Xiva xonligi tarixi tarixshunosligi



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix27.09.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#149564
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
xiva xonligi tarixi tarixshunosligi

 
 
Mustaqillik yillarida o‘rganilishi Mustaqillik davri tadqiqotchilari 
tomonidan Xiva xonligidagi ichki va tashqi savdo aloqalari, bozorlar, savdo 
rastalari va soliq tizimi haqida ma`lumotlar qayd qilingan.Tadqiqotchi H. 
Ziyoev ichki savdo haqida yozish jarayonida XIX asrning 70-yillarida Xiva 
shahar va qishloqlarida haftada ikki marta bozor bo‘lishi, bundan tashqari Xiva 
shahrining o‘zida 400 savdo do‘koni, karvonsaroyda 105 savdo rastasi mavjud 
bo‘lganini ta'kidlagan
142

A.Abdurasulov ham Xiva bozorlari haqida fikr yuritib, boshqa 
mualliflardan farqli ravishda xonlikdagi qul bozori haqida yangi ma'lumotlarini 
keltirgan
143

H. Ziyoev Xivaning tashqi savdosiga ta'rif beraturib, Xivadan Rossiyaga,
Eronga tuya karvonlari qatnagani, Buxoroga esa mollar tuyalardan tashqari, suv 
yo‘li orqali kemalarda ham jo‘natilganini qayd qilgan
144
.
M. Mahmudov XIX asrning 80-yillariga kelib Xiva xonligi bilan 
Turkiston general-gubernatorligi shaharlari orasida savdo-sotiq va boshqa 
tarzdagi aloqalar yo‘lga qo‘yilganini va bunda Amudaryo kemachilik 
idorasining ro‘li katta bo‘lganini yozadi. Muallif ”Kavkaz-Merkuriy” va “Xiva” 
nomli birlashmalar ko‘magida 1887 yildan "Sar” va “Saritsa” nomli paroxodlar 
Petro-Aleksandrovsk va Chorjo‘y shaharlari orasida odamlar va yuklarni 
tashishni tashkil qilgani, bu esa savdoning rivojida ahamiyatli ekanini bayon 
142
Бобожонов Д., Абдурасулов М. Фирдавсмонанд шаҳар. – Хива, 2008.-Б.6. 
143
Зиёев Ҳ. Тарихнинг очилмаган саҳифалари… - Б.91.
144
Абдурасулов А. Хива (тарихий-этнографик очерклар).- Б. 31-34. 


53 
etishi bilan Xivadagi nafaqat tashqi savdo, balki kemachilik sohasida ham keng 
ma'lumotlarni qayd qilgan. 
I. Jabborov: “Xiva xonligida XIX asr oxirida Amudaryoda mahalliy 
ustalar yasagan 330 katta va o‘rtacha, yuzlab mayda kemalar suzib yurgan. 
Katta kemalar 500 puddan 2000 pudgacha, o‘rtachalari 100 dan 500 pudgacha 
va kichiklari yuz pudgacha yuk ko‘targan. Bu kemalar o‘ziga xos bezaklar bilan 
bezagan”
145
, - degan ma'lumotni qayd qilgan. Xuddi shunday ma'lumotni 
F.Ernazarovning tadqiqotida
146
va birinchi o‘zbek kinooperatori Xudoybergan 
Devonov tomonidan yaratilgan kinolavhada ham kuzatish mumkin. 
Bundan ko‘rinadiki, Xiva xonligida kemachilik keng rivojlangan bo‘lib, 
Xivaning kema yasaydigan ustalari mustahkam kema va qayiq yasashda 
o‘zlarining mahoratini namoyish etganlar. Tadqiqotchilar Mahmudov va 
I.Jabborov
147
larning asarlaridan Xorazmdagi kemasozlik soxasi, dastlabki 
kemachilik idoralarining faoliyati, xonlikning suv yo‘li orqali qilgan savdo 
aloqalari xususida keng ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin. 
Ma’lumki, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligida muomalada 
ishlatiladigan pullar 3 xil atalgan: “Tilla”, “tanga” va “pul”. Tadqiqot jarayonida 
Xiva xonligida zarb qilingan tanga va pullarda odam rasmi tushirilmagani, arab 
imlosida sanasi va qaysi xon tomonidan zarb qilingani ko‘zga tashlanadi. 
So‘nggi Xiva xoni - Sayid Abdullaxon davrida pullar atlas matoga bosib 
chiqarilib, manot deb yuritila boshlangan, uni xivaliklar “turma qog‘oz” (“turma 
qog‘oz”ning chiqishi Junaydxon faoliyati bilan ham yuritganlar
148

Shuni aytish joizki, XX asr boshida Xiva xonligi iqtisodi ahvolda 
bo‘lganligidan pullar yaxshi daftar qog‘ozlariga chiqarilavergan. Fikrimizcha, 
Xiva xonligidagi iqtisodiy qiyinchiliklarning muhim sabablari - Rossiya 
istilosidan 
keyin 
Xiva 
xonligi 
birliklarining 
qadrsizlanganligi, 
pul 
muomalasining majburan o‘zgartirilganligi, oltin va kumush pullarning 
145
Зиёев Ҳ. Тарихнинг очилмаган саҳифалари… - Б.100. 
146
Маҳмудов М. Хоразм тарихидан лавҳалар.- Урганч, 1998.-Б. 29.
147
Жабборов И. Антик маданият ва маънавият хазинаси (тарихий этнографик лавҳалар)... – Б. 193.
148
O‘sha asarda., B. 194. 


54 
markazga yig‘ilishi, asossiz pul islohotlari o‘tkazilgani bo‘lgan. Shu bilan birga, 
Xiva xoniga pul zarb qilishning taqiqlanishi va mamlakat hududida turli pul 
birliklarining muomalada bo‘lganligi ham xonlikning iqtisodiy ahvoliga salbiy 
ta'sir ko‘rsatganini ta'kidlagan
149

Xiva xonligida Rossiyadagi kabi mol-mulkka qarab ayirmachilik 
bo‘lmagan. Har qanday xivalik bir vaqtning o‘zida savdogar, navkar, dehkon, 
hunarmand bo‘lishi, yerga yoki boshqa mulkka ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan. 
Lekin hamma majburiyatlarni o‘z vaqtida ado etishi lozim edi. Xonlikdagi soliq 
va majburiyatlar masalasi ham mustaqillik davri tadqiqotlarida o‘z aksini 
topgan. 
Jumladan, H.Ziyoev ma'lumotiga ko‘ra, qoraqalpoqlar o‘zbeklar kabi bir 
xil soliq to‘lashgan. Biroq, ular xon talabi bilan urushga chiqishga majbur 
bo‘lganlar. Turkmanlar esa o‘n xonadondan bitta navkar berishlari lozim bo‘lib, 
buning evaziga xon oila boshiga 10 tanobdan yer bergan
150
. Arxiv hujjatlaridagi 
ma'lumotlarda bu o‘z tasdig‘ini topgan. 
Unga ko‘ra, general-mayor Susanin: “Turkmanlar suv solig‘i to‘lamas 
edilar, ammo ular harbiy xizmatga chairilar edi…”- deb qayd qilganligi ma'lum 
bo‘ldi. “Xiva qozilik hujjatlari” va “Manbashunoslik” kitobida yozilishicha, 
Xiva xonligida faqat sayidzodalargina hech qanday soliq to‘lamaganlar, kanal va 
ariq tozalashga ham chiqmaganlar. “Xiva qozilik hujjatlari” dagi 86-raqamli 
hujjat Xiva xoni Sayid Muhammad soniyning yorlig‘i bo‘lib, unda 13 xojaning 
(Muhammad Eshon avlodlari) davlat soliqlari, solg‘ut, olg‘ut, hashar, qazuv 
ishlaridan ozod etilganli,Xiva xonligining harbiy salohiyati qo‘shinning ahvoli, 
qurol-aslahalarning turlari xususida ayniqsa H. Ziyoevning ma'lumotlari 
ishonchli va to‘liq yoritilgan. Chunki muallif o‘zining diqqat markazini arxiv 
materiallari ma'lumotlariga qaratgan. H.Ziyoev Xivada navkarlikka olinuvchilar 
ko‘pincha soliq to‘lashga qurbi yetmaydigan yetmaydigan kambag‘allar bo‘lib,
ularga 
maosh 
to‘lanmagani, 
o‘z otlarini minib harbiy yurishlarda 
149
O‘sha asarda., B. 195. 
150
Зиёев Ҳ. Тарихнинг очилмаган саҳифалари… - Б.101. 


55 
qatnashganliklarini ta’kidlaydi. Muallifning yozishicha, jangda qo‘shindagi 
otlarga yem-xashak, o‘zlariga esa oziq-ovqat berilmagan. Mehtar buyrug‘i bilan 
ularning otlariga tamg‘a bosilgan va bu otlar lashkarga tegishli bo‘lgan. 
Yurishlarda yo‘lda o‘lgan ot uchun egasiga atigi 5 tiyin to‘langani bois, ko‘plar 
yurishga nochor ot bilan chiqishgan... Tinchlik vaqtida esa navkarlar o‘zlarining 
xo‘jalik yumushlari bilan shug‘ullanishgan, yurish boshlanishidan oldin 
bozorlarda jar solib, ularni chaqirishganini qayd qilgan
151

Arxiv hujjatlarida bu haqda quyidagicha ma'lumot mavjud:”Harbiy 
xizmatga tortilgan turkmanlar janglarda qatnashish uchun o‘zlarining otlari va 
qurollari bilan borishlari kerak edi... hattoki ularning o‘zlariga oziq-ovqat, 
otlariga yem-xashak ham berilmagan...”
152
.Demak, H.Ziyoev ma'lumotlarining 
arxiv 
hujjatlari 
asosida 
yozilgani 
haqida 
fikrimizni 
asosli 
desak, 
yanglishmaymiz. 
Xiva xonligidagi qo‘shinning yomon ahvolga kelib qolganining 
sababini aniqlash xonlikdagi davlat boshqaruv tizimini o‘rganish zaruriyatini 
keltirib chiqardi. Chunki davlat hokimiyatining mustahkam bo‘lishida 
boshqaruv tizimi qanday tashkil etilgani muhimdir. 
Xiva xonligida davlat boshqaruv tizimi, mavjud amal va unvonlar va 
ularning egalari haqida mustaqillik davri tadqiqotchilaridan M. Matniyozov, A. 
Sotliqov, Q.Munirov, Davlatyor Raxim, Shihnazar Matrasul, Sh. Vohidov, N. 
Polvonov, S. Soburovalarning tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. 
Ma’lumki, Xiva xonligida Muhammad Rahimxon I davlat hokimiyatining 
boshqaruv 
apparatini 
tartibga 
keltirgan 
va 
ixchamlashtirgan.
Abulg‘oziy Bahodirxon davrida ta’sis etilgan 360 davlat lavozimini qisqartirib, 
100 lavozim ta'sis etgan. Tadqiqotchi S. Soburova o‘zining nomzodlik 
dissertatsiyasida xonliklagi amal va unvonlarning to‘liq nomlarini, ularning 
151
O‘sha asarda., b.101. 
152
Зиёев Ҳ. Тарихнинг очилмаган саҳифалари… - Б.101.


56 
ma'nosi, amaldorlarning shaxsi va ularga to‘lanadigan maosh xususida fikr 
yuritgan
153
.
Tadqiqotchilar M. Matniyozov va A. Sotliqovlar ham bu davrga kelib 
davlat xodimlariga to‘lanaligan ish haqi uchun fuqarolardan o‘zboshimchalik 
bilan pul undirib olish qat`iyan ta'qiqlangan, amaldorlarning barchasiga mansab 
darajasiga qarab ish haqi uchun xon tomonidan oylik maosh belgilangani, quyi 
lavozimdagilarga xazinadan yiliga 3 tilla, saroydagi yuqori lavozimdagi 
amaldorlarga esa 350-500 tillagacha maosh to‘langanini ta'kidlaydilar
154

Shuni aytish lozimki, mualliflar tadqiqotlarini yozishda mahalliy va rus 
manbalari ma'lumotlari va arxiv hujjatlaridan fondalanganini ta'kidlaganlar. 
Davlat lavozimlari haqida fikr yuritganda shuni ta'kidlash lozimki,”Sayid 
Islomxo‘ja” risolasida davlat amaldorlarining avlodlari ham shu kasb-kor egalari 
bo‘lganligi ta'kidlanadi. Jumladan, Xiva xoni Asfandiyorxonning bosh vaziri 
Sayid Islomxo‘janing otasi Ibrohim xo‘ja, keyin amakisi Sayid Abdullaxo‘jalar
Muhammad Rahimxon II davrida vaziri a'zam lavozimida bo‘lganlar
155

Tadqiqotchi Q.Munirov Munisning mirobligidan keyin uning jiyani 
Ogahiy, undan keyin esa Ogahiyning amakizodasi Muhammad Karimbek mirob 
vazifasiga tayinlanganini yozadi
156
. Bunday ma'lumotlar, Davlatyor Rahim va 
Shixnazar Matrasulning asarida ham qayd qilingan
157
. “Firdavs ul-iqbol» 
asarida Munisning 7-8 ta ajdodi mirob va boshqa lavozimda ishlaganligi qayd 
qilingan. 
Umuman olganda, N. Polvonovning “Xiva xonligida mansabga qo‘yish 
tartibi” maqolasidagi fikriga qo‘shilgan holda shuni aytish mumkinki,Xiva 
xonlari tomonidan davlat lavozimlariga bilimli, ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan 
153
Собурова С ХIХ аср ва ХХ аср бошларида Хива хонлигининг давлат тизими.: Тарих фан. Номз.... дисс. 
- Т.: 2002. - 207 б.
154
Сотлиқов А. Хива хонлигининг маъмурий тузилиш ва бошкарилиши тартиби Хива-2500. Хива жахон 
маданияти дурдонасн. - Урганч. 1997. - Б. 66; Матниёзов М., Сотлиқов А. Жаҳон 
тарихи ва маданиятида Хоразм. - Урганч: Хоразм. 1999, - С.164.
155
Садуллаев А.. Сотликов А., Абдуллаев О. Сайид Исломхўжа (сиёсий. маданий-маърнфий 
фаолияти). - Тошкент, 2005. - Б. 10. 
156
МунировК- Хоразмда тарихнавислик (ХVIII - ХIХ ва ХХ аср бошлари). – Т.: Гафур 
Гулом, 2002. - Б. 40. 
157
Рахим Давлатёр. Шихназар Матрасул. Феруз - шох ва шоир кисмати. – Т.: Гафур Гулом.1991. -Б. 53-
54. 


57 
shaxslar tayinlangan bo‘lib, bu kishilar xonlarga mamlakatda tinchlikni
osoyishtalikni saqlashda xizmat qilishgan
158
.
- milliy davlatchilik qaror topayotgan tarixiy davrda mamlakatimizda 
tarixshunoslik va manbashunoslik sohalarida rivojlanish kuzatilmoqda. Natijada 
ko‘plab manbalar o‘rganilib, ilmiy jihatdan tadqiq qilinmoqda; 
mustaqillik 
davri 
tadqiqotchilari 
tomonidan 
xonlida 
kechgan 
siyosiy jarayonlar va islohotlar, madaniyat, hunarmandchilik, ichki va tashqi 
savdo, xonlikning xorijiy davlatlar bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, 
shaharsozlik va davlatchilik tarixiga oid keng doiradagi ma’lumotlar ilmiy 
muomalaga kiritildi. Ushbu masalalar yuzasidan risola va maqolalar nashr 
etildi, nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.Biroq, Xiva xonligi 
tarixshunosligiga doir tadqiqot qilinmaganini aytish joiz. 
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mustaqillik davri tadqiqotchilari 
tomonidan Xiva xonligi tarixining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid keng 
ma'lumotlar taqdim qilingan bo‘lib, ularni o‘rganish va tahlil qilish 
tarixshunoslar oldiga katta vazifa qo‘yadi. 
158
Полвонов Н.Т. Хива хонлигида давлат мансабларига тайинлаш тартиби // Жамияг ва бошкарув - Т., 
2009. - № 4. - Б. 48-49. 


58 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin