Xix asrning ikkinchi yarimi XX asr boshlarida turkistonda yog’ moy sanoati tarixi


II BOB. XX ASRNING DASTLABKI YILLARIDA YOG’ MOY



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə9/30
tarix17.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#114839
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Maxmudov Dilshod

II BOB. XX ASRNING DASTLABKI YILLARIDA YOG’ MOY.
2.1. O’rta Osiyoda paxta chigitining ishlatilishi
Chigit — gʻoʻza urugʻi; terib olingan paxtani qayta ishlab (toladan ajratib) olinadi. Terilgan paxta vaznining 55—60% chigit hissasiga toʻgʻri keladi. Shakli tuxumsimon yoki noksimon, choʻzinchoq yoki kalta, boʻyi 1,5-15 mm, eni (diametri) 1-8 mm, ogʻirligi 70—160 mg, 1000 donasining oʻrtacha vazni 120—140 g; qoʻngʻirjigarrang, qattiq qobiq va magʻiz (yadro)dan iborat. Ustki qavati (poʻsti)dan tola va momiq (lint) ajratib olinadi (qarang Paxta tolasi). Tola va tuklari koʻp keng qismi (toʻmtoq tomoni) xalaza, uch qismi mikropile (chang yoʻli) deyiladi. Chigit murtagi 2 ta urugʻpalla, urugʻpalla ostki boʻgʻin, iddiz qinidan iborat. Foydalanish maqsadlariga koʻra urugʻlik va sanoatda qayta ishlanadigan texnik chigitlarga boʻlinadi. Bir necha oydan bir ikki yilgacha yaxshi saqlangan chigit fiziologik pishib yetilgan, sogʻlom va unuvchan boʻladi. Bexato va sogʻlom unib chiqishi uchun ivitiladi. Chigitning muhim xususiyati uning epidermis hujayralarida bir hujayrali 20 mm dan 42-44 mm va undan ortiq boʻlgan tolalarning hosil boʻlishidir. Chigit magʻzi tarkibida 24 dan 29 % ga qadar moy bor (qarang Paxta moyi). Oʻzbekiston yogʻmoy sanoati korxonalarida har yili 1,5— 2 million t texnik chigit qayta ishlanib paxta yogʻi, shulxa (chigit poʻchogʻi), kunjara olinadi. Chigit chiqindilarini qayta ishlab, ulardan sellyuloza, spirt, lok va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Mamlakatimizdagi eng yirik, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan 80 dan ortiq korxona “O'zyog'moysanoati” uyushmasi aъzosi hisoblanadi. AO “ANDIJONYOG’MOY” Zamonaviy yog'-moy korxonasi-murakkab mexanizm bo'lib, texnologik jarayonida asosiy xom– ashyo paxta chigitidan tashkari kuchli kimyoviy moddalar ishkor, benzin, sul`fat kislotasi, neft` maxsulotlaridan olinadigan yog' kislotalari ishlatuvchi yarim kimyoviy, yarim oziq-ovqat sanoati majmuasi hisoblanadi. Xozirgi kunda korxonaning ishlab chiqarish kuvvati bir kecha-kunduzda 400 tonna paxta texnik chigitini qayta ishlashga moslashtirilgan. Paxta texnik chigitidan tashkari kungaboqar pista donini, maxsar, soya kabi moyli usimliklar donini ham kayta ishlash imkoniyatiga ega. “Andijonyog'moy” korxonasining tarixiga nazar soladigan bulsak, 1907 yilda-bir kecha kunduzda 50 tonna paxta chigitini kayta ishlovchi «T.K.Solov`ev i kompaniya» xususiy firmasi negizida «Besh bosh» aktsiyadorlari tomonidan barpo etildi. Zavodni ishga tushgan kuni 1907 yil 19 dekabr, korxonaning tashkil topgan kuni xisoblanadi. 1917 yilda Yog' zavodi milliylashtirilib asosiy ishlab chiqarishni kengaytirilishi hisobiga bir kecha kunduzda 150 tn chigitni qayta ishlay boshladi, shu vaqtda yiliga 720 tn sovun ishlab-chiqaruvchi, asosan kul mehnatiga moslashgan sovun pishirish tsexi ishlar edi. Korxona birinchi besh yilliklar davrida juda tez rivojlandi. Bir kecha kunduzda 200 tn. chigitni qayta ishlay boshladi. Sovun ishlab chiqarish yiliga 2100 tonnaga etkazildi. Ikkinchi jaxon urushi davrida yog'-zavodi o'zining mehnatiga sidqidildan yondashuvchi, zaxmatkash, fidoiy mehnatkash odamlarining fidokorona mehnatlari bilan kupchilikka o'rnak bo'lib, frontga va front ortida turgan isteъmolchilarga yog'-moy maxsulotlarini etkazib berib turdi. 1949 yilda yog' zavodni yangi mexanizmlar bilan qayta jixozlantirildi. Uzluksiz ekstraktsiya usuli bilan yog' olina boshlandi. Korxonaning quvvati bir kecha kunduzda 450 tonna chigitni qayta ishlash darajasiga etdi. 1954 yili yog' zavodi «Andijonyog'moy kombinati» deb atala boshladi. 1960 yili sovun pishirish tsexi tula qayta jixozlash xisobiga va bir kecha kunduzda 50 tn. sovun ishlab chiqarishga erishildi. 1962 yili – yog'ni oqlashdan xosil bo'lgan soapstokdan yog' kislotalarini distillyatsiya usuli bilan olish tsexi kurilib ishga tushirildi, bu esa sovunning sifatini yaxshilashga, xamda uning tannarxini pasaytirishga imkon yaratdi. 1966 yili – korxona mehnatdagi erishilgan zafarlari, etti yillik rejani bajarilgani uchun «Mehnat qizil bayrok» ordeni bilan taqdirlandi. Forpress tsexi xodimi A.Mamarasulov mehnatdagi zafarlari uchun mehnat kaxramoni unvonini olishga erishdi. 1975 – 1980 yillari korxona kuvvati bir kecha kunduzi 540 tn chigitni qayta ishlashga kutarildi. 1983 – 1984 yillarda korxonada asosiy ishlab chiqarish tsexlari kisman qayta jixozlandi. a). Ekstraktsiya tsexidagi maъnaviy va jismonan eskirgan shnekli bug'latgich urniga PXR (Pol`sha) da ishlab chikarilgan 2 ta chanli bug'latgich «TOSTER» o'rnatildi. b). 1984 yili GDR ( Olmoniya)da ishlab chiqarilgan yog' maxsulotini kisish yo'li bilan oluvchi XSP-18 va G-24 agregatlari urnatilgan, forpress tsexi qurilib ishga tushirildi va shu bilan forpress tsexi kuvvati bir kecha kunduzda 800 tn chigitni qayta ishlashga etkazildi. 1993 yili distillangan yog' kislotalarini oluvchi yangi zamonaviy uskunalar bilan jixozlangan tsex kurilib ishga tushirildi. Ishchilarga texnika va mehnat xavfsizligi tomonidan shart-sharoit yaratildi. 1995 yil «Andijon yog'-moy» korxonasi negizida «Andijonyog'moy» ochik turdagi xissadorlik jamiyati tashkil topdi. 1996 – 1997 yillarda korxona texnik tomonidan xam katta uzgarishlarga erishdi. 1995-96 yillarda korxonada kayta rekonstruktsiya ishlari olib borilib ND-1000 shnekli ekstraktor urniga Olmoniyada ishlab chikarilgan yukori samaradorlikka ega bulgan KE -500 markali rotorli ekstraktor urnatilib ishga tushirildi. Buning natijasida bir kecha kunduzda 500 tonna texnik chigit kayta ishlanib, sifatli moy xamda 220 tonna tosterli shrot ishlab chikarish yulga kuyildi. – Yukori kuvvatga ega bulgan DK 25/14 rusumli yangi bug kozonini foydalanishga topshirilishi bilan chetdan, biokimyo zavodidan bug olishga chek kuyildi. – Suvni kimyoviy tozalash uskunalari kayta taъmirlandi, suv tozalash kuvvati oshirildi. – 5 km dan ziyodrok er osti va er usti suv va bug kuvurlari kaytadan taъmirlandi. Ekologik barkarorlikni taъminlash maksadida jamiyat raxbariyati yukori nazorat organlari ishtirokida atmosferaga chikarilayotgan zararli moddalarni kamaytirish maksadida PDV- meъyoriy xujjatlarini xamda, suvdan foydalanish, atrof muxitga chikindilarni joylashtirish PDO, PDS xujjatlarini xam kabul kilib, ushbu masalada meъriy xujjatlar talablari asosida ishlar tashkil etib kelinmokda.

Keyingi yillardagi taxlillar shuni kursatmokdaki, atmosferaga tashlanayotgan zararli moddalarning mikdori meъyor kursatkichlarining atigi 50-55 foizini tashkil etayotganligini bu borada monitoring olib boruvchi idoralar tomonidan taъkidlanmokda. «Andijonyog'moy» OAJ tomonidan 2010 yilning fevral oyida ishlab chikarilayotgan yog', xujalik sovuni, shrot, sheluxa va gasipolli smolaga yaroklilik sertifikati xamda gigienik sertifikatlar olingan. 2010 yilning 1- yarim yillik yakunida esa korxona xalkaro sifat boshkaruv tizimi ISO-9001 talablariga moslashtirilganligi va shunga mos ravishda maxsulotlar ishlab chikarishga erishganligi eъtirof etilib, korxonaga mutasaddi tashkilotning ISO-9001 sertifikati berildi. Sifat tizimini boshkarishni yanada takomillashtirib borish yunalishida muayyan ishlar olib borilmokda. – Suv tankisligini yukotish maksadida 1 ta 1000 m3 suv xavzasi kurilib bitkazildi, 2 ta 700 m3 suv xavzasi kayta taъmirlandi, kerakli kuvur va nasoslar urnatilgan. Bu suv xavzasidan unumli foydalanish maqsadida Uzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriklaridan kelib chikkan xolda viloyat xokimi tomondan kabul kilingan karor asosida balikchilikni rivojlantirish va ishchi-xodimlarni arzon balik maxsulotiga bilan taъminlab borish uchun xozirda balik bokilmokda. Korxonaning umumiy er maydoni 12,07 gektarni tashkil kilib, shundan 4,8 gektariga ishlab chikarish tsexlari va maydonlari joylashtirilgan. Korxona xududida Vazirlar Mahkamasining karori va yog'-moy uyushmasi raxbariyatining va viloyat xokimligining kursatmalariga asosan kandolat tsexi tashkil etilib, Xitoy davlatidan keltirilgan uskunalar urnatilgan. Bu tsexda karamel ishlab chikariladi. Korxona Andijon tumanida 4,5 gektar erga bog tashkil etgan va mevali kuchatlar parvarishlanib borilmokda. – Texnik yog'ni zararsizlantirib isteъmol yogini kupaytirish maksadida yogni doglash va kadoklash buyicha Belgiya-Amerika kompaniyalari bilan birgalikdagi «Andijon Flarup Oyl kompanii» kushma korxonasi 1999 yilda ishga tushirildi, buning natijasida isteъmol yog'ini ishlab chiqarish 50 foizga usdi. Xozirgi kunda ishlab chikarilayotgan isteъmol yog'ining 100 foizi 1 litrli PET idishlarga kadoklangan xolda chikarilmokda va isteъmolchilarga etkazib berilmokda. «Andijonyog'moy» aktsiyadorlik jamiyati kuyidagi texnologik bo'limlardan iborat: Xom-ashyo bo'limi Tayyorlov tsexi(chigitni tozalash shulxani ajratish, yanchilma tayyorlash bo'limi) Forpress tsexi(paxta yogini bosim ostida siqib olish bo'limi) Ekstraktsiya tsexi Yog'ni oqlash tsexi Kunjarani kayta ishlash va saklash ombori Sovun pishirish tsexi Xom-yog' kislotalari ishlab chiqarish tsexi Distillangan yog' kislotalari ishlab chikarish tsexi Suv bug'i ishlab chiqarish tsexi. Yog'ni oqlash tsexi-forpress va ekstraktsiya tsexlaridan olingan qora yog'ni kuchli ishkor (kaustik soda) NaOH bilan tozalanadi va davlat andozalari talab drajasiga etkazilib, yog' omborlariga junatiladi. Oqlash natijasida olingan chukma soapstokni kayta ishlashga, xom yog' kislotalari ishlab chiqarish tsexiga (SJK) beriladi. Rafinatsiya-yog' oqlash tsexining kuvvati bir – kecha kunduzda 90 tn. yog'ni oqlash imkoniyatiga ega.

Kunjarani qayta ishlash va saqlash ombori. Ekstraktsiya tsexidan chiqqan yog'sizlangan kunjara 100-105 oS da bo'lganligi uchun bu tsexda kunjara sovutilib xaridorlarga mashina va vagonlarga yuklanadi. Qabul qilish kuvvati – 300 tn Yuklash kuvvati – 300 tn Omborxona saqlash xajmi – 3000 tn Sovunni pishirish tsexi – bu tsex uzining texnologik jarayoni buyicha uziga xom yog' kislotalari (SJK), distirlangan yog' kislotalari (DJK) tsexlarini, sig'im xujaligi, sovun kutilarini saqlash va taъmirlash tsexlari, temir yo'l tizimlarini o'z ichiga oladigan murakkab majmuadan iborat bo'lib, bir kecha kunduzda 72,0 tn. xujalik sovuni ishlab chiqarish kuvvatiga ega. Korxonada na fakat texnik va texnologik jarayonlarni rivojlantirish, balki ishchilarning madaniy – maъnaviy dam olishini, ijtimoiy-iqtisodiy ximoyalash borasida xam ibratli ishlar olib borilmokda. Korxonada 774 ta ishchi ishlaydi ulardan 219 nafarini ayollar tashkil etadi. Viloyat axolisining isteъmol yog'iga bo'lgan extiyojini tula ravishda kondirish maksadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 avgustdagi PK-651 karori va undan keyin qabul qilingan bir kator Xukumat qarorlari asosida viloyat tumanlari kesimida joylashgan fermer xujaliklari bilan shartnoma asosida kungaboqar ekinini ekish va olingan xosilni korxonada qayta ishlab sifatli yog' maxsulotlarini ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirib qelmokda. Shuningdek, korxona yordamchi xujaligida bokilayotgan novvos va sigirlarning gushti arzon narxlarda ishchi-xizmatchilarga bayram kunlari tarkatilmokda. Suti profilaktik maksadida zararli muxitda ishlovchi ishchi-xizmatchilarga berib borilishi tashkillashtirilgan. Xuqumat topshirigi va viloyat xokimligining karoriga asosan korxona ixtiyoriga 4,5 gektar bog' tashkil etish uchun er maydoni ajratilgan. Xozirda mevali kuchatlar ekish ishlari amalga oshirilib, agrotexnik karov amalga oshirib kelinmokda. Korxonaning asosiy maxsulotlari katorida isteъmol tovar turlarini kengaytirish va kushimcha ish urinlari yaratish maksadida, korxonadagi mavjud ishlab chikarish er maydonlarini optimallashtirish yuzasidan, bo'sh turgan er maydonlarida limonariy meva va sabzavot maxsulotlarini yanada kupaytirilishi, hamda maxsulotlarini saqlash omborlarini va kurilish materiallari saqlanuvchi omborni taъmirlab ishlarni tashkillashtirib borilmoqda. Korxonada ishlovchi ishchi xizmatchilarning ijtimoiy ximoyasini kuchaytirish, ularga munosib mexnat sharoitlari yaratib berish, rag'batlantirib borish xamda ichki mehnat intizomini bir maromda ushlab turish maksadida korxona ish beruvchisi bilan kasaba


Mustaqillik yillarida O’zbekiston respublikasi taraqqiyotida xalqning boy manaviy salohiyati va umuminsoniy qadryatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti fan texnikasi va texnologiyasining so’nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini yaratish dolzarb masala bo’lib qoldi. Shu munosabat bilan mamalakatda :Talim to’g’risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Usbu qonun fuqarolarga ta’lim- tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta’minlaydi74.
Respublikada ta’limning jamiyatni ijtimoiy iqtisodiy, manaviy madaniy rivojlanishining ustuvor sohasi ekanligi talim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta;lim tizimi va boshqaruv tartibi, ta’lim tarbiya xodimlarning haq huquqlari, vaziflari , masuliyatlari maqsadlarini belgilab beradi.
Shulardan kelib chiqqan holda o’tgan 17 yil davomida Oliy talim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, bakalavr, magistrlar tayyorlashning Yevropa tizimiga o’tildi. Mamalakatimizda tayyorlangan oliy ma’lumotli mutaxasisilar sonini quyidagi jadvalda korish mumkin75.
Xorijiy mamlakatlar bilan hakorlik qilishda talim muossasalari bilan hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Jumladan, “Ta’lim to’g’risidagi qonun”ning 33-moddasida - mamlakat ta’lim muossasalari ta’lim muammolari yuzasidan xalqaro hamkorlikda, chet davlatlarining tegishli o’quv yurtlari bilan bevosita aloqalar o’rnatish, qonun xujjarlaridan berilgan tartibda ular bilan qo’shma o’quv yurtlari tashkil etish huquqiga ega” deb belgilangan. Shunga amal qilgan holda hozirgi kunda respublikadagi barcha oliy o’quv yurtlari xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik rishtalarini o’rnatmoqda.
Ta’lim muossasalari ta’lim sohasidagi hamkotlikning barcha ta’lim turlari: ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini olib borish, kongress, simpozium va boshqa tadbirlar o’tkazish, xalqaro dasturlarda qatnashish orqali aloqalar o’rnatgan. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar bu sohada O’zbekistonning dunyo miqiyosida tan olinishi va xalqaro aloqalar o’rnatishga asos bo’ldi. Bu esa o’z o’rnida bir qancha dasturlar orqali xalqaro grantlarda qatnashish imkini berdi. Shunday dasturlardam biri Yevropa Ittifoqining yangi mustaqil davlatlar oliy ta’lim tizimini isloh qilishda ko’maklashuvchi TEMPUS dasturi bo’lib, u mamlakatdagi universitetlarda xalqaro bo’limlarni oshish va ularni kerakli jihozlar bilan taminlashga katta yordam beradi76.
1998 yilning o’zida mamlakat oliy o’quuv yurtlari bilan hamkorlik qilish uchun Yevropa Ittifoqi 2.2 mln evro miqdorida mablag’ ajratdi77.
Bu dastur doirasidagi aloqalarning o’rnatilishi a olib borilishida mamlakatdagi oliy o’quv yurtlari mustaqil ravishda hamkorlik shartnomalarini imzoladi. Shulardan biri Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bo’lib, universitetning fransuz tili kafedrasi mudiri G.Mahmudova 2004 yil 2-5 fevral kunlari Belgiyaning LYEJ unieristeti boshlig’I, Fransuz jamiyatining Belgiyadagi xalqaro munosabatlari bo’yicha bosh komissari J.Leteyf hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa, Mustaqil davlatlar hamdo’stligi, Bryussel tarjimonlar oliy instituti va Lyuven katolik universiteti boshliqlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda fransuz tili kafedrasi bilan Belgiyaning tilli oliy o’quv yurtlari bilan quyidagi yo’nalishlarda hamkorlik o’rnatishga kelishib olindi:
Shunday ta’lim muassasalaridan biri Samarqanda davlat arxitektura va qurilish istituti(SamDAQI) bo’ib, institutdagi YUNESKO kafedrasi faoliyatini shakillantirish maqsadida tuzilgan xalqaro konsorsum tarkibida Belgiyaning Bryussel shahrida La Kambre Arxitektura instituti 1998-1999 yilarda faoilyat ko’rsatdi. Ushbu faoliyat doirasida institutda nenoriy merosni saqlash mavzuiga bag’ishlangan xalqaro simpozium va semenar o’tkazildi78. Simpozium va semenarlarda ko’tarilgan masalalar mamlakatdagi madaniy yodgorliklarni saqlash va qayta tamirlashga katta yordam berdi.
Respublikamizda chet el bilan hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlash borasida hamkorlikning rivojlanishi 1997 yildan boshlab yangi bosqichga ko’tarildi.
Mamlakatda ijtimoiy-siyosiy , madaniy islohotlarni amalga oshirishga jahon andozalari darajasida bilim olgan milliy kadrlar ulkan xissa qo’shishni nazarda tutib, istedodli yigit qizlardan xalq xo’jaligining ustuvor tarmoqlari uchun yuksak malakali mutaxassiislar tayyorlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarni chet ellarda ta’lim olishlarini qo’llab quvvatlasj “UMID” jamg’armasi tuzildi79.

.

2.2. XX asrning ikkinchi yarimida O’rta Osiyoda moy zavodlari qurish zaruriyati


Tarixiy tadqiqotlar taxlili shuni ko’rsatadiki, ikki mintaqa o’rtasidagi hamkorlikning tarixit ildizlari uzoq asrlar qari- antic davrga borib taqaladi. Jumladan, Rim imperatori Adrian (milddan avvalgi II asr) davrida saroy ayollari Buyuk ipak yo’li orqali keltirilgan Maroqand shoisidan tayyorlangan kiyim kiyishganligi haqida ma’lumotlar manbalarda keltirilgan80.


Sharq va G’arb davlatlari o’rtasidagi dipolmatik aloqalarning rivojida Amir Temur va Temuriylar davri o’ziga xosligi va takomillashganligi bilan ajralib turishini ko’rishimiz mumkin. Bevosita Amir Temur hukmronligi davrida Yevropaning yirik davlatlari –Fransiya, Ispaniya kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari olib borilgan81. Bunda Genrix IV ning 1403 yilda Amir Temur va uning farzandi Mironshohga maktublar yo’llagani yuqoridagi fikr-mulohazaga misol bo’la oladi. O’sha davrda, Yevropada yuzaha kelgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoit mintaqa xalqalari qatorida inglizlarning ham Sharq mamlakatlari bilan aloqa o’rnatishini taqazo etgan edi. zero, buyuk Amir Temur vujudga keltirgan ulkan saltanat nafaqat Osiyoning , balki Yevropaning ham diqqat markazida turar edi. oradan qaryib 6 asr o’tib ikki mintaqa xalqalarining avlodlari o’rtasida aloqalar tiklandi.
Yuqorida , asosan, Yevropa Ittifoqiga a’zo yirik davlatar bilan O’zbekistonning ijtimoiy- iqtisodiy sohalardagi hamkorligi va bevosita bu davlatlarning ko’magi va tajribasiga tayanib , taraqqiyot sari odimlayotganligiga etibor qaratilgan edi. Shu bilan birga , O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a’zo bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikning muhim yo’nalishi ilmiy-texnik va madaniy sohalardagi aloqalar alohida o’rin tutadi. Ushbu yo’nalishdagi aloqalar tomonlar o’rtasida imzolangan xujjatlar va yaratilgan huquqiy me’yorlar asosida o’z rivojini topib kelmoqda. Bu borada shuni ham takidlash joyizki, O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi mamalakatlari o’rtasidagi ilmiy-texnik va madaniy sohalardagi hamkorlik aloqalari ikki va ko’p tomonlama imzolangan shartnomalar asosisa amalga oshirib kelmoqda. Hamkorlikni amalga oshitish jarayonida Yevropa Ittifoqining barcha a’zo mamlakatlari faol ishtirok etmoqda. Ammo, bir vaqtning o’zida bu jarayonda Yevropa Ittifoqining rivojlangan davlatlaridan Fransiya,Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya mamlakatlari bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik aloqalari o’zining keng qamrovligi bilan ajralib turadi.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi ko’p tomonlama ilmiy-texnik va madaniy sohalardagi hamkorlik 1996 yil imzolangan va 1999 yilning 1 iyulidan amalga tadbiq etila boshlangan “Sheriklik va Hamkorlik” to’g’risidagi bitim asosida amalga oshirilib kelinmoqda82. Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlari bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida to’g’ridan tog’ri –ikki tomonlama hamkorlikka kirishishning huquqiy asoslari yaratilgan.
Shu o’rindaalohida takidlash joyizki, O’zbekiston Respublikasining xalqaro ilmiy aloqalari rivojida respublika Fanlar Akademiyasining ro’li kattadir. U ilg’or ilmiy tadqiqotlar va tabiiy hamda ijtimoiy fanlar yutuqari to’plangan ilmiy markaz xisoblanadi83.
Bugungi kunga kelib, O’zbekistonda matematik statistika va funksional analiz, differensial va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi va hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Extimollar nazariyasi bo’yicha “Toshkent maktabi” deb nomlangan ilmiy yo’nalish olamga mashhur bo’ldi. Yadro fizikasi va geofizika, elektronika, areogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xo’jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Biorganik va fizik –kimyo , o’simlik moddalari va yuqori molekulali birikmalar kimyosi ko’plab tabiiy va suniy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va seleksiya, zoologiya va tibbiyot, bioximiya, biofizika va geoximiya, geologiya va seysmologiya sohalarida yirik muvaffaqiyatlarga erishildi. Falsafa va huquq, til va adabiyot, tarix va sharqshunoslik sohalarida yirik ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda84.
Shunday qilib, ilm-fan sohasida qudratli salohiyatga ega bo’lgan O’zbekiston mazkur yo’nalishda xorijiy mamlakatlar bilan va , jumladan, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar bilan yaqindan hamkrolik o’rnatish va uni rivojlantirish tarafdoridir. Bunday hamkorlik tabiatshunoslik sohasida salmoqli loyihalarni ishlab chiqish va ilmiy tafakkutning ijtimoiy-gumanitar sohasida yangi kashfiyotlar qilinishiga yordam beradi. Bu jarayonni yaqqol misollar bilan ko’rish mumkin. Jumladan, Toshkentda O’zbekiston Fanlar akademiyasi ijtimoiy –gumanitar yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurtlari yosh tadqiqotchilarining 2003 yil 24 may kuni fransuz tarixchisi Fransua Eno bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi. Ushbu uchrashuv Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Yosh olimlar milliy jamiyati hamda Markaziy Osiyoni o’rganish Franisya ilmiy-tadqiqot instituti (IFEAC) tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. mazkur uchrashuv Parijda chop etilgan uch jildlik “O’rta asr;arda (X-XV) musulmon olami” kitobining taqdimotiga bag’ishlandi85.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan ilmiy sohadagi hamkorlikka e’tibor qaratganda, bu yo’nalishda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy tadqiqot markazlari va Fransiya Tashqi ishlar vazirligi universitetlararo ilmiy tadqiqot hamkorligi boshqarmasi qaramog’idagi Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Fransiya Instituti (MOTFI) va boshqa ilmiy markazlar faoliyatini ko’rsatish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasidagi ilm-fan yo’nalishidagi hamkorlik aloqalarida Germaniyaning ham o’rni alohida ajralib turadi. Jumladan, Germaniydan olingan grant asosida Toshkent arxitektura instituti “Qurilish arxitekturasi” kafedrasi o’qituvchis B.Abdusalomov Germaniya xalqaro ilmiy jamh’armasining “g’olibi” deb topildi. Bu iqtidorli yosh tadqiqotchi jamg’arma yo’llanmasi bilan ilmiy ishlarini davom ettirish uchun Germaniyaning Veymar shahridagi Arxitektura qurilish universitetiga yuborildi. Bunday aloqa Germaniyaning Shtutgard shahridagi Arxitektura-qurilish universiteti bilan ham davom etmoqda. Professor X.Ubaydullaev bboshchiligida yo’lgan qo’yilayotgan bu hayrli ish o’zining dastlabki samarasini bermoqda86.
Italiyaning mashhur yozuvchilari Dante Aligerining “Ilohiy komediya”, Bakkachoning “Dekameron”, Petrarka va Vergiliyning sonetlari, Djani Rodarini ertaklari allaqachon jahon durdonalari safiga qo’shilgan. Jumladan, bu asarlarni o’zbek kitobxonlariga tarjima qilib yetkazilganligi ikki mintaqa adabiyoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatini berib, xalqlarni yaqinlashtirishda muhim ro’l o’ynaydi87. Shu bois , qadimda Shar madaniyatining o’chog’I bo’lgan O’zbekiston bilan bu boradagi aloqalar maorif,fan va madaniyat sohasida bitim imolanishdan ancha ilgari boshlanib ketgani bejiz emas.
Germaniyaning Gamburg shahrida 1998 yil 29 sentabr – 6 oktabr kunlari bo’lib o’tgan Germaniya kutubxonalar Ittifoqining yillik majlisida va “Kutubxonalar – axborot darvozasi” mavzusidagi konferensiyada Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi va uning mutasaddilari ishtirok etishdi. Unda mamlakatda erishilgan yutuqlar bilan o’rtoqlashib, xorijlik mutaxassislar tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, Samarqand arxeologiya instituti va fransuz ilmiy – tadqiqot milliy markazi qadimiy Afrosiyobni o’rganish yuzasidan qo’shma dastur ishlab chiqdi va hozirda bu dastur hayotga tadbiq etilmoqda88. Aynan areologiya sohasidagi hamkorlik Buyuk britaniya bilan davom etmoqda. O’zbekiston Respublikasi FA arxeologiya instituti bilan London Arxeologiya instituti hamkorlikda amalga oshirgan “Axsikat shahri qadimgi metallurgiyasi va spol buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasini o’rganish” bo’yicha omadli loyiha amalga oshirildi. Bu loyihani Oksford areologiya muzeyi moliyalashtirdi89. Ikki mamalakatning Fanlar akademiyasi o’rtasida aloqalar yo’lga qo’yilgan bo’lib, Kembridj universiteti bilan antropologiya, biologiya, quyosh batareyalarini ishlab chiqarish bo’yicha bir nechta hamkorlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Hamkorlikning davomi sifatida 2004 yil Toshkent Islom universiteti bilan Kembridj universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo forumi o’rtasida uchrashuv memorandum imzolandi. Oksfordda joylashgan islom tadqiqotlari va Xalqaro strategic tadqiqotlar instituti bilan ham aloqalar yo’lga qo’yilgan90.
Yevropa Ittifoqi azosi bo’lgan Ispaniya bilan ham fan sohasidagi aloqalar o’z ifodasini topib kelmoqda. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi fizika-texnik instituti bilan Madrid Avtonom universiteti va Barselona Avtonom universiteti o’rtasida o’zaro hamkorlik aloqalari yaxshi yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston FA elektronika instituti Ispaniyaning Alikante shahri universiteti va Madrid shahridagi Komplutense universiteti bilan hamkorlik aloqlarni o’rnatgan91.
Mustaqillikning dastlabki kunllaridan boshlab O’zbekiston rahbariyati dunyoviy, demokratik va rivojlanfan industrial davlat qurish yo’lida ijtimoiy hayotning bu sohasiga ulkan e’tibor qaratdi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumkin, jamiyat oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyat bilan amalga oshirishda mamlakatning yuksak malakali kadrlarga egaligi muhim o’rin tutadi. Shuning uchun respublika hukumati zamonaviy fikr yurituvchi, vatanning bugungi kuni va kelajagi uchun chuqur masuliyatni xis etuvchi yangi avlad kadrlarini tayyorlash muhim vazifa deb biladi.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar o’rtasida ta’limning turli sohalariga oid hamkorlik ishlari amalga oshirilayotgan bo’lib , bunda hamkorlikning universitetlararo turi alohida o’ringa ega92. O’zbekiston ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini yaxshilash, malakasini oshirish, o’qitish uslubiyatini takomillashtirish, turli ilmiy loyihalarni hayotga tadbiq etish maqsadida Germaniya tomonidan “Professional ta’limni rivojlantirishga ko’maklashish” loyihasini taklif etdi va bitim imzolandi. Ta’lim tizimida ancha tajribaga ega Germaniya bilan bu tizimni rivojlantirish borasidagi hamkorlik diqqatga sazovordir. Germaniya hukumati “Professional ta’limni rivojlantirishga ko’maklashish” loyihasi doirasida O’zbekistondagi ta’lim tizimini takomillashtirish uchun 7,6 mln.yevro ajratdi93. O’zbekistondagi Fransiya elchixonasi muvofiqlashtirayotgan universitetlararo almashinuv dasturiga ko’ra 1000 ga yaqin talaba 1991 yildan 2001 yilgacha qisqa muddatli stipendiyalar dasturi bo’yicha ta’lim oldilar94.
