Mavzu:OSI
pog’onasi,vazifalari
,
asosiy protokollari.
REJA
•
1.OSI modeli.
•
2.OSI
pog‘onasi
, vazifalari, asosiy protokollari.
•
3.OSI pog‘onalarning o‘zaro ishlashi jarayonlari va
xizmatlari.
•
4.TCP/IPprotokollar steki haqida umumiy
tushuncha.
•
5.TCP/IP pog‘onasi, vazifalari, qo‘llaniladigan asosiy
protokollari.
. Kompyuter tarmoqlarining ishlashini taʼminlovchi
vosita¬larni yaratishga koʻp sathli yondoshish gʻoyasi,
tarmoqlarda stan¬dartlashning gʻoyaviy asosi boʻlib
hisoblanadi. Aynan shu yondoshish asosida ochiq
tizimlarning bir-biri bilan bogʻlangan holda, yaʼni oʻzaro
ishlashining yettita sathli standart modeli - Open System
Interconnection (OSI) modeli ishlab chiqilgan. Bu model
va uning iboralari tarmoq mutaxassislari uchun oʻziga xos
universal tilga ham aylangan.
OSI modeli 80-inchi yillarning boshlarida standartlash
boʻyicha qator tashkilotlar (ISO, ITU-T va boshqalar)
ishtirokida ishlab chiqilgan. OSI modeli tizimlarning oʻzaro
ishlash sathlarini aniqlaydi, ularga standart nomlar beradi.
Modelning toʻliq tavsifi ming betdan oshadi. OSI modelida
oʻzaro ishlash vositalarining yettita sathlari quyidagicha
nomlanadi
:
•
.
1.Fizik sath.
•
2.Kanal sathi.
•
3.Tarmoq sathi.
•
4.Transport sathi.
•
5.Seanslar sathi.
•
6.Taqdimlash sathi.
•
7.Amaliy sath (1-rasm).
1-rasm. OSI modelida sathlarning nomlanishi.
Ikkita kompyuterning oʻzaro ishlash jarayoni
maʼlum bir qoidalar toʻplami asosida amalga
oshiriladi, bu qoidalar toʻplami protokol yoki
interfeys deb ataladi. Tarmoqning bir
nomdagi sathiga tegishli tashkil etuvchilari
oʻrtasida axborot almashinish qoidalari
protokollar, oʻzaro qoʻshni sathlar oʻrtasida
axborot almashinish qoidalari esa
interfeyslar deb ataladi (2-rasm).
Foydalanuvchi, yaʼni biror-bir kompyuter
soʻrov bilan murojaat qilganda, amaliy
(yettinchi) sathning dasturiy taʼminoti
standart shakldagi xabarni (message) hosil
qiladi. Odatda bu xabar – sarlavha,
maʼlumotlar qismi va tugatuvchi qismlardan
iborat boʻladi. Xabar sarlavhasi, xabar
yuborilgan mashinaning amaliy sathiga,
uzatilayotgan maʼlumotlar ustida nima
vazifani bajarish kerakligi haqida axborotdan
iborat boʻladi (3-rasm
).
Dostları ilə paylaş: |