Xiva xonligi tarixi tarixshunosligi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix27.09.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#149564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
xiva xonligi tarixi tarixshunosligi

 
 
 
 
II bob. Xiva xonligi tarixining Sovet va Mustaqillik yillarida o‘rganilishi 
2.1 Xonlik tarixining sovet tadqiqotchilari tomonidan o`rganilishi 
Xiva xonligining XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr 20-yillari tarixi 
tarixshunosligi sovet yillarida o‘rganishning xususiyatlari, o‘ziga xosliklari va 
umumiy jihatlarini bir tizimda o‘rganib chiqish hozirgi davr taqozosidan kelib 
chiqqan holda, uni ilmiy va siyosiy jihatdan tahlil qilish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Shuni aytish joizki, Rossiya imperiyasi tomonidan olib borilgan 
mustamlakachilik siyosatida ochiq-oydin tub xalqlar turmushining kamsitilishi 
namoyon 
bo‘lgan 
bo‘lsa, sovet tuzumida esa davlat mafkurasi 
baynalmilalchilikka asoslangan bo‘lib, uning mohiyati barcha millat va elatlarga 
teng huquq va imkoniyatlar berishini anglatar edi. Aslida esa,totalitar davlat 
tizimi sharoitida davlat tuzilmalarining avvalgi hukmronligini rivojlantirdi va 
mustahkamladi, mintaqa iqtisodini xom-ashyo yetishtirishga yo‘naltirdi, milliy 
madaniyat va qadriyatlarni oyoq osti qildi, rus tilining rasmiy til sifatidagi 
yetakchi mavqeini mustahkamlab,mahalliy xalqlarga nisbatan ruslashtirish 
siyosatini amalga oshirdi.XX asrning birinchi yarmida sovet hukumati 
tomonidan tadqiqotchilarning nuqtai nazariga mafkuraviy tazyiqlar nisbatan 
kam darajada bo‘lganligi tufayli tadqiq qilinayotgan muammoga doir dastlabki 
konsepsiya ilgari surilgan bo‘lib, u rus bo‘lmagan xalqlarning Rossiya 
imperiyasiga qo‘shib olinishi “mutlaq jaholatdir” degan mazmunga ega edi
97
Keyinchalik tarixni siyosatlashtirish yo‘lining tanlanishi,shuningdek, 
97
Блиев М.М. О некоторых проблемах присоединения народов Кавказа к России // История СССР. – М., 
1991. – № 6. – С. 67-84. 


39 
uning mustabid tuzumga qaramligining yanada kuchayishi munosabati bilan 
tarix fanida “qo‘shib olish – mutlaq jaholatdir” degan tushunchaning o‘rniga 
“qo‘shib olish – qisman jaholatdir” degan yangicha yondashuv joriy qilingan 
bo‘lib, bu haqida 50-yillarda tadqiqotchilar M.V. Nechkina, A.V. Yakuninlar 
maqolalarida keng ma'lumotlar berilgan
98
.Jumladan, akademik V.V. Bartold 
Xiva xonligida yozilgan manbalar xususida quyidagicha yozadi:“Munis va 
Ogahiy tomonidan yaratilgan adabiy-tarixiy asarlar qanchalik kamchilikka ega 
bo‘lmasinlar, tarixiy voqealarni bayon etish va ularda keltirilgan faktik 
materiallarning ko‘pligi jihatidan bizgacha yetib kelgan Qo‘qon va Buxoro 
xonliklari tarixi bo‘yicha yozilgan hamma asarlarni o‘zidan ancha orqada 
qoldiradi”
99

Tadqiqotchi P.P. Ivanov esa qoraqalpoqlar tarixiga oid kitobida:“XVIII – 
XIX asr qoraqalpoqlar tarixi uchun Xiva tarixini o‘rganish juda katta 
ahamiyatga ega”
100
, turkmanlar tarixiga bag‘ishlangan asarida esa:“XIX asrda 
O‘rta Osiyoda yozilgan tarixiy asarlar orasida Xiva tarixchilari Munis va 
Ogahiyning asarlari turkman tarixini o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega”
101

– deb bayon etgan. Bundan ko‘rinadiki, V.V. Bartold va P.P. Ivanovlar mahalliy 
mualliflarning manbalarini sinchkovlik bilan o‘rganganlar va shu asosda O‘rta 
Osiyo xalqlari tarixini yorituvchi bir qator asarlarini yaratganlar.Shu bilan birga, 
1936 yil P.P. Ivanov tomonidan Sankt-Peterburg shahridagi M.Y. Saltikov-
Shedrin nomidagi milliy kutubxonaning ro‘yxatga olinmagan fondidan Xiva 
xonlari arxivi topib o‘rganilgan. Bu arxiv 1873 yilda rus qo‘shinlarining Xivaga 
qilgan yurishidan keyin ko‘p vaqt o‘tmay, Cankt-Peterburgga olib ketilgan, 
biroq keyinchalik unutib yuborilgan. O‘rta Osiyo kutubxonalarida bu noyob 
arxivning bir qismigina saqlanib qolgan
102
. Shu tariqa, xonlik arxivining hech 
98
Нечкина М.В. К вопросу о формуле – “наименьшее зло” // Вопросы истории. – М., 1951. – № 4; Якунин 
А.В. О применении понятия «наименьшее зло» в оценке присоединения к России нерусских народностей 
// Вопросы истории. – М., 1951. – № 11. 
99
Бартольд В.В. История культурной жизни Туркестана. – Л., 1927. – С. 113 
100
Иванов П.П. Очерк по истории каракалпаков. Материалы по истории Каракалпаков // Труды 
института Востоковедение АН России. – М.–Л., 1935. Т. VII. – С. 44 
101
Иванов П.П. Хивинская хроника XIX в. Муниса и Агахи как источник по истории туркмен 
//Материалы по истории туркмен и Туркмении. – М.–Л., 1938. Т.II. – С. 23. 
102
Ular 137 hujjatni tashkil qiladi. 