Oliy ta’lim sohasidagi aloqalar Ispaniy bilan ham rivojlanib, buni 2002 yilning 28 avgust – 2 sentabr kunlari “Alkala de Enares” universiteti rektori Manuel Gala Munos boshchiligidagi delegatsiyaning O’zbekistonga qilgan tashrifida ko’rish mumkin95. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovga Manuel Gala Munos universitetning “Sisneros” medali, faxrli diploma va kumush plastinasini topshirdi.
Ikki davlat o’rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini 1999 yil Toshkent irrigatsiya muhandisligi va qishloq xo’jaligi mexanizatsiyasi instituti bilan Kataloniya politexnika universiteti o’rtasidagi hamkorlik aloqalarida ko’rish mumkin96. O’zbekiston jahon tillari universitetida ispan tili fakulteti mavjud bo’lib, bu holat bevosita hamkorlik aloqalarining rivojlanishida muhum omil bo’lmoqda. Ispaniyaning nufuzli oliygohlari Madrid,Granada, Alkala de Enares va Malaga Universitetlari bilan O’zDJTU o’rtasidagi hamkotli aloqalari rivojlanib , ushbu universitet professor – o’qituvchilari O’zDJTUda marualar o’qib kelmoqda. Bundan tashqari, O’zbekistonda 20 ta o’qituvchi,doktorant,aspirant va talabalar Ispaniyaning Alkala de Enares universitetida malaka oshirb qaytdilar97.
Ta’lim sohasidagi aloqalardan Buyuk Britaniya Kengashi unumli ishlar qilmoqda. Buyuk Britaniya hukumati qoshida faoliyat ko’rsatayotgan mazkur tashkilot jahonning 90 ta mamlakatida o’z vakolatxonasiga ega. Buyuk Britaniyaning Lafbaro universitetida 2001 yil 14 dekabrda O’zbekiston Respublikasi taqdimoti tashkil etilib, uni O’zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasi ko’magida “Umud” jamg’armasi98 talabalari tashkil etdi99.
Lafbaro universiteti Buyuk Britaniyadagi yetakchi oliy o’quv yurtlaridan biri sanalib, o’zaro hamkorlikning rivojlantirishgan alohida ahamiyat beradi. Buning isboti mazkur oliy o’quv yurtida ta’lim olayotgan o’zbek talabalarining soni tobora ko’payib borayotganligida ham ko’rish mumkin. Universitet prorektori, professor arri Tompson ushbu taqdimot marosimi o’zbek xalqining tarixi, madaniyati, an’analari va bugungi kuni bilan yaqindan tanishtirishga hamda mamlakatlar o’rtasidagi samatali muloqotlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini qayd etdi. Masofadan o’qitishni rivojlantirishga yo’naltirilgan London iqtisodiyot maktabi bilan Butunjahon Bankining (1 mln.AQSH dollar) loyihasi amalga oshirilmoqda100.
O’zbekiston – Buyuk Britaniya aloqalaridagi yangi bosqichni “Umid” fondi va Buyuk Britaniyaning Vestminstr universiteti o’rtasidagi hamkorlik asosida 2002 yil Toshkent shahrida Xalqaro Vestministr universitetiing ochilishida ko’rish mumkin101.
Bevosita ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari Belgiya qirolligi bilan jadal rivojlanib kelmoqda. Ikki tomonlama imzolangan Belgiya tarjimonlar oliy maktabi bilan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti o’rtasida hamkorlik Bitimi imzolangan.
Bu sohadagi hamkorlik aloqalarining uzviy davomi sifatida 2003 yil fevralida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilarining Belgiya qirolligiga tashriflaridan so’ng bu hamkorlik aloqalari yanada yangi bosqicha ko’tarildi. Tashrif davomida Belgiyaning Kortreyk universiteti bilan O’zbekistonning nufuzli oliy o’quv yurtlari TDTU,TDIU,FPI hamda Sen –Lukas arxitekrua oliy maktabi bilan Toshkent Arxetektura – qurilish instituti o’rtasida hamkorlik Memarandumi imzolandi102.
Yevropa Ittifoqining yana bir taraqqiy etgan davlati Niderlandiya bilan ham ushbu ta’lim yo’nalishida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan. Niderlandiya “Klingendayl” xalqaro munosabatlar instituti 1993 yildan boshlab, har yili Markaziy Osiyo va Mo’g’iliston mamlakatlaridan kelgan yosh diplomatlarning malaka oshirishlari uchun muayyan dastur asosida faoliyat olib bormoqda. Har yili instituti o’zbekistonlik yosh diplomatlarga 5 – 6 ta o’rin ajratadi. 2001 yildan O’zbekiston Respublikasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti bilan Maastrix universiteti qoshidagi Yevropa tadqiqotlar Markazi, Toshkent islom universiteti bilan Rotterdam islom instituti o’rtasida malakali mutaxassislar tayyorlashga yo’naltirilgan hamkorlikdagi loyiha ish boshlagan103.
Ta’lim sohasidagi hamkorlik Yevropa Ittifoqiga a’zo bo’lgan Polsha davlati bilan rivojlanib boryapti. Samarqand davlat universiteti bilan Varshava va Poznan universitetlari, O’zDJTU bilan Varshava universiteti, O’zbekiston jahon iqtisodiyoti va diplomaatiya universiteti bilan Polsha xalqaro ishlar instituti va Varshava universiteti, O’zbekiston Milliy universiteti bilan Varshav universiteti, Toshkent agrar universiteti bilan Varshava qishloq xo’jaligi universiteti, Toshkent davlat meditsina akademiyasi bilan Varshava meditsina ekademiyasi, O’zbekiston bank – moliya akademiyasi bilan Varshava Bank institutlari o’rtasida hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan104.
O’zbekiston – Polsha aloqalarida gumanitar hamkorlik aloqalari ham rivojlanib kelmoqda. O’zbekistonda yashayotgan polyaklar masalasi bo’yicha ikki tomonlama qo’mita tashkil etilgan bo’lib, 2004 yil may oyida Toshkentda, 2004 yil iyul oyida Varshavada yig’inlar bo’lib o’tgan. Asosan O’zbekistonda yashayotgan polyaklar tarixi, ularning ko’chib joylashuvi bilan bog’liq ma’lumotlar tahlil qilinib, O’zbekiston tomonidan Polsha hukumatiga O’zbekiston arxivlarida salqanayotgan 503 ta material topshirildi. Bu hol ikki tomonlama aloqalarning ijobiy ketganidan dalolat beradi.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi davlatlari o’rtasida madaniy sohadagi aloqalar ham muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Xalqaro munosabatlarda ko’p qamrovli madaniyat sohasidagi aloqalar, davlatlarning va xalqalarning yaqinlashuviga, do’stona munosabat o’rnatishiga hamda manaviy nuqtai nazardan fikr almashuviga keng imoniyatlar yaratadi. Madaniy sohadagi hamkorlik jarayonida ro’y beradigan fikr almashuvlar, kinofestevallar, madaniyat kunlari, madaniy arboblarning tajriba almashinuvkari, konsertlar, musiqa va teatr san’ati festevallari, ko’rgazmalar va boshqa turli tadbirlar xalqlarni bir biriga yaqinlashtirishda nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniy sohadagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda mamlakatda faoliyat ko’rsatayotgan madaniy muassasalarning o’rni ahamiyatlidir. Ular qatoriga O’zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-marifiy aloqalar bo’yicha do’stlik jamiyatlari kengashi (O’z R DJK)105, O’zbekiston Respublikasining Madaniyat va sport ishlari bo’yicha vazirligi, “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi va mamlakatlardagi boshqa madaniy – marifiy muassasalarni kiritish mumkin.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o’rtasida 1996 yil imzolangan “Sheriklik va Hamkorlik bitimi asosida mamlakatlararo madaniy aloqalarni yanada jadallashtirish maqsadida respublikada do’stlik jamiyatlari tashkil qilindi. Jumladan, 1998 yil davomida “ O’zbekiston – Fransiya ”, “ O’zbekiston – Buyuk Britaniya ”, “ O’zbekiston – Germaniya ”, “ O’zbekiston – Italiya ”, “ O’zbekiston – Polsha ”, “ O’zbekiston – Gretsiya ” do’stlik jamiyatalri vujudga keldi va xalqlar o’rtasidagi madaniy aloqalarning mustaxkamlanishiga o’zlarining munosib xissasini qo’shib kelmoqdalar106.
Shuni ham alohida takidlash joyizki, o’zbek xalqining o’ziga xos madaniyati Yevropa mamlakatlari xalqlarida juda katta qiziqish uyg’otadi. Shu asosda, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarning ko’pchiligida O’zbekiston bilan do’stlik jamiyatlari shakllantirilgan. Masalan, xalqlar o’rtasdagi madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida, 2004 yilda Germaniyada O’zbekiston bilan “Do’stlik” jamiyati tashkil qilindi107.
O’zbekiston Respublikasining madaniy sohadagi hamkorligida Buyuk Britaniya alohida ahamiyatga ega. O’zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida 2001 yil respublika mustaqilligining 10 yilligiga bag’ishlanfan tadbirlar doirasida “Buyuk Britaniya – O’zbekiston” do’stlik jamiyatining rasmiy taqdimot marosimi bo’lib o’tdi108. Unda O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakillari ishtirok etdi. Madaniy sohadagi aloqalar hamkorlik faoliyatining asosiy yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bu yo’nalishdagi hamkorlik aloqalarini Britaniya Kengashi nazorat qiladi. Ushbu jamiyatning tuzilishi mamlakatlar o’rtasidagi turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, xalq diplomatiyasi usullari bilan ikki mamlakat o’rtasidagi do’stona aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmar qilishini ko’zda tutadi.
Yevropa Ittifoqiga 2004 yildan a’zo bo’lib qo’shilgan Sharqiy Yevropa mamlakat xalqlari bilan ham O’zbekiston Respublikasi madaniy sohadagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirib bormoqda. Jumladan, O’zbekiston va Bolgariya o’rtasida 1998 yil 24 iyunda hukumatlararo madaniy hamkorlik to’g’risidagi Bitim imzolangan. Bitimda tomonlar o’rtasida o’zaro madaniy sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish ko’zda tutilgan. San’at sohasida nashrlar, adaniyot va tadqiqot materiallari bilan o’zaro almashish, madaniy yodgorliklarni o’rganishi, saqlash, ta’mirlash hamda muhofaza qilish shular jumlasidandir109.
Ikki tomonlama madaniy hamkorlikda Sharqiy Yevropaning o’ziga xos taraqqiy etgan yana bir davlat – Chexiya Respublikasi bilan ham jadallik bilan rivojlanmoqda. Bunday aloqalar Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlari bilan ham madaniy, sport, teatr,san’at, kino sohalaridagi aloqalar yo’lga qo’yilgan110.
O’zbekistonnig Yevropa Ittifoqi bilan madaniy aloqalarida musiqa san’atining o’rni ahamiyatga molikdir. Ikki tomonlama aloqalarning rivojlanishida xalqaro musqa festivallari o’tkazib turiishi madaniy sohalardagi hamkorlikning uzviy ravishda rivojlanib, o’zaro aloqalarni yanada taraqqiy etishida muhim omillardan biri bo’lib hisoblanadi. Shunday tanlovlar sarasiga Qirolicha Yelizaveta sharafiga har yili o’tkaziladigan musiqa tanlovi, Malmedi va Shotene xalqaro folklor festivali, “Sfinks” xalqaro musiqa festivali, ikki yilda bir martta o’tkaziladigan L’ej “Ayollar ovozi” kabilarni aytib o’tish mumkin. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida o’tkaziladigan bunday festivallarda O’zbekistonning madaniy va san’at arboblari, viloyat va tumanlarda ijod qilayotgan xalq etnografik jamoalari o’z san’atlarini namayon qilib, uning davrug’ini dunyoga yoymoqdalar111.
O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining madaniy hamkorlik doirasida musiqa san’ati davomli bir qator tadbirlar tashkil etildi. O’zbekistonning mashhur Mukarrama Turg’unboeva nomidagi “Bahor” xalq raqs ansambli 1995 yil oktabr oyida “Berlin – Branderburg “ jamiyati tomonidan uyishtirilgan O’zbekiston haftaligida ishtirok etdi. Germaniyada boshlangan madaniy tadbirlar M.Ashrafiy nomidaagi Toshkent davlat konservatoriyasida davom etadi. Bu yerda 1995 yil dekabr oyida o’tkazilfan “Organ musiqasi” festivalida germaniyalik musiqachilarning ishtiroki bilan o’zaro hamkorlik aloqalari yanasa mustahkamlandi. Shunday tadbirlardan biri, 1996 yil 10 – 17 oktabr kunlari Germaniyaning Berlin shahrida joylashgan Bax nomidagi musiqa gimnaziyasi vakillari tashrifi bilan Toshkentda bir nechta tadbirlar tashkil etildi112. Musiqa san’ati sohasidagi festivallar nafaqat Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, balki O’zbekistonda ham tashkil qilib kelinmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 1997 yil Samarqand shahrida boshlangan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o’tkazib kelinmoqda. Har ikki yilda o’tkaziladigan ushbu festival dunyoninf ko’plab davlatlaridan, shu jumaladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan tashrif buyurgan musiqa ustalari o’z mahoratlarini namoyish etib kelmoqdalar113.
Ushbu jarayon quyidagi misollarda ham ko’rish mumkin. 1997 yil Samarqand shahrida o’tkazilgan “Sharq taronalari” festivalida jami 31 mamlakat va 2 ta xalqaro tashkilot vakillari qatnashgan bo’lsa, uardan 6 tasi Yevropa Ittifoqiga to’g’ri kelib, 23 nafar musiqa ustalari ishtirok etdilar. 2005 yil o’tkazilgan festivalda esa 297 kishi 50 ta mamlakatdan qatnashgan bo’lsa, 76 ishtirokchi 13 ta Yevropa mamlakatlariga to’g’ri keladi114. Shuni ham takidlash joyizki, “Sharq taronalari” festivallarida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida faol ishtirok etuvchilar qatoriga Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Fransiya davlatlarini tilga olish mumkin115. Musiqa san’ati sohasidagi tadbirlar Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlarda ham tashkil etilib kelinmoqda. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Madaniya ishlari vazirligi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, “Musavvir” badiy hunarmandchilik va amaliy san’at ilmiy ishlab chiqarish markazi hamkorlikda Avstriyaning “Hammer – Purgshtal” Sharq jamiyati Bosh kotibi Z.Xaas bilan madaniy aloqalarni kuchaytirish bo’yicha muzokalar o’tkazildi. Buning natijasida 2004 yil mart-aprel oylarida Avstriyada O’zbekiston kunlari tashkil etildi116.
Madaniyat kunlari doirasida o’zbek musiqa va raqs guruhlarining konsertlari,xalq hunarmandlarining amaly san’at namunalari va o’zbek rassomlarining ko’rgazmalari keng jamoatchilikka tanishrildi. Avstriyaning Vena magistrate Madaniyat boshqarmasi boshlig’I X.Sari O’zbekiston Respublikasining Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan 2003 yilda erishgan kelishuvga muvofiq, 2005 yil sentabe oyining oxiri-oktabr oyining boshida 6 kishidan iborat klassik qo’shiq ijrochilari gastrol konsertlari bilan tashrif buyurgan. O’z navbatida, Vena magistrate 2005 yil sentabr oyi boshida Avstriyada o’zbekistonlik 15 kishidan iborat flklor guruhini qabul qilish tayyorligini bildirgan117. Ushbu tadbirlar O’zbekiston madaniyati kunlari doirasida o’tkazilib qo’shimcha badiiy chiqishlar bilan boyitilib namoyish qilindi.
O’zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi taklifiga va Madaniyat ishlari vazirligining tavsiyasiga binoan 2000 yil 3 – 10 iyul kunlari Germaniyaning Bremen shahrida Yevropa davlatlarining regional musiqa va raqs festivali bo’lib o’tdi. Unda Yevropada Angliya, Germaniya, Chexiya, Italiya, Portugaliya, Fransiya davlatlari qatorida O’zbekistondan “Umid” xalq folklore – raqs jamoasi qatnashga118.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari va O’zbekiston Respublikasi o’rtasidagi madaniy aloqalarda teatr va kino san’ati ham alohida o’rin egallaydi. Bu ikkala san’at sohasi xalqlarning bir-biri bilab yaqinlashuviga va saxna ko’rgazmalari orqali milliy madanyat yutuqlari haqidagitaasurotga ega bo’lishiga xizmat qildi. Shu asosda, o’tgan davr mobaynida, O’zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi mamalakatlari o’rtasida ko’plab tadbirlar bo’lib o’rdi. Masalan, 1993 yil oktabrda O’zbekistonda birinchi marta “Teatr: Sharq – G’arb” xalqaro teatr festivali tashkil etildi. Ushbu festivalida dunyoning 25 ta mamlakat vakillari ishtirok etdi119. Mamlakatning obro’li teatrlaridan biri Abror Xidoyatov nomidagi teatr artistlari Fransiyaning mashhur teatrlarida tajriba orttirib, o’z tajribalari bilan o’rtoqlashib qaytdi. O’z navbatida, fransuz – uzbek aktyorlari hamkorligida 1996 yil Abror Hidoyatov nomidagi teatr “Iskandar” pyesasi qo’yildi. Unda Alisher Navoiy ro’lini fransuz aktyori Fransua Shatto o’ynadi. Teatr ikki tilda o’zbek va fransuz tillarida qo’yildi120. Bu ikki xalqning bir-biriga bo’lgan qiziqisi va azaliy do’stiligini orttirib, o’zaro hurmat muhitini shakllanib, rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
Dunyoga mashhur ingliz teatrlari “Niqob”, “Tresl teatr kompani” O’zbekistonda gastrol safarida bo’lib, o’zining tasirli va quvnoq tomonlari bilan mahalliy muxlislarini hushnud etdi. Gastroll doirasida iqtidorli ingliz bastakori va musiqashunosi Jerald Mak – Berni qayta ishlagan Shostakovich syuitasining O’zbekiston milliy simfonik orkestori tomonidan ijrosi bu xalqaro miqiyosidagi anjumanda unitillmas voqea deb baholandi. Teatr sohasidagi hamkorlik aloqalari Italiya bilan rivojlanib bormoqda. Bunga misol tariqasida, 1996 yilda Toshkent opera va balet teatirida italiyan kompazitori K.Donisetti “Lyuchiya di Lammermur” operasi qo’yildi.
Albatta, bu san’at asarini qo’yishda Italiya elchixonasi katta yordam berdi121. Ikki mamlakat o’rtasida madaniy almashuvni rag’batlantirish, o’z xududlarida ikkinchi mamlakatning adabiyoti,san’ati va madaniyatini tarqatish yo’li bilan o’z xalqalarini yaqinlashtiradilar122.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin