Erasmus Mundus ta’lim dasturi va unda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarining ishtiroki
Erasmus+ Yevropa Ittifoqining ta’lim, o’qitish, yoshlar va sport sohalarida loyihalar, hamkorlik, tadbirlar va mobillikni qo’llab-quvvatlash dasturidir. U Yevropaning 33 ta davlati (a’zo davlatlar va bog’langan davlatlar) o’rtasida ushbu sohalarning barchasida hamkorlikni moliyalashtirish imkoniyatlarini taqdim etadi. Bu 33 mamlakat va butun dunyo uchinchi davlatlari o’rtasidagi hamkorlik uchun kuchli xalqaro e’tiborga ega. Ushbu kuchli xalqaro e’tibor mamlakatlaringizda targ’ib qilinishni talab qiladi.
Erasmus+ ham jismoniy shaxslar, ham institutlar uchun xalqaro miqyosdagi bir qator imkoniyatlarni taqdim etadi. Aksariyat loyihalar bir tomondan Yevropaning 33 davlati, ikkinchi tomondan esa dunyoning boshqa mamlakatlari o’rtasidagi hamkorlikka asoslangan132.
Erasmus+ oldingi yeti eng muvaffaqiyatli dasturlar, shuningdek, hozirgacha Yevropa Ittifoqining O’zbekistonda oliy ta’limni modernizatsiya qilishni qo’llab-quvvatlashda asosiy vositalari bo’lib kelayotgan Tempus va Erasmus Mundusni birlashtirgan dasturlarning o’rnini bosadi.Uning taxminiy byudjeti 26,2 milliard yevroni tashkil qiladi. Bu avvalgi dasturning (2014-2020) moliyalashtirlishidan deyarli ikki baravar ko’p.
2021-2027 yillarga mo’ljallangan dasturda ijtimoiy jalb qilinganlik, yashil va raqamli o’tish va yoshlarning demokratik hayotdagi ishtirokini rag’batlantirishga katta e’tibor qaratilgan.
U European Education Area, Digital Education Action Plan and the European Skills Agendada belgilangan ustuvorliklar va harakatlarni qo’llab-quvvatlaydi. Dastur shuningdek:
• European Pillar of Social Rights dasturini qo’llab-quvvatlaydi;
• 2019-2027 yillar uchun Yevropa Ittifoqining Yoshlar strategiyasini amalga oshiradi;
• Sportda Yevropa qamrovini rivojlantiradi.
Erasmus+ Yevropa darajasida Yevropa Komissiyasi tomonidan boshqariladi va ikki qismga bo’lingan: markazlashmagan va markazlashtirilgan faoliyat.
Markazlashtirilgan faoliyat toʻgʻridan-toʻgʻri Yevropa Komissiyasining Taʼlim, audiovizual va madaniyat boʻyicha ijrochi agentligi tomonidan boshqariladi.
O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari uchun Erasmus+ dasturining quyidagi yo’nalishlari ochiq:
1. Capacity Building in Higher Education;
2. Credit Mobility;
3. Joint Master Degrees;
4. Jean Monnet.
Priorities of the Erasmus+ Programme133 Erasmus+ dasturi - ta’lim, professional ta’limni taraqqiy ettirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo’yicha 2014-2020 yillar uchun mo’ljallangan Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dasturdir.
Erasmus+ dasturi oldingi 7ta dasturlarni o’z ichiga qamrab oldi:
- Uzluksiz ta’lim dasturi (Erasmus, Leonardo da Vinci, Comenius, Grundtvig va Jean Monnet)
- Yoshlar yo’nalishi dasturi;
- 5 ta xalqaro hamkolik dasturlari (Tempus, Erasmus Mundus, Alfa, Edulink, sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlik dasturi);
- Sportni rivojlantirish dasturi;
Ushbu dasturning turli yo’nalishlari bo’yicha Yevopa davlatlari va Hamkor-avlatlar o’rtasida hamkorlik o’rnatish va uni moliyalashtirish imkoniyatini beradi. Erasmus+ xalqaro targ’ibotni (Hamkor-davlatlar bilan hamkorlik), xususan oliy ta’lim va yoshlar yo’nalishlarni o’z ichiga qamrab olgan.
Oliy ta’lim sohasida Erasmus+ Hamkor-davlatlar bilan hamkorlik qilishga qaratilgan quyidagi asosiy yo’nalishlarni qo’llab-quvvatlaydi:
Jismoniy shaxslar uchun xalqaro kredit safarbarligida (CM) va Erasmus Mundus Qo’shma Magisterlik Dasturi (EMJMD), (Key Action 1) Hamkor-davlatlar va Yevropa davlatlar universitetlari o’rtasida talabalar, professor-o’qituvchi va xodimlarning safarbarliklarini qo’llab-quvvatlaydi;
Oliy ta’limda salohiyatni oshirish (CBHE), (Key Action 2) yo’nalishi bo’yicha Hamkor-davlatlar oliy ta’lim muassasalarning zamonaviyalshtirilishiga va internatsionalizatsiyalashiga hamda oliy ta’lim tizimning ma’lum bir darajada ta’sir etish. Shuningdek, Yevropa Ittigoqiga qo’shni Hamkor-davlatlar asosiy urg’u beriladi;
Ushbu yo’nalish Yevropa Ittifoqiga qo’shni davlatlar, Xalqaro bitiruvchilar assotsiatsiyalar va Hamkor-davlatlar o’rtasida Oliy ta’lim sohasida faoilyat olib borayotgan Milliy ekspertlar komandasi (HEREs), (Key Action 3) siyosiy muloqot olib borishni qo’llab-quvvatlaydi;
Jean Monnet dasturining asosiy maqsadi butun dunyo bo’ylab Yevropa Ittifoqi tadqiqotlar sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyatini targ’ib etish va rag’batlantirishdan iborat.
Dastur-davlatlari: Erasmus+ dasturining barcha yo’nalishlari bo’yicha to’liq ishtirok etishi mumkin bo’lgan davlatlar:
Yevropa Ittifoqiga a’zo 28 davlatlar va 5 Yevropa Ittifoqiga az’o bo’lmagan davlatlar (Makedoniya (sobiq Yugoslav Respublikasi), Islandiya, Lixtenshteyn, Norvegiya va Turkiya).
Hamkor-davlatlar esa dasturning ma’lum yo’nalishlar bo’yicha ishtirok etishlari mumkin, ular quidagilar Sharqiy Yevropa, Janubiy O’rta yer dengizi mamlakatlari, G’arbiy Bolqon, Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo davlatlari134.
Yevropa Ittifoqining Erasmus+ ta’lim, kasbiy tayyorgarlik, sport va yoshlar bilan ishlash, loyihalar dasturi chorak asrdan buyon O’zbekiston oliy ta’lim tizimida samarali amalga oshirib kelinadi.Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Tempus va Erasmus+ dasturlari doirasida O’zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o’rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning 25 yilligiga bag’ishlab matbuot anjumani o’tkazildi.Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari, xalqaro tashkilotlar vakillari, Erasmus+ loyihalari jamoalari, jurnalistlar ishtirok etdi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan eng samarali hamkorlik 1994-2013 yillarda Tempus dasturi, 2007-2014 yillarda Erasmus Mundus dasturi asosida amalga oshirildi. 2014 yildan buyon esa Erasmus+ dasturi amalda. Mazkur dastur mamlakatimizda oliy ta’limni rivojlantirish va modernizatsiya qilishga ko’maklashishni ko’zlaydi. Ayni paytda yurtimizning 70 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi Erasmus+ loyihalari bo’yicha katta tajribaga ega. Mazkur sohaga doir barcha dasturlar O’zbekiston hukumatining oliy ta’limni rivojlantirish bo’yicha maqsad-muddaolariga hamohang ekani bilan ahamiyatlidir, – dedi Yevropa Ittifoqining O’zbekistondagi delegatsiyasi vakili Yussi Narvi. – Ishonamanki, O’zbekiston ham Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, o’qituvchilar va talabalar o’rtasidagi akademik almashinuvni ta’minlashga birdek hissa qo’shadi. Ushbu dastur o’zbekistonlik yoshlarga Yevropa mamlakatlarining yetakchi universitetlarida tahsil olish imkonini beradi.
Shuni ham aytishni istardimki, bugun O’zbekistonda ta’limga qaratilayotgan e’tibor bizni quvontirdi. O’tgan 25 yil mobaynida biror loyiha ijrosi yuzaki qilingani yo’q, – dedi Erasmus+ milliy ofisining O’zbekistondagi koordinatori Aziza Abdurahmonova. – Iqtidorli yoshlarning Yevropadagi yetakchi universitetlarda tahsil olishi, grantlar, stipendiyalar bo’yicha maxsus dasturlar, talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yanada yuksaltirishga doir bu loyihalar hozirda ham izchil va muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda.
Darhaqiqat, o’qituvchilarni qayta tayyorlash, menejment va biznes sohasida o’quv dasturlarini yaratish, zamonaviy o’quv laboratoriyalarini tashkil etish, yurtimiz oliy ta’lim dargohlari hamda Yevropaning yetakchi universitetlari o’rtasidagi hamkorlikni o’rnatishda Tempus va Erasmus+ dasturlarining ahamiyati katta bo’ldi. Bu boradagi loyiha va dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti, Guliston davlat universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Urganch davlat universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Turin politexnika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari yetakchi o’rin egallamoqda. Istiqbolda esa bu boradagi hamkorlikni tobora kengaytirish belgilangan. Matbuot anjumanida joriy yilning oktyabr oyida bo’lib o’tadigan “Erasmus kunlari – 2019” haftaligi haqida ham ma’lumot berildi135.
2019 yilda oliy ta’lim tizimi uchun tub o’zgarishlar va oliy ta’limning sifatini oshirishga oid muhim qarorlar qabul qilindi. Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi O’zbekiston oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega va katta yordam bermoqda.
2019 yil 8 oktyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni doirasida O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limini 2030 yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda hamda oliy ta`limni rivojlantirishning global tendentsiyalari, shu jumladan Yevropa tajribasidan foydalanilishi bayon qilingan. Bugungi kunda dasturning dolzarbligi, uzoq muddatli hamkorlik o’rnatish imkoniyatlari va turli hil faoliyati hamda Kontseptsiyada belgilangan maqsadlarni amalga oshirishda xizmat qiladi. Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishda strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda, dasturning barcha imkoniyatlaridan, ya’ni kreativ va tizimli fikrlaydigan yuqori malakali kadrlarning tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim tizimining investitsion jozibadorligini oshirish, ta’lim, ilm va innovatsiyalar o’rtasida uzviy bog’liqlikni “Universitet 3.0” kontseptsiyasining tadbiq etilishi kabi masalalarda foydalanish lozim. Nufuzli xorijiy universitetlarning filiallarini ochish, qo’shma fakultetlar va dasturlar yaratish, fanlarning ingliz tilida o’qitish muammolarini hal qilishda uzoq muddatli xalqaro loyihalar doirasida o’rnatilgan barqaror hamkorlik va aloqalar katta yordam beradi. Shubhasiz, uch yillik Erasmus+ loyiha hamkorliklari doirasida talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi davomida o’zaro muloqot qilish, shu qatorda qo’shma o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv materiallarini taqqoslash va ishlab chiqish imkoniyatini yaratib beradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Erasmus+ loyihalari ishtirokchilarining tajribalari va umuman Yevropa universitetlarining tajribalari o’quv jarayonida tashkil etishda kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o’tishda ko’magi beqiyosdir.
Loyihalar oliy ta’lim muassasalarning moddiy-texnik bazasini isloh qilishda,
noyob laboratoriya uskunalarini, dasturiy ta’minot va zamonaviy o’quv
adabiyotlarini olishda ko’mak beradi. Erasmus+ dasturining axborot faoliyati
loyihalar doirasida keltirilgan noyob jihozlardan foydalanish uchun ishlab
chiqarish sektorlari va boshqa qiziqish bildirgan tomonlarni jalb qilishda yordam
beradi va kelajakda ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga asos bo’lishi
mumkin136.
Respublikamizda oliy ta’lim muassasalar sonining doimiy oshib borishini
e’tiborga olgan holda, Erasmus+ yangi loyihalari nafaqat Yevropa universitetlari,
balki Markaziy Osiyo, MDH mamlakatlari va dunyoning boshqa mintaqalari
universitetlari bilan uzoq muddatli aloqalar va barqaror hamkorlikni o’rnatish
uchun birinchi imkoniyatni yaratadi.Afsuski, ko’p loyihalarning yutuqlari va natijalari ko’pincha boshqa oliy ta’lim muassasalar tomonidan foydalanilmayotganini inobatga oladigan bo’lsak, ilg’or tajribalarni kengroq tarqatishga alohida e’tibor berish zarur. Demak, oliy ta’lim muassasalarning web-saytlarida loyihaga oid bo’lgan ma’lumot va materiallarni muntazam ravishda joylashtirib borish va barcha viloyatlardagi ixtisoslashgan universitetlar ishtirokida yakuniy anjumanlarni hamkorlikda o’tkazish muhim rol o’ynaydi. Bu borada, loyihaning vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida rahbariyat yordamida tuzilgan loyiha komanda a’zolari, Xalqaro bo’lim, matbuot va buxgalteriya xodimlarining alohida muhim o’ringa ega ekanligini ta’kidlash maqsadga muvofiq. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Erasmus+ dasturining faoliyatini qo’llab-quvvatlaydi va respublikamiz oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha Hukumat qarorlariga moslashuvchanligi va o’z vaqtida konstruktiv yondashishini yuqori baholaydi.