40 
kimga ma'lum bo‘lmagan 11000 varaqdan ortiq bo‘lgan hujjatlari 
o‘rganilgan.Bundan tashqari P.P.Ivanov tomonidan Xiva xonlari arxivining 
topib o‘rganilishi katta hodisa bo‘ldi. Ushbu tadqiqot natijalari kitob holida 
nashr qilingan bo‘lib, unda Xiva xonligining XIX asrga oid ijtimoiy-siyosiy 
tarixi, hamda hujjatlar tahlili masalasiga e'tibor qaratilgan
103
. Muallifning ushbu 
tadqiqotini chuqur asosiy tadqiqot sirasiga kiritish mumkin, chunki ushbu asar 
Xiva xonligining arxiv hujjatlari bo‘yicha yo‘l ko‘rsatkich ko‘rinishiga ega 
bo‘lib, ko‘plab yangi tadqiqotlar uchun birlamchi manba vazifasini bajardi. 
Ushbu asarning birinchi bobi “Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy tarixini 
o‘rganishda arxivning tutgan o‘rni” deb nomlanib, muallif unda Xiva xonlari 
arxivi,uning o‘rganilishi, o‘zining tahliliy fikr va mulohazalarini bergan
104
.XX 
asrning o‘rtalarida Xorazm vohasidagi tarixiy obidalarni arxeologik va 
etnografik jihatdan o‘rganish ishlari keng miqyosda amalga oshirilgan bo‘lib, 
bunda S.P. Tolstov boshchiligidagi ekspeditsiya faoliyati alohida o‘rin tutadi
105

Uning tadqiqotlarida Xorazmning miloddan avvalgi V ming yilliklaridan XX 
asrning 70 yillarigacha bo‘lgan ma'lumotlar mavjud. 
XX asr 50-yillari boshlaridan boshlab tarixiy adabiyotlarda “O‘rta 
Osiyoning Rossiyaga qo‘shib olinishi progressiv fakt bo‘lgan edi”, degan ibora 
keng o‘rin olgan. Mustamlakachilik muammolari bilan shug‘ullangan tarixchilar 
“bosib olish” atamasini deyarli rad etgan holda, “o‘z ixtiyoriga ko‘ra qo‘shib 
olinishi” atamasini qo‘llay boshlaganlar
106
. Shu bilan birga Rossiya 
imperiyasining xonliklardagi talonchilik, mustamlakachilik siyosati, mahalliy 
xalqni qirg‘in qilganliklari oqlanib yoki berkitilib, tarixni yoritishdagi 
haqqoniylik buzilgan. 
103
Иванов П.П. Архив Хивинских ханов XIX в. / Исследование и описание документов с историческим 
введением // Новые источники для истории Средней Азии. – Л.: Издание Государственной Публичной 
Библиотеки, 1940. – 287 с
104
O‘sha asarda.– С. 8-31. 
105
Толстов С.П. Древний Хорезм. Опыт историко-археологических иследований. – М.: МГУ, 1948. 352 с. 
106
Мухамеджанов А.Р., Нигматов Т.Н. Некоторые источники по истории связей России с Бухарой и 
Хивой в первой четверти XIX в. – Т.: ФАН, 1957. – 223 с.; Мамажанов М. Некоторые изменения в 
социально-экономической жизни народов Хивинского ханства в период с 1873 по 
1920 г. // Научные записки Ташкентского финансово-экономического института. – Т., 1958. Вып.10. – С. 
49.


41 
O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi tomonidan nashr qilingan 
“O‘zbekiston xalqlari tarixi”ning 1947 yilgi (rus tilidagi) nashrida:“Turkiston, 
Orenburg va Kavkaz otryadlari 1873 yil may oyining ikkinchi yarmida hech 
qayerda jiddiy qarshiliklarga uchramasdan Xivaga keldilar ...Xiva shahri 
ostonasida ozgina to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi ...”
107
, – degan so‘zlar yozilgan. 
“O‘zbekiston SSR tarixi” ning 1971 yil nashrida ham: “... 1873 yil 29 mayda rus 
qo‘shinlari Xivani egalladilar...”
108
, – deyish bilan kifoyalangan. Vaholanki, 
Xiva ostonasida va Xiva qal'asi ichkarisida ruslarga jiddiy qarshiliklar 
ko‘rsatilgani, Mang‘it va Hazoraspda bosqinchilarning qirg‘inbarotlarini esa 
tilga olmay iloji yo‘q. Buning natijasida, mustamlakachilik tuzumining salbiy 
oqibatlari xaspo‘shlangani ma'lum bo‘ladi.Shu bilan birga, bir guruh 
tadqiqotlarda ham shunday kayfiyat hukm surganini ko‘rish mumkin. Xususan, 
A.S. Sodiqov tadqiqotida Oktyabr to‘ntarishining xonlikka ko‘rsatgan ta'siri 
hamda Xiva xonligining ag‘darilishi masalalari ijobiy baholangan bo‘lsa
109
, M. 
Mamajanov Rossiyaning xonlikda shafqatsiz mustamlakachilik 
tizimi 
o‘rnatilishiga,mahalliy aholining huquqlari kamsitilganiga qaramay, Xiva 
xonligining Rossiyaga qo‘shib olinishi ulkan ijobiy ahamiyat kasb etdi, deb 
hisoblab:“Xiva xonligini Rossiya tarkibiga qo‘shib olinishi tasodifiy 
bo‘lmay,balki tarixiy vaziyat shuni taqozo etgan edi”
110

– deb 
ta'kidlagan.Xonlik tarixini manbalar va arxiv ma'lumotlari asosida o‘rganishda 
bu davrda ham tadqiqotchilar tomonidan ko‘plab ishlar amalga 
oshirildi.Xususan tadqiqotchi M.Y. Yo‘ldoshevning: “Bayoniyning asari faktik 
hujjatlarning ko‘pligi va voqealarning izchil bayon qilinishi jihatidan Munis va 
Ogahiyning ko‘p tomli qo‘lyozmalariga nisbatan ham qimmatliroqdir”
111
, – deb 
qayd etishi uning mahalliy mualliflar asarlaridan keng foydalanganini anglatadi. 
Shu bilan birga, M.Y. Yo‘ldoshev P.P. Ivanovning ishlarini davom ettirib, 
107
История народов Узбекистана. – Т.: Изд-во АН УзССР, 1947. Т. II. – С. 241
.
108
Ўзбекистон ССР тарихи. – Т.: Фан, 1971. Т. II. – Б. 29.
109
Садыков А.С. Экономические последствия установления протектората России над Хивинским 
ханством: Дисс. … канд. истор. наук. – М., 1954. 
110
Мамажанов М. Некоторые изменения в социально-экономической жизни народов Хивинского ханства 
в период с 1873 по 1920 г. – С. 49. 
111
Йўлдошев М.Й. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. – Т.,1959.- Б. 89. 


42 
Xiva xonlari arxivi ma'lumotlarini ilmiy jamoatchilikka taqdim qilgan
112

Bundan tashqari, muallif arxiv hujjatlarining ko‘p qismini yozgan devon 
xodimlarining 1873 yilda tushgan nodir fotosuratlarini mahalliy muzey 
arxividan topishga muvaffaq bo‘lgan. 
1964 yil Rossiya Milliy kutubxonasida mavjud bo‘lgan Xiva xonligi 
tarixiga oid 3000 dan ziyod hujjatlar O‘zbekiston Davlat arxividan o‘rin olib, 
ushbu hujjatlarda Xiva xoni nomiga yozilgan arznomalar, turli amaldorlarga 
murojaatnomalar, soliq yig‘ini, turli tadbirlar xususida ma'lumotlar qayd 
qilingan. Ushbu arxivda Xiva xonligi tarkibida bo‘lgan Turkmaniston, 
Qoraqalpog‘iston va Qozog‘istonning bir qismi tarixiga oid juda ko‘p 
materiallar o‘z aksini topgan bo‘lib, O‘rta Osiyoning Rossiya, Eron,Hindiston 
mamlakatlari bilan olib borgan aloqalari to‘g‘risida ham ma'lumotlar mavjud
113

Jumladan, B.V. Lunin tadqiqotlarida rus sharqshunosligida O‘rta Osiyo 
xonliklarining tarixshunoslik tahlili va tadqiqotchilar izlanishlari natijalari keng 
tahlil etilgan
114
. Muallif rossiyalik sharqshunoslar X.D. Fren va P.I. Lerxlarning 
O‘rta Osiyoda mavjud bo‘lgan noyob qo‘lyozmalar nomini aniqlaganligini, Xiva 
xonligida o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan turli boyliklar bayon qilingan maxsus 
dasturni Turkiston general-gubernatorligiga taqdim etganliklarini va boshqa bir 
qator ma'lumotlarni qayd etgan
115

Bundan tashqari, muallif Rossiya imperatori Nikolay I O‘rta Osiyo shu 
jumladan, Xiva xonligi hududidagi tabiiy boyliklarni ilmiy o‘rganishga katta 
e'tibor qaratgani va shu maqsadda 1854 yilda Sankt-Peterburg universitetida 
Sharq tillari bo‘limini fakultetga aylantirish haqida farmon chiqarganini qayd 
qiladi. Shu bilan birga, 1857 yil oktyabr oyida V.V. Grigorev (1818 – 1881) 
tashabbusi bilan Sharq fakulteti kengashi hukumatga ariza berib, Sharqiy Osiyo 
tarixi va musulmonlar Osiyosi tarixi kafedralari ochishni iltimos qilgani, bu 
112
Йўлдошев М.Й. XIX аср Хива давлат ҳужжатлари. – Т.: Фан, 1960. Т. 2. – 404 б
.
113
O‘sha asarda.,– 404 б.
114
Лунин Б.В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении. – Т.: Наука, 1965. – 408 с.; 
Ахунова М.А., Лунин Б.В. История исторической науки в Узбекистане. – Т.,1970. – 256 с.; Лунин Б.В. 
История Узбекистана в источниках. Узбекистан в сообщенияхпутешественников и учёных (20 – 80-е 
годы XIX в.). – Т.: Фан, 1990. – 196 с. 
115
Лунин Б.В. Средняя Азия в дореволюционном и советском востоковедении… – С. 76. 


43 
bilan sharq tillarini yaxshi biladigan mutaxassislar tayyorlash tezlashtirilganini 
alohida ta'kidlaydi
116

60 – 80-yillarning birinchi yarmiga kelib, tadqiqotlarning muammoviy 
doirasi kengayib, Xiva xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
hayotiga oid ko‘plab tadqiqotlar nashr qilingan
117
. Shu bilan birga, 
A.A.Gordiyenko O‘rta Osiyoning Rossiya tomonidan bosib olinishini ijobiy 
hodisa sifatida baholab, O‘rta Osiyo xalqlari ixtiyoriy ravishda Rossiyaga 
qo‘shilganligi haqidagi g‘oyani ilgari surgan. Ushbu tadqiqotda rus qo‘shinlari 
Xiva xonligini protektoratga aylantirgach, yetkazilgan zarar uchun tovon pulini 
to‘lashdan yovmut turkmanlari bosh tortganliklari,shuning uchun rus qo‘shini 
ularga qarshi shafqatsiz urush olib borgani,turkmanlar qarshilik ko‘rsata 
olmaydigan darajaga keltirilgani va bu holat o‘ta shafqatsizlik bilan amalga 
oshirilganligi kabi masalalarni ham ochiq ayta olgan
118

T.G. To‘xtametov esa, Xiva xonligining Rossiya tomonidan bosib 
olingandan keyingi siyosiy va iqtisodiy sohalarda olib borilgan munosabatlari 
xususida fikr yuritib, ularni ijobiy baholagan.Muallifning tadqiqotida xonlikning 
ichki hayoti, o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi aloqalar va ziddiyatlar 
yoritilgan bo‘lib, Xiva xonligining Rossiya vassalligi tarkibiga kirgandan keyin 
turkmanlardan soliq olishda o‘zgarish yuz bergani, rus qo‘shinlari tomonidan 
turkman urug‘larining qarshiliklari shafqatsiz bostirilgani masalalari ham 
e'tibordan chetda qolmaganligini qayd qilish lozim
119

I.V. Pogorelskiy Xiva xonligining iqtisodiy va siyosiy masalalariga 
Rossiyaning xonlikka ijobiy ta'sirini ko‘rsatish nuqtai nazaridan kelib chiqqan 
holda yondashgan. Shu bilan birga muallif asarida Rossiya bosqinidan keyin 
Xivadagi qozilik sudining ahvoli xususida ham keng qamrovli ma'lumotlar 
116
O‘sha asarda. – С. 89. 
117
Гордиенко А.А. Создание народно-советского государства и права и их революционно-
преобразующая роль в Хорезме и Бухаре. – Т.: САГУ, 1959. – 197 с 
118
O‘sha asarda. – C. 45. 
119
Тўхтаметов Т.Г. Россия и Хива в конце XIX – начале XX века. – М.: Наука, 1969. – С. 36-39, 92
.


44 
mavjud
120

Umuman, sovet tarixshunosligida Rossiyaning Xiva xonligini bosib 
olishini bunday tarzda tahlil qilinishi “ma'naviy qolip”dan kelib chiqqan 
xususiyatlarga xos bo‘lgan.80-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab, “qayta 
qurish” munosabati bilan ilmiy tadqiqotlarda “ko‘rsatma bilan ishlash” prinsipi 
o‘rniga tarixiylik prinsiplari tiklana boshlangan, qator respublika va xalqaro 
miqyosda ilmiy anjumanlar o‘tkazilib, ularda Rossiya imperiyasining O‘rta 
Osiyoni, xususan Xiva xonligini bosib olishi masalasi, davlatchilik tarixi, 
mustamlaka va sovet hokimiyati boshqaruv tizimlarining mohiyati va 
xususiyatlarini o‘rganish, ularning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash kabi masalalar 
muhokama qilingan
121

Sovet davri tarixshunosligini o‘rganish jarayonida asosiy e'tibor 
xonlikning ayrim masalalari, sug‘orish va dehqonchilik madaniyati,Xorazmning 
me'moriy obidalari, amaliy san'at tarixi
122
masalalariga ayniqsa katta e'tibor 
qaratilgani ma'lum bo‘ladi. 
Jumladan, Ya.G‘. G‘ulomovning monografiyasi Xorazmda sug‘orish 
tizimining eng qadimgi davrlaridan to 1950 yilgacha bo‘lgan davrini yoritishi 
bilan birga, xonlikning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida ham muhim 
ma'lumotlarni qamrab olgan
123
. Ya. G‘ulomov asarida XX asr boshida Xiva 
xonligidagi 9 ta yirik kanal (Polvon, G‘azovot, Shohobod,Yarmish, Qilich-
Niyozboy, Mang‘it, Suxat, Lauzan, Xonyop), 128 suvtaqsimlagichlar, o‘n 
mingdan ziyodroq yop va solmalar mavjudligi qayd etilgan. Uning yozishicha: 
“Xorazmda katta kanallar “arna”, kichigi “yop”deb atalib, ular “badak”larga 
bo‘lingan va ulardan dalalarga chiqarilgan ariqchalarni mahalliy aholi “salma” 
120
Погорельский И.В. История Хивинской революции и Хорезмской Народной Советской Республики. – 
Л.: ЛГУ, 1984. – С. 32.
121
Межрегиональное совещание по проблемам национально-освободительных движений в Средней 
Азии и Казахстане. – Т., 1987, 23 декабря; История и историография национально- освободительных 
движений второй половины XIX – начале XX вв. в Средней Азии и Казахстане. 
– Т.: Фан, 1989.
122
Гулямов Я.Г. Памятники города Хивы. – Т.: АН УзССР, 1941. – 44 с.; Булатова В.А., Ноткин И.И. 
Хиванинг архитектура ёдгорликлари. – Т.: Ўздавнашр, 1963. – 96 б.; Булатова В.А. Хива обидалари (йўл 
кўрсаткич). – Т.: Ўзбекистон, 1972. – 94 б.; Ноткин И.И. Хива миноралари. – Т.: Ўзбекистон, 1978. – 30 б.
123
Гулямов Я.Г. История орошения Хорезма с древнейщих времён до настоящих дней. – Т.: АН УзССР, 
1957. – 297 c
.


