II BOB.Xiva xonligi memorchilik inshootlari 2.1 Xiva xonligi memorchilik inshootlari haqida ma’lumot XVIII asr oxiriga kelib Xiva xonligida shaharlar hayotida umumiy manzarasi uzoq davorug‘i etgan tushkunlik holati barham topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmi-XIX asr boshlarida katta ko‘lamdagi sug‘orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilarining bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishiga asos bo‘ldi. Bu hodisa, o‘z navbatida, shaharlarda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning o‘sishiga sabab bo‘ldi.
Biroq bu o‘sishni yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyoti bilan aslo tenglashtirib bo‘lmas edi. Bu davr G‘arbiy yevropa davlatlari hayotida tub sifat o‘zgarishlar davom etayotgan davr edi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat to‘ntarishi yevropaning boshqa ilg‘or davlatlariga ham yoyilgan, XIX asr o‘rtalariga kelganda esa u nihoyasiga yetayotgan edi. Binobarin, yevropa davlatlarida kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi.
O‘rta Osiyo xonliklarida, jumladan, Xiva xonligi jamiyati hayotida hamon o‘rta asr yer egaligi munosabatlari hukmron edi. XVIII asr oxirida Muhammad Amin hukmronligi davridan boshlab birmuncha siyosiy barqarorlik o‘rnatildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 1782-yilga kelib Xiva shahrida qayta tiklash ishlari tugallandi. Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me'moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765-yilda Sherg‘ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi7.
XIX asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish maydoniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor va ular oralig‘ida 1834-yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tugallandi. 1842-yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida Xiva atrofida 6 km uzunlikdagi mustahkam shahar-qal'a devori va uning darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi. O‘sha paytdan boshlab shahar hududining bu qismi Dishan qal'a-Tashqi shahar (qal'a) deb nomlana boshlangan. Xivaning kichik halqali qal'a-devori bilan o‘ralgan qismi Ichan qal'a-Ichki shahar (qal'a) deb atalgan.
Xivada XIX asr birinchi yarmiga kelganda jami 2 xon saroyi, 17 masjid. 22 madrasa mavjud bo‘lgan. Ichan qal'a bobolarimizdan qolgan O‘rta Osiyodagi yirik va noyob me'moriy yodgorlikdir. U ming gumbaz shahri nomi bilan mashhur. Ichan qal'a Xiva shahrining ichki qal'a (Shahriston) qismidir. Ichan qal'a Dishan qal'adan devor bilan Ichan qal'a ajralib turadi. Unga Bog‘cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to‘rtta darvoza orqali kirilgan.
Xorazm o‘lkasi me'morchiligining ajoyib obidalari-madrasa, masjid, saroy va minoralar Ichan qal'ada joylashgan. Mazkur asrlar davomida Ota darvozadan Polvon darvozagacha katta yo‘l o‘tkazildi. Xiva. Ichan qal'a. XVIII asr oxirida Juma masjid qayta qurildi va uning yonida baland minora ham qad ko‘tardi. 1840-1842-yillarda ikki qavatli Qutlug‘ Murod Inoq madrasasiga qaratib tim va toqilar qurildi. Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Aminxon hukmronliklari davrida Ichan qal'ada keng ko‘lamli yaratuvchilik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa, maqbaralar barpo etildi. Ko‘hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi. Yangi va katta Toshhovli saroyi qurildi. Polvon darvozaga yaqin qo‘rg‘on devorining bir qismi buzilib, o‘rniga Olloqulixon karvonsaroyi, madrasasi va timi qurildi.
Shuningdek, ajoyib me'morchilik namunasi Pahlavon Mahmud maqbarasi bunyod etildi. Bundan tashqari, Arab Muhammadxon va Musa To‘ra madrasalari ham shu davrda qad ko‘tardi. Muhammad Aminxon esa Ichan qal'aning g‘arbiy qismidagi Ko‘hna ark yoniga Katta minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi. Ichan qal'ani bunyod etishda Xiva me'morlari O‘rta Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an'ana-inshootlarni ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul „qo‘sh" deb ataladi.
Ichan qal'ani bunyod etishda, bundan tashqari, binolarni alohida ansambl holida qurish an'analariga ham amal qilingan. Masalan, Polvon darvozasi oldidagi bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi. 1990-yilda Ichan qal'a Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritilgan va muzeyga aylantirilgan.
Dishan-Tashqi qal'a Xiva shahrining Dishan qal'a rabod qismi hisoblanadi. 1842-yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, devorining qalinligi esa 5-6 metr bo‘lgan devor bilan o‘ratgan. Ichan qal'ada 4 darvoza bo‘lsa, Dishan qal'a 10 darvozali bo‘lgan. Dishan qal'aning ko‘chalari Ichan qal'aning ko‘chalari davomi tarzida qurilgan. Shaharning tim va savdo rastalari Dishan qal'ada joylashtirilgan.
Munis Xorazmiy Shermuhammad Avazboy o‘g‘li (1778-Xiva-1829) o‘zbek shoiri, tarixchi, tarjimon, xattot, ma'rifatparvar inson. Boshlang‘ich ta'limni Kotda olgan, Xiva madrasalarida o‘qigan. 1800-yilda otasi vafot etgach, Xiva xoni Avaz Inoq saroyida farmonnavis kotib lavozimida ishlagan. 1804-yilda Munis o‘zining «Devoni Munis»ini yaratadi. 1806-yilda Xiva xoni Eltuzarxon unga Xiva xonlari tarixini yozishni topshiradi. O‘sha yili xon fojiali halok bo‘ladi. Ammo Munis kitob yozishni davom ettiradi. 1819-yilda u Mirxondning «Ravsat us-safo» («Soflik bog‘i») kitobini tarjima qilishni boshlaydi. Bu kitobning faqat birinchi jildini yozib tamomlashga ulguradi. xolos. Xiva tarixini yozib tugata olmay vafot etadi. Uning «Firdavs ul-iqbol» asarini va «Ravzat us-safo» tarjimasini shogirdi va jiyani Ogahiy oxiriga yetkazadi. Munis Xorazmiyning «Ornalar» («Orna»-anhor, kanal demakdir) asarida sug‘orish inshootlari va yer-suv munosabatlariga doir masalalar aks etgan. Bu risola XVIII asr oxiri va XIX asr boshlaridagi dehqonchilik ijtimoiy munosabatlarni o‘rganishda g‘oyat ahamiyatlidir. Munis Xorazmiyning asosiy adabiy merosi 1815-1820-yillarda tuzilgan «Munis ul-ushshoq» («Oshiqlar do‘sti») devoni g‘azal, ruboiy, qit'a va boshqajanrlardan iborat bo‘lib, 80 000 dan ziyod misrani o‘z ichiga oladi. U bir necha marta nashr qilingan. Munis Xorazmiy she'riyatida xalqchillik, taraqqiyparvarlik g‘oyalari keng o‘rin olgan. U «So‘z» va «Shuaro» kabi she'rlarida ilm-fan, san'at, adabiyotni targ‘ib qiladi, olimlar va san'atkorlarni yuksak qadrlaydi, ularni xo‘rlagan reaksion guruh va to‘ralarni qoralaydi8.
O‘rta Osiyodagi xonliklarda XVIII-XIX asrlarda xo‘jalik tushkunlikka yuz tutib borayotgan va aholi turmushi tobora tubanlashayotgan bo‘lsada, me'morchilik va san'at taraqqiyotida bir qator ibratli ishlarning amalga oshirilganligiga guvoh bo‘lamiz. Bu davrda qurilgan ulkan va go‘zal me'morchilik yodgorliklari hozirgi kunda ham har qanday kishining diqqat-e'tiborini o‘ziga tortadi. Buxoroda yaxlit yodgorlik tariqasida rejalanib amalga oshirilgan ajoyib me'morchilik ansambli-Registonning kun botishi tomonida 1712-yilda qurilgan Bolohovuz masjidi o‘sha davrning eng yirik inshooti bo‘lgan. Hukmdorning saroylari, masjidlari va tanga chiqarish muassasalari makoni bo‘lgan Ark qurilish majmui ham XVIII-XIX asrlarda barpo etiladi.
XVIII asrning ikkinchi yarmi XIX asrning birinchi yarmida me'morchilik sohasida xorazmlik ustalar yetakchilik qiladilar. O‘sha davr yodgorliklari orasida ajoyib saroy majmualari Xazoraspdagi Rahmonqul inoq saroyi, Ko‘rinishxona, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu binolar sirti naqshli sopol plita (koshin) lar bilan bezatilgan. Bu sopollardan to‘q-ko‘k rang ustiga yashil va oq gullarning bir-biriga chirmashtirilgan rasmlari chiroyli qilib berilgan. Xonlikning poytaxti Xiva ayniqsa XVIII-XIX asrlarda gullab-yashnaydi. Shahar ikki qismdan-Ichan (ichkari) qal'a va Dishan (tashqari) qal'adan iborat. Shahar markazida joylashgan Juma masjidi (XVIIIasr)-O‘rta Osiyoning eng go‘zal inshootlaridan hisoblanadi.
Sherg‘ozixon (1718-1720), Qutlug‘ Murod Inoq madrasalari, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Olloqulixon, Muhammad Aminxonning katta madrasalari (XIX asr) va Tosh hovli saroyi (1830—1838-yillar) o‘ziga xos nafis va go‘zaldir. Bu qurilish obidalari O‘rta Osiyo me'morchiligining ajoyib yodgorliklaridir.
O‘sha davrda har uchala xonlikda ham yuqoridagidek inshoot qurilishi va hunarmandchilik san'atining turli yo‘nalishlari rivoj topadi. Bulardan tashqari yog‘och va misga o‘yib nozik naqshlar solish, sopol va chinni, yarog‘-aslahalar yasash va har xil uy-ro‘zg‘or buyumlari, matolar to‘qish keng tarqaladi.
Teatr san'atida masharabozlik, qiziqchilik, dorbozlik, qo‘g‘irchoqbozlik kabi tomosha ko‘rinishlari keng tarqalgandi. Masalan Buxoro amirligining turli shaharlarida XVIII-XIX asrlarda Sayfulla Mashara, Zokir Mashara, Ergash Mashara kabi artistlar «Rais», «Sudxo‘rning o‘limi», «Ko‘histonlik domla», «Murabboshi» singari asarlarni sahnalarda mohirlik bilan ijro etganlar.
XIX asrda qo‘g‘irchoq teatrining Shosolih, G‘ofur, Halfarang (Qo‘qon), Orifjon Qo‘g‘irchoqboz, Azim burun, Doniyor (Toshkent), Shomuhitdin Shoazimov, Tursunboy Abduljabbarov (Marg‘ilon), Siddiq Kalon, Jo‘ra Qayroq, Hamro Qo‘g‘irchoqboz (Samarqand), Zarif Misgar, Sharif Sayyoh, Qori Hoji (Buxoro), Qilich (Shahrisabz) va boshqa shular singari ustalar bo‘lgan.
Xonliklar hududida raqs san'atining Farg‘ona, Buxoro, Xorazm va Tog‘li usullari mavjud bo‘lib, o‘z navbatida ularning har biri o‘ziga xos janr xususiyati va turlariga ega edi. Masalan: Farg‘ona o‘yin san'ati: «Katta o‘yin», «Kema o‘yin», «Xonaki o‘yin», «Yalla», Xorazm o‘yin san'ati: «Maqom o‘yin», «Xonaki o‘yin», «Lazgi», «Yalla», «Zangbozi»larni o‘z ichiga olgan va hokazo. «Tog‘ o‘yin» ko‘proq O‘zbekiston hududidagi janub xalqlari madaniyatiga xos bo‘lib, «Besh qarsak», «Uch qarsak», «Dastbozi» kabi usullardan iborat edi.