2017 yilning 9-13 oktyabr kunlari Erasmuѕ+ UZDOC 2.0 dasturi rejasiga ko’ra O’zbekistonning 6 universiteti koordinatorlari uchun Turin, Italiya, 9-13 oktyabr 2017 yil Turin politexnika universitetida seminar-trening Italiyaning Turin politexnika universitetida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Toshkent kimyo-texnologiya institutidan Z.Babaxanova, Toshkent moliya institutidan u.Xalikov, Namangan davlat universitetidan P.Lutfullaev, O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutidan G.Aripova, qarshi davlat universitetidan A.Kurbanov, Samarqand iqtisodiyot va servis institutidan Sh.Kadirova faol ishtirok etishdi. Seminar-trening davomida O’zbekistondan tashrif buyurgan oliy ta’lim vakillari Turin politexnika universiteti tuzilmasi, bu erda ta’lim berilayotgan yo’nalishlar xaqida to’liq ma’lumotlarga ega bo’ldi.
QS World University Ranking xalqaro universitetlar reytingida Turin politexnika universitetining Muxandislik ishi va texnologiyalar fakulteti 66 o’rinni egallagan. 2016-2017 o’quv yilida universitetda 33000 dan ortiq talabalar 28 bakalavriat yo’nalishlari, 32 magistratura mutaxassiliklari va 24 PhD dasturlari bo’yicha ta’lim olishdi. O’quv dasturlarni 30%dan ortig’i ingliz tilida o’qitiladi, bu esa universitetning xalqaro aloqalarini rivojlantirishga imkoniyat beradi.
Umumiy talabalar sonidan 16% chet ellik talabalar, shu jumladan 2,3% dan ortiq o’zbekistonlik talabalar tashkil etadi137.
Joriy yil mart oyida 2021-2027 yillar uchun mo’ljallangan yangi 7 yillik bosqichi faoliyat boshladi. Bu maqsadda 26,2 milliard yevro umumiy byudjet, shuningdek, Yevropa Ittifoqining tashqi vositalaridan 2,2 milliard yevro jalb qilingan. Dastur yanada inklyuziv bo’lishi uchun asosiy e’tibor yashil va raqamli texnologiyalarga o’tishga qaratilgan138 2018 yilning 14-15 may kunlari Turin politexnika universitetida tajriba almashinish dasturi (Knowledge sharing Event) doirasida PhD doktorant ish tajribasida ishlab chiqarish kompaniyalari bilan muloqoti va xamkorlik imkoniyatlari, xususiy sektor uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda oliy ta’lim muassasalarning o’rni xaqida ilg’or Evropa tajribalari o’rganildi. Jumladan, Turin politexnika universiteti doktorantura maktabi direktori, professor Flavio Kanavero universitetning GM zavodi bilan xamkorlikda bajarilaetgan industrial doktorantura dasturlari bilan tanishtirdi139 2019 yil 14-15 mart kunlari loyiha doirasida hisobot-seminar Vengriya davlatining Budapesht shahridagi Lorand Etvesh nomidagi Butapesht universitetida bo’lib o’tdi. Ikki kun davom etgan seminarda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalaridan kelgan vakillar Budapesht
universitetining "falsafa" fakulteti dekani Katalin Felvinchzi, Yunika tashkiloti professori, koordinator Kris Djonkxere, Zagreb universiteti professori Melita Kovakevich, Granada universi teti ilmiy ishlar bo’yicha prorektori Antonio Gonsalez, doktorlik maktabidan taklif etilgan Zsolt Demetrovich, Imre janosi, Antal Orkeney kabi qator professorlar ma’ruza va taqdimotlari bilan o’zbek partnyorlariga dars o’tdilar. Seminar davomida trening mashg’ulotlari ham o’tkazildi. Lorand Etvesh nomidagi Butapesht universiteti qoshidagi "PhD doktorantura maktabi" doktorant-studentlar ilmiy rahbarlari bilan birga doktorantura dasturi va ilmiy-tadqiqot faoliyati to’g’risida taqdimot qildilar140.
Seminar davomida O’zbekiston va Evropa xamkorlari o’rtasida doktorantura tizimini yaxshilash, doktorlik dissertasiyalari himoyasini tezlashtirish, olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish va eng asosiysi O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishining sifatini oshirish mexanizmlari bo’yicha qiyosiy tahlillar, bahs-munozara tarzida o’tkazildi.
Etvyosh Lorand nomidagi Budapesht universiteti Venriyadagi ta’lim sifati, oliy malakali o’qituvchilar va talantli studentlar bilan mashhur bo’lgan universitetlardan sanaladi. 1635 yilda tashkil topgan.
Universitetning shiori: "ta’lim sifati bu – tadqiqot sifati". Universitetda 27.000 talaba tahsil oladi, milliy reytingda lider universitet hisoblanadi, jahon reytingida ilmiy yo’nalishi bo’yicha ham ilg’or, professor-o’qituvchilar tarkibining 77% ilmiy darajali va Budapesht Fanlar akademiyasi a’zosi hisoblanadi. Universitetning 5 nafar professori Nobel mukofoti sovrindori. Doktorantura asosan 5 ta dastur asosida o’qish yo’lga qo’yilgan. Xorijiy talabalar 60 dan ortiq dasturlar asosida o’qitiladi. 70 dan ortiq davlatlardan, xususan, Ispaniya, (umuman qo’shni davlatlar) Xitoy, Iroq, Pokiston, Qozog’istondan doktorantlar taxsil oladi141.
O’zbekistonda doktorantura ta’limi sifatini yaxshilash bo’yicha nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribalari, metodlari o’rganilib, uni qo’lash bo’yicha tajribalar almashildi. Bugungi kunda O’zbekistondagi 7 ta oliy ta’lim muassasalrida ochilgan markazlarda
doktorantlar uchun onlayn seminar-treninglar, ma’ruzalar o’tkazishni rejalashtirildi.
Jumladan, "kimyoviy texnologiya sohasida qo’shma doktorantura dasturi" TKTI, Qoraqalpoq davlat universiteti va O’zR FA "umumiy va noorganik kimyo instituti" xamkorligida amalga oshirilishi kelishildi va qo’yidagi xujjatlar tayyorlandi: Qo’shma dastur amalga oshirish shartnomasi; Qo’shma dastur amalga oshirish uchun talablar; Qo’shma dasturni tasdiqlash sxemasi; dasturni amalga oshirishni nazorat qilish so’rovnomalari (yillik va yakuniy so’rovnomalar)142.
Qo’shma doktorantura dasturini amalga oshirish shartnomasida xamkor OTM va ITI lar ruyxati keltirilgan bo’lib, dasturda umumiy talab va qoidalar; qo’shma doktoranturaga kirish tartibi va shartlari; ta’lim tashkil etish jarayoni (o’quv kurslar, ilmiy-tadqiqot va o’quv-uslubiy ishlar); ilmiy raxbarlik; monitoring; akkreditasiya; PhD dissertasiyasiga talablar va himoya etish tartibi; dissertasiya ishining taqrizga va ximoyaga topshirish tartibi; intellektual mulq ximoyasi masalalari batafsil yoritilgan.
2016-2019 yillarda bajarilishi mо’ljallangan (UZDOC 2.0:Furthering the Quality of Doctoral Education at Higher Institutions in Uzbekistan) mavzusidagi Erasmus+ dasturi loyihasida О’zbekiston Respublikasi Oliy va о’rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent moliya instituti, Namangan davlat universiteti, О’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Qarshi davlat universiteti, Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari ishtirok etdi. Loyiha doirasida milliy hamkorlar bir qancha xorijiy davlatlarga tashrif buyurib, ta’lim tizimi bo’yicha chet el tajtibalarini o’rganib qaytdilar. Jumladan, 2018 yilning 3-7 sentyabr kunlari milliy hamkorlar Ispaniyaning Granada Universitetida bo’lib o’tgan seminar-treningga tashrif buyurdilar.
Seminar-treningning birinchi ish kuni xalqaro bo’lim boshlig’i professor
Doroti Kelli va doktorlik maktabi direktori Tereza Bajolar tomonidan ochib berildi.
Seminarni Granada universiteti haqidagi prezentatsiya bilan boshlab
berdilar. Granada universiteti 1531 -yildan buyon o’z tarixi, sifati va innovatsiyasi
bilan mashhurdir. Universitet 1526-yil V. Charlz tomonidan tashkil topgan bo’lib,
1531-yil Papal Bul universitetga “Mobility” tizimini olib kirgan143.
Seminar-trening davomida “Horizon-2020” loyihasi haqida ma’lumot
berildi. Granada Universiteti ham mazkur loyihaning a’zosi hisoblanadi. “Horizon-
2020” loyihasiga a’zo bo’lish uchun internet sayti orqali hamkorlarning geografik
va sohaga hos yo’nalishlari o’rganiladi va shu orqali aniq strategiyaga ega bo’lgan
hamkorlar tanlanadi. O’rganilgan bilim va tajribalar institut hodimlari, doktorantlari va professoro’qituvchilariga yetkazish maqsadida institutda seminar-treninglar o’tkazildi. O’ylaymizki O’zbekiston oliy ta’lim muassasalarida ham bunday hamkorliklar rivojlanib, institut administrativ xodimlari, professor-o’qituvchilar, talabalar va izlanuvchilar ko’pgina loyihalarda qatnashib O’zbekiston oliy ta’lim tizimining rivojiga o’z hissalarini qo’shadilar144.
Loyihaning navbatdagi seminar-treningi 2019 yilning 3-4 iyul kunlari
Namangan davlat universitetida bо’lib о’tdi. Seminar-trening davomida
О’zbekistonda doktorlik ta’lim sifatini ta’minlash va ushbu tizimdagi islohotlar
bilan tanishish maqsadida kengaytirilgan seminar-uchrashuvlar о’tkazildi.
Seminarda loyiha a’zolari, doktorantlar va ilmiy rahbarlar ishtirok etdilar.
Seminarning asosiy maqsadi ilmiy tadqiqot ishining sifatini yaxshilashda ahamiyat
berish kerak bо’lgan vazifalarni aniqlab olish edi.
Seminar-treningni Namangan davlat universiteti rektori ochib berdi. Sо’ng
Yevropalik hamkor Melita Kovakovich ham sо’zga chiqib, bir necha yildan buyon
amalga oshirilayotgan ushbu loyiha va uning yutuqlari haqida sо’z yuritdi. Uning
aytishicha ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirish jarayonida Yevropada ham har
xilliklar mavjud, lekin asosiy vazifamiz Yevropa tajribalarining eng muhimini
о’rganish va tadbiq etishdir. Seminarda Laurans Universiteti professori Jekis Lonares ishtirok etib, ilmiy tadqiqot ishidagi muhim omillar haqida sо’z yuritdi va u ilmiy rahbarlar va doktorantlarni 4 guruhga bо’ldi (3 ta doktorantlar guruhi va 1 ta ilmiy rahbarlar guruhi). Har bir guruh ishtirokchilarining vazifasi ilmiy ish qilishda о’zlarining vazifalari va kelajakda kutayotgan natijalari haqida prezentatsiya qilish edi. Barcha guruhlar о’z fikrlarini bildirganlaridan sо’ng esa tahlil qilingan sо’rovnomalardan eng muhim 10 tasi tanlab olindi va shu asosda yangi nizom shakli ishlab chiqildi. Seminarda horijiy professorlar Kenneth Vann va Melita Kovakovichlar sо’zga chiqib, ilmiy rahbar va doktorant о’rtasidagi aloqalar haqida ma’ruza qildilar. Ularning fikricha ilmiy rahbar bо’lish uchun faqatgina ilmiy darajaga ega bо’lish emas, balki shaxsiy fazilatlarga ham ega bо’lish kerak ekan145.
O’ylaymizki, bu kabi tashkillashtiriladigan ilmiy seminarlar tashkil etilishi,
yurtimizda ilm-fanning yanada rivojlanishiga sabab bo’ladi. Hozirda har bir milliy
hamkor OTM larda texnik jihozlar bilan jihozlangan Doktorlik markazlari o’z ish
faoliyatini olib bormoqda. Ushbu markazlarda doimiy ravishda ilmiy
seminarlaro’tkazilmoqda. Kelajakda ushbu tashkil etilgan Doktorlik markazini
virtual innovatsion doktorlik markaziga aylantirish yuzasidan harakatlar boshlandi.
Buning ma’nosi shundaki yaqin kelajakda bu markaz respublikamizdagi va chet
davlatlardagi bir xil yo’nalishdagi markazlar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa
o’rnatishi va qo’shma virtual doktorantura ishlarini tashkil etishi, xalqaro ilmiy
seminarlar va ilmiy konferensiyalarni to’g’ridan-to’g’ri onlayn tarzda olib borishi
uchun imkon yaratadi. Hozirda ana shu ezgu ishni amalga oshirish yuzasidan ishlar
olib borilmoqda. Yuqorida so’z yuritilgan ishlar amalga oshirilsa, respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bir tomondan sifati oshirilsa, ikkinchi tomondan
ularni jahon talab darajasida tayorlanishiga zamin yaratadi.
IV BOB. TAJRIBA SINOV ISHLARINI TASHKIL ETISH VA UNING NATIJALARI.
4.1. Pedagogik tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o’tkazish metodikasi Davlatimiz mustaqillikni qo`lga kiritgan dastlabki davrlardanoq intellektual salohiyati yuqori kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo`naltirilgan davlat siyosatini olib bormoqda. Bo` yo`lda amalga oshirilayotgan asosiy vazifalardan biri mustaqil O`zbekistonni rivojlanishiga asos bo`ladigan yangi ta`lim tizimini yaratilishidir. 2020 yil sentyabrda qabul qilingan yangi ta’lim to’g’risidagi Qonunda O’zbekistondagi ta’lim tizimi, uning turlari haqida batafsil ma’lumot berilgan. Shu davrgacha bo’lgan islohotlar, endi yangi sifat bosqichiga ko’tarish uchun xarakat qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yashab ijod etgan o`zbek pedagogi Abdulla Avloniy o`zining “Turkiy guliston yoxud axloq» asarida ilmning amaliy va hayotiy ahamiyatini nazarda tutib shunday fikrlarni bildirgan edi: «Ilm inson uchun g`oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga o`z ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi ko`rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o`tkir qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayirib berur. To`g`ri yo`lga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda mas`ud bo`lishimizga sabab bo`lur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur146”. Pedagog olim o`z fikrini davom ettirib, faqatgina amaliy ahamiyatga ega bo`lgani uchun fanlarni o`rganish to`g`ri bo`lmaydi. Shunday ilmlar ham borki, ular to`g`ridanto`g`ri amaliyot, hayot bilan bog`lanmagan. Biroq ular insoniyat taraqqiyoti, jamiyat rivoji uchun amaliy bilimlardan kam bo`lmagan ahamiyatga egaligini alohida ta`kidlaydi.
Tarix fanining bugungi kundagi ahamiyatini esa, siyosiy fanlar doktori, professor N. Jo`raev quyidagicha izohlaydi: “Tarix – inson haqidagi, odamlar haqidagi fan. Biroq u bugunning odamlari, kechinmalari, histuyg`ulari, faoliyatlari va munosabatlari xususida emas, balki o`tgan ajdodlarimiz turmush tarzi, ma`naviyruhiy kechinmalari, sodir etgan voqeahodisalari, maqsadintilishlari haqidagi fandir.
Aslini olganda tarix faqat o`tmish haqidagi ma`lumotlar, xotiralar ham emas. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, murabbiylik mohiyati o`tmishni o`rganish, tadqiq etish orqali bugunni baholash, bugunni anglash, bugungi odamlarni tushunish va ularni yo`naltirish borasidagi fikrlarni, g`oyalarni o`zida mujassam etganida! Agar biz tarixga anna shu nuqtai nazardan qaraydigan bo`lsak, uning butun ko`lamini, insoniyat va jamiyat taraqqiyotidagi rolini chuqurroq anglaymiz147”.
Olim tarix tushunchasini «insoniyat tarixi» tarzida qo`llashni taklif etadi. Mazkur tarixiy falsafiy yondashuv yoki «Insoniy tarix» konsepsiyasi shu paytgacha biz qo`llab kelayotgan “Tarix” degan rasmiy tushunchadan boy va ustun. Chunki bu talqinda tarixni yaratgan Inson, uning ma`naviyati, shodlik va qayg`ulari, orzulari tadriji yaqqol sezilib turadi. Tarixning, aslida, inson haqidagi fan ekanligi ta`kidlanadi148.
Demak, tarix fanining vazifasi o`quvchilarga quruq raqambozlik, solnomachilikni o`rgatishdan iborat emas, aksincha uning mazmunini o`zlashtirish orqali o`quvchilarni ijtimoiy hodisalarni mustaqil anglashga, mamlakatimiz rivojining barcha sohalariga faol va ijodiy tarzda ishtirok etishga tayyorlashdan iborat bo`lishi lozim. Mazkur vazifa o`z tabiatidan kelib chiqib, fikrlashni rivojlantirish, o`quvchining o`rganilayotgan voqea va zamonaviy jamiyat hodisalarini mustaqil anglay olishini talab etadi. Buningsiz ularni to`g`ri baholay olish, o`z munosabatlarini zarur harakatlarga yo`naltira olish mumkin emas. Mana shuning uchun mustaqil fikrlashni shakllantirish tarix fanini o`qitishning bosh sharti va vositasi tavsifini o`zida ifoda etadi. Bu yerda gap tarix fanini o`qitish jarayonida o`quvchilarni o`ylash, mustaqil va ijodiy o`ylashga o`rgatish haqida borayapti. Chunki tarix darslarida o`quvchilarni tarixiy fikrlashga o`rgatish yaxlitlikda shaxsda mustaqil fikrlashni shakllantirishga imkon beradi.
Tarix fanining mustaqil fikrlashni shakllantirishdagi eng katta imkoniyatidir. Birinchi Prezident Islom Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q” asari bilan tanishib chiqish orqali biz bunga to`la amin bo`lamiz. Quyidagi fikrga e`tibor qaratish lozim: “Har kanday sivilizasiya ko`pdanko`p xalklar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta`sirining mahsulidir. Bir so`z bilan aytganda, ko`chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy koladi, uning madaniyati abadiy yashaydi149”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ta’lim-tarbiya masalasiga to’xtalib: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining batcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz150”-deb ta’kidlagan edi.
Xalqlar va ularning madaniyatining abadiy yashashi haqida bildirilgan mazkur fikr tarixiy jarayonlarni chuqur anglab yetish natijasidir. Tarixiy haqiqatni chuqur anglab yetmaslik esa tor doiradagi hamda boshqalarga qaram bo`lib qolgan fikrlashni keltirib chiqaradi.
O`quv materialini o`rganishda tarixiy yondashuv bilan darslarda qiziqish paydo bo`ladi. Cunki har bir narsa va hodisalar o`zining taraqqiyot jarayonida ma`lum bir davrlarni bosib o`tgan. Biror bir narsa yoki hodisa haqida gapirilganda, uning qanday paydo bo`lganligini bilish kishida, shu jumladan, o`quvchilarda qiziqish uyg`otadi. Bu esa ayniqsa, fanlar tarixidagi yangi, noma`lum faktlar, olimlarning hayot va ijod yo`li, ilmiy tavsifdagi ma`lumot hamma vaqt o`quvchilarning diqqatini o`ziga tortadi, ular o`quvchilarning ko`zlariga ilmiy izlanishlar darajasiga ko`tariladi, fan taraqqiyoti jarayonini yorqin aks ettiradi. Masalan, dastlabki astronomik bilimlar qadimgi Misrda Nil daryosining toshishi vaqtini bilish asosida kelib chiqqanligi hammaga birday qiziq151.
Yoki odamning paydo bo`lishi va rivojlanishi masalasi o`rganilar ekan, unga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashuv ushbu masalaga qiziqish hosil qilishi, tabiiy.152 Bilimlarning amaliy roli tahlili, tadqiqotchilar ma`lumotlariga ko`ra, bilishga qiziqishning, ayniqsa, o`smirlarda rivojlanishi uchun ancha dolzarb sanaladi, zero bilish va tajriba yetishmasligi bois o`smir yoshidagi o`quvchilar o`quv materialining nazariy ahamiyatining to`laqonli baholay olmaydi. Olingan bilimlarni amalda qo`llash imkoniyati ular uchun juda katta rag`batlantiruvchi ahamiyatga ega. Shuning uchun biz tarix darslarida bilimlarni amaliyotga tadbiq etib borishga harakat qilamiz. 6-sinfda «O`rta Osiyo xalqlarining ahamoniylar bosqiniga qarshi kurashlari» tarixi o`rganilayotganda, rolli o`yinlarning tashkil etilishi o`quvchilarning bilishga qiziqishini oshiradi. Masalan, o`quvchilar ishtirokida To`maris, Shiroq, Spitamen qahramonliklari va jasoratini ifoda etuvchi kichik sahna ko`rinishlarini namoyish etish maqsadga muvofiqdir. Yoki bo`lmasa, qo`zg`olonlar va urushni kelib chiqish sabablarini o`rganar ekanmiz, odatda ularning kelib chiqmasligi uchun qanday sabablar lozimligini topishga ham o`rgatish lozim. Buni ijobiy tomoni shundaki, o`quvchilar o`zlari uchun foydali amaliy ko`nikma va malakalarga ega bo`ladilar153.
O’qitish metodi deganda, ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning
ma’lum maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyat usullari tushuniladi.
Boshqacha qilib aytganda, o’qitish metodlari har ikkala faoliyatning, ya’ni
o’qituvchi tomonidan o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan
qurollantirish, g’oyaviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni
shakllantirish hamda o’quvchilar tomonidan o’sha nazarda tutilgan ilmiy bilim,
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish faoliyatida qo’llaniladigan usullarni o’z
ichiga oladi.154 Ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi
usullar majmuasidir. Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u
yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari ifoda etiladi, o’qituvchi va
o’quvchilarning o’zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi. Metod bir tomondan,
ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa tomondan,
boshqariluvchan o’qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.155 Tarix darslarni mazmunili va samarali tashkil etish uchun quyida bir necha ta’limning interfaol metodlarini sanab o’tamiz.