45 
deb ataganlar
124
. Muallif Xorazmda sug‘orish tizimini bu tarzda keng yoritish 
orqali xonlikning iqtisodiy ahvoli, xalqning turmush tarzi daryo xosiyatiga 
asoslanganini ko‘rsatib bera olgan. 
XIX – XX asr boshlarida Xiva xonligida yer egaligi munosabatlari 
hukmron bo‘lib, qishloq xo‘jalik ekinlari, chorvachilik iqtisodiyotning asosini 
tashkil qilar, ko‘p tarmoqli hunarmandchilik rivojlangan edi. Yer egaligi 
munosabatlari masalasi yuzasidan sovet tadqiqotchilari A.M. Aminov, M.Y. 
Yo‘ldoshev, O.S. Sodiqov, T.G. To‘xtametov, O. Qo‘shjonov,A. Shayxovalar 
tomonidan yozilgan asarlar manbalarni keng jalb etilganligi, masalaning har 
tomonlama o‘rganilganligi, avval e'lon qilingan ilmiy ishlarning yutuq va 
kamchiliklarini ochib berishi bilan ajralib turadi. Ularning shaxsiy xulosalari 
chuqur isbotlangan hamda ishonchli dalillar bilan mustahkamlangan. 
Tadqiqotchi A.M. Aminov keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiva xonligida 
yer egaligining uchta shakli mavjud bo‘lgan: 1. Davlat (xonlik); 2.Mulk (xususiy 
mulk yerlari); 3.Vaqf (diniy muassasalarga qarashli yerlar)yer egaligi
125
. M.Y. 
Yo‘ldoshev asarida ham Xorazm xonligida yerga egalik shakllari xususiy mulk 
yerlari, 
vaqf 
yerlari, 
davlat 
yerlaridan 
iborat 
bo‘lganligi 
qayd 
qilingan.Mulkdorlarga, amaldorlar, o‘rta va kambag‘al dehqonlarga ajratilgan 
yerlar mulk yer egaligi bo‘lib, ular atoi mulk va yorliqli mulk shaklida bo‘lgan. 
Ba'zi hujjatlarda “atoi mulk” – “mulki xolisi”, “yorliqli mulk” – “mulki ushri” 
deb ham yuritilgan
126

Xiva xonligida XIX asr oxiri va XX asr boshidagi yer egaligi 
munosabatlari tarixiga oid O. Qo‘shjonovning nomzodlik dissertatsiyasida 
muallif “atoi mulk”yerlar miqdori bo‘yicha 3 xil: “a'lo”, “avsat”, 
“adno”nomlariga ega bo‘lganini qayd qilgan
127
.O. Qo‘shjonov asarida xonlikda 
“suv puli”, “mirobona”, “chig‘ir puli”, “asiya puli” kabi soliqlar ham mavjud 
bo‘lganligi, Xiva dehqonlari alohida yig‘im – “suv puli” (10 tanob yer bir suv 
124
O‘sha asarda – С. 208.
125
Аминов А.М. Экономическое развитие Средней Азии (колониальный период). – Т., 1959.– С. 28.
126
Йўлдошев М.Й. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши… – Б. 98.
127
Кошчанов А. Из истории аграрных отношений в Хивинском ханстве в конце XIX века.: Автореф. дисс. 
… канд. истор. наук. – Т., 1966. – С. 12.


46 
puli hisoblanib, 20 so‘m olingan) to‘lashgani, bundan tashqari xonlikda 
“mirobona” (mirob foydasiga), “chig‘ir puli” – ichki hokimiyatga (suv 
g‘ildiraklari uchun),”nabaki puli” (ariqlarni qazish uchun), “asiya puli” – 
xazinaga (xonga qarashli yoplardan, solmalardan suv olgani uchun), “bakiya 
puli” (irrigatsiyadagi boshqa zaruriyatlar uchun) kabi bir qator soliq va yig‘imlar 
olib borilganini qayd qilgan. 
Xiva xonligidagi dehqonchilik, xususan yer egaligi masalasi yuzasidan 
A.O. Shayxova tadqiqotlarining qimmati va ahamiyati shundaki, mualliflarni 
qo‘lyozma manbalarni, xususan vaqf hujjatlari, qozi hujjatlari asosida yozgan. 
A. Shayxova o‘z tadqiqotida bu kabi yuridik hujjatlar Xiva xonligining ijtimoiy-
iqtisodiy hayotini o‘rganishda muhim manba ekanligini ta'kidlagan
128

Sovet davri tadqiqotlarida Xiva xonligida xon va saroy amaldorlari egalik 
qilgan yerlarda ishlovchi bevatanlar haqida ham ma'lumotlar mavjud. Jumladan, 
M.M. Matkarimov ma'lumotiga ko‘ra, bevatanlar –qonunda ijarachi dehqonlar 
bo‘lib, ularning faoliyatini avlodlari davom ettirgan. 1873 yilda qabul qilingan 
qonunga ko‘ra, qulchilik munosabatlariga chek qo‘yilishi bevatanlar sonining 
ko‘payishiga sabab bo‘lgan
129

Tadqiqotchi O.S. Sodiqov tadqiqotida chorvador xo‘jaliklardan olinadigan 
“ko‘mak”, “qo‘shar”, “molkesar”
130
kabi soliqlar haqida ma'lumotlar uchrasa, 
I.V. Pogorelskiy o‘z asarida: “Xivaliklar chorvachilik xo‘jaligini olib borganlar, 
har bir qo‘yga 5 tiyin, har bir tuyaga 10 tiyindan “Cho‘p puli” solig‘ini 
to‘laganlar. Xiva xazinasiga “Cho‘p puli” solig‘idan 152000 so‘m pul kelib 
tushgan”
131
, – deb uning ma'lumotlarini to‘ldirgan. 
XIX – XX asr boshlarida xonlikda hunarmandchilik sohasi ham 
rivojlangan bo‘lib, hunarmandlar teri va qo‘y ichagini ishlash, paxtani qo‘lda 
128
Шайхова А. О Хивинской казийской книге из фондов Института востоковедения АН УзССР //ОНУ. – 
Т., 1982. – № 6. – С. 53-57.
129
Маткаримов М.М. Аграрные преоброзования в Хорезме и их социально-экономические последствия.: 
Дисс. ... канд. истор. наук. – Т., 1976. – Л. 27-28.
130
Садыков А.С. Экономические последствия установления протектората царской России над Хивинским 
ханством.: Автореф. дисс. ... канд. истор. наук. – М., 1954, – С. 6.
131
Погорельский И.В. Очерки экономической и политической истории Хивинского ханства в конце XIX 
и начале XX вв (1873 – 1917 гг). – Л., 1968. – С. 48.


47 
tozalash, ipakdan ip tayyorlash, jundan gilam, palas, kigiz, qamishdan chipta 
to‘qish
132
, dehqon xo‘jaliklari chopon, po‘stin va telpaklar tayyorlash bilan 
shug‘ullanganlar. O.S. Sodiqov tadqiqotida ularning mahallalari haqida keng 
ma'lumotlar berilgan
133

XIX asrning 80 – 90-yillariga kelib, o‘lkani iqtisodiy jihatdan zabt etish 
sur'ati kengayib, paxtachilik iqtisodiyotning eng muhim sohasiga aylantirilgan, 
hamda bu yerda xom-ashyoga birinchi ishlov berish korxonalari ishga 
tushirilgan.Ushbu masala yuzasidan tadqiqotchi T.G. To‘xtametov 1889yilda 
Yangi Urganch, Toshhovuzda va Xivada paxta tozalash zavodlarining qurilishi 
Xiva xonligida fabrika-zavod sanoatining paydo bo‘lishiga olib kelgani, 1914 
yilda Xiva xonligida 63 paxta tozalash zavodlari mavjud bo‘lganligini qayd 
qilgan
134
. O.S. Sodiqov esa Xiva sanoat korxonalarining ahvoli xususida fikr 
yuritib, ularda ish vaqti 13-15 soatga, ayrim vaqtlarda 16-18 soatga cho‘zilishi, 
mehnat muxofazasi, ishchilar hayotini muxofaza qilish, sanitariya-xizmati 
deyarli bo‘lmaganini ta'kidlagan. 
Xonlikning harbiy ahvoli xususida tadqiqotchi M.Y. Yo‘ldoshevning 
asarida ma'lumotlar keng yoritilgan. Unga ko‘ra, Xivada o‘ldirilgan har bir 
dushman uchun pul mukofoti berish odat bo‘lib, dalil sifatida o‘ldirilgan 
kishining boshi, kesilgan qulog‘i yoki shilib olingan terisini keltirib ko‘rsatilishi 
shart bo‘lgan. Bundan tashqari, Xivada harbiy yurishlar vaqtida askarlarga 
davlat tomonidan tibbiy yordam ko‘rsatilmagani,yaralangan jangchilar o‘z 
hisoblaridan davolanishga majbur bo‘lgani, urushda o‘lgan jangchining beva 
qolgan xotiniga pul yordami yoki bir qul berilgani,Eron, Buxoro singari chet 
davlatlarga qilingan harbiy yurishlar vaqtida xon navkarlarga maosh to‘lamay, 
balki har bir navkar yurish vaqtida o‘zini-o‘zini ta'minlashi va yurishda qo‘lga 
tushirgan o‘ljasining 1/5 qismini “g‘on” sifatida xonga berishi lozim bo‘lgani 
132
Ayniqsa, turkmanlar, qoraqalpoqlar va qozoqlar yashaydigan hududlarda Ilonli, Porsu,G‘ozovot, Mang‘it va 
boshqa shaharlarda bu hunarmandchilik turi yaxshi rivojlangan
.
133
Садыков А.С. Россия и Хива в конце XIX – начале XX века. … – С. 75-76.
134
Тухтаметов Т.Г. Россия и Хива в конце XIX – начале XX в. Победа Хорезмской революции. –М., 1969. 
– С. 108-109.


48 
bayon qilingan
135
. Protektorat joriy qilingach,xonliklararo to‘qnashuvlar barham 
topib, savdo rivojlana boshlagan, rus qo‘shinlarining joylashtirilishi tufayli xon 
hokimiyatining markazlashuvi yuz berib, o‘lkaning Angliya tomonidan bosib 
olinishi havfi tugatilgan. Qishloq xo‘jaligida bu yerlarda ilgari ma'lum 
bo‘lmagan ekinlar– kartoshka, qandlavlagi, pomidor yetishtirila boshlangani
sekin va noizchil bo‘lsa-da, chorva nasldorligi yaxshilana borganligi 
ta'kidlanadi. 
Rus-Xiva aloqalarini tadqiq etgan T.G. To‘xtametov va O. Sodiqovlarning 
tadqiqotlarida mualliflar Rossiyaning xo‘jalik yuritishda Xiva bilan yaqin 
munosabatda bo‘lishi, shubhasiz har ikki tomon uchun ham manfaatli 
bo‘lganligini ta'kidlaganlar
136

Sovet tarixshunosligida Xorazm vohasidagi jadidchilik harakati va yosh 
xivaliklar 
faoliyati, 
Xorazmga 
qizil 
armiyaning bosqini, 
Junaydxon 
boshchiligidagi harakat masalalari turli xil talqin qilingan. Xususan,sovet 
tarixshunosligida yosh xivaliklar harakati aniq maqsadli ilg‘or ijtimoiy-siyosiy 
harakat sifatida emas, balki “tor doiradagi ma'lum sinflar va guruhlar manfaati 
uchun xizmat qiluvchi burjua millatchilari”sifatida baholangan. 
Mualliflar jamoasi tomonidan yaratilgan monografiyada yosh xivaliklar 
burjua millatchiligi g‘oyalari bilan zaharlangan kishilar sifatida baholanib, 
mehnatkashlarni ijtimoiy jihatdan to‘liq ozod etishga emas, doimo feodallar 
bilan kelishishga tayyor turishda ayblanib,ularning mulkdorlar bilan aloqasi 
sinfiylik nuqtai nazaridan baholangan va qoralangan. Zero, Xorazm 
jadidchiligining o‘ziga xos tomonlaridan biri, ularda matbuot va gazetachilik 
keng yo‘lga qo‘yilmagani va bu g‘oyalarni keng xalq orasida targ‘ib qilish 
imkoni bo‘lmagan. Shuning uchun mazkur harakat asosan yuqori va o‘rta tabaqa 
vakillari orasida kengroq yoyilgan. 
X. Hamdamov ham shunday yondashuv asosida yosh xivaliklarni 
135
Йўлдошев М.Й. XIX аср Хива давлат ҳужжатлари. – Т.: Фан, 1960. Т. 2. – Б. 12.
136
Тухтаметов Т.Г. Взаимоотношения царской России с Хивинским ханством с 1873 по 1910 г.:Дисс. ... 
канд. истор. наук. – Т., 1949; Садыков А.С. Экономические связи Хивы с Россией. – Т.: Наука, 1965. – С. 
39.


49 
“endigina paydo bo‘layotgan burjuaziya manfaatlarini himoya qilishni maqsad 
qilib olgan millatchilar edi”, deb ta'riflagan. Bu millatchilarning og‘machiligi 
Xivada revolyusiyaning tashkiliy tayyorgarligiga katta halal berdi deb hisoblab, 
fikrini 
quyidagicha 
asoslashga 
harakat 
qilgan: 
“Masalan, 
Petro-
Aleksandrovskdagi yosh xivaliklar kommiteti Xiva fuqarosi bo‘lmagan hamma 
kishilarni partiyadan chiqarishni taklif qiladi. U yerdagi kata ishlar olib 
borayotgan tatarlar va ruslarni bu talabga muvofiq partiyadan chiqarish lozim 
edi. Bu harakat millatchilikdan bo‘lak narsa emas edi”
137

Bunday ta'riflar, tarixiy voqelikka sinfiy nuqtai nazardan yondoshuvning 
oqibati bo‘lib, milliy g‘oyalar uchun kurash mustabidlik tuzumiga taxdid 
tug‘diruvchi asosiy omil sifatida qaralganidan dalolat beradi.Sovet davri 
adabiyotlarida Xiva xonligining ag‘darilishi masalasi soxtalashtirilgan. Bu 
voqealar “xalq inqilobi” yoki “qo‘zg‘olon ko‘targan Xiva xalqiga yordam 
ko‘rsatish” deb baholangan. Sovet qo‘shinlarining Xiva xonligiga hujumi 
paytida mahalliy aholiga nisbatan qilgan zo‘ravonliklari va Xiva xonligining 
ichki ishlariga aralashishi atayin ko‘rsatilmagan. 
Umuman olganda, yosh xivaliklar partiyasi tadrijiy taraqqiyotini 
quyidagicha qayd qilish mumkin: 1904 – 1905 yillarda hamfikr, 1910 yil 
boshlarida manfaatlar guruhi sifatida shakllangan amaldorlar,ma'rifatli boylar, 
milliy burjuaziya va ziyolilar 1917 yil Xiva xoniga muxolifat, 1918 yilda esa, 
rasmiy siyosiy kuch sifatida namoyon bo‘lgan. 
Bular dunyoqarashining tadrijiy rivojlanishida xonlikdagi mavjud 
tuzum,Rossiya va Turkistondagi siyosiy o‘zgarishlar katta ta'sir qilgan hamda 
rus inqilobchilari, sovetlar va Turkistondagi mahalliy inqilobchilar ta'siri ham 
katta rol o‘ynagan. 
Xiva xonligidagi 1916 yilgi qo‘zg‘olon, Junayd (Qurbon Muhammad 
Sardor) boshliq turkman qabilalarining xonlikka qarshi bosh ko‘tarishi masalasi 
yuzasidan sovet davri mualliflarining turli xildagi qarashlari va yondashuvlari 
137
Ҳамдамов Х. Хива хонлигининг ағдарилиши ва Хоразм Совет халқ республикасининг тузилиши. – Т.: 
Ўздавнашр, 1960. – B.180 .


50 
mavjud. Jumladan, P.F. Alekseenkov bu qo‘zg‘olonni o‘zbeklar va 
turkmanlarning milliy ozodlik harakati sifatida ta'riflab,“ular o‘z kuchlarini 
umumiy dushman bo‘lgan Rusiya jaxangirligi bilan kurash uchun birlashtirgan 
edilar”, deb qayd qilgan
138
. Bu davr tadqiqotlarida mafkuraviy tazyiqlar nisbatan 
kam bo‘lganligi, tadqiqotchi tomonidan bu harakatga milliy ozodlik harakati, 
deb baho berilganida ko‘rinadi. Lekin, muallif fuqarolarning harakati xon 
zulmiga ham qarshi qaratilganligini tilga olmagan, bu esa masalaga tarixiy 
dalillar asosida aniqlik kiritishni taqozo etadi.Tadqiqotchilar G‘. Nepesov va A. 
Sodiqovlar bu qo‘zg‘olonni ikki bosqichga: birinchi bosqich Junaydxon 
boshchilik qilgan ilg‘or va ijobiy hodisa, ikkinchi bosqichni esa “reaksion” deb 
ta'riflaganlar
139
. Chunki 1950-1960 yillarda birorta xalq harakatida mulkdor yoki 
dindor ishtiroki sezilsa, unga “reaksion” nomi berilgan. Zero, bu qo‘zg‘olon 
tashkilotchilari hokim, amaldor, dindor va turkman yo‘lboshchilari bo‘lgan. 
Bunday vaziyatda,qo‘zg‘olonga boshqacha baho berish ham mumkin emas 
edi.Tadqiqotchi T.G. To‘xtametov ularning fikrini tanqid qilib, 1916-yilgi 
voqealarni “butunlay ikki feodal guruh o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash 
edi”
140
, – deb ta'riflagan.Tadqiqotchi I.V. Pogorelskiy esa, G‘. Nepesov va A. 
Sodiqovlarning fikriga qo‘shilgan xolda, 1916 yilgi Xiva xonligida bo‘lgan 
voqealarni,ya'ni Junaydxonning faoliyatini ikki davrga ajratgan. Uning Xiva 
xonligiga shaharga kirgunigacha bo‘lgan davrini xalqparvar, xonlikka qarshi 
bosh ko‘targanlarga raxnamo rahbar sifatida, Xiva shahrini bosib olgandan 
keyingi faoliyatini reaksion-talonchilik harakati
141
, – deb ta'kidlagan.Biroq, 
tadqiqotchilar tomonidan Junaydxon boshchiligidagi birinchi bosqichga berilgan 
munosabat haqiqatdan uzoq, nazarimizda.Shundan ko‘rinadiki, Xiva xonligida 
mustaqillik, ozodlik uchun kurash nihoyatda murakkab sharoitda kechgan. U 
yerda bolsheviklar hokimiyati o‘rnatilgandan keyin tom ma'nodagi milliy 
ozodlik kurashi yuzaga kelib,unda xalq ommasi va jadidlar faol 
138
Алексеенков П. 1916 йилда бўлган Хива қўзғолони. – Т.: Ўздавнашр, 1931. – 65 б
.
139
Непесов Г. Из истории Хорезмской революции. – Т.: Госиздат, 1962. – С. 63; Садыков А.С. Россия и 
Хива в конце XIX – начале XX века. … – С. 174-175.
140
Тухтаметов Т.Г. Россия и Хива в конце XIX – начале XX века. … – С. 92
141
Погорельский И.В. История Хивинской революции и ХНСР. – Л., 1984. – С. 50.


51 
qatnashganlar.Sobiq sovet tarixshunosligida Xiva xonligining siyosiy, ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarining o‘rganilishi bo‘yicha xulosa qiladigan bo‘lsak, bu
davrda qo‘lyozma manbalarni o‘rganish sohasidagi tadqiqotlar ozchilikni tashkil 
qilsada, arxiv hujjatlarini o‘rganish,arxeologik va etnografik tadqiqotlar va 
izlanishlar olib borish sohasida keng faoliyat olib borilgan. 
Sovet davri adabiyotlarida tarixiy voqealarga partiyaviylik,sinfiylik nuqtai 
nazaridan kommunistik mafkura asosida yondashilgan bo‘lsada, Xiva 
xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, yer egaligi,dehqonchiligi va irrigatsiyasi, 
me'moriy yodgorliklari va amaliy san'ati masalalari keng yoritilgan. Biroq, 
xonlikdagi madaniyat, savdo, shaharsozlik masalalari yetarli tadqiq etilmagan. 
Xonlikning davlatchilik tarixi siyosiy sabablarga ko‘ra, o‘rganilmaganligi 
kuzatiladi.60 – 80-yillar oralig‘ida tadqiqotlarning muammoviy doirasi 
kengayib, Xiva xonligining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotining ko‘pgina 
masalalarini o‘rganish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, 80-yillarning ikkinchi yarmidan 
boshlab “qayta qurish” munosabati bilan ilmiy tadqiqotlarda “ko‘rsatma bilan 
ishlash prinsipi” o‘rniga tarixiylik prinsipi tiklana boshlagan. Natijada, Rossiya 
imperiyasining O‘rta Osiyo xonliklarini bosib olish masalasi, davlatchilik tarixi, 
mustamlaka va sovet hokimiyati boshqaruv tizimining mohiyati va xususiyatini 
o‘rganish va o‘ziga xos jihatlarini aniqlash kabi masalalarga e'tibor kuchaygan; 
Sovet tarixshunosligida yosh xivaliklar harakati qoralangan.Ular aniq 
maqsadli ilg‘or ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida emas, balki «tor doiradagi 
ma'lum sinflar va guruhlar manfaati uchun xizmat qiluvchi burjua millatchilari» 
sifatida baholangan. 
1916 yildagi Xiva qo‘zg‘oloni xususida sovet davrida turlicha fikrlar 
mavjud bo‘lib, 1930 yilda yozilgan P. Alekseenkov asarida ushbu harakat 
“Rossiya imperializmiga qarshi milliy ozodlik harakati” sifatida baholangan 
bo‘lsa, 1950–1960-yillarda G‘. Nepesov, O. Sodiqov asarlarida bu 
qo‘zg‘olonning dastlabki davri ijobiy, keyingi davri “reaksion”ahamiyatga ega 
edi deb baholangan. Shu tarzda bir qo‘zg‘olonga sovet davrining o‘zida bir-
biriga zid ikki xil baho berilgan.T.G.To‘xtametov esa ularning fikrini tanqid 


52 
qilib, 1916 yilgi voqealarni “butunlay ikki feodal guruh o‘rtasidagi hokimiyat 
uchun kurash edi” deb ta'riflagan. 
2.2. Mustaqillik davrida Xiva xonligi tarixiga bag`ishlangan asarlar 
tahlili

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin