbu yil voqye bo‘lub erdi. Faqir onga butarixni aytdim...”
44
, – deb bayon 
etgan. Demak, ushbu asarda xonlikda yashagan shoir va tarixchilar haqida 
ma'lumotlar mavjud bo‘lib, bu manbalar ularning hayoti va faoliyatini 
o‘rganishda ham katta ahamiyat kasb etadi. Ogahiy, Bayoniy va Kamyobning 
tarixiy asarlari XIX – XX asr boshlarida xonlikdagi bunyodkorlik ishlari tarixini 
yoritishda muhim o‘rin tutadi.Jumladan, Bayoniy asarida Xivadagi 
bunyodkorlikka oid ma'lumotlar mavjud. Unga ko‘ra: “Chun Xevaq shahrining 
orqa tarafi tamomi viloyat xalqining rohguzarlaridur, bag‘oyat vayron va 
nozirlarg‘a boisi nafrat erdi.Xohlardilarkim, ul yerlarni obod etib, Toza Xevaq 
43
Муниров Қ. Хоразмда тарихнавислик (XVII – XIX ва XX аср бошлари). – Т.: Ғафур Ғулом, 2002. – Б. 
156. 30.
44
Баёний Муҳаммад Юсуф. Шажарайи Хоразмшоҳий // Мерос тўплами. – Т.: Камалак, 1991. – Б. 256. 31. 


21 
ismi bila mavsum etgaylar. Bas, Otajon devong‘a buyurdilar, tokim, qal'aning 
orqa darvozasinikim, oni Urganch darvozasi derlar, yiqib tozadin o‘rnig‘a ikki 
darvozaxona bino qilg‘ay. Biri elning shaharga kirmaklari uchun va 
birichiqmoqlari uchun... Yana darvozaning yovuqida yo‘l ustida bir 
tiligramxonabino qilmoqni ham Otajon devong‘a buyurdilar... va oning 
muqobilidayo‘lning sharq tarafida bir g‘oyatda vase' dorushshifo bino qilmoqni 
Rahimberganga buyurdilar...”
45
, – deb bayon etilgan. 
Ma’lumki, XIX asrda Xiva xonligida hujjatlarni saqlash yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan bo‘lib, Toshhovlida hujjatlar saqlanadigan maxsus joylar qurilgan. 
Tarixchilarning bergan ma'lumotlariga qaraganda, saroydagi arxiv hujjatlari 
Xazinaxonada – alohida binoda juda ehtiyotkorlik bilan maxfiy holda 
saqlangan.Arxiv hujjatlarini nazorat qilib turish uchun alohida kishilar ham 
ajratilgan. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan shu narsa ma'lum bo‘ldiki, 
Qo‘ng‘irotlar sulolasi davrida Xorazmda qurilish sohasida ancha ishlar qilingan, 
Xiva xonlari tashabbusi bilan mamlakatda yangi masjid, madrasa,saroy va 
boshqa bir qator inshootlar qurishga e’tibor berilgan, hamda saroy amaldorlari 
ham bu ishga jalb qilingan. Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, Xiva xonlari 
turkman, qoraqalpoq,Xurosonda yashovchi ba'zi bir xalqlarni Xorazm atrofiga 
ko‘chirib keltirib,daryo va kanallar atrofidan ularga muqim joy tayin etganlar. 
Shunday guruhlardan biri – eroniylar bo‘lib, Xorazmning Qo‘shko‘pir 
tumanining Oqdarband qishlog‘ida makon topganlar. Mahalliy mualliflar 
asarlarida ushbu masala yuzasidan to‘liq va ishonarli ma'lumotlar mavjud. Unga 
ko‘ra,XIX asrning birinchi choragiga kelib, islom dinida mavjud bo‘lgan 
oqimlar orasidagi nizo kuchayishidan foydalanib, Xiva shayxulislomi shialarga 
qarshi g‘azovot e'lon qilib, ularni qirib tashlash yoki qul qilib sotish haqida fatvo 
bergan. Shundan so‘ng, Ogahiyning yozishicha, Xiva xoni Rahimquli to‘ra 
boshchiligidagi qo‘shin 1826 yilda Xuroson o‘lkasining Oqdarband qal'asiga 
45
Баёний Муҳаммад Юсуф. Шажарайи Хоразмшоҳий // Мерос тўплами. – Т.: Камалак,1991. – Б. 261-262.


22 
hujum uyushtirib, zafar natijasida aholisini asir olib kelgan
46

Nazarimizda, 
xonlar tomonidan eroniylarning Zeyyop bo‘yiga 
joylashtirilishi xonlikka qarshi turli chiqishlarni daf qilish,chegaralarni 
mustahkamlash uchun bo‘lgani shubhasiz. Chunki XIX asrning birinchi 
choragida Xiva xonligi tasarrufidagi hududlarda turkman,qoraqalpoq elatlari tez-
tez g‘alayonlar qilib turganlar. Ko‘chmanchi turkmanlar soliq to‘lashdan bosh 
tortganlar, boshqarish uchun yuborilgan noib yoki beklarni o‘ldirganlar, ayrim 
hollarda Xiva shahriga qarshi yurishni amalga oshirganlar. Turkmanlarning bu 
kabi xujumlari esa asosan Xiva shahrining shimoli-g‘arbiy tomonidan 
bo‘lgan.Xiva xonlarining qo‘shni hududlarga harbiy yurishlar olib borishi 
natijasida ko‘chirib keltirilgan xalqlar bilan tub aholi o‘rtasidagi etnik jarayon va 
munosabatlarni 
o‘rganishda 
ham 
ushbu 
asarlar 
muhim 
manba 
hisoblanadi.Mahalliy mualliflarning Xiva xonligi tarixini yoritishga oid 
birlamchi manba bo‘lib xizmat qiluvchi asarlarida mamlakatning tashqi 
siyosatiga doir bir qancha ma'lumotlar keltirilgan. Xususan, ularda XIX–XX asr 
boshlarida Xivaning Rossiya, Eron, Buxoro, Hirot, Dashti Qipchoq,Qobul, 
Kurdiston bilan savdo va diplomatik munosabatlari tarixiga doir ma'lumotlar o‘z 
aksini topgan. Ushbu ma'lumotlarni biz to‘rt guruhga ajratishimiz mumkin: 1) 
Elchilik munosabatlari; 2) Chegara masalalari va migratsiya; 3) Qo‘shni davlat 
qochoq rahbarlarining Xivaga kelishi; 4) Chet davlatlar bilan yozishmalar. 
1) Elchilik munosabatlari masalasi yuzasidan shuni aytish mumkinki,Xiva 
xonligida xorijiy mamlakatlarga elchi qilib nufuzli amaldorlar yuborilgan. O. 
Mutalov Ogahiyning ushbu masala yuzasidan ma'lumotini keltiradi. Unga ko‘ra: 
Rossiyaga – Vays Niyozboy, Otajon oxund, Eshboy;Eronga – Bekish xalifa, Ota 
Niyoz mahram, Holmuhammadboy, Holnazarbek;Buxoroga – Gadoyniyoz 
mahram, Davlat Qorako‘z mahram, Muhammad Rasuldomla, Niyoz Qilich 
yuzboshi, 
Norbek, 
Shukrullo 
oqo, 
Eshonxo‘ja 
muftiy;Hirotga 
– 
Yormuhammadxon, Mirzo Husayn, Tabibboshi, Naymon Muroddorg‘a, Otajon 
46
Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Шоҳиду-л-иқбол (Иқбол шаҳодати) // Нашргатайёрловчи Н. 
Шодмонов. – Т.: Муҳаррир, 2009. – Б. 48, 51.28.


23 
mahdum, Oqo Niyoz sardor, Sayid Niyoz mahram, Shukrullo oqo,Erniyoz 
mahram, Eshon qozi, Abduqodir mahdum, Qutbiddin Hojashayxulislom, Hasan 
Murod mahram, Hoji Nazar sardor; Dashti Qipchoqqa –Vays boy, Mulla Murod 
Ali yuzboshi, Sattorquli oqo; Inglizlarga(Qobulga) – Yoqubboy Xonaqohiy; 
Kurdiston (Xuroson)ga – Niyoz Qilichsardorlar elchi qilib yuborilgan
2) Chegara masalalari va migratsiya. Ushbu masala yuzasidan 
Xivaxonligidagi chegara masalalari, siyosiy va tabiiy o‘zgarishlar 
sabablixalqlarning ichki migratsiyasi, ayniqsa, qozoq va turkman qavmlarining 
birjoydan 
ikkinchi 
joyga 
ko‘chirilishi 
to‘g‘risidagi 
ma'lumotlarni 
keltirishmumkin. Jumladan, taka turkman urug‘ining Xiva xonligi 
tasarrufigakelishi haqida quyidagi ma'lumot mavjud: “Xuroson takasidin bir 
jamoahazrat zilli subhoniyning davlatlig‘ ostoni xizmatin orzu qilib, 
masokinumavotinlarin tashlab, uyu eli bila ko‘chub..., mamoliki mahrusadin 
yertiladilar... Ul hazrat muruvvat va shafqat yuzidin alarg‘a marhamat 
vabandanavozliq ko‘rguzub, Besharig‘ tavobe'ida Os mavze’idin ma'vo 
vasukano va mazra' berdi”
47

3) Qo‘shni davlat qochoq rahbarlarining Xivaga kelishi. Ushbu 
masalayuzasidan quyidagi misolni keltirish mumkin. Rossiya imperiyasi 
bosibolgan hududlarda ayrim mahalliy rahbarlarning o‘z mag‘lubiyatni tan 
olib,unga xizmat qilishga o‘tgan bo‘lsalar, boshqa bir qismi esa, chet 
elbosqinchilari 
va 
mahalliy 
rahbarlarga 
qarshi 
kurashni 
davom 
ettirganlar.Shulardan biri, Amir Sayyid Muzaffarning o‘g‘li Abdumalik to‘ra 
bo‘lib,Muhammad Rahimxon II dan panoh izlab kelgan. Ogahiyning “Shohid 
ul-iqbol” asarida: “Abdumalik to‘ra mazkur umaroning hamrohlig‘i 
bilaramazonu-l-muborak oyining yigirmasida, yakshanba kuni, Xivaq 
shahrig‘akelib, amri oliy mujibi bila Angariq mavze'ida Hasanmurod 
qushbegininghavliyi oliysig‘akim, aning nuzuli va osoyishi uchun burunroq 
47
Муҳаммад Ризо Эрниёзбек ўғли Огаҳий. Шоҳиду-л-иқбол (Иқбол шаҳодати) // Нашрга тайёрловчи Н. 
Шодмонов. – Т.: Муҳаррир, 2009. – Б. 56.


24 
to‘shalib,ta'yin etilib erdi, tushub farog‘atnishin va rog‘atguzin bo‘ldi”
48
, –
deyilgan. Asarda Abdumalik to‘raning Buxoroda otasi bilan kelishmayXivaga 
kelishi bilan bog‘liq yana boshqa misollar ham mavjud; 
4) Chet davlatlar bilan yozishmalar. Xiva xonligining boshqa 
davlatlarbilan yozishmalari tashqi aloqalarni o‘rganishda muhim manba sifatida 
xizmat qiladi. Jumladan, mahalliy mualliflar asarlarida Xiva va Buxoroxonligi 
o‘rtasida doimiy ravishda xat yozishmasi bo‘lib turganligita'kidlanadi. Shuni 
aytish lozimki, Xiva bilan Buxoro o‘rtasidagi yozishmalar juda iliq holatda 
kechganki, buni yozishmalardan birining“muhabbatnoma” deb atalishida ko‘rish 
mumkin. Bundan tashqari Qo‘qonxonlari bilan Xiva xonlari o‘rtasidagi 
yozishmalar ham diqqatga sazovor bo‘lib, tadqiqot jarayonida ular asosan 
o‘zbek va fors tillarida olib borilgani, Buxoro bilan olib borilgan yozishmalar 
esa, faqat fors tilida yuritilgani kuzatildi.
Bayoniy asarida xonlikning rus qo‘shinlari tomonidan katta harbiy kuch 
yordamida bo‘ysundirilishi manzarasi berilgan. Unda muallif rus zobitlariga 
nafratini, xalqqa nisbatan xayrixohligi, achinish tuyg‘ularini ifodalagan. Zero, 
Bayoniy o‘z asarida Mang‘it qal'asi aholisining 1500 nafarining rus qo‘shini 
tomonidan o‘ldirilishini aniq tasvirlagan, hamda bir so‘z bilan Rossiya O‘rta 
Osiyoni “tasxir etdi – ya'ni, zabt etdi,bo‘ysundirdi”, – deb qayd qilgan
49

Ushbu jumlalardan muallifning xonlikning mustamlakaga aylantirilgan bir 
paytda tarixiy jarayonga o‘zining dadil munosabat bildira olganligining guvohi 
bo‘lamiz. Zero, Bayoniyning yozishicha: “Tarix kitobi yozishning bir sharti bor. 
Tarixiy voqealarni yozuvchi tarafdorlik etmasdan, bo‘lgan voqealarni rostlik 
bilan bayon etishi kerak. Agar rostlik bilan bayon etmasa, uning so‘zlari hech bir 
odamga ma'qul bo‘lmaydi”
50

Ana shu avlod vakillaridan yana biri Sayid Homid to‘ra Kamyobdir
51
.T. 
Tog‘aev va J. Jo‘raevlar «Tavorix ul-xavonin» asarining yangi nashrida 
48
O‘sha asarda.– Б. 220-221. 
49
Муҳаммад Юсуф Баёний. Шажарайи хоразмшоҳий. — Т.: Ғафур Ғулом, 1994. – б.20. 
50
O‘sha asarda. – B. 22.
51
Рахим Давлатёр, Шихназар Матрасул. Феруз – шоҳ ва шоир қисмати. – T., 1991. – Б. 125


25 
yozishlaricha, Kamyob xon oilasiga mansub bo‘lganligi bois, sovet davrida unga 
sinfiylik nuqtai nazaridan baho berilib, asarlari ham yetarli darajada ilmiy 
muomalaga kiritilmaganligini qayd qilganlar. Kamyob “Tavorix ul-xavonin”ni 
yaratish uchun Munis va Ogahiyning asarlaridan foydalangan holda, mazkur 
mualliflarning asarlarida tarixiy voqealar bayonini to‘lig‘icha keltirmay, faqat 
asosiy mazmunini berish, zarur hollarda mavjud nazmiy misralarni olish bilan 
kifoyalangan.“Tavorix ul-xavonin” asari besh bobdan iborat bo‘lib, ular: I bob-
Odam Atodan Nuh a.s.gacha bo‘lgan davr zikri, II bob- Yofasdan qo‘ng‘irot 
urug‘ voqeasigacha; III bob- Qurlos avlodidan podshohlik martabasiga yetganlar 
zikri; IV bob- Qo‘ng‘irot podshohlarining va ularning avlodlarining zikri; V 
bob- Muhammad Amin Inoqning avlodlaridan Xorazm mamlakatida podhsohlik 
qilganlarning zikri va xotima
52
. Mundarijada Kamyob o‘z salaflarining asarlari 
mazmunini ayrim jihatlari bilan takror holatlari mavjud. Shu bilan birga 
beshinchi bobda Kamyob Ogahiyning “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, 
“Jome’ ul-voqeoti sultoniy” singari har biri bitta hukmdor faoliyatini yoritishga 
qaratilgan yirik asarlarining asosiy mazmunini berib o‘tgan. Ayni paytda 
“Tavorix ul-xavonin” Ogahiyning “Shohidi iqbol”, Bayoniyning “Shajarai 
xorazmshohiy” kabi asarlarining Feruz hukmronligi davrini yoritishda ham bir-
birini to‘ldiruvchi ma’lumotlarga ega. Xususan, asarning qimmatli bo‘lgan 
qismi-muallifning o‘z hayoti hamda ijtimoiy muhit to‘g‘risida ma’lumot 
beruvchi bir maqola va xotima qismidir. Shu jihatdan “Tavorix ul-xavonin” 
salaflari asarlarining to‘ldiruvchi manbasi desak xato bo‘lmaydi. J.A. Jo’rayev 
nomzodlik dissertatsiyasida Kamyob xon oilasi a’zolarining hayoti, xonlikning 
rus qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o‘z davrining eshon va 
shayxlarning boshqaruviga ta’siri, karomatlari, mavjud tasavvufiy tariqatlar, 
ularning turmush tarzi, suluk odob-axloq qoidalari kabi masalalar haqida 
qimmatli ma’lumotlar berilganligi, qayd etib o`tgan
53
. “Tavorix ul-xavonin” 
ning mundarijasi qayd etilgan jihati bilan salaflari asarlaridan Xiva tarixining 
52
Кaмёб Сайид Ҳомид Тўра. Таворих ул-хавонин. – Т.: Академия, 2002. – Б. 7.
53
Жўраев Ж. А. Кaмёб ҳаёти ва ижодий мероси манбалари. Т., 2012. – Б.78. 


26 
ijtimoiy, madaniy ma’naviy hayotini tadqiq etish, bu davrga oid tarixiy 
ma’lumotlardagi bo‘shliqlarni to‘ldirish va mukammalashtirishga xizmat qiladi. 
“Muntaxab ul-voqeot” uch bob va xotimadan iborat bo‘lib, mavzuimizga 
aloqador qismi uchinchi bobda qo‘ng‘irot urug‘ining xonlari haqida qimmatli 
ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Kamyob bu asarda ham turli voqealar bayoniga 
mos keladigan ayrim shoirlarning ijod namunalaridan keltirgan. Xususan, Sayid 
Muhammadxon vafoti munosabati bo‘yicha o‘n besh banddan iborat marsiya 
havola etilgan.
Yuqorida berilgan dalillar asosida ushbu bo‘limga quyidagi xulosalarni 
qayd qilish mumkin: 
– mahalliy tarixchilar asarlarida Xiva xonligining siyosiy,ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy ahvoli xususida ma'lumotlar mavjud.Ushbu asarlarda 
ma'lumotlar sohalar bo‘yicha emas, balki xronologik tartibda joylashtirilgan. 
Shu tufayli ushbu asarlarni biz “Xiva solnomalari” deb atashimiz mumkin;– 
saroy tarixnavislari Xiva xonlarining qo‘shni xalqlarning yer-suvlarini, mol-
mulkini xonlikka tortib olish siyosatini qo‘llab-quvvatlab yozganlar, ularning 
milliy ozodlik va mustaqillik uchun olib borgan harakatlarini ma'qullamaganlar. 
Bu asarlarda qo‘shni xalqlar sha'niga aytilgan “tug‘yonkor”, “isyonkor”, 
“avbosh” “noshukur” kabi atamalarning uchrashi, ularning o‘z faoliyatini xon 
boshqaruvi siyosati bilan uzviy bog‘lab,hukmdorlar manfaatlariga mos qilib 
talqin qilishga majbur bo‘lganliklari kuzatiladi; 
Xiva xonligi XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Xorazm tarixnavislik 
maktabi o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarildi. Shu tufayli xonlikda 
tarixchi, shoir va tarjimonlar jipslashib, ularning tarixiy va adabiy asarlari bir 
yerga to‘plangan holda, ulardan nusxalar ko‘chirilganini, ko‘p sonli manbalar 
sharq tillaridan o‘zbek tiliga tarjima qilinganini tarixnavislar Ogahiy, Bayoniy 
va Kamyob misolida ko‘rish mumkin; 
Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asarida rus qo‘shini tomonidan 
xonlikning katta harbiy kuch yordamida bo‘ysundirilishi manzarasi keng 
yoritilgan bo‘lib, unda muallifning rus zobitlariga nafrati, xalqqa nisbatan 


27 
achinish tuyg‘ulari ifodalangan.
Ogahiy, Bayoniy va Kamyob tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar 
qanchalik kamchiliklarga ega bo‘lmasinlar, Xiva xonligining Qo‘ng‘irotlar 
sulolasi davri siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotini yorituvchi o‘zbek 
tilidagi asosiy manba hisoblanib, ilmiy ahamiyatini va qimmatini saqlab 
kelmoqda. 
1.2 Xiva xonligi tarixiga doir xorij olimlarining asarlari 
XIX asrning 50-yillaridan boshlab, ingliz-rus raqobatining oshgani sayin 
Yevropa va Amerika diplomatlari va sayyohlarining e’tibori Xiva va Buxoroga 
qaratilgan, natijada xorijlik mualliflar tomonidan ilmiy izlanishlar va tadqiqotlar 
olib borilgan. Ushbu tadqiqotlar qamrovi keng bo‘lib, asosan mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli yoritilgan. XIX asrning ikkinchi yarmida 
xorijliklar Xiva xonligidagi qulchilik munosabati, qul savdosi ishini ko‘p 
o‘rganganlar. Jumladan, A. Vamberi xonlikda 80 mingdan ortiqroq qul 
bo‘lganligi haqida ma'lumot bersa
54
, ingliz tadqiqotchilari Charls Mervin va 
Djeyms Abbotlar qullar soni – 42 ming kishi ekanligini, shundan 30 ming nafari 
– eroniylar, 12 ming nafari – hirotliklar va qolganlari ruslar ekanligini qayd 
qilganlar
55
. Bu masala yuzasidan XX asrda M. Xoldsvort ham ma'lumot bergan. 
Muallif 1851-yilda Xivaga sayyohat qilgan Eron elchisi Rizoqulining qullar 
bayrami haqidagi xotirasini keltiradi: “Ro‘za hayiti ayyomida
56
Xorazmning 
yon-atrofi va uzoq-yaqin qishloqlarida qullikda yashab, navkarlik, aravakashlik 
va dehqonchilik qilayotgan eronliklar va boshqa o‘lkalik asirlar uch kun 
davomida bandilik ishlaridan qutulib, mamlakatning har burchagidan Xivaga 
keladilar va shaharni tomosha qilib, hordiq chiqaradilar...”
57

54
Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. – М., 1867. – С. 200-201. 
55
MarvinCh. TheRussianadvancetowardsIndia, Cоnversаtion with Skobeleff. – London, 1882; Reconnoitring 
Central Asia: Pionering adventures in the regions lying between Russia and India. –London, 1884. – P. 13; 
Abbot J. Narrative of Journey from Heraut to Khiva, Moscow and St-Petersbourg during the Late Russian 
Inavasion of Khiva, vol.1. – London, 1884. – P. 24. 
56
1851 yilning 6 avgust kuniga to‘g‘ri keladi. 
57
Holdeworth M. Turkestan in the nineteenth century: A brief history of the khanates of Bukhara, Kokand and 


28 
Haqiqatan ham, bu davrda Xiva xonligida qulchilik saqlangan bo‘lib, har 
bir xivalikning kamida bitta quli bo‘lgan. Biroq, bu qulchilikni klassik formada 
edi deb bo‘lmaydi, balki ular uy xizmatkorlari hisoblanganlar. Angliyaning 
O‘rta Osiyo xonliklariga jumladan, Xiva xonligiga munosabati, uni xonlikni 
bosib olmoqchi emasligi, balki Angliya koloniyalari bo‘lmish Hindiston va 
Afg‘onistonni Rossiyadan himoya qilish uchun kurashmoqchi ekanligi haqidagi 
fikrlarni ingliz tadqiqotchisi G. Makmung ma’lumot berib o‘tadi
58
. Muallif 
1840-yilda Angliyaning Ost-Indiya kompaniyasi vakili kapitan R. Shekspir
Xiva xonligiga kelgani, uning vazifasi O‘rta Osiyo xonliklari ittifoqini tuzib, 
Rossiyaga qarshi kurashni amalga oshirish bo‘lganini ta'kidlagan
59
.Muallifning 
yozishicha, vakil oldiga qo‘yilgan vazifaning uddasidan chiqaolmagan bo‘lsa 
ham, Angliya ittifoq tuzish faoliyatini to‘xtatib qo‘ymagan.Bu kabi misollar esa, 
angliyaliklarning ham ruslar kabi ilgaridan Xivaxonligiga qiziqishi katta 
bo‘lganligini ko‘rsatadi. 
Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Rossiyaning Xiva xonligiga hujum 
qilishiga aniq ishonch hosil qilgach, harbiy diplomatik yo‘l bilan Angliyadan va 
Afg‘onistondan yordam so‘ramoqchi bo‘lib, 18 kishidan iborat elchi yuborgan. 
Elchilarni Qobul shahrida Afg‘oniston amiri Sher Ali kutib olgan va har 
tomonlama yordam berishga va'da bergan. Xiva elchilari delegatsiyasi 
Peshovorga – Angliyaning vitse-qiroli Nortbruk huzuriga borganlar.Ammo, u 
Xiva xoni elchilari bilan mustaqil muzokara olib borolmagani tufayli Londonga 
xat yuborilgan, uning javobi esa 25 kunda yetib kelgan.Xatda Angliya 
Rossiyaning Xiva xonligini bosib olishiga qarshi ekanligini, buning uchun 
musulmon davlatlari ittifoqini tuzib kurash olib borish lozimligi, hamda rus 
asirlarini o‘z vataniga qaytarib yuborishi, Rossiyaning hujum qilish bahonasini 
keyinga suradi, deb ta’kidlangan. 
Shuni aytish lozimki, O‘rta Osiyo xonliklari Rossiya tomonidan bosib 
olinayotgan bir paytda, Angliya afg‘on xalqining qarshiligiga o‘ralashib qolgan 
Khiva. – London: Oxford, 1959. – P. 21.
58
Macmung G. Afghanistan from Darins to Amanullah. – London, 1929. – P. 149. 
59
O‘sha asarda., - P. 150. 


29 
va natijada Xivaga e’tibor qarata olmagan. Rossiyaning Xiva xonligiga bostirib 
kirishi masalasi esa, O. Masaliyeva o‘z tadqiqotida L. Krader, S. Bekker, R. Pirs 
kabi xorijlik tarixchilar, harbiylarning axborotlari haqida ma’lumotlarni 
yoritgan
60
.O. Masalievaning ta’kidlashicha, XX asr o‘rtalarigacha Angliya va 
AQShda O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishga yagona ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot 
markazlari tashkil etilmagan bo‘lsa-da, “Buyuk Britaniya va Irlandiya Qirollik 
Osiyo jamiyati”, O‘rta Osiyoni o‘rganuvchi “Qirollik jamiyati”, “Islom sharhi”, 
Amerika sharqshunoslari jamiyatlari jurnallarida O‘rta Osiyo tarixiga oid 
ma’lumotlar e’lon qilingan
61
.Ikkinchi jahon urushidan keyin esa, Angliya va 
Amerikada O‘rta Osiyo tarixi bilan shug‘ullanadigan maxsus ilmiy-tadqiqot 
markazlari tashkil topgan va ularning faoliyatida asosiy e'tibor turkiy xalqlar 
tarixi,geografiyasi, madaniyati, maorifi, tili, etnografiyasi, urf-odatlarini 
o‘rganishga 
qaratilgan. 
Xususan, 
Indiana 
(AQSh), 
Vashington 
(AQSh),Manchester (Angliya) universitetlari huzurida turkiy xalqlar tarixini 
o‘rganish bo‘limlari tashkil topganini aytish joiz
62

XX asr 50 yillari ikkinchi yarmidan boshlab, ingliz tarixshunosligida 
Xiva xonligiga oid ma’lumotlar hajmi kengayib, asarlar soni ko‘paydi. Bu 
davrda faoliyat ko‘rsatgan M. Xoldsvort
63
, Uiler
64
, Allworth
65
, Yu. Bregel
66

Rambaud
67
, Qrauset
68
va boshqalar Xiva xonligi tarixi masalalariga ham 
o‘zlarining munosabatlarini bildirishgan. 
XX asr 50 yillari ikkinchi yarmida yaratilgan asarlar tahlil etilsa, ular 
orasida Xiva xonligi tarixi masalalari M.Xoldsvortning ”Turkiston XIX asrda”
69
asarida nisbatan kengroq yoritilganligining guvohi bo‘lamiz.Muallif Xiva 
60
МасалиеваО. XIX асринглиз-америкатарихшунослигида Бухоро, Хива ва Қўқон хонликлари тарихи.: 
Тарихфан. номз. … дисс. – Т., 1999. – В. 96. 
61
O‘sha asarda., – В. 16-17. 
62
O‘sha asarda., – В. 22-23.
63
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.80.
64
Wheeler Y. The modern history of Soviet Central Asia.Weidenfeld and Nicolson, 1964.-p.45.
65
Allworth E. The modern Uzbeks.From the fourteenth century to the present.A cultural history. Stanford. 1990.-
P.15
66
Bregel Y. Central Asia. VII. In the 12-13/18-19 th centuries/ Encyclopedia Iranica. – HU.1978.-Vol.Y.-P.195.
67
Rambaud A. The expansion of Russian. Problems of the East and problems of the far east. – Cambride 1988. –
P. 45-49.
68
Qrouset r. The empire of the steppes, A history of Central Asia. –New Jersey, 1970.-P.60-687..
69
Holdsworth M. Turkestan in the nineteenth century. – Oxford, 1959.-p.80.


30 
xonligi siyosiy tarixi, ma’muriy tuzilishi, yer egaligi, iqtisodiy rivojlanishi, 
Rossiyaning xonlikni zabt etishi va Rossiya zabt etgandan keyingi xonlik holati 
kabi masalalarni yoritib berar ekan, xorijlik olim R. Pirs
70
asarlaridan 
foydalanganligini, shuningdek Markaziy Davlat Tarix arxivi, Markaziy Davlat 
Harbiy Tarix arxivi, Rossiya tashqi ishlar ministrligi arxivi, O‘zbekiston 
Markaziy Davlat arxivi, Tojikiston Markaziy Davlat arxivi materiallaridan 
foydalanganligini e’tirof etadi. U 1937 yilda tashkil etilgan Xiva xonlari 
arxividan ham foydalanganligini yozib, o‘z asariga Osiyo bo‘limi ba’zi 
boshliqlari biografiyasini, Tashqi Ishlar bo‘limi boshliqlarini, Turkiston general- 
gubernatorligi Orenburg bo‘limi boshliqlari haqidagi ma’lumotlarni ilova qiladi. 
M. Xoldsvort manba sifatida rus tarixchilari asarlaridan, oynoma va 
ro‘znomalardan ham foydalandi. Uning yuqorida nomi qayd etilgan asarida Xiva 
xonligining XIX asrdagi tarixiga asosiy e’tibor qaratiladi. Asarda Xiva xonligi 
tashkil etilganidan to XIX asrgacha bo‘lgan davri tarixi haqida deyarli hech 
narsa yozilmagan. 
M.Xolsdvort Xiva xonligi aholisi haqida to‘xtalib, uning umumiy aholisi 
700 ming atrofida bo‘lganligini, ulardan ma’muriyatni boshqarishni ta’minlagan 
va hukmdor sinflarni tashkil etgan o‘zbeklar 400 ming nafarni tashkil etganligini 
taxmin qiladi. Shuningdek, “shaharlarda, o‘zbeklardan tashqari ayniqsa, 
bosqinchilik yurishlarida asirga olingan eronlar bilan aralashib ketgan asl voha 
aholisi ham mavjud edi”
71
,-deb ta’kidlaydi.M. Xoldsvort “XVI asrning oxirida 
eski Amudaryo o‘z oqimini o‘zgartirganligi sababli eski Urganch suv 
ta’minotini yo‘qotadi va Xiva poytaxtga aylanadi”
72
,- deb yozadi